O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2,48 Mb.
bet130/174
Sana01.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#627029
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Takrorlash uchun savollar:
1. Yusuf Xos Hojib va uning faoliyati haqida qaysi manbalarda
qanday ma'lumotlar ma'lum?
2. “Qutadg`u bilig” nima degani?Nega adib asarini shu nom
bilan atagan?
3. Asar muqaddimasida asarning yaratilishi badiiyati
bilan bog`liq qanday fikrlar aytiladi?
4. Asar mazmun mohiyatiga nimalarni asos qilib oladi?
5. Asarda adibning falsafiy qarashlari.
6. Asarda adibning ijtimoiy-siyosiy qarashlari.
Lug`at:
1. Bolosog`un-hozirgi To`qmoq shahri o`rnidagi qadimiy shahar.
3. Xonsalor-dasturxonchi.
4. O`kush-ko`p.
5. So`kinj-taxqir, haqorat.


AHMAD YUGNAKIY (2 soat ma'ruza)

REJA
1. Adibning hayoti haqidagi ma'lumotlar.


2."Hibatul-haqoyiq" asarining yaratilishi va o`rganilishi
3. Asarda o`rtaga qo`yilgan asosiy masalalar.
4. Asarning ilmiy va ma'rifiy ahamiyati.

Turkiy adabiyotning mashhur vakillaridan biri, adab ilmining bilimdoni adib Ahmad Yugnakiydir. Adibning shaxsiyati, hayoti va faoliyati haqida batafsil ma'lumotlarga ega emasmiz. "Hibatul-haqoyiq" asarida muallif va asarni ko`chirgan kotiblar tomonidan keltirilgan ayrim qaydlargina mavjud xolos. Xususan adib asarida:


Adib Ahmad atim, adab, pand so`zim,
So`zim munda qolur, borur bu o`zim,-
deya o`z nomini zikr etsa, "Hibatul-haqoyiq"ning qo`lyozmalariga turli shaxslar tomonidan yozilgan (Arslonxo`ja Tarxon)
Otasi ati Mahmudi Yugnakiy,
Adib Ahmad o`g`li, yo`q ul hech shaki,
Adibning yeri ati Yugnak erur,
Safolik ajib yer, ko`ngullar erur,
Adiblar adibi fozillar boshi,
Guhartin so`z aytmish, andin so`z boshi.
kabi qaydlarga duch kelamiz. Bulardan ma'lum bo`ladiki, adibning oti Ahmad, otasining oti Mahmud, tug`ilgan joyi Yugnak shahri bo`lgan, biroq Yugnak shahrini qaerda bo`lganligini aniq aytish qiyin. Yugnakiyni o`rgangan olimlardan. Bertels Farg`ona vodiysida, Bartold esa Samarqand atrofida bo`lgan deb belgilaydi.
Tarixiy manbalarda, jumladan, Ibn Xevakl va Arat Raxmatiy asarlarida "Agnok" yozilib Samarqand atrofida bo`lganligi qayd etiladi. Adibning shaxsiyatiga doir ayrim qaydlar bor. Asar qo`lyozmalaridan birida "tug`a ko`rmas edi adibning ko`zi", -deya aytilsa, Alisher Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat" asarida adib nomini hurmat bilan zikr etib “Haq subhonaxu taolo agarchi zohir ko`zin yopuq qilgandur, ammo ko`ngul ko`zin bag`oyat yoruq qilgondur” deydi.
U Bag`dod atrofida maskan tutib, uzoq masofalarni piyoda kezib mashhur shayxlar, allomalardan shariat va tariqat sabog`ini, hadis va tafsirdan ta'lim olgan, va'zu nasihatda usta bo`lib, "aksar turk ulusida xikmat va nuktalari shoe'" bo`lib, she'rlari xalq orasida og`izdan-og`izga ko`chib yurgan.
Adibning bizgacha meros sifatida yagona asari saqlanib qolgan. Bu asar asrimiz boshlarida Turkiyadagi “As-Sufiya” masjidi kugubxonasidan Najib Osim degan olim tomonidan topiladi. Shu olim bu asarni o`rganish, tarjima etish, va dastlabki nashrini amalga oshiradi. Najib Osim asoslagan qo`lyozma 884 (1480) yilda Abdurazzoq Baxshiy tomonidan ko`chirilgan nusxasi bo`lgan. Hozirda «Hibatul haqoyiq»ning 5 qo`lyozma nusxasi ma'lum, ular arab, bittasi uyg`ur yozuvida ko`chirilgan Istambul va Berlin kutubxonasida saqlanadi.
O`zbek olimlaridan Oybek, S.Mutallibov, N.Mallaev, K.Mahmudovlar tadqiqot ishlari olib borganlar, darslik va xrestomatiyaga kiritganlar, jumladan, K.Mahmudov 1974 yilda “Hibatul haqoyiq" ning teksti va hozirgi tilga ag`darilgan variantini kitob holida nashr ettirgan 1982 yilda nashr etilgan “Ahmad Yugnakiyning "Hibatul – haqoyiq" asari haqida” nomli kitobi ham bor. "Xibatul- haqoyiq" pandnoma xarakteridagi asar bo`lib, 235 baytdan iboratdir. Adibning "Tuzatdim bu o`n turt bob ichra so`zum" deb qayd etishiga qaraganda, dastlab 14 bob qilib joylashtirilgan. Biroq, ayrim boblarning sarlavhalarining tushirib qoldirilishi bilan boblar soni qisqarib, 11 bob holiga kelgan, hozirda 11 bobdan iborat deb qaraladi.
Asar an'anaviy ko`rinishda, ya'ni “muqaddima” va asosiy qismlardan iborat bo`lib, dastlabki 4 bobida “hamd”, “na't”, “Dod Sipohsalorbek madhi” va asarning yozilishi tarixi haqida so`z boradi. Bundan keyingi boblar asarning asosiy qismini tashkil etadi deyish mumkin. Jumladan, 5-bobda (40-62) adib bilimning foydasi va johillikning zarari hakida qimmatli fikrlar bayon etadi:
Biliktin ayurman so`zimga ula,
Biliklikka, yo do`st, o`zingni ula.
Baholik dinor ul biliklik kishi
Bu johil biliksiz bahosiz bishi
Biliklik biliksiz kachon teng bo`lur?
Biliklik tishi-er, joxil er-tishi.
6-bobda esa bilim va odobning belgisi sifatida til va uni tiya bilish haqida so`zlanadi:
Eshitgil biliklik neku tep ayur,
Adablar boshi til kuzatmak turur.
Tiling bekta tutgil, tishing sinmasun,
Qali chiqsa bekta tishingni siyuur.
7-bobda dunyoning foniyligi, o`zgarib turishi haqida hikmatli so`z so`zlaydi:
Bu ochun robot ul tushub kuchkulik,
Robotqa tushukli tushar kuchkulik.
O`ng orqish uzadi qo`pub yo`l tutib,
O`ngi ko`pmish orqish necha kuchkulik.
Bu ochun ko`r erga kurumlik toshi,
Valekin ichinda xazor noxushi.
Boqib tosh bezakin ko`rub sen bunga,
Ko`ngil bog`lamoq bil xatolar boshi.
8-bobda saxiylik va baxillik haqida so`zlanadi:
Bu budun tulusiaxi er turur,
Axilik sharaf, joh jamol ortturur,
Sevumlik tisang kishilar aro,
Axi bo`l, axillik seni sevdurur.
To`qqizinchi, o`ninchi boblarda tavoze'likning manfaati, kibru havo va hirsning zarari haqida so`z boradi. So`ngra o`z fikrlarini xulosalaydi.
Ko`rinadiki, Yugnakiy o`z asarida aniq bir voqea, hodisa yoki
sarguzashtni hikoya qilmaydi, u odob axloq, ilm-ma'rifatga doir fikrlarni, masalalarni personajlarsiz izchil bayon etib boradi. Bu o`git va pandlarni bayon etishda turlicha tashbeh, metafora, tazod, so`z o`yinlari kabi badiiy tasvir vositalari unumli qo`llanganini ko`ramiz.
Dostondagi hamma she'rlar “Mutaqoribi musammani maqsur”
formasiga mos keladi. G`azal va masnaviy ko`rinishida yoziladi.
Dostonda bayon etilgan fikrlar hayot sinovlaridan o`tgan, inson hayotini abadiyatga daxldor bo`lishini ta'minlovchi, asqotuvchi fikrlardir, asarning ma'rifiy ahamiyati ham shunda ko`rinadi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish