375-mashq. O‘qing, tegishli tinish belgilarini qo‘yib, undalmali gaplarni ko‘chiring. Undalmalarning tagiga chizing va ularning uyushiq bo‘laklardan farqini ayting.
1. O‘lmas o‘z muallimangni tanqid qilishing yaxshi emas. Senga bu ish yarashmaydi. (Sh.) 2. “Tug‘ilgan kuningizga odamning jonidek aziz bir narsa keltiraman azizim”, — dedi kunlardan birida Mahmudjon xotiniga. (H. Tojiboev.) 3. Shu narsa yodingizda bo‘lsin Meliboy millatidan qat'i nazar, ishchi bilan dehqon hamisha og‘ayni. (S. Kalmikov.) 4. Bahoroy Salima Naima Halima Yuringlar, menga qarashib yuboringlar. (H. G‘.) 5. Sizni ilgariroq saylasak bo‘larkan Ashirali aka. (H. G‘.)
376-mashq. O‘qing. Kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplarni toping, tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring.
1. Qo‘qqisdan shamol yoshroq ko‘ringan qizning zotan har ikkovi ham yosh qizlar edi, shlyapasiga chatilgan uzun yashil to‘rni ochib yubordi, qizning sutga chayilganday oppoq yuzi, oltin tusli sochi, tiniq moviy ko‘zlari ko‘rinib ketdi. (F. Kuper.) 2. Oltinshoh ko‘rfazi. Ma'murlar ular orasida Amerika ofitserlari ham ko‘rinadi hammollar, taksichilar, gadoylar har biri o‘z maqsadi yo‘lida teploxodni kutishga hozirlik ko‘rar. (S. Azimov.) 3. Dars tayyorlashdan charchab universitetga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgandim.daryochaga cho‘milgani ketayotgan edim. (K. Abukov.) 4. ”Otamning taxti shak-shubhasiz meniki, bu jihatdan ko‘nglim to‘q”. — der edi valiahd to‘ra. (S. Ulug‘zoda.) 5. Aftidan bu ishga... hokimlar ham yengil-yelpi qarayotgan ko‘rinadilar. (S. Ulug‘zoda.) 6. Sahroyi bir odamning fahmicha uni nomard deyishdan ko‘ra sharmandalik yo‘q edi. (S. Ulug‘zoda.) 7. Manzilga yetgach Nasibalar shaharning chekkasida bir hovlida turar edilar Nasiba meni qo‘yarda-qo‘ymay ichkariga boshlab kirdi. (O.Yo.)
377-mashq. O‘qing. Kiritma gaplarni topib, uning o‘zi kiritilgan gapning qaysi bo‘lagiga aloqador ekanini, ajratilgan bo‘laklardan farqini ayting.
1. Keng, uzun, paxtasi chiqib yotgan to‘nimning (bu dadamning eski jomakor to‘ni) barini belimga bog‘lab olgan bo‘lsam-da, loyga belangan orqa etagi tovonimga shalp-shalp urardi. (N. S.) 2. Sovuq kunlarning birida, oktyabrning oxirida (Polshada esa qish erta tushadi) bizlarni baraklardan haydab chiqishdi. (D. Kyusak.) 3. Qizil duxobaga o‘ralgan daftarchaning jildiga (Qalandar buni keyin, madrasaga qaytgach ko‘rdi) zar bilan shu satrlar bitilgan edi. (O.Yo.) 4. Biroq ikkovi ham — ular davlat sekretari Meysner bilan prezident Gindenburgning o‘g‘li Oskar edi — hyech kim tanimaydigan bu irqchining aft-basharasi qanaqaligini ham bilishmasdi. (A. Chakovskiy.) 5. Ustozi professor Danilovich o‘z shogirdining qobiliyatli yigit ekanligini maqtar, u bilan faxrlanardi ham. (Kim biladi deysiz, balki bu gaplarni Hoshimning o‘zi tarqatgandnr.) (J. Abd.) 6. Yozda qishloqqqa borganlarida kamina...(u mahalda men o‘n uch – o‘n to‘rt yashar bola edim) ularga pochtachilik qilardim... (O.Yo.)
Do'stlaringiz bilan baham: |