1-ilova.
Reglament.
1. Muammoni yechish va prezentatsiya varog‘ini yozish uchun guruhda ishlashga - 20 min.
2. Muammo yechimini prezentatsiya qilish – 8 min. gacha.
3. Jamoa bo’lib muhokama qilish, xulosalarni shakllantirish - 10 min. gacha.
4. O’zaro baholash – 1 min.
2-ilova
Baholash ko’rsatkichlari va me’zonlari
Har bir guruh boshqa guruhlar taqdimotni baholaydi, mezonlar bo’yicha ballarni jamlaydi.
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
|
Maksimal ball
|
1
guruh
|
2 guruh
|
3
guruh
|
4 guruh
|
Echimlar:
|
1,2
|
|
|
|
|
- muammoni va kuyi muammoni tugri shakllantirish;
|
0,4
|
|
|
|
|
- yechimning muammo va kuyi muammo shakliga mos kelishi;
|
0,4
|
|
|
|
|
- mantikiylik, aniqlik, xulosalarning kiskaligi
|
0,4
|
|
|
|
|
Taqdimot:
|
1,4
|
|
|
|
|
- javoblarni aniqligi va tushunarliligi;
|
1,0
|
|
|
|
|
- har bir guruh ishtirokchisining faolligi (savollar, qo’shimchalar).
|
0,4
|
|
|
|
|
Reglament
|
0,4
|
|
|
|
|
Umumiy ballar yigindisi
|
3,0
|
|
|
|
|
3-ilova
1-ekspert varagi.
Shoirning hayot yo`li.(Klaster, insert texnikasidan foydalangan holda)
2-ekspert varagi
- Merosining o`rganilishi.Ogahiy devoni: janr va tematik xususiyatlari.
mohiyatini tushuntiring. (Klaster, insert texnikasidan foydalangan holda)
3-ekspert varagi
- Ogahiy lirikasining yetakchi obrazlarini tushuntiring. (Klaster, insert texnikasidan foydalangan holda)
-ilova
Guruhlarda beriladigan qo’shimcha savollar.
Muxammadrizo Ogahiy hayoti va ijodi.
Muxammadrizo Ogahiy tarjimai holi.
Ogahiyning «Ta`viz ul-oshiqin» devonining tuzilishi
Muxammadrizo Ogahiy asarlarining mavzu doirasi.
Ogahiyning badiiy san`atlardan foydalanish mahorati.
Ogahiy va Navoiy.
Ogahiyning ilmiy tarixiy asarlari.
Muxammadrizo Ogahiy izdoshlari.
2-ilova
Ogahiy o`zbek mumtoz adabiyotining eng ko`zga ko`ringan vakillaridan biridir. U ko`p qirrali ijodkor bo`lib, tarixiy asarlar yaratgan, tarjimalar ham qilgan. Lirik merosining salmog`i ham Navoiydan keyingi o`rinda turadi.
Muhammadrizo Erniyozbek o`g`li Ogahiy 1809 yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog`idagi miroblar oilasida tug`ildi. Kichikligidayoq otasi vafot etganligi sababli amakisi shoir Munisning qo`lida tarbiya oldi. Demak, biz uni qanday muxitda ulg`ayib borganligini tasavvur qila olamiz. Munis tarbiyasini olgan bola uning o`ziga o`xshab shoir va olim bo`lib yetishadi.
Munisga o`xshab miroblik faoliyatida ham hamma vaqt adolat tomonida turadi. Saroyga yaqin edi. Ayniqsa Munisning vafotidan so`ng uning o`rniga miroblik vazifasiga ko`tarilgach, mamlakatning barcha ariq va daryolarida suzib yuradigan kemalargacha barcha bosh mirobga bo`ysunar edi.
Ammo, shunga qaramasdan u g`oyat kamtar, kamsuqum, qanoatli, ta'magirlikni bilmaydigan, hammaga yaxshilik istaydigan kishi edi. Negaki, Ogahiy chinakam shoir edi. U hamma narsa-hodisalarga, odamlarga shoirning ko`zi bilan qarar edi. Hammaning g`ami tashvishlarini birinchilar qatori o`ziniki qilib olar, ular bilan teng qayg`urar edi.
Ogahiy fors-tojik tilini mukammal bilar edi. Sharq durdonalarini o`zi o`qiy olgan. Yurtdoshlarini, butun o`zbeklarni o`shanday asarlaridan baxramand qilish uchun 19 ta asarni fors-tojik tilidan o`zbek tilida tarjima qildi.
Ogahiy 1839 yilda «Firdavs-ul-iqbol» voqealarini Muhammad Rahimhon I hukmronligining oxirigacha tugatib, 1844 yilda «Riyozud-davla» tarixiy voqeanomasi, 1846 yilda, «Zubdat ut-tavorix», keyinchalik Muhammad Amin davri voqealarini bayon etuvchi «Jome ul-voqeati sultoni» asarini yozdi. 1857 yilda xastalanib qoldi. Shu xastalik bahonasida bosh miroblik vazifasidan ozod qilishlarini so`raydi. Chunki Ogahiy saroy amaldorlari bilan u yerdagi nohaqliklar bilan kelisha olmaydi.
Ogahiyning she'riy merosi 20 ming misra atrofidadir. XIX asrning ikkinchi yarmida Xorazmda tuzilgan bayozlarning deyarli hammasida Ogahiy she'rlari uchraydi. Ogahiy o`z she'rlarini yig`ib, ikkita to`plam tuzganligi ham ma'lum. Ulardan biri shoir madrasalarda o`qib yurganida tuzilgan bo`lib, «Bayozi mutafarriqai forsiy» deb atalgan. Unga Sharqning taniqli shoirlari asarlaridan keyin o`z asarlarini ham kiritgan. To`plamda Ogahiyning 15ta g`azali, 2 muxammasi bor. Ikkinchi Ogahiyning «Ta'viz-ul-oshiqin» devonidir. Bu devonning 4 qo`lyozma nusxasi mavjud bo`lib, ular Toshkent va Sankt- Peterburg shaharlarida saqlanadilar. Bulardan tashqari Xivada litografiya usuli bilan ko`p nusxada bosilib chiqqan.
Sharq she'riyatida murakkab usullarining san'atkorlik sirlarini mukammal egallagan Ogahiy o`z ijodida o`zining imkoniyatlaridan mukammal foydalanadi. Uning lirik merosida g`azal, muxammas, murabba, musaddas, masnaviy, shuningdek, fard, tuyuq, qit'a, ruboiy, muammo singarilarning favqulodda san'atkorona yaratilgan namunalari ko`plab uchraydi. Ogahiy faxriya tarzida bir necha o`rinlarda mana bunday baytlar ham yaratgan edi.
Ogahiy she'rin o`qi, gar xushdil o`lmoq istasang,
Kim tarab mazmunidir jonparvar ash'orimga xos.
yoki
Ogahiy, dilso`z nazmingni eshitsa ahli oshq,
Bo`yniga ta'vizdek aylar ash'oringni band.
Ogahiyning olti jilddan iborat asarlari chop etilgan bo`lib, uning 1 va 2 jildlari lirik she'rlardan iborat.
Ogahiy o`zidan oldingi shoirlardan ko`p o`rganadi. Ayniqsa, Alisher Navoiy she'riyatidan ko`p bahra oldi, o`rgandi, shu boisdan tan olib mana bu baytni yozgan edi.
Ogahiy, kim topg`ay erdi so`zi nazmingdin navo,
Bahra gar yo`qdir Navoiyning havosindin sanga.
Ogahiy tarixchi va tarjimon sifatida maqtovga sazovor bo`lgudek darajadagi faoliyat ko`rsata oldi. Yuqorida aytilganlardan tashqari, Said Muhammadxon davriga tegishli «Gulshani davlat», Muhammad Rahimxon davri haqidagi «Iqboli davlat» asarlarini yaratdi.
O`zi tarjima qilgan asarlari haqida shunday yozadi:
«Faqirning turk tili bilan tarjima qilgan kitoblari «Ravzat us-safo»ning ikkinchi daftaridan chaxor yori uzom voqeasi va uchunchi daftari va «Nodiranoma» va «Zafarnoma» va «Zubdat ul-hikoyat» va «Miftoh ut-tolibin» va «Axloqi Muxsiniy», Vosifiy va «Nasixatnomai Kaykovus» va «Salomanu Absoli», «Jomiy va Ravzat us-safoi» Vosifiyning birinchi daftari va «Daloil ul-Muqimxoniy» va «Taboqati Akbarshohiy» va «Xaft paykari Nizomiy» va «Xasht bihisht»i Xisraviy va «Yusuf Zulayxo»i Jomiy kim manzum bo`ldi va «Shohi gado»i Xiloliykim manzum bo`ldi»
Ogahiy tarixiy va badiiy asarlarni tanlab tarjima qilganligi ko`rinib turibdi. Aniqsa, Sa'diy «Guliston»i, Jomiyning «Bahoriston»i sof didaktik asarlar bo`lib, aynan shuning uchun ham Ogahiy ularni tarjima qildi.
Adabiyotlar
1. Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik, 1-6 jild. T.,1971-80 y
2. Ogahiy. Ta'vizul oshiqin. T., 1960 y
3. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi, 2-kitob. 1980 y
4. Zohidov V. O`zbek adabiyoti taridan. T., 1961 y
5. Majidiy R. Ogahiy lirikasi. T., 1963 y
6. Munirov K. Ogahiy. T., 1959 y
7. Jo`raxonov A Insonparvarlik –o`zbek adabiyotining yetakchisi g`oyasi.
Andijon. 1987 y
Do'stlaringiz bilan baham: |