Zangori maymunjon (Ежевика сизая) - Rubus caesius L.
Bargining damlamasi xalq tabobatida shamollash kasalliklarida terlatuvchi vosita sifatida, tomoq og’riganda og’izni chayish uchun qo’llaniladi. Mevasi terlatuvchi, isitma ko’tarilganda haroratni pasaytiruvchi va chanqoqni qoldiruvchi, ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Ildizidan tayyorlangan qaynatmasi milk kasallanganda og’iz chayish uchirn hamda siydik haydovchi dori sifatida qo’llaniladi. Maymunjonning yangi uzib olingan bargini ezib temiratkiga, surunkali va yiringli yaralarga bog’lansa davo bo’ladi.
Malina (Малина обыкновенная) - Rubus idaeus L.
Malina o’simligi Ra’noguldoshlar - Rosaceae oilasiga mansub bo’lgan ko’p yillik lianasimon buta. Malina yovvoyi holda O’zbekistonda uchramaydi, uning navlari introduksiya qilingan. Birinchi yilgi poyalari yashil rangli, yog’ochlanmagan, mayda tikanli bo’lib, gul chiqarmaydi va meva qilmaydi.
Bu poyasi qishga borib yog’ochlanadi, tikanlari to’kiladi. Ikkinchi yili gul chiqaradi va mevasi pishgandan so’ng qurib qoladi. Poyalari ikki yillik.
Barglari toq patli, 5-7 ta (poyasining yuqori qismidagilari) uch plastinkali murakkab, barg bo’lakchalari tuxumsimon, pastki tomoni tukli, notekis, arrasimon qirrali bo’lib, uzun bandi yordamida poyasiga ketma-ket o’mashgan. Mayda, ko’rimsiz, yashil oq rangli gullari qalqonsimon ro’vakka to’plangan. Mevasi - qizil rangli, sharsimon yoki konussimon, danakli, murakkab to’pmeva. Malina may oyida gullaydi, mevasi iyunda pishadi. Malina Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sibir o’rmonlarida, o’rmon chetlarida, jarlarda, tog’Iarda, ariq bo’ylarida, o’rmon ostida, butalar orasida va boshqa nam yyerlarda o’sadi.
Malina dorivor va rezavor mevali buta sifatida ko’p miqdorda o’stiriladi. Mevasi tibbiyotda ishlatiladi. Uni to’liq pishgan vaqtida qo’lda ehtiyotlik bilan terib olinadi, quyoshda so’litib, so’ngra quruq va issiq joyda yoki quritgichlarda quritiladi yoki murabbo qilib qo’yish mumkin. Mevasi ko’pincha quritmasdan ham ishlatiladi. Xo’l mevasidan sharbat va meva shirasi tayyorlanadi.
Meva tarkibida organik (2,2% gacha olma, limon, salitsil, vino va boshqa kislotalar), 10% gacha qand, kaliy tuzlari, 45 mg% gacha C, B va P vitaminlari, karotin, pektin, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor. Dori preparatlari - meva damlamasi, sharbati va mevasi terlatuvchi choylar-yig’malar tarkibida turli shamollash kasalliklarida terlatuvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Meva sharbatidan farmatsevtikada suyuq dorilarning ta’mini yaxshilash uchun foydalaniladi.
Malina (Малина обыкновенная) - Rubus idaeus L.
Yangi terilgan va quritilgan meva damlamasi xalq tabobatida ishtaha ochuvchi, ovqat hazmini yaxshilovchi, terlatuvchi, o’pka va nafas yo’llari shamollaganda balg’am ko’chiruvchi, isitma ko’tarilganda haroratni pasaytiruvchi hamda me’da, ichak kasal- liklariga dori sifatida qo’llaniladi. Malina bargidan tayyorlangan damlama va qaynatma ich ketishni davolash, yo’tal va anginada tomoqni chayish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |