369-mashq. O‘qing. Uyushgan hollarni aniqlab, o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chiring; tagiga chizib, ustiga turini yozib qo‘ying.
1. Korolyov mayorni... dov yurakligi, sof dil va rostgo‘yligi uchun yaxshi ko‘rardi. (A. Chakovskiy.) 2. Yong‘in tutuni barra o‘tlar ustida, endi nish urib chiqqan ekinlar ustida, daraxtlari kurtak chiqargan bog‘lar ustida, ko‘pirib-hayqirib oqayotgan bo‘tana soylar ustida suzib yurardi. (S. B.) 3. Bo‘g‘iq shovqin suv orqali aniq o‘tib, dahshatli va dabdabali eshitilar edi. (J. Vern.) 4. Lekin hozir qahramonlar minglab, o‘n minglab chiqyapti. (A.Chakovskiy.) 5. Yana qo‘rquvdan va tanholikdan yuragim o‘ynay boshladi. (Samim ash-Sharif.) 6. Dengizday chayqalib, daryoday toshib, Ko‘hna qirg‘oqlardan ko‘pirib toshib, Sharqirab, yarqirab, barq urib, serzavq Qalbimga to‘ldirib hayajon va shavq Hayot chaqiradi meni yoniga! (U.)
Do'stlaringiz bilan baham: |