Nazorat uchun savollar.
O’zbekistonda do’lananing qanday turlari mavjud?
Do’lana tarkidibida qanday vitaminlar mavjud?
Archaning xalq tabobatida qanday muhim axamiyat kasb etadi?
3-mavzu: Dorivor butalar xamda ularning shifobaxshlik xususiyatlari
Reja:
Dorivor butalar, ularning tarqalish areali va resurslari.
Sanoat miqiyosida xom-ashyo tayyorlash imkoniyatlari.
Tabiiy resurslarini saqlash zaxiralarini asrash va dorivor o’simliklar ekin maydonlarini barpo etish masalalari.
Tayanch iboralar: Oddiy anor (Гранат обыкновенный) - Punica granatum L. Malina (Малина обыкновенная) - Rubus idaeus L. Zangori maymunjon (Ежевика сизая) - Rubus caesius L. Butasimon amorfa (Аморфа кустарниковая)- Amorpha fruticosa
Oddiy anor (Гранат обыкновенный) - Punica granatum L.
Anor o’simligi Anordoshlar - Punicaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 1,5-5 m keladigan buta yoki kichik daraxt, Barglari ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, qalin, yaltiroq bo’lib, kalta bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida qarama-qarshi joylashgan. Qizil gullari yakka-yakka, ba’zan 2-5 tadan bo’lib shoxlariga o’mashgan.
Mevasi - yirik sharsimon, ko’purug’li sersuv soxta meva. Urug’lari to’qqizil, och qizil, pushti yoki oq rangli, sersuv, shirin yoki nordon mazali et bilan o’ralgan. Yovvoyi anor Markaziy Osiyoning va Kavkazning janubida (Armanistonda, Ozarbayjon janubida) quruq subtropik mintaqasida o’sadi. O’zbekistonda Surxondaiyo viloyatining To’polang-daryo havzasida yovvoyi holda uchraydi. Markaziy Osiyo, Kavkaz va Qrimda xalq seleksiyasi navlari madaniy holda ko’plab yetishtiriladi, sovuqdan saqlash maqsadida qishda ko’miladi.
Tibbiyotda ushbu o’simlikning poyasi, shoxi, ildiz po’stlog’i hamda mevasi ishlatiladi. Po’stlog’i tarkibida 0,25% alkaloidlar (pelterin, izopelterin va boshqalar), smola, betulin kislotasi, oshlovchi va boshqa moddalar, meva po’stida — 28% gacha oshlovchi modda, ursol kislota, yeyiladigan qismida qandlar, limon, olma kislotalar va C vitamini bor.
Anor po’stlog’i preparatlari (qaynatmasi va pelterin alkaloidi tuzlari) organizmdan lentasimon gijjalarni haydash uchun, meva po’sti qaynatmasi - ich ketishda va yaralami davolashda qo’llaniladi. Meva po’stidan tanin, shirasidan limon kislota olinadi. Anorning nordon mevalari tarkibida (shirasi) 9% gacha limon kislotasi bor. Ibn Sino anor po’sti qaynatmasi bilan qon tupurish, milk qonashi va me’da kasalliklarini davolagan. Shuningdek uni yaralami yuvish, tishni mustahkamlash maqsadida og’izni chayish uchun hamda siydik haydovchi vosita sifatida ham qo’llagan.
Xalq tabobatida anor po’stlog’i bilan meva po’stining qaynatmasi, gulining damlamasi, mevasi va uning shirasini istisko, ich ketishi, dizenteriya, sariq kasalliklarini, qo’tirni davolashda hamda qon oqishini to’xtatishda (qon tupurganda, milk dan qon oqqanda), siydik va gijja haydashda, og’riq qoldirishda ishlatiladi. Singa kasalligining oldini olish va davolash, ishtaha ochish uchun anor mevasi shirasini ichish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |