82
14: Kostyum tizimida bosh kiyimni loyihalash.
Reja
1.
Bosh kiyim tavsifi.
2.
Bosh kiyimni loyihalash kompozitsion asoslari.
3.
Odamning qomati va kostyum bilan bosh kiyimning kompozitsion o`zaro bog`ligi.
4.
Bosh kiyimini bosh va yuz bilan o`zaro bog`ligi.
5.
Bosh kiyimning tektonikasini boshning morfologik alomatlari bilan qzaro aloqasi.
6.
Bosh kiyimni loyihalash kompozitsion
asoslari
.
7.
Bosh kiyim turlari.
Tayanch iboralari
: bosh kiyim, shakl, funktsiya, loyihalash, kompozitsiya asoslari,
yuz.
Adabiyotlar: 2, 9, 17, 18, 19, 26.
Bosh kiyim libosni boshqa qisimlariga nisbatan kostyumning ijtimoiy va estetik qiymatini
ifolaydi. Unda kostyumga xos ma`naviy – etik qoidalari amalga oshiriladi. SHuning uchun tizim
sifatida kostyumni bosh kiyimsiz tasavvur etish mumkin emas.
Kostyumni tizimli tahlili bosh kiyimning o`rnini ko`rsatadi.
SHakllarni vertikal
rivojlanadigan tizimida bosh kiyimning tabiiy joyi shakllarni tepaga rivojini mantiqiy yakunlaydi
va moslantiradi.
XVI asrdan boshlab, kostyum ko`pqavatli bo`lgan, uning har bir qatlami tanani muayyan
joyiga yopishib turadi. Libosning har bir qatlami bosh kiyim shakli, kattaligi, rangi, materiali va
fakturasi bilan moslashtiriladi. Tarixiy kostyumda bosh kiyimlar kostyumning har bir qatlamini
yakunlaydi, xozir esa shunday moslantirish yo`q. Bosh kiyimni yo`qligi uni shaklar barcha
tizimlarni yakunlash yoki moslantirishni kerakligini bartaraf qilmaydi.
Bu boshqa vositalar
yordamida qilinadi, masalan, boshda joylantirgan aksessuarlar yoki kiyim detallari yordamida.
Qachonki ustki qatlam vositalari tamom bo`lsa, keyingi qatlamlar yuzaga chiqib
“ishlashni” boshlaydi. Kostyum ichki dinamiklikka ega bo`ladi. Bu holda shaklni yakunlaydigan
rolni soch turmagi bajaradi. Uning roli kostyumda bosh kiyimini ma`nosiga etqaziladi.
Bizning
kundalik
xayotimizda
bosh
kiyimning
yo`qligi
– bu ko`pincha
ruximizning
yoshligini,
sportligini
va
demokratikligini
ifodalaydi.
Soch
turmak
qilinmasa, kostyum tizimiga o`zgacha ma`no baxsh etiladi –
soddalikni, dilkashlikni, ba`zida esa beparvolikni.
Bosh kiyimlar kostyum kabi bir necha funktsiyani bajaradi:
utilitar, ijtimoiy, estetik,
etnik, belgi.
Mo`ljaliga binoan kostyumda bitta funktsiyasi etakchi bo`ladi. Masalan, mahsus kiyimda
– utilitar,
bashang kiyimda - estetik, milliy kiyimda – etnik funktsiyalari.
Bosh kiyim tavsifi.
Bosh kiyim kostyum tizimining elementi,
uni tektonik echimiga
qobiq va karskas tarkiblari kiradi. Bu nuqtai nazaridan bosh kiyim shakllari ko`rib chiqiladi.
Zamonaviy
kostyum
tarixiy
kostyumga
nisbatan
funktsional-
ergonomik
va
estetik
talablarga
javob
beradigan
oddiy
shakl
va
konstruktiv echimga ega. Bosh kiyim kostyum
shaklga bo`sunadi, ayrim
holatlarda esa etakchi bo`lishi mukin.
Zamonaviy kostyum tarixiy zaxirasidan bosh kiyimning bir necha turlarini o`zlashtirgan,
ularning hajmiy-fazoviy tarkibi kostyum shaklining asosiy qismini yakunlaydi.
Xalq kostyumida bosh kiyim odam boshini etnik xossalariga nisbatan ishlangan, qo`lay
shakllari o`zlashtirilgan.
Tarixiy bosh kiyimlar asosida zamonaviylari yaratiladi.
Zamonaviy bosh kiyimlarni ishlab chiqarishda turli materiallar (fetr qalpoqlar, sun`iy
toladan tasma, to`r va b.), asbob uskunalar va mashinalar qo`llanadi.
83
Bosh kiyimning shaklini hosil qilish usullari har xil. Bu boshga ro`molni
oddiy usulda
bog`lash yoki mahsus murakkab shaklni hosil qilib bezatish.
Bosh kiyimni shakllantirishni har bir usulida konstruktiv echimi etarli darajada
variatsiyalar bo`lishiga imkon beradi, qayerda turli shaklli detallar (masalan, pona) tuplami teng
bo`lgan holda, bosh kiyimga har xil shaklni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: