II BO”LIM “O‘ZBEK ADABIYOTI”» o‘quv fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari-------------------------------------------------------------------62-144
“O‘ZBEK ADABIYOTI”fanidan seminar mashg‘ulotlarida
o‘qitish texnologiyasi.------------------------------------------------------------- 144-215
Ma’ruza matni-----------------------------------------------------------------------216
Uslubiy qo‘llanma-----------------------------------------------------------------388
III BO`LIM
Oraliq nazorat uchun savollar-----------------------------------------------------------338
Yakuniy nazorat uchun variantlar------------------------------------------------------343
Test savollari------------------------------------------------------------------------344-365
Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxati-----------------------------------------------366
K I R I SH
Talabalarga bilim brishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati to‘g‘risida So‘z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning «O‘quv jarayoniga yangi axbrot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik kursatadigan o‘qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jixatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor»1 degan So‘zlarini ta’kidlash o‘rinlidir. Bu masala « Barkamol avlod yili» Davlat dasturida ham asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Qo‘llanmada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri ustida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotining rejasi, o‘qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasini , ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchining mazkur o‘quv mashg‘ulotida erishadigan maqsadi bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatini bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o‘z ichiga oladi.
Qo‘llanma tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir mavzu bo‘yicha ma’ruza hamda amaliy va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
Qo‘llanmaning konseptual asoslari qismida dastlab « O‘zbek adabiyoti» fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, so’ngra loyihalashtirilgan, o‘qitish texnologiyalari taqdim etilgan.
yigirma turdagi ma’ruza mashg‘ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual ma’ruza, binar ma’ruza, ma’ruza-munozara, hamkorlikdagi ma’ruza, avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza, sharxlovchi ma’ruza berilgan.
Muammoli seminar va amaliy mashg‘ulotlar, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan seminar, aniq holatlarning yechimi bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlar utish texnologiyalari mavjud.
Innovatsion va zamonaviy pedagogik goyalarni amalga oshirishda, jahon tajribasidan ko`rinib turibdiki, o`qituvchi bilim olishning yagona manbai bulib kolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining menejeri bo`lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g`oyalar yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |