374-mashq. O‘qing. Undalmalarni aniqlang. Undalmaning egaga o‘xshash va farqli tomonlarini tushuntiring. Undalmalarni egaga aylantirgan holda gaplarni qayta tuzib ko‘ring.
N a m u n a: Hali ham terdirganingiz yo‘kmi, ota?.(M.Ism.) — Otam hali ham terdirgani yo‘qmi?
1. Ummatali, seni o‘rtoq Oxunboboev tabriklab telegramma yuboribdilar. Ma, ol, o‘qi! (S. Ahm.) 2. Lekin shuni ham inobatga olingki, mayor, Turkistonda siz boshqa familiya bilan yurasiz. (S. Kalmikov.) 3. Jiyan, aqling bo‘lsa, kishining bir tiyiniga xiyonat qilma. (O.) 4. – Hoy, tentakkinalarim, tog‘angni bevoshlik qilib qiynamanglar. (S.Ahm.) 5. Kampir, achchiqqina xo‘rda qilib ber, mehmon bolani bezgak ushlab qolibdi. (S. Ahm.) 6. Dunyo turguncha turing, malikam, Baxtingiz daryoday mavjlansin, bekam. (S. Nazar.) 7. Sira tashvish tortmagaysiz, oyi, men tinchman. (O.) 8. Hashamsiz purviqor qoyamsiz, Tiz cho‘kmas, gard yuqmas g‘oyamsiz, kift tutgan ming pillapoyamsiz, Ey baland cho‘qqilar, qoyalar. (Z.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |