371-mashq. O‘qing. Uyushiq bo‘lakli gaplarni aniqlab, qanday bo‘lak uyushganini, ularning o‘zaro bog‘lanishini ayting. Tegishli tinish belgilarini qo‘ygan holda ko‘chirib, uyushiq bo‘laklar tagiga chizing.
1. Bu kengashda har kim o‘z fikrini mulohazasini ko‘ngliga tugib yurgan dardini bamaylixotir hyech kimning fikri bilan hisoblashmasdan xavotir olmasdan tap tortmasdan aytdi istagan taklifini qildi. (A. Q.) 2. Nozimjon yoshligidan mehnatkash, sezgir, yerga va molga mehr qo‘yib o‘sdi. (S. Nurov.) 3. Stol atrofida majlis hay'ati kotib bola rayijrokom vakili va zavod direktori Hikmat Hatamov o‘tirishibdi. (O.Yo.) 4. Uchastka uchun ham grafik plan ish sifati odamlarga to‘g‘ri maosh taqsimlash uchun ham kollektiv o‘rtasidagi ahillikka g‘ubor qo‘nmasligi uchun ham turish-turmush yemishlar kishilarnnng ruhi-ra'yini ko‘tarish uchun ham birinchi galda u javobgar! (J.Abd.) 5. Suv yer elektr bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash'a bag‘ishlovchi kuchlar edi. (O.)
372-mashq. O‘qing. Gapning ajratilgan va uyushiq bo‘laklarini aniqlang, ular orasidagi farqni ayting.
1. Yigirma kun deganda Nizomjon qorayib, ozib qirdan qaytib keldi. (S.Ahm.) 2. “Og‘aynilar, — dedi Yo‘ldoshboy xaloyiqqa o‘girilib, — bu yerda hurriyat, ozodlik to‘g‘risida gapirildi...” (H. Nu'mon, A. Shorahmedov.) 3. Yozilayotgan risolalar, qanchadan-qancha ilmiy tadqiqotlar chetga surib qo‘yildi. (J. Abd.) 4. Janob professor, men kim, kapitan Nemo, bugun, 1868 yilning yigirma birinchi martida, Janubiy qutbga... yetdim va yer sharining ana shu qismiga egalik qila boshladim. (J. Vern.) 5. ...Osib qo‘yilgan inqilobiy shiorlar kishilarni yangi hayotga — baxtiyor, ozod hayotga, da'vat qilardi. (J.Ikromiy.) 6. G‘alabamiz uchun bu imkoniyatdan qay darajada foydalana bilish bizlarga, harbiylarga, bog‘liq. (Yu. Semyonov.) 7. Lutfinisa inqillab, harsillab qizini olib jo‘nashga kirishdi. (O.) 8. Bundan bir oy oldin, olmazor bog‘lar nafis pushti rang gulga burkangan iliq bahor kunlaridan birida, ikki otliq qishloqdan chiqib, toqqa qarab yo‘l oldi. (O. Yo.)
373-mashq. O‘qing. Undalmalarni topib, ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini, o‘rnini va intonatsiyasiga ko‘ra qo‘yilgan tinish belgilarini tushuntiring.
1. “U uyga choy so‘rashsa, Yo‘lchi akangga kelib shipshit, Gulnor qizim!”—deb to‘y bekasi Lutfiniso ketdi. (O.) 2. Gapir, Qo‘zivoy, gapir, bo‘taloq, so‘z seniki! (H. G‘.) 3. Qani, Sinchalakxon qizim, mana buni kiyib oling-chi! (A. Q.) 4. Kuylangiz, xonim qizlar, chevar qizlar, Boshlarda ipak ro‘mol hilpillasin! Kuylangiz, asl qizlar, dongdor qizlar, Ko‘kraklarda Yulduzlar yaltillasin. (Mirm.) 5. Dadangni hurmat qil, puchuq. (H. G‘.) 6. Oy yuzli, shakar so‘zli, olamda tanho go‘zal, ayting-chi, siz chindan ham shu uyning bekasi bo‘lasizmi? (H. G‘.) 7. Xadicha! Sarvi! Qumri! Erkinoy! Saodat! Uylaringizga boringlar. Ertalab “Baxt uyi”da uchrashamiz. (H. G‘.) 8. Do‘ppilar qutluq, askar bola!— Qulluq, opoq buva. (H. G‘.) 9. Suyukli qiz, qora ko‘z Navro‘z, Badaxshonning nozli kaptari, Sen haqingda yuritaman so‘z... (Mirm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |