1-ilova.
Reglament.
1. Muammoni yechish va prezentatsiya varog‘ini yozish uchun guruhda ishlashga - 20 min.
2. Muammo yechimini prezentatsiya qilish – 8 min. gacha.
3. Jamoa bo’lib muhokama qilish, xulosalarni shakllantirish - 10 min. gacha.
4. O’zaro baholash – 1 min.
2-ilova
Baholash ko’rsatkichlari va me’zonlari
Har bir guruh boshqa guruhlar taqdimotni baholaydi, mezonlar bo’yicha ballarni jamlaydi.
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
|
Maksimal ball
|
1
guruh
|
2 guruh
|
3
guruh
|
4 guruh
|
Echimlar:
|
1,2
|
|
|
|
|
- muammoni va quyi muammoni to‘g‘ri shakllantirish;
|
0,4
|
|
|
|
|
- yechimning muammo va quyi muammo shakliga mos kelishi;
|
0,4
|
|
|
|
|
- mantiqiylik, aniqlik, xulosalarning qiskaligi
|
0,4
|
|
|
|
|
Taqdimot:
|
1,4
|
|
|
|
|
- javoblarni aniqligi va tushunarliligi;
|
1,0
|
|
|
|
|
- har bir guruh ishtirokchisining faolligi (savollar, qo’shimchalar).
|
0,4
|
|
|
|
|
Reglament
|
0,4
|
|
|
|
|
Umumiy ballar yigindisi
|
3,0
|
|
|
|
|
3-ilova
1-ekspert varagi.
Nodira hayoti va ijodi.Nodira haqida zamondoshlarining fikrlari haqida ma’lumot (Klaster, insert texnikasidan foydalangan holda)
2-ekspert varagi
Nodira va A.Umarxon.Nodiraning adabiy merosi. (Klaster, insert texnikasidan foydalangan holda)
3-ekspert varagi
Nodira asarlarining mavzu doirasi-sevgi, sadoqat, samimiyat va vafo, do`stlik va insonparvarlik, visol va xijron mavzusi.
Lirik qaxramon Nodira she`rlarida ijtimoiy tematika.
Nodira she`rlarining tili uslubi va badiiy hususiyatlari.
Nodira adabiy merosining o`zbek adabiyoti tarixida tutgan qiyofasi, ularga munosabat masalasi. (Klaster, insert texnikasidan foydalangan holda)
4-ilova
Guruhlarda beriladigan qo’shimcha savollar.
Nodira hayoti va ijodi.
Nodira haqida zamondoshlarining fikrlari.
Nodira va A.Umarxon.
Nodiraning adabiy merosi.
Nodira asarlarining mavzu doirasi-sevgi, sadoqat, samimiyat va vafo, do`stlik va insonparvarlik, visol va xijron mavzusi.
Lirik qaxramon Nodira she`rlarida ijtimoiy tematika.
Nodira she`rlarining tili uslubi va badiiy hususiyatlari.
Nodira adabiy merosining o`zbek adabiyoti tarixida tutgan mavqei.
Vizual materiallar
5-ilova
Seminar magulotining rejasi
Nodira hayoti va ijodi.
Nodira haqida zamondoshlarining fikrlari.
Nodira va A.Umarxon.
Nodiraning adabiy merosi.
Nodira asarlarining mavzu doirasi-sevgi, sadoqat, samimiyat va vafo, do`stlik va insonparvarlik, visol va xijron mavzusi.
Lirik qaxramon Nodira she`rlarida ijtimoiy tematika.
Nodira she`rlarining tili uslubi va badiiy hususiyatlari.
Nodira adabiy merosining o`zbek adabiyoti tarixida tutgan mavqei.
|
Sharqda badiiy ijod bilan shug`ullangan bir qancha ayollar borligini bilamiz. Mohlaroyim shularning eng ko`zga ko`rinarlisidir. Nodira shoira sifatida, davlat raxbari sifatida o`zbek ayollari ham erkaklardan qolishmasligini isbotlab ko`rsatgan shaxsdir.
Uning tug`ilgan yili juda ham aniq emas. Ammo ayrim tarixiy fikrlardan kelib chiqib, shoira 1792 yilda tug`ilgan deyishimiz mumkin. Uning otasi Rahmonquliy Andijon hokimi bo`lib, Qo`qon xoni Olimxonga qarindosh edi. Ular o`rtasida doimiy bordi-keldilar bo`lgan. Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim voyaga yetganini ko`rgan Olimxon ukasi Umarxonga uni olib bermoqchi bo`ladi va sovchi yuboradi. Ma'lumotlarga ko`ra, Rahmonqulibiy qizini Marg`ilonga jo`natgisi kelmagan. Ammo sovchilar bir necha marta va katta savg`alar bilan kelavergach, ko`nishga majbur bo`ladi. Shunday qilib, Mohlaroyim 1808 yilda Andijondan Marg`ilonga kelin bo`lib boradi. Chunki Umarxon bu vaqtda Marg`ilon xokimi edi.
Beklarning fitnasi tufayli Olimxon o`ldirilgach, Umarxon Qo`qon taxtiga o`tiradi. Nodira ham malika bo`lib Qo`qonga keladi. Mohlaroyim kichikligidayoq adabiyotni ko`p mutolla qilgan, she'rlarga ko`ngil qo`ygan edi. Umarxonda ham aynan mana shunday xissiyot borligi, ular o`rtasida mustahkam do`stlik, muhabbat uyg`onishiga sabab bo`ladi. Ular bir-birlarini she'riy mashqlarini ko`rishar, bir-birlariga maslahat berishar edilar.
Afsuski, bu ikki ijodkor uzoq vaqt birga yashab ijod qila olmadilar. Umarxon vafot etganida shoira 30 yoshlarda edi. Bu vaqtda shoira sifatida tanilib, Komila va Nodira taxallusida ijod qilayotgan shoira ikki o`g`lini tarbiyalab voyaga yetkazish bilan birga davlat ishlarini nazorat qilib bordi. Umarxon tirikligida insof va adolat, insonparvarlik va xalqparvarlik bobida unga qanday maslahatlar bergan bo`lsa, o`zi ularga amal qildi, otasining o`rniga taxtga o`tirgan Muhammadalixonga yo`l-yo`riqlar ko`rsatdi.
Nodiraning adabiy merosi son va salmog`i, mazmun va g`oyasi bilan adabiyotimiz tarixida muxim o`rin egallaydi.
Dastlab shoiraning to`la bo`lmagan bir devoni ma'lum edi xolos. Unda shoiraning 109 g`azali «d» xarfigacha joylashtirilgan bo`lib, 81 tasi o`zbek tilida edi. She'rlar Nodira taxallusi bilan bitilgan edi. Devonning muqaddimasida shoira o`zinging Komila taxallusi bo`lganligini aytadi. Amma devonda Komila taxallusli she'rlar uchramagan edi. Amma keyingi Fazliy she'rlar to`plangan qo`lyozmaning oxirgi varaqlarida shoiraning Komila taxallusi bilan yaratilgan 19 ta she'ri topilgan. Ularning 8 tasi tojik tilida edi.
1962 yilda Namanganda Nodiraning o`g`li Musallamxon otasining kutubxonasidan Nodiraning yana bir o`zbekcha qo`lyozma devoni topildi. Devonga shoiraning 180 ta she'ri jamlangan. Ularning 136 tasi o`zbek tilida, 44 tasi tojik tilida edi. Komila taxallusi bo`lib yozilgan ikki g`azali ham bor edi. Ayrim g`azallar avvalgi devonda ham uchrar edi.
Nodira lirikasining asosiy qismi muhabbat mavzusida yaratilgan. Mana shu qismning katta bo`lagini esa hijron lirikasi tashkil etadi. Shoira o`z asarlarida yori Umarxonning portretini, xarakterini yaratib bergan. Eng muximi, vafo va sadoqatning yorqin namunasi sifatida Nodira timsoli yaratilgan. Quyidagi baytlar Nodira lirikasi haqida to`laroq tasavvurga ega bo`lishimizni ta'minlaydi:
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.
Rohat tilasang, ishq binosini panoh et,
Osuda erur soyalar devori muhabbat.
Insonparvarlik g`oyalari Nodira ijodiy merosining eng salmoqli g`oyalaridan biridir. Chunki insonparvarlik shoiraning yodida hamma vaqt turgan, uni hech qachon tark etmagan fikridir. Shoira Umarxonni farzandlarini hamma vaqt insonparvarlikka undab turgan.
Nodiraning butun ijodiy faoliyati davomida uzluksiz davom etgan va takomillashib borgan g`oyalardan biri insonparvarlik va adolat g`oyasidir. Qalbi insonparvarlik g`oyalari bilan to`lgan shoira shoh Umarxonga juda katta savob olishning eng qulay yo`lini ko`rsatib turadi. Ka'bani ziyorat qilishdan tashqari, uni ta'mir etish ulkan savob bo`lsa, xuddi o`shanday darajadagi savobga xon o`z poytaxtidan chiqmasdan ham erishish mumkin:
Gar esa Ka'ba ta'miri muroding,
Ko`ngil vayronasini ayla obod.
Bunday tizimdagi baytlarni shoira asarlaridan ko`plab topish mumkin.
Adabiyotlar
1. Uvaysiy. Devon. T., 1963 y
2. O`zbek shoirlari. T., 1959 y
3. Ibragimov E. Uvaysiy. T., 1963 y
1. Nodira. Devon. «Fan» nashriyoti T., 1963 y
2. Nodira. Devon. Dushenbe. 1967 y
3. Qodirova M. Nodira, 5 jildlik, 4 jild T., 1978 y
4. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 4 jild T., 1978y
5. Jo`raxonov A va boshqalar. Nodira abadiyati. Andijon 1993 y
Do'stlaringiz bilan baham: |