Nazorat uchun saviollar:
Zirk o’simligining o’zbekistonda qanday turlari mavjud?
Chakanda mevasi tarkibida qanday dorivor moddalar mavjud?
Na’matak osimligining shifobaxshlik xususiyati qanday?
5-mavzu: Dorivor o’t o’simliklar va ularning shifobaxshlik xususiyatlari
Reja:
Dorivor o’t o’simliklar, ularning tarqalish areali va resurslari.
Sanoat miqiyosida xom-ashyo tayyorlash imkoniyatlari.
Tabiiy resurslarini saqlash maqsadida sanoat plantastiyalarida bir, ikki va ko’p yillik dorivor o’simlik zaxiralarini asrash, ulardan oqilona foydalanish. Dorivor o’t o’simliklarni madaniylashtirsh masalalari va muammolari.
Tayanch iboralar: Arpabodiyon (Анис обыкновенный) - Anisum vulgare Gaertn. Oddiy tog’rayhon (Душица обыкновенная)- Origanum vulgare L. Oddiy bangidevona (Дурман обыкновенный) — Datura stramonium L. Eron zirasi (Буниум персидский )- Bunium persicum (Boiss) K.Pol.
Eron zirasi (Буниум персидский ) - Bunium persicum (Boiss) K.Pol.
Zira selderdoshlar (soyabonguldoshlar) Apiaceae (Umbelliferae) oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 40-60 sm bo’ladigan ko’p yillik o’t o’simlik.
Poyasi tik o’sadi, o’rta qismidan boshlab qalqonsimon shoxlangan. Ildiz oldi barglari uzun bandli, keng uchburchaksimon, uch bo’lakli, bo’laklari uzun bandli, nishtarsimonbo’lakchalarga patsimon qirqilgan, bo’lakchalari o’z navbatida uzunasiga ikki marta patsimon qirqilgan, poyasidagi barglari ipsimon bo’lakchalarga patsimon qirqilgan bo’lib, bandi yordamida poya va shoxlarida ketma-ket o’mashgan. Oq rangli, besh bo’lakli gullari murakkab soyabon gulto’plamiga joylashgan. Mevasi - chiziqsimon, qo’shaloq doncha. Zira iyunda gullaydi, mevasi iyulda etiladi.
. Eron zirasi (Буниум персидский )- Bunium persicum (Boiss) K.Pol.
Zira Markaziy Osiyoning tog’li hududlaridagi yumshoq tuproqli janubiy qiyaliklarda o’sadi. Ziraning xalq tabobatida mevasi ishlatiladi. Mevalari yetilganda o’simlik o’rib olinadi, bog’lab xirmonda biroz quritiladi. So’ngrauni yanchib, mevasi shamolda sovuriladi va tozalab olinadi. Zira mevasi milliy taomlarga ziravor sifatida qo’llaniladi. Mevasi tarkibida 3% gacha efir moyi, 13,6% yog’, oqsil va boshqa moddalar bor. Efir moyi karen, simol, terpinolen, karvon, linalool, karvakrol va boshqa terpenoidlardan tarkib topgan.
Xalq tabobatida zira qadimdan ishtaha ochuvchi, sog’liqni yaxshilovchi, yaralami davolovchi vosita sifatida hamda gastrit kasalliklarida ishlatib kelinadi. Ibn Sino ham o’z vaqtida zirani shu maqsadlar uchun qoilagan. Mevasining kukuni qorin og’rig’ini qoldirish, taloq (qora jigar) shishini yo’qotish, mevasining sirkadagi damlamasi esa bumndan qonoqishini to’xtatish uchun ishlatiladi. Qovurilgan mevasi siydik haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |