BIR BOSh BO‘LAKLI GAPLAR
378-mashq. O‘qing. Ikki bosh bo‘lakli va bir bosh bo‘lakli gaplarni aniqlab, ular orasidagi farqni ayting. Bir sostavli gaplarning tipini belgilang.
I. Shu kuni kimning qo‘liga qaramang gazeta. Hamma yoq ari uyasiday g‘uvillab qolgan. Tushki ovqat mahali ham bahs ustiga bahs ochilardi. Istagan xonangizga kirmang, ikki-uchtadan bo‘lib olib radiobiologiya laboratoriyasini tilga olib turganini ko‘rasiz. Har kim har xil talqin qilardi. Birovlar G‘oyibning gruppasiga achinishar, shuncha mehnatlari zoe ketganidan afsus qilishardi. Maqola muallifini esa shaddodlikda ayblashardi.
“O‘tkir yozilibdi, - derdi boshqa birovlar, - egasini topib yozishibdi!..” Yana bir xillari bor ediki, ular na u tomonga, na bu tomonga bo‘lishga garang edilar. (J.Abdullaxonov)
II. Mana o‘sha cho‘l. Na bir qo‘qqaygan uy, na bir qultum suv va na tikkaygan daraxt bor. Poyoni yo‘q yaylov. Bu yerda yil fasllarining o‘ziga xos fayzi, gashti bo‘ladi. Bahor shabadasi esib, osmonda oq-qora bulutlar suzadi, chaqmoq gumburlaganda, bular larzaga keladi, qish uyqusida tosh qotib yotgan jonivorlar momaqaldiroq na'rasidan cho‘chib uyg‘onadi. (N. Safarov.)
Do'stlaringiz bilan baham: |