Oddiy na’matak (Шиповник собачий) - Rosa canina L.
Na’matak turlarining ba’zilaridan vitaminli konsentratlar, sharbat tayyorlanadi, vitamin C (askorbin kislota) olinadi, quruq mevasidan tabletka va xab dorilar tayyorlanadi. Bu dorilar avitaminoz kasalligini davolashda va uning oldini olishda ishlatiladi. Askorbin kislota ko’pgina kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Vitamin C kamroq bo’ladigan na’matak turlaridan - oddiy itbu- run na’matagi (mevasi tarkibida 0,2-2,2% gacha vitamin C mavjud) mevasidan tayyorlanadigan xolosas preparati jigar kasalliklarini (xoletsistit, gepatit - sariq kasalligi va boshqalami) davolash uchun ishlatiladi. Na’matak turlarining mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar xalq tabobatida me’da-ichak kasalliklarini davolash uchun hamda isitma qoldimvchi, o’t va siydik haydovchi dori sifatida qo’llaniladi.
Bu dori turlari bilan og’iz bo’shlig’i kasalliklarida (milk yallig’lanishi va undan qon oqishi) og’iz chayiladi. Na’matak mevasi yana organizmni quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilash, soxta mevalari ichidagi haqiqiy mevalari - yong’oqchalari buyrak va siydik yo’llari kasalliklarida siydik haydash uchun ishlatiladi. O’simlik ildizidan tayyorlangan damlama va qaynatma xalq orasida me’da va jigar kasalliklariga, bargining kukuni esa yaralarga davo bo’ladi.
Na’matak turlari mevasidan oziq-ovqat sanoatida vitaminga boy konsentratlar, konfetlar va boshqa qandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi.
Efir moyli atirgullar (Розы эфирномасличные)
Ularning barchasi O’zbekistonga introduksiya qilingan hisoblanadi, Efir moyli atirgullarga Oq atirgul (роза белая) - Rosa alba, Qizil yoki damashq atirguli (Роза дамасская) — Rosa damascene, Pushti atirgul (Роза столепестковая) - Rosa centifolia, Fransiya atirguli (Роза французская) - Rosa gallica kabi madaniylashtirilgan na’matak turlari kiritilgan. Atirgul turlari ra’noguldoshlar oilasiga mansub, bo’yi 60-125 sm gacha etadigan buta. Poyalari bir nechta, shoxlangan, tikanli.
Barglari toq patli murakkab bo’lib, poya va shoxlarida bandi yordamida ketma-ket o’mashgan. Bargchalari 5-7 ta, tuxumsimon, ellipssimon yoki nishtarsimon, arrasimon qirrali. Qizil, to’qqizil, pushti yoki oq rangli, yirik xushbuy gullari yakka-yakka yoki 2-3 tadan poya va shoxlariga joylashgan. Gulkosacha bargi 5 ta, gultoj barglari (gulbarglari) ko’p sonli. Mevasi - gul o’midan hosil bo’lgan shirali soxta meva. May- avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust- sentabrda pishadi.
Atirgul turlari yovvoyi holda uchramaydi, atirgulning yovvoyi ajdodi na’matak hisoblanadi. Qrim viloyati, Krasnodar o’lkasi, Moldaviya, Gruziya, Ozarbayjon va Tojikistonning ayrim hududlarida efir moyi olish uchun qizil atirgul bilan Fransiya atirgulining chatishtirilgan duragaylari o’stiriladi. Atirgulning ko’p navlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Tibbiyotda atirgulning guli qo’llaniladi.
Atirgul turlarining gul bargi tarkibida 0,09-0, 24% efir moyi bor. Efir moyi 50-60% geraniol, 25-30% sitronellol, 10% gacha nerol va boshqa terpenoidlardan tashkil topgan. Atirgul turlarining gul bargi va ulardan olingan efir moyi tabobatda turli kasalliklami davolash hamda boshqa dorilaming hidi va ta’mini yaxshilash uchun qadim- dan qo’llanib kelingan. Abu Ali ibn Sino gulbargi (poyasining ham) shirasi bilan ko’z yallig’lanishini, me’da va boshqa kasalliklami davolagan. Og’riq qoldirish uchun yo’g’on ichak sohasiga ishlatgan.
Shishlami qaytarish uchun qaynatilgan gul bargini bog’lagan. Quritilmagan atirgul va gulbargini bosh og’rig’iga, jigar va me’da kasalliklariga davo qilgan. Gulbargidan tayyorlangan asalli murabbo va gul sharbatini me’dani mustahkamlash va ovqat hazmini yaxshilash uchun ishlatgan. Tez-tez hushidan ketib turadigan bemorlarga gul sharbatidan ichishni buyurgan.
Efir moyi va uning xushbo’y suvi parfyumeriya sanoatida va farmatsevtika amaliyotida dorilarning hidi va ta’mini yaxshilash uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |