O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

ziddiyatlik 
prinsipi bo’yicha tuziladi. Bu 
davrda kiyimnig hajmli Shakli faol talqin qilinadi. Tarkibi siyraklashgan materiallar shaklini 
bo’rttirib ko’rsatadi. Konsentrik tasvirlar, spiral yirik naqshlar shakl ichida yio’nalish hosil qilib, 
shaklni inqirozga uchratadi. Shaklning hajmi kosnstruktiv usullar bilan kuchaytiriladi 
(uzoqlashgan va o’zgaradigan detallar, ko’p qavatlik va b.). Lekin turli bichim, nosimmetrik va 
spiral yo’nalish fonida yangi perspektiv shakl chegarasi seziladi.
Rang va shakl. 
Kostyumning rangli yechimi kompozision g’oyasi bilan chambarchas 
bog’liq.
Kostyumning rangli yechimini bo’yicha G.Petushkovaning tahlili qo’yidagini ko’rsatadi:
- Shakl geometriklansa rang quyuqligi kuchayadi, kontrast echimlari paydo bo’ladi; shakl 
plastikligi kuchaysa - o’xshah ranglar birikmasi ustunlik qiladi;
- rang gammasini o’zgarishi rang doirasi bo’yicha ketma-ket, sovuq va iliq ranglar 
baravariga yoki polixromiya (ko’p ranglik) etakchi bo’lishi mumkin;
- moda gammasi xususiyatini o’zgarish indikatori sifatida polixromiyani ustunligi
noxromatik ranglarni ko’pligi bo’ladi;
- rang va shakl o’zaro bog’liq. Kostyum rangining tahlili quyidagi hulosaga olib keldi: 
ranglar muayyan geometrik shaklga intiladi, ya’ni qizil ranglar – to’g’riburchak, ko’k ranglar – 
oval, yashil ranglar – trapesiya shakliga intiladi.
- ranglarni muayyan shaklga intilishi ularni illyuziyalari bilan bog’liq: shakl kichiraysa, 
kostyum koloritida shaklni moddiyligini va zichligini ko’rsatadigan iliq ranglar, kontrast 
birikmalar bo’ladi; shakl kattalansa rang gammasi murakkablashib, sovuq tomonga o’tadi, ular 
shaklni ko’rinish vaznini va kattaligini kamaytiradi;
- fakturani roli kuchayganda kostyum gammasida iliq, yuza ranglar ustunlik qilib, faktura 
elementlrini ko’rsatadi;
- shakl inqirozga uchragan payitda rangni sovuq va iliq turlari modaga kiradi, ular tarkibiy 
illyuziyasini, shakl yuzasini singanligini yoki illyuzor fakturaligini namoyish etadi;
- shakl vujudga kelganda, uni yaqqol ko’rsatadigan intensiv, faktura va ichki echimlarini 
tanglashtiradigan ranglar ustunlik qiladi;
- perspektiv shakl ko’pincha qizil va qora rangda beriladi, chunki ular siluetni aniq 
kursatadi;
- ketayotgan shakl sovuq, murakkab gammada beriladi, ular shaklni inqiroziga imkon 
to’g’diradi, bo’linishlar ko’pligi rangli kontrast birikmalari bilan ta’qidlanadi.
Kostyumni shakllantirish asoslari. 
Ma’lum tarixiy davrni ifodalovchi shakl – bu izlanish 
jarayonida kelib chiqqan shakl-sxemadir. Uning tashkiliy asoslari shaxsiy ong ichida 
tug’ilmasdan, ijtimoiy tanlash natijasida paydo bo’ladi.
Ular amaliy ehtiyojlardan kelib chiqadi, muhit ularni o’zlashtirib, ichidan eng zarurlarini 
tanlab oladi.
Zamonaviy kiyim shakl turlari quyidagicha taqsimlanadi: klassik, bazoviy va modali.
Klassik shakl 
– bu estetik va utilitar funksiyalari muvozanatga ega shakl. Klassik shakl – 
bu uzoq vaqt davomida ijtimoiy tanlash natijasida eng barqaror, funksional foydali 
elementlaridan tuzilgan va rivojlangan shakl.
Erkaklar ingliz kostyumi, quloqchini, fetr shlyapasi, ayollar “keama”simon shaklli tuflisi 
va b. klassik shaklga misol bo’ladi.
Ular o’zgarmaydi deb hisoblanmaslik kerak, kostyum tuzilishi dialektik jarayon bo’lgani 
bois, o’zgarish doimo ro’y beradi. Klassik shakldagi kostyumlar modadan eng oqilona va 


77 
funksional tomonlarni olib zamonga yarasha o’zgaradi va unga mos bo’ladi. Klassik shakl 
modadan xech qachon chiqmaydi, ba’zan esa ustunlik qiladi.
Klassik shaklning tuzilish asoslari kelajak avlodlariga normativ bo’ladi va uning asosida 
tuzilgan buyumlar namunali deb hisoblanadi.
Klassik shakl demokratik va internasional xususiyatlariga ega.
Klassik shakldagi buyumlar barcha yoshdagi va turli gavdali odamlarga va har xil 
mulajallarga mos keladi.
Bazaviy shakl 
- bu ijtimoiy va moddiy turmushning g’oyaviy-siymoli tamoyili va odamga 
estetik ta’sir etadigan shakldir. U muayyan badiiy uslub shaklning g’oyasini ifodasidir.
Bazaviy shakl asosida barcha keyingi shakl turlarining dastlabki tarkiblari tuziladi. Bu 
shakl buyumlar seriyasi asosida bo’ladi.
Bazaviy shakl quyidagi xususiyatlarga ega:
- shakl asosidagi geometrik elementlarning birligi va barqarorlikka asoslangan uyg’un 
bog’langan yaxlitligi;
- uzoq vaqt davomida bo’limlarning deyarli turg’un o’zaro nisbatlari;
- ilmiy, texnikaviy va estetik saviyani ifodalaydigan muayyan tarkibni mavjudligi;
- ma’lum plastik siymoni (gavda tutish – qomatni) ifodalashi;
- bazaviy shakl asosida yotgan tizim bo’limlarning o’zaro aloqasini birligi; shaklning 
geometrik turi, konstruktiv va siluet chiziqlarni, bo’limlarni proporsional va ritmik tuzilishi, 
simmetrikligi, ranglar, materialllar, faktura va bezaklarni taqsimlanishi.
Agar uslubga oid bazaviy Shakl davrning jiddiy belgilarini o’z elementlarida to’liq 
to’plansa, u klassik shakl bo’lishi mumkin. Shunday Shakl sifatida ayollar kolgotkalarini misol 
qilish mumkin.
Tez utar zamon talablariga mos shakl 
modali 
deb ataladi.
Shakl elementlari bilan bemalol foydalanish uchun quyidagi qoidalarni inobatga olish 
lozim:
- kostyumning hilma-xil turlarini tuzish asosi sifatida bazaviy shakl olinadi, chunki u 
davrga mos. Ularni sinchiklab o’rganish va kiyim loyihalashda ilmiy izlanishlar o’tqazish kerak. 
Sanoatni talvasaga solmasdan mantiqiy ravshda yangi Shakl va materialni vujudga keltirish 
uchun talablarni tayyorlash shart;
- maksimal utilitar g’oyani ifodalagan shakl estetik shaklgacha o’sishi kerak. shaklning 
mukammal emasligini yashiradigan tikuvchining quvliklari bo’lmasligi kerak va yomon 
konstruksiyani bezaksimon “yamoqlar” bilan chalig’itmaslik lozim;
- zamonga mos shaklni benihoya plastik ifodalikligi, naqsh va fakturani chuqur ma’noligi, 
modelni yuksak darajada va aniqlik bilan ijro etilganligi istalgan natijani beradi;
- bazaviy shaklni tushunib etish darajasi modaga nisbatan munosabatini aniqlaydi. Moda – 
bu bazoviy shaklning namoyoni, ammo har doim uni ta’riflamaydi;
- barcha modali siluetlari sanoatda ishlab chiqarish shart emas. Faqat kelajagi bor 
siluetlargina tikilishi lozim. Ko’p fasonlarni yaratishga ham zaruriyat yo’q, chunki ular ishni 
qiynaltitrib, mahsulotni mukammal emasligiga olib boradi.
 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish