Tabiiy-ilmiy kurs
Bakalavr:
koinotning yaxlit fizik ob’ekt ekanligi va uning evolyutsiyasi;
tabiiy fanlarning fundamental birligi, tabiatni bilishning tugallanmasligi, uning yanada taraqqiy etishi;
tabiatda diskretlik va davomiylik;
tabiatdagi tartiblilik va tartibsizlik orasidagi nisbat haqida, ob’ektlar tuzilishining tartibga solinganligi, ularning tartibsizlik holatiga o‘tishi va aksincha holatlar;
tabiatning dinamik va statistik qonunlari;
tabiiy tizimning ob’ektiv tavsifi bo‘lgan ehtimollik;
tabiatshunoslikning turli bo‘limlaridagi o‘lchamlar va o‘ziga xoslik;
tabiatshunoslikning fundamental konstantalari;
muvofiqlik (simmetriya) tamoyili va tabiatni asrash qonunlari;
tabiatdagi holatlar va uning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turishi;
tabiatdagi ob’ektlarning individual va kollektiv munosabatlari;
tabiatshunoslikda zamon;
materiya tuzilishining biologik shakli xususiyati, tirik sistemalarni qayta tiklash va rivojlantirish tamoyillari;
biosfera va uning evolyutsion yo‘nalishi;
tirik sistemalar yaxlitligi va gomeostazi;
organizm va atrof-muhitning o‘zaro ta’siri, organizmlar hamjamoasi, ekosistemalar;
tabiatni muhofaza qilishning ekologik tamoyillari, tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni asrashga qaratilgan texnologiyalar yaratish istiqboli;
tabiatshunoslikdagi eng yangi kashfiyotlar, ulardan texnik qurilmalar yaratishda foydalanish istiqbollari;
fizik va biologik modellashtirish;
odam biosferasi va ijtimoiy biologiyasi birligi tabiati nuqtai nazardan ularning kasbiy faoliyatdagi oqibatlari;
Markaziy Osiyo mamlakatlarining geografik joylashishi, tabiiy-iqtisodiy va aholi potensiali;
yosh fiziologiyasi va gigienasining asosiy tamoyillari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
mexanika, elektr va magnetizm, tebranish va to‘lqinlar, kvant fizikasi, statik fizika va termodinamika, moddalarning reaksiyaga bardoshliligi, ekologiyaning asosiy tushunchalari, qonunlari va modellari;
fizika va ekologiyada nazariy va eksperimental tadqiqotlar olib borish usullari;
Markaziy Osiyo mamlakatlarining geografik tavsifnomasi, muammolari va rivojlanish istiqbollari;
fizik va biologik hodisalarning zararli oqibatlaridan atrof-muhitni, insonni muhofaza qilish usullari va metodlari;
yosh fiziologiyasi fanining asoslari va gigiena talablarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;
sodda fizik, kimyoviy va biologik tizim modellaridan o‘quv jarayonida foydalanish;
tabiatshunoslik fanlarining turli bo‘limlari uchun xarakteri bo‘lgan kattaliklarning tartib raqamlarini o‘lchash va baholash;
atrof-muhit va odamni zaharli moddalardan muhofaza qilish;
gigiena talablariga rioya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |