379-mashq. O‘qing, egasiz bir bosh bo‘lakli gaplarni topib, tiplarini ayting. Avval shaxsi aniq, so‘ngra shaxsi noaniq, undan so‘ng shaxsi umumlashgan va egasi topilmas gaplarni ko‘chirib, ular orasidagi farqni tushuntiring.
1. Bu yerni sahro deydilar. (I. R.) 2. Esing borida el tani, kuching borida yer tani! (Maqol.) 3. Kabinadan chiqishga to‘g‘ri keldi. (Ch. Ayt.) 4. Biz tomonlarga ham boring, Feruzaxon. (H. G‘.) 5. Uni qaytadan birinchi kursga qabul qilishdi. (S. An.) 6. Keling, yaxshisi kuzatuvlarimizni davom ettira qolaylik. (J. Vern.) 7. Endi o‘tirib ishlasa bo‘ladi. (Yu. Semyonov.) 8 Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l. (Maqol.) 9. Toshtemirga bog‘ oralab kichik-kichik kalta ariqlar ochishni, suvni jildiratib qo‘yishni o‘rgatdi. (H. G‘.)
Do'stlaringiz bilan baham: |