O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Butasimon amorfa (Аморфа кустарниковая)



Download 7,92 Mb.
bet60/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Butasimon amorfa (Аморфа кустарниковая) - Amorpha fruticosa L.
Amorfa o’simligi Dukkakdoshlar—Fabaceae oilasiga mansub bo’lib, O’zbekistonga introduksiya qilingan. Balandligi 2-3 m ga­cha yetadigan sershox buta. Barglari (20-25 ta bargchali) murakkab bo’lib, bandi yordamida poya va shoxlariga ketma-ket joylash­gan. Barg bo’lakchalari - bargchalari ingichka ellipssimon yoki cho’ziq ellipssimon shaldda. Mayda xushbo’y, to’qqizil-binafsha rangli gullari shingil gulto’plamini hosil qiladi. Mevasi - bir yoki ikki urug’li, cho’ziqrok dukkak, iyunda gullaydi. Ular manzarali buta sifatida Markaziy Osiyo va Rossiyaning janubiy mintaqalarida ko’kalamzorlashtirish maqsadlarida o’stiriladi. Amorfaning bargi bilan urug’i xalq tabobatida ishlatiladi. Urug’i tarkibida rotenoidlarga kiradigan amorfin va amorfol glikozidlari, 13% moy va boshqa biologik faol moddalar bor.
Glikozidlar, efir moyi, bo’yok va boshqa moddalar barglari bi­lan bir qatorda yosh novdalarida ham bor. O’zbekistonda amorfadan Fruticin preparati olingan va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan. Amorfanning ushbu dorivor preparati - frutitsin tinchlantiruvchi va kardiotonik vosita sifatida yurak-qon tomir (yurak-tomir nevrozi, paroksizmal taxikardiya) kasalliklarda qo’llashga tavsiya etiladi
.
Butasimon amorfa (Аморфа кустарниковая)- Amorpha fruticosa


Zangori maymunjon (Eжевика сизая)- Rubus caesius L.
Maymunjon turlari Ra’noguldoshlar-Rosaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 50-150 sm ga yetadigan ikki yillik poyali tikanli lianasimon buta yoki yarim buta. Bir yillik poyasi yer bag’irlab (yotib) yoki yoysimon qayrilib o’sadi. Poyalari silindrsimon, shoxlangan.
Barglari uch plastinkali (bo’lakchalari tuxumsimon, o’tkir uchli, tishsimon qirrali) murakkab bo’lib, uzun bandi bilan poyasi va shoxlarida ketma-ket o’mashgan. Oq rangli, besh bo’lakli gullari qalqonsimon shingil to’pgulga joylashgan. Mevasi - ko’k rangli, sershira, danakli murakkab rezavor meva.
Maymunjon may-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyun-avgustda pishadi. Maymunjon Markaziy Osiyo, Kavkaz va G’arbiy Sibiming tog’li hududlarida tog’ yon bag’irlarida, to’qayzorlarda, ariq bo’ylarida, toshli tog’ qiyaliklarida, jarliklarda, o’rmon ostida butalar orasida va boshqa namlik bilan ta’minlangan yerlarda o’sadi.
Xalq tabobatida maymunjonning yetilib pishgan mevasi, bargi va ildizi ishlatiladi. Mevasi pishganda yig’iladi va quritmasdan yoki oftobda quritib ishlatiladi. Barglari o’simlik gullashi davrida teriladi va soya yerda quritiladi. Ildizini kech kuzda yoki erta bahorda kovlab olinadi, suvda yuvib, tuproq va loydan tozalanadi, mayda bo’lakchalarga qirqib, ochiq havoda quritiladi. Zangori maymunjon bargi tarkibida 80-271 mg% C vitamini, organik kislotalar, karotin, qand, oshlovchi moddalar, mevasida - 6,35-7,46% qand, 2,2% or­ganik kislotalar, 15 mg% C vitamini, karotin, antotsianlar va boshqa biologik faol moddalar bor.



Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish