Tushum kelishigi. Bu kelishik qo‘shimchasi ifodalanish jihatdan y-lovchi, dj - lovchi shevalarda farq qiladi.
Dj - lovchi shevalarda tushum kelishi:
Unlidan so‘ng a) qattiq o‘zak-negizlarda -ni (atani)
b) yumshoq o‘zak-negizlarda - ni (enəni)
Tushum kelishigi qo‘shimchasi o‘zak-negizda lablangan tovushlarning bo‘lishiga qarab, -nu,-nu shaklida bo‘ladi: tlkunu, qozunu.
Undoshdan so‘ng: jarangli undosh bilan tugagan qattiq o‘zak-negizlarda -di :: tavdi, djigitlerdi uygə votqazdi
Yumshoq o‘zak-negizlarda -di: כldi
Jarangsiz undosh bilan tugagan qattiq o‘zak-negizlarda -ti:: atti
Yumshoq o‘zak-negizlarda -ti: itti.
Tushum kelishigi qo‘shimchasi o‘zak-negizda lablangan tovushlarning bo‘lishiga qarab -du,-du, -tu,-tu shaklida keladi: djoldu, sozdu.
sozdu b’lgən soyləs’n, qoshuqtu b’lgən tonglas’n.
Y-lovchi shevalarda bu kelishik –n’,--d’//-t’ qo‘shimchalari orqali ifodalanadi: sen bash’yn’ tartəsən (And.). Toshkent shevasida tushum kelishigi qo‘shimchasi -n’ o‘zi qo‘shilgan o‘zak-negizning qanday undosh bilan tugashiga qarab bir necha xil formaga ega bo‘ladi:
-k’ : pədegכkk’ - m’ : s’mm’
-dj’ : gərədjdj’ - r’ : tem’rr’
-t’ : tutt’ - s’ : m’ss’
-l’ : koll - x’ : m’xx’
-sh’ : כshsh’ - ch’ : chכchch’
-q’ : oqq’ - g‘ : tu//’
Jo‘nalish kelishigi. O‘zbek shevalarja jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasining ifodalanishi y-lovchi, dj-lovchi shevalarda ma’lum farqlarga ega. Dj-lovchi shevalarda jo‘nalish kelishigi quyidagicha ifodalanadi: Qattiq o‘zak - negizlarda: a) unli va jarangli undoshdan so‘ng: -g‘a: suvg‘a ; b) jarangsiz undoshlardan so‘ng -qa, qapqa, atqa.
Yumshoq o‘zak-negizlarda: a) unli va jarangli undoshdan so‘ng: -gə: djergə; b) jarangsiz undoshlardan so‘ng: -kə : ishke, djipkə.
I va II shaxs egalik qo‘shimchalaridan so‘ng dj-lovchi shevalarda jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qattiq o‘zak-negizlarda -a (atama, atanga), yumshoq o‘zak-negizlarda -ə (ishimə, ishingə).
III shaxs egalik qo‘shimchalaridan so‘ng qattiq o‘zak-negizlarda -na (bכlasina), yumshoq o‘zak-negizlarda -nə (sərkəsinə) bo‘ladi.
Dj-lovchi shevalarda shaxs va ko‘rsatish olmoshlari jo‘nalish kelishigi bilan turlanganda mag‘an//məg‘an, sag‘an//səg‘an, og‘an, shog‘an formalarida bo‘ladi (bunda n, g‘ tovushlari metatezasi ro‘y bergandir) (mang‘a-mag‘an).
Y-lovchi shevalarda jo‘nalish kelishigi qo‘shimchalari bir necha xil: Toshkent, Farg‘ona, -gə ( uygə - , uygə),-kə (otkə),-qə (bכqqə).
Xorazm, Xeva-Urg. - g‘a (kurvaqag‘a), -yə (təngəyye);-ə(yekizə);-na (yano‘na); -nə (erkinə). Qorabuloq shevasida ham Xorazm shevasidagidek holdir.
Samarqand-Buxoro shevalarida, shuningdek, Qashqadaryo vodiysi shevalarida jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklarining qo‘shimchalari almashtirib qo‘llash holati uchraydi. Bu hodisa Jizzax shevasida ham uchrab turadi: ozngge yoq כlamga yoq (o‘zingda yo‘q, olamda yo‘q).
Bu shevalarda o‘rin-payt kelishigini qo‘llashdan ko‘ra jo‘nalish keli-shigini qo‘llash ko‘p uchraydigan holdir. Jizzax shevasida ba’zan tushum kelishigi ko‘shimchasi o‘rnida ham jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi ishlatish hollari uchraydi: pəsəjrgə kut’p tur’ps’zm’ (passajirni kutib turibsizmi).
Do'stlaringiz bilan baham: |