Adabiyotlar:
1. N.Mallaev "O`zbek adabiyoti tarixi" 1-kitob, T., 1969 y.
2. O`zbek adabiyoti tarixi. Ak. Nashr 5 jildlik. 1 tom, T., 1977 y.
3. N.Abdullaev. H.Xorazmiy va uning "Mahzanul asror" dostoni. "Fan”.T.,1976 y.
4. Lutfiy "Sensan sevarim" G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, T.,1977 y.
5. A.Hayitmetov "Adabiy merosimiz ufqlari". O`qituvchi. T., 1997 y.
Takrorlash uchun savollar
1. Haydar Xorazmiyning hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlarning
manbalarini ayting.
2. Haydar Xorazmiyning "Mahzan ul asror" dostonining o`ziga xos
xususiyatlari nimada?
3. Dostondagi "Sulaymonshoh" hikoyatining mohiyati nimadan iborat?
"Gul va Navro`z" dostonining nechta qo`lyozmasi mavjud?
Lug`at:
1. Ajuz-ojiza, kampir;
2. Ajam-arab bo`lmagan yurtlar;
3. O`kush -ko`p;
4. Savsan- bu yerda majoziy obraz.
SAKKOKIY. (2 soat ma'ruza)
REJA
1. Sakkokiy hayoti va ijodiy merosi.
2. Sakkokiy she'riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari, mazmun-
mohiyati.
3. Oshiq, yor, raqib obrazlari qiyofasi.
4. Sakkokiy qasidalarida tarixiy shaxslar qiyofasi, ularga
munosabat masalasi.
5. "Ulug`bek madhi" qasidasining ma'rifiy ahamiyati.
Sakkokiy hayoti va faoliyati haqida juda oz ma'lumot saqlanib qolgan. Bu shoir haqida Alisher Navoiyning "Majolisun nafois" asarida va Yaqiniyning "O`q va yoy" munozarasi asarida ayrim ma'lumotlar saqlanadi. Sakkokiy XV asrda Samarqqandda yashab ijod etgan. Sakkokiyning asli ismi noma'lum, Sakkokiy uning taxallusi bo`lib "sakkok" pichoqchi so`zidan olingan. Sakkokiyning nomi Ulug`bek bilan bog`liq bo`lib, u hukmronlik qilgan yillarda uning homiyligi ostida yashaydi, unga atab bir nechta qasidalar yaratadi.
Sakkokiy devonining bir nechta to`liq bo`lmagan qo`lyozma nusxalari yetib kelgan. Devon g`azallar hamda qasidalardan iboratdir. Sakkokiy devonining ham asosiy janri g`azallardir. Shoir g`azallarida dunyoviy-samimiy sevgini kuylaydi, ulug`laydi. Uning g`azallarida ham uch obraz: oshiq yor va raqib obrazlari talqin qilinadi. Oshiq ishqda samimiydir. Orzuli-umidlidir. Shoir ana shu umidlar, orzular yo`lidagi oshiqning kechinmalarini tasvirlaydi. Oshiq avvalda ishq yo`li dushvorliklarini his etmagan, bu yo`lga tushgach esa uning jabru-jafolaridan aziyat chekkan bir «jon»dir.
Ishq ishin Sakkokiy avval bilmayin oson ko`rub,
Oxiri o`z jonining ishini dushvor ayladi.
Lekin oshiq bu qiyinchilikdan chekinmaydi, balki, Farhod Shirin ishqida "ko`hkan" bo`lsa, u "jonkan" bo`lishni orzu qiladi. Shuning uchun ham u yoridin nuqsonlardan soqit bo`lib vafo taraf bo`lishini istaydi.
Bilursenkim kechar dunyoi foniy,
Qulungga qilmagil javru jafoni.
Base ko`p va'dalar qildingu bording,
Kel emdi va'daga qilgil vafoni.
Yor odatdagidek go`zal, biroq purjafodir.
Turrang ko`ngul shahrinda ko`b oshibu g`avg`o qunqorib,
Jon mulkini g`orat qilur har lahza zulfing lashkari.
Bosqinchi lashkar mamlakat mulkini talasa, yorning "zulf lashkari" jon mulkini talaydi, bosqinchi lashkarlar mamlakat shahrida g`avg`o chiqarsa, turra (kokili) ko`ngul shahrida g`avg`o chiqaradi. Raqib oshiq va yor o`rtasiga rahna soladi, oshiqning nazdida u yorni vafo yo`lidan chalg`itadi. Go`yoki raqib jarangli soz changning ovozi orasiga tushib qolgan karnayga o`xshaydi.
Tangriliq bulg`oy raqibni majlisingdin qoblasang,
Xay erur xud odamiy sak birla bo`lsa oshno,
Sen bukundin so`ng hukm qil, o`z maqomin saqlasun,
Ne qilar changu chig`ona orasida karranoy.
Chang bilan karnayni qo`shib chiroyli kuy chiqarib bo`lmaganidek, vafoli bo`lmoq uchun o`rtaga (itni) raqibni qo`yib yovlashib bo`lmaydi. Sakkokiy o`ziga xos chiroyli usullarni yaratadi.
O`xsh.
1. Movaraunnahr ichra qoldi, chunki ikki yonima,
Ko`zlarimning biri Sayhun, biri Jayhun ayladi.
2.Sabo zulfingni tog`itti magar, xoli xayolimda:
Yozildi ajdar bo`ldi, uroldi Ahriman bo`ldi.
3.Og`zing ko`zungga pistau bodom o`zini tutsa teng,
Og`zini sindur pistaning, yor o`rtadin bodomni.
4. Gar hajring o`ti jonu jigarga yoqa keldi,
Jonimga ne xush sharbati vaslin yoqa keldi,
Hajr o`ti nega majruh etib buzdi jigarni.
Vasling bu shifo malhami ne xush yoqa keldi.
Devona bikin tishlab emas yugra yuruda,
Jon pora qilur xolda elimga yoqa keldi.
Qasidalari:
1.Ulug`bekka-4ta.
2.Xalil Sultonga-1ta.
3.Xoja Muhammad Porsoga-1ta.
4.Asrlon Xoja Tarxonga-4ta qasida bitadi.
Bular ichida Ulug`bekka atalgan qasidasi alohida o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |