O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2,48 Mb.
bet131/174
Sana01.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#627029
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   174
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Adabiyotlar:
1. N.M.Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. T. 1976 y.
2. O`zbek adabiyoti tarixi. Ak.nashr. 5 tomlik. 1-tom, 1977 y.
3. A.Yugnakiy. Hibatul haqoyiq. T., 1981 y.
4. Mahmudov K.A Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asari haqida. T.,
Fan. T., 1982 i.
5. Navoiyning nigohi tushgan. T., 1986.
6. Xo`janova G. “Hibat ul-haqoyiq” poetikasi. ND. Avtoref.- T.,
2001 y.
Takrorlash uchun savollar:
1. A A. Yugnakiy hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz?
2. Yugnakiy haqida qaysi shoirlar o`z asarlarida ta'rif
beradi?
3. “Hibat ul haqoyiq” asari qanday asar?
4. “Hibatul haqoyiq” qo`lyozmalari qaerda saqlanadi?
5. Asarda qanday badiiy san'atlar qo`llanilgan?
Lug`at:
1. Ula-quloq, sol.
2. Bishi-sariq chaqa.
3. Tishi-ayol.
4. Eran-mard.


AHMAD YASSAVIY
(2 soat ma'ruza)

REJA

1. Yassaviyning hayoti va faoliyati.
2. “Devoni xikmat” to`plamining yaratilishi va o`rganilishi.
3. “Devoni hikmat”ning janr tabiati, o`ziga xos xususiyatlari.
4. Yassaviy hikmatlarida inson va uning ma'naviy qiyofasiga
munosabat, johillik va nodonlik, ishq va oshiqlik, dunyo va
uning bir bugun mohiyati haqidagi fikrlar.
5. Yassaviy xikmatlarining ma'rifiy ahamiyati.

Turkiy tasavvuf she'riyatining atoqli vakillaridan biri, umr bo`yi xudo yo`lida fidoiylik bilan xizmat qilgan, inson qadrini e'zozlagan zotlardan biri Ahmad Yassaviydir.


Yassaviy XI asrning o`rtalarida Sayramda o`z davrining mashhur shayxlaridan Ibrohim ota oilasida tavallud topadi. Go`dakligida onasidan, 7 yoshlarida otadan yetim qolib, bobosi Arslonbob qo`lida tarbiyalanadi. U dastlab Arslonbob qo`lida, so`ng Buxoroga borib Yusuf Xamadoniydan saboq oladi. Yusuf Xamadoniy vafotidan so`ng bir necha muddat uning ishini davom ettiradi. So`ngra o`z yurtiga qaytib o`z mustaqil faoliyatini boshlaydi. Xikmatlar bitadi, atrofiga muridlar to`playdi. “Yassaviya” tariqatiga asos soladi.
Yassaviydan bizgacha turkiy adabiyotning nodir yodgorliklaridan biri bo`lgan “Devoni xikmat” asari yetib kelgan. Ammo uni qachon va kim tomonidan tuzilganligi noma'lum. “Devon”ning eng qadimgi qo`lyozmalari XVII asrga mansub bo`lib, ular saqlanmoqda. Qozon va Toshkentda bir necha marotaba qayta nashr etilgan. Yassaviyning qo`lyozma va toshbosmadagi “Devoni xikmat”larini chuqur tekshirgan turkiyalik olim Kamol Eraslon 1983 yilda Anqarada “Devoni xikmatdan sochmalar” kitobini chop ettiradi. Shu asosda bizda ham I.Haqqulov 1991 yil “Devoni xikmat” va “Xikmatlar” nomi bilan nashr ettiradi.
Ahmad Yassaviy o`z yurtiga qaytib mustaqil faoliyatini boshlagan dastlabki yillardayoq o`z dunyoqarashini xalq orasida kengroq yoyish maqsadida turkiy xalq qo`shiqlariga yaqin she'rlar ijod qila boshlagan. O`z she'rlarida u insonni asl komillikka eltadigan din, imon, Xudo yo`lida fidoiylik, e'tiqodda sobitlik, halollik va poklikni targ`ib etadi. Bu targ`ibotida shoir “Qur'on” oyatlari va hadislarga asoslanadi. Shu boisdan ham xikmatlar bir qarashda oyat va hadislar bilan birdek tuyuladi. Boshqacha aytganda, muvofiq keladi. Lekin bu Yassaviy hikmatlarida “oyat va hadislar mazmunini tug`ridan-to`g`ri o`zlashtirgan” degan fikrni bermasligi kerak.
Mening xikmatlarim koni hadisdur,
Kishi bo`y eltmasa bilgil habisdur.
Mening xikmatlarim farmoni subxon,
O`qub uqsang hama ma'niyi Qur'on.
Mening xikmatlarim olamda sulton.
Qilur bir lahzada cho`lni guliston.
Mening hikmatlarim shavqi muhabbat,
Kuzini yoshida qilgay tahorat.
Qolaversa, Yassaviy o`z g`oyaviy-axloqiy, falsafiy maqsadlari yo`lida ulardan ijodiy foydalangan deyish mumkin.
Savol tug`iladi, xo`sh Yassaviyning g`oyaviy maqsadi nimadan iborat edi..? Shu paytga qadar Yassaviy va uning “Xikmat”lari haqida turli xil qovushmaydigan fikrlarning aytilishiga qaramasdan, bugunda shu narsa yaxshi ma'lumki, Yassaviy tarixda nom qoldirish, avliyo sifatida shon-shuhratga ega bo`lish, boylik orttirish maqsadida tariqati va hikmatlarini yaratgan emas, bunday fikrni tasavvurga keltirishning o`zi shubhasiz xato, uning tili bilan aytganda nodonlikning o`zidir. Yassaviyning maslagidan ham, hikmatlaridan ham ko`zlagan maqsadi bitta edi, u ham bo`lsa, barcha mavjudotlar ichida eng mukammal qilib yaratilgan inson va jamiyatni bir so`z bilan aytganda bashariyatni mukammal ko`rish orzusi edi. Yassaviyning ta'biricha,bu mukammallik eng avvalo nafsni o`ldirish va Haqni sevish tomoniga qilinadigan harakatdan boshlanadi
Na onoda rahm qoldi na otoda,
Og`a-ini bir-biriga mojaroda,
Musulmonlar da'vo qilur, ichar boda,
Mastlik bilan qarindoshdan tondi ko`ring.
Bularning barchasi nafs tufaylidir. Nafs kishi ko`zini parda bo`lib to`sib qo`yadi, tug`rilikdan adashtiradi.

Nafs yo`liga kirgan kishi rasvo bo`lur,


Yuldan ozib, toyib-to`zib gumroh bo`lur.
Shuning uchun ham Yassaviy pandu-nasihatlarida nafsga qarshi kurashni bosh masala qilib qo`yadi, unga qarshi isyon ko`taradi.
Xudovando, meni solgil o`z yo`lingga,
Nafs ilgida xorib, ado bo`ldim mano.
Fiqu fujur to`lib-toshib, haddan oshti.
G`arqob bo`lib isyon ichra qoldim ma'no.
Anglamoq kerakki, Yassaviyning bu isyoni ruhiy isyondir. Nafsdan qutulishning yagona chorasi esa Haqqa oshiqlik ehtiyojidir.
Nodonlikda haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilgil parvardigor.
Yassaviy hikmatlarida oshiqlikni yolg`on oshiq va chin oshiqqa bo`lib ko`rsatadi. Ishq savdosi-og`ir savdo. Uning qiyinchiliklariga bardosh berish o`ta mashaqqat. Ishq bu- darddir.
Ishq balosi boshga tushsa nolon q;ilur,
Aqling olib, behush qilib hayron qilur...
Ishq odamda bedorlikni paydo etib, e'tiqod-imon mustahkamligini ta'minlaydi, nodonlikdan saqlaydi. Natijada insonda o`z-o`ziga murosasiz bo`lish ehtiyojini hosil etadi.
Murosasiz bo`lish-o`zini doimo nazorat ostida tutmoq, o`z-o`ziga hisob berib turmoq, xato ishlarini takrorlamaslik va bular ortidan keladigan har qanday kiyinchilikka bardosh bermoqlikdan iboratdir. Ana shu jarayonda inson o`z-o`zini anglab boradi, g`ofillik va nodonlikdan qutila boradi. Yassaviy xikmatlari ana shunday oliy haqiqat, ulug` ma'rifatdan saboq beradi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish