72
Ma`ruza-12
SHakl kostyumni badiiy loyihalash asoslari
Reja:
1.
SHakl tushunchasining mohiyati
2.
SHakl tarkibi
3.
SHaklni rivojlanish qonuniyatlari
4.
SHaklni bir shaklda rivojlanish qonuniyatlari
5.
Rang va shakl
6.
Klassik shakl
7.
Bazaviy shakl
8.
Modali shakl
9.
SHaklni prognozlash
Tayanch iboralari:
Shakl, kategoriya, moxiyat, tarkib, qonuniyat, geometrik, plastik,
pulsasiya, sikl, bazoviy, klassik, modali,
xususiyat, moda, uslub.
Shakl tushunchasining moxiyati.
Buyumnning tashqi ko’rinishi va chegarasini
ifodalaydigan geometrik mohiyati shakl deb hisoblanadi. shakl (lot. forma) – tashqi ko’rinish,
chegara.
Shaklni tanlash va uni tuzilishidan san’at boshlanadi deb san’atshunoslar hisoblaShadi.
San’atni boshqa turlariga nisbatan kostyum insonning siymosi va qomadiga ko’ra doimo
rivojlanadigan ko’p sathli tizim.
Kostyum tarixi, san’atshunoslik, falsafa, psixologiya, bionika, ergonomika,
modellash
amaliyotidan va kostyum grafikasi sohalaridan kostyum shaklini tadqiqodchisining bilimi
bo’lishi kerak.
Faqat chiziqlar harakatining nyuansini, figura va shaklni burulishlarini sezilgandagina bir
shakldan ikkinchisiga o’tilganini sezish mumkin.
Shakl tushunchasi quyidagi nuqtai nazarlardan tahlil etilishi lozim: Shakl – falsafa
kategoriyasi; Shakl – ramz; Shakl – ob’ekt, buyum; Shakl – faoliyat.
Shu bilan bir qatorda shakl – bu ketma-ket omillar tuplanishi va ularni doimo o’zgarishi,
ya’ni tizimning dinamik modeli desa bo’ladi.
Shakl tushunchasi insonning dunyoqarashi bilan chambarchas bog’liq. Masalan,
Aflotun
shaklni tashqi dunyoning mohiyati deb hisoblagan. Qadimiy yunonlarda Shakl tashkilni,
uyg’unlikni timsoli, moddiy dunyoni ifodasi bo’lgan. Bejiz emaski, ular dunyoning uyg’unligini
“Kosmos”, tartibsizlikni – “Xaos” deb nomlashgan.
I.Kantni fikri bo’yicha shakl – bu figura, tur, qiyofa, uyin. Shu bilan birga uyin figuralar
yoki sezgilar uyini bo’lishi mumkin. Uyin fazoda va muayyan vaqtda ro’yobga chiqadi.
“Koinotning barcha tarkibiy qismlari Galaktikadan atomgacha mozaikaning har bir
bulakchalari kabi bir biriga mos bo’lishi lozim. Koinotni ifodalaydigan mozaika ko’p
o’zgarishlarga sazovor. Vaqt mobaynida o’zgarishi ayrim fragmentlarni to’g’ri ketma-ketlikka
yig’sh uchun bizga yordam beradi” – deb M.Born yozgan.
Demak, xozirgi shakl o’tmish shakllar bilan taqqoslanmasdan va kelajak shakl uchun
xulosa qilinmasdan tahlil etilishi mumkin emas.
Vaqt mobaynida shaklni
rivojlanishi ketma-ketligini, namunani, ideal shakl sifatida
zamonaviy shakl standartini (damba–dam dizaynerlar tomonidan buziladigan) paydo bo’lishini
anglaydi, bu uslubni o’zgarishiga, uni rivojlanishiga va yangilanishiga olib keladi.
Shakl buyum mavjudligining usuli, texnik va estetik zarurligi bilan ta’riflanadi.
Shakl ma’lum psixologik ma’noni ifodalaydi va muayyan siymoli mazmunni ifodalavchi
belgi, ramz tizimi deyiladi.
Dizayn shakli yaratilganda quyidagi talablariga ahamiyat beriladi: funksional – buyumning
texnik maqsadini va insonning utilitar
talablarini oldindan aniqlaSh; konstruktiv-texnologik -
73
materialning fizik va mexanik va xususiyatlari va shakl konstruksisiyani oqilona ifodalash;
estetik – jamiyatning estetik ideallariga buyumning mosligi.
Kostyum shakli inson bilan chambarchas bog’liq va faqat uning siymosi, razmeri, harkatini
inobatga olgan holda tahlil etilishi lozim.
Kostyumning har bir qatlami o’z xossalariga ega: ustki qatlami: rang, faktura, chiziq,
naqsh, bezak, yani kompozision bezak qatlamlaridan iborat; geometrik tarkib,
u shakl
elementlarining o’zaro proporsional nisbatlarini aniqlaydi; tana va qobiq orasidagi fazo; odam
figurasi.
Kostyum shaklini biz harakatda ko’ramiz, harakat – bu kostyum shaklini ta’riflash uchun
eng muhim omillaridan biridir. Shakl rivojlanish jarayonida turli fazalardan o’tadi, chunki
harakat – bu faqat fizik jismini fazoda kuchib yurishigina emas,
balki biologik, intensivlik va
tanglikni o’zgarishlari, tovush va ritmik harakati – bular barchasi moddani harakatidir.
Kostyum shakli biologik tizim kabi xususiyatlar to’plami yordamida barpo etiladi.
Demak, shakl – bu odam qomati, muhit va belgilangan muayyan funksiya bilan bog’liq,
elementlari esa o’zaro tarkibiy moslashgan fazoviy-vaqt modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: