Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o‘qituvchining
|
Talabaning
|
1-bosqich. Kirish
(5 min.)
|
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.
1.2. Reja va muammoli holatlarni ifodalovchi savollarni ekranga chiqaradi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
1.2. E’tibor beradilar.
|
2-bosqich. Bilimlarni faollashtirish
(10 min.)
|
2.1. Asosiy tushunchalarni va ma’ruza oxirida yechiladigan masalalarni namoyish qiladi.
2.2. O‘quv faoliyatini baholash mezonlari ma’lum qilinadi.
|
2.1 Aniqlik kiritadilar. Savollar beradi.
|
3-bosqich. Asosiy
(55 min).
|
3.1. Quyidagi savolni o‘rtaga tashlaydi:Aytingchi, tarixiy va ilmiy ahamiyat deganda nimani tushunasiz?
-Obraz nima?
Ana shu savol bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash uchun «Devonu lug`atit-turk»ka oid chizmani namoyish qiladi.
3.2. O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi.
|
3.1.Eshitadi.
O’ylaydi, javob beradi.
Javob beradi va
tugri javobni eshitadi.
3.2. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qiladi.
Savollar berib, asosiy joylarini yozib oladi.
|
4-bosqich. Yakuniy
(10 min.)
|
4.1. Mavzuga yakun yasaydi. O‘quv jarayonida faol ishtirok etgan talabalarni ragbatlantiradi.
4.2. Mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun savollarni beradi:
Mahmud Qoshg`ariyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma`lumot. «Devonu lug`atit-turk» asarining yaratilishi va tuzilishi.
Asarda turkiy tillar leksikasi va morfologiyasining izohlanishi.Mahmud Qoshg`ariyning turkiy tillar fonetik qonuniyatlarining kashfiyotchisi ekanligi. «Devonu lug`atit-turk» asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Mahmud Qoshg‘ariy XI asr boshlarida Balasog‘unda (Qirg‘izistonning To‘qmoq shahri yaqinida) tug‘ildi. U turkiy xalqlarning tiliga, turli qabila va urug‘larning urf-odatiga, og‘zaki badiiy ijodiyotiga qiziqdi. Yuqori Chindan boshlab, Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona, Buxoroga qadar cho‘zilgan keng va katta masofani birma-bir kezib chiqdi. Bu haqda muallif bunday deydi: «... Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim... Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar va qirg‘izlar qabilalarining tillari butunlay dilimga jo bo‘ldi».
Davrining eng iste’dodli va atoqli olimlaridan biri bo‘lgan Mahmud Qoshg‘ariy tilshunoslikka doir ikki nodir asar - «Javohir-un-nahv fi lug‘otit turk» («Turkiy tillarning nahv (sintaksis) durdonalari, qoidalari»), «Devoni lug‘otit turk» («Turkiy tillar lug‘ati») asarlarini yaratdi. Uning birinchi asari bizgacha yetib kelmagan yoki noma’lum bo‘lib qolmoqda, ikkinchi asari esa XX asr boshlarida Istambulda topilgan. Bu qo‘lyozmani ko‘chirgan kotib Muhammad binni Abu Bakr Damashqiyning ma’lumotiga ko‘ra, u asarni Mahmud Qoshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozilgan nusxasidan ko‘chirib olgan.
«Devoni lug‘otit turk»ning adabiy qimmati benihoya katta. Unda uch yuzga yaqin she’riy parcha va juda ko‘p maqol hamda hikmatli so‘zlar bo‘lib,
muallif ulardan so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini izohlashga bir ko‘rgazma sifatida foydalanadi. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy: «Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so‘zlar, sajlar, maqollar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezatdim», deydi. Muallif Alp Er To‘nga (Afrosiyob), Iskandar va boshqalar haqida xalq orasida mavjud bo‘lgan ayrim afsona va rivoyatlarni ham bayon qiladi. Shu bilan birga ayrim adabiy janrlar haqida, vazn, istiora, o‘xshatish va boshqa nazariy masalalar haqida ma’lumot beradi.
Devondagi ko‘pgina adabiy parchalarda qabilalarning juda qadimgi patriarxal hayoti, ibtidoiy jamoa qoldiqlari, tabiat hodisalariga primitiv (jo‘n va sodda) qarash ifodalanadi hamda ularda islom dini aqidalarining izi ko‘rinmaydi, arabcha so‘zlar ishlatilmaydi. Ayniqsa, xalq maqollarining mohiyatini yoritib, ularning ishlatilish o‘rnini ham ko‘rsatadi. Masalan: «Ikki bug‘ra ichashur, o‘tra ko‘kagun yangilur - ikki er hayvon olishadi, orada ko‘kagun (pashsha) yengiladi. Bu maqol ikki amir urishib, orada kuchsizlar yanchiladilar, degan ma’noda ishlatiladi; yoki «O‘sukmisha saqig‘ qamug‘ suv ko‘rinur - chanqagan kishiga har bir sarob suv bo‘lib ko‘rinadi.» Bu maqol «muhtoj odam har narsadan o‘z hojatining rivojini o‘ylaydi» kabi har bir ishlatilgan maqolning sharhini keltirib, uning ijtimoiy hayotdagi ishlatilish me’yorini belgilab bergan.
«Devoni lug‘otit turk» kitobi 1928 yili nemis sharqshunos olimi Brokelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, Leypsig shahrida nashr etildi. 1939 yilda esa Bosim Atalay tomonidan usmonli turk tiliga tarjima qilindi. O‘zbekistonda devonning hozirgi o‘zbek tiliga tarjimasi yuzasidan professor S. Mutallibov ish olib bordi. Mashhur rus turkshunoslaridan V. Radlov, S. Malovlar ham bu sohada barakali ish qildilar.
A D A B I Yo T L A R:
Mallaev N., O‘zbek adabiyoti tarixi, «O‘qituvchi» nashriyoti, T-1965 y. 86-196-betlar.
Istoriya Uzbekskoy literaturы 62 tomax, tom 1 izd-va «Fan», T-1987 g. Str. 55-101.
Abdullaev I., Poeziya na arabskom yazыke v Sredney Azii i Xorasane X - nachala XI v., izd. «Fan», T-1984 g., glava IV, str. 176-141.
Istoriya narodov Uzbekistana, izd. «Fan», T-1992 g., str. 99-123.
Xasanov X., Sayyoh olimlar, «O‘zbekiston» nashriyoti, T-1981 y.
Omar Xayyam, Rubai, izd. Literaturы i isskustva im. G.Gulyama, T-1980.
Forobiy, Risolalar, «Fan» nashriyoti, T-1975 y.
Yusuf Xos Hojib, «Qutadg‘u bilig», «Yulduzcha» nashriyoti, T-1990 y.
Sulaymon Boqirg‘oniy, «Boqirg‘on kitobi», «Yozuvchi» nashriyoti, T-1991
10. Injular ummoni, G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. T- 1988y.
Sulaymonova F.K. «Sharq madaniyati va Dante», «Adabiy meros» jurnali, 1977 yil №8, 91-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |