O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2,48 Mb.
bet133/174
Sana01.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#627029
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   174
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Adabiyotlar
1. N.M.Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1969.
2. O`zbek adabiyoti tarixi. Ak.nashr. 5 jildlik. 1-jild, 1977.
3. Ya.G`ulomov, Alisher Navoiy davrini o`rganish haqida (ulug` o`zbek shoiri) T., 1948 y
4. B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. T., 1994 y
5. Sh.Karimov, R.Shamsutdinov. Vatan tarixi. Andijon, 1995 y
6. Sh.Karimov, R.Shamsutdinov. Sohibqiron Amir Temur va saltanati,
Andijon, 1995 y
7. Andijonda sohibqironni xotirlab. Andijon, 1996 y
Takrorlash uchun savollar:
1. Temuriylar imperiyasining maydonga kelishi haqida ma'lumot
bering.
2. Amir Temur faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
3. Amur Temur haqidagi badiiy asarlarni bilasizmi?
4. Temuriylar imperiyasining yemirilishi haqida gapiring.


RABG`UZIY
(2 soat ma'ruza)

REJA
1. Rabg`uziy hayotiga doir ma'lumot.


2. “Qissasi Rabg`uziy” asari.
3. Asarning xarakteri, tuzilishi, g`oyaviy-badiiy xususiyatlari.
4. Asardan o`rin olgan hikoyatlar, ularning o`rni, mazmun-mohiyati.
5. Asarning ahamiyati.

XIII asr oxiri XIV asr boshlarida yashab ijod etgan ulug`lardan biri Nosiriddin Burxoniddin Rabg`uziydir. Uning hayoti va faoliyati haqida ma'lumot beruvchi yagona manba o`z asari “Qissasi Rabg`uziy”dir.


Bu kitobni tuzgan, toat yo`lida tizgan, ma'siyat yobonini kezgan, oz ozuqluq, ko`p yozug`luq Robot o`g`uzning qozisi Burxoniddin o`g`li Nosuriddin”. Demak, muallif Xorazmning Roboti o`g`uz degan joyidan bo`lib, u yerda qozilik qilgan. Rabg`uziy taxallusi shu joy nomidan olingan. Shuningdek, asarda muallif ushbu asarini hukmdor beklardan “Nosiriddin To`qbug`a” degan kishining talabiga muvofiq yaratganini ham aytadi.
Bu yerda shu narsa ko`zga tashlanadiki, To`qbug`a bu vazifani topshirishda Rabg`uziyning bilim quvvati, yozuvchilik mahorati, tajribalari yetarli ekaniga ishonchi bo`lgan. Qolaversa, muntazam izchillikda bayon qilingan tarixiy va afsonaviy voqealar, asarga kiritilgan turkiy she'rlar, arab tilidan qilingan tarjimalar Rabg`uziy iste'dodini isbotlaydi.
“Qissasi Rabg`uziy” asari hijriy 709 (1309-1310) yillar atrofida yaratiladi. Muallif asariga asos qilib Qur'onda mavjud bir qator voqealardan, Abu Isxoq Nishopuriyning “Qissasul anbiyo” va boshqa islomga oid manbalardan foydalanadi.
“Qissasi Rabg`uziy” xarakteriga ko`ra o`ziga xos diniy mohiyatga ega. Asar an'anaviy hamd, na't bilan boshlanadi. So`ngra yozilish sabablari, o`zi haqida xabar beruvchi qisqa so`z boshi keladi. Asardan hammasi bo`lib 72 ta qissa o`rin olgan.
Asar garchi payg`ambarlar haqida bo`lsa-da, muallifning e'tiroficha, insonlar mavjud bo`lmasdan avval ham mavjudlik bo`lgani uchun voqealarni ana shu ilk mavjudlik voqealaridan boshlaydi. Ya'ni avvalgi qissa yer, ko`k, mavjudotlar, jin, dev, parilar hukmronligi, so`ngra insonning yaratilishiga ehtiyoj tug`ilishi voqealaridan boshlanadi. Bu voqealar konkret ilmiy xarakterga ega bo`lmasa-da, lekin olam va odamning avvali haqida ma'lum tasavvurlar beradi.
Qolgan qissalar payg`ambarlar va payg`ambarlashtirilgan shaxslar to`g`risidadir. Rabg`uziy har bir qissaning boshlanishida payg`ambar haqida qisqacha ma'lumot so`ngra izohlovchi she'r, so`ng nasrda qissaning asosiy mazmunini beradi. Bu mazmun ham yaxlit voqealar bayonidan iborat bo`lmay, shu voqealar bilan bog`liq bir necha naql va hikoyatlardan ham iboratdir.
Masalan, Idris payg`ambar to`g`risida izoh va she'r keltiriladi. So`ngra nasrda uning o`ziga xos xislatlari aytiladi. Qissadan ma'lum bo`lishicha, Idris payg`ambar ilmu hikmatda, podshohlikda, payg`ambarlikda uchinchidir. U nima narsa bo`lsa, tikib kiyishni bilgan, shamshir, pichoq kabi asboblarni yasagan, osmonda yashagan, jannatda tirik yurgan, yetmish ikki tilni bilgan, dinga da'vat qilib, turli rasm-rusumlarni o`rgatgan. Xudo uning sidqidildan qilgan toat-ibodatlari, ishlarini nazarda tutib, o`lib qayta tirilishiga, osmonga chiqib sayr qilishiga, do`zax va jannatda aylanib, jannatda qolishiga izn beradi.
Asarda boshqa payg`ambarlar haqida ham shu usulda voqea-hodisalar bayon qilinadi, rang-barang hikoyatlar keltiriladi.
E'tiborlisi shundaki, qissalar va ular bilan bog`liq hikoyatlar maqsadli muayyan bir g`oyaga bo`ysundirilgan holatda bayon qilinadi. Masalan, Bir kuni Sulaymon Boyqushdan so`radi, nima uchun doim vayronalik yerni xohlaysan, nega xalq orasida yurmaysan. Boyqush aytdiki, odam farzandlari bir-biriga qiladigan zulmidan qo`rqaman. Demak, bunda zulm qoralanadi. Dovud payg`ambar hikoyatida halollik, halol mehnatni ulug`lash g`oyasini ko`ramiz. Bunday g`oyaviylik asardagi barcha hikoyatlar uchun xosdir. Ko`rinadiki, Rabg`uziy qissa va hikoyatlarini insonlar ezguligi uchun xizmat qilishga qaratgan.
Asardan o`rin olgan hikoyatlarning ko`pchiligi real hayot hodisalarni izohlashga qaratilgan. Masalan: Insonga jon ato etilishidan oldin uning tanasi tirnoqlar kabi silliq edi, jon baxsh etilgach, yumshab, hozirgi xolatga keldi, avvalidan nishona sifatida tirnoqlar saqlab qolindi. Qarg`alardan biri yerni cho`qilab, o`lgan sherigini ko`mishdan yerga ko`mish odati rusum bo`ldi.
Shuningdek, arining g`o`ng`illashi, qaldirg`ochning odamlar orasida bo`lishi, ilonning qurbaqaga o`chligi va hokazolar hayotiy hodisalar bo`lib, izohlovchi hikoyatlardir. Ana shu o`rinda asarga xos eng muhim xususiyat rivoya va hayotiy an'analar tutashtiriladi.
Qissa va rivoyatlar Rabg`uziyning nasrdagi katta mahoratini ko`rsatsa, asardan o`rin olgan g`azal va she'rlarda tabiat ko`rki, qahramonlarning ruhiy holatlarini yorituvchi she'rlar uning nazmdagi mahoratini ko`rsatadi.
Bizningcha, “Qissasi Rabg`uziy”ga diniy xarakterdagi bir asar sifatidagina qaramaslik kerak. Chunki, asarda diniy ruhga nisbatan inson hayoti, kelajagi va real borliq bilan bog`liq dunyoviy ruh ustun darajadadir. Asar tom ma'nodagi ilhom manbaiga aylanishi mumkin bo`lgan nodir yodgorlikdir.



Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish