Jumrutsimon Chakanda (Облепиха крушиновидная)-Hippophae rhamnoides L.
Chakanda Jiydadoshlar - Elaeagnaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 4-6 m ga yetadigan ikki uyli buta yoki kichik daraxt. Poyasi sershox va tikanli boiib, qo’ng’ir-yashil po’stloq bilan qoplangan. Barglari chiziqsimon-nishtarsimon yoki chiziqsimon, yuqori tomoni kulrang-to’q yashil, pastki tomoni bir oz sarg’ish qo’ng’ir-kulrang yoki oq tusli, tekis qirrali bo’lib, poya va shoxlariga qisqa bandi yordamida ketma-ket o’rnashgan.
Jumrutsimon Chakanda (Облепиха крушиновидная) - Hippophae rhamnoides L.
Gullari bir jinsli, mayda va ko’rimsiz, kalta boshoqchaga (otalik gullari) yoki 2-5 tadan shoxchalar qo’ltig’ida (onalik gullari) joylashgan. Mevasi dumaloq yoki cho’zinchoq, to’q sariq yoki qizg’ish rangli, sersuv, danakli meva. Chakanda aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgust-oktabrda pishadi.
Chakanda keng arealli o’simlik hisoblanadi, u MDHning Yevropa qismida, Karpatda, Kavkazda, Qora dengiz atroflarida, Markaziy Osiyoda, Qozog’istonda, O’zbekistonda, Tojikiston va Qirg’izistonda, Boltiq bo’yida, Sibir va Oltoyda daryo, ko’1 va den- gizlaming shag’alii va qumli qirg’oqlarida, tekislik va tog’lardagi to’qayzorlarda o’sadi.
Tibbiyotda mevasi va ulardan olinadigan Chakanda moyi hamda bargi qo’llaniladi. Mevalari to’liq pishganda, ba’zan sovuq tushgandan so’ng yig’iladi. Yig’ilgan mevalari quritib yoki quritmasdan ishlatiladi, moy olish uchun zavodlarga yuboriladi.
Mevasi tarkibida 450 mg% C vitamini, 145 mg% E, B vitaminlari, 60 mg% karotin va boshqa karotinoidlar, foli kislota, 9% gacha flavonoidlar, 3,56 % qandlar, 2,64% organik (olma va vino) kislotalar va boshqa biologik faol moddalar bor. Urug’ida 12,5% yog’, 0,28 mg% B vitamini, 0,38 mg% vitamin B2, 14,3 mg% E vitamini, 0,3 mg% karotin, oqsil va boshqa faol birikmalar bo’ladi. Moyi ham vitaminlarga (110-165 mg% E, F hamda 40-100 mg % karotin yoki 180-300 mg% karotinoidlar) boy.
Chakanda moyi radioaktiv nur ta’siridan zararlangan teri, shilliq qavatlar (qizilo’ngach, me’da), me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasi, ba’zi ginekologik kasalliklar hamda vitaminlar yetishmasligidan kelib chiqqan avitaminoz va boshqa kasalliklami davolash uchun qo’llaniladi. Chakanda moyi og’riq qoldiruvchi va yarani tez bitiruvchi va to’qimalami regeneratsiyasini tezlashtimvchi ta’sirga ega. Shuning uchun uni me’da va qizilo’ngach shilliq qavatlari yarasini bitirish uchun ichiladi, kuygan joyga, yaraga bosiladi.
Chakanda mevasini Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan og’riq qoldiruvchi, singa va milk qonashini, me’da kasalliklarini davolovchi vosita sifatida ishlatib keladilar. Bargining qaynatmasi bilan bod kasalligini davolaganlar. Buning uchun barg qaynatmasidan shifobaxsli vanna qilinadi yoki badanning og’rigan joyiga issiq qaynatmaga bo’lirilgan mato bog’lab qo’yiladi.
Bargi tarkibida 230-370 mg% C vitamini, fiavonoidlar (kversetin, izoramnetin, miritsetin va boshqalar), gallat kislotasi, 8-9% oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bo’ladi. Hozirgi paytda Respublikamizda Chakandani sanoat miqyosida o’stirishga va farmatsevtika sanoati uchun xomashyo bazasini yaratishga harakat qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |