O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti


Ma`ruza-11  Buyum muhitini badiiy-siymo modellashtirish



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

Ma`ruza-11 
Buyum muhitini badiiy-siymo modellashtirish 
Reja: 
1.
Buyum muhitini badiiy-siymo modellashtirish
2.
G`oyadan buyumga 
3.
Dizayner fikrlashni o`ziga xosligi
4.
Mazmunini tashkil etishdan shakllantirishga
5.
Loyihalovchini buyumga nisbatan har xil nuqtay nazarlari 
6.
Dizaynda madaniy namuna bilan foydalanish
Tayanch iboralari: 
ijod, assosiasiya, badiiy bosqich, badiiy syimo, ramz, o’yin usuli, intuisiya, 
kompozisiya, koloristika, xajmiy..
Dizaynerning ijodiy faoliyati uchun ko’p bilim sohalaridan ma’lumotlargga ega bo’lishi 
lozim, ular bir biridan uzoq bo’lsa ham. Ijobiy natijaga erishish uchun dizayner san’at sohasiga 
va fan yo’nalishiga ta’luqli bilimlarini o’zlashtirishi lozim.
San’atni har bir turida g’oyaviy-ijodiy asosi – kompozisiyadir. Boshqacha aytganda, 
kompozisiya orqali dizayner qiziqtirgan g’oyani ifodalaydi.
Badiiy asar – muayyan o’zaro bog’lanishda bo’lgan bir turli elementlar (chiziqlar, rangli 
dog’lar, hajm, naqsh, kolorit va b.) murakkab tizimi.
Badiiy asarda estetik va siymo prinsiplarini o’zaro nisbati iste’molchida tasavvur va 
fantaziyani uyg’otadi, assosiativ fikrlar va xis to’yg’ular murakkab tizimini tasavvur etishga 
sabab bo’ladi.
Assosiativlik – go’yo bir biriga to’g’ri kelmaydiganlarni orasida bog’lanishni sezish va 
o’rnatish qobiliyatdir. O’xshah yoki kontrast bo’yicha assosiasiyalari buyumlarni funksionallikka 
oidligini engishga, ularni orasidagi qonuniy bog’liqlarni va yangi funksional mo’ljalni barpo 
etishga kumak beradi. San’atga oid umumiy badiiy shakllantirish usullar simmetrik va 
nosimmetrik, kontrast va nyuans, grotesk, metafora va b.bo’lishi mumkin.
Badiiy shakl – ma’noning ichki tarkibini san’at qonunlariga oid buyum sifatida barpo etish. 
Shakl barcha san’at turlariga oid umumiy tushunchasidir.
Kompozision shakllantirish baravariga ikki sohadan kelib chiqadi – shaklni ramzidan va 
formal aloqalaridan. Ulardan qaysinisi dastlabki, qaysinisi ikkilamchi ekanligi noma’lum, chunki 
ijodiy jarayon aqlga bovar qilmaydi. Ammo shunisi ayonki, assosiasiyalar manbasi – muallifni 
ijodi o’ziga hosligi, uning shaxsiy siymolar dunyosidir. Formal – kompozision aloqalar sohasi 
esa odam shakllini tasavvur etish ob’ektiv mavjud qonunlaridan kelib chiqadi. Shunga qaramay 
bir-birisiz ijod bo’lmaydi. Ularni orasidagi aloqa chuqur va tabiiy.


68 
Assosiasiyalaridan 
to’g’iladigan 
mavzu 
tartibsiz, 
tarqatib 
joylantirilgan 
morfologizasiyalangan elementlar to’plami sifatida ko’rinishi mumkin. Reallik va yaxlitlikni u 
faqat kompozisiya orqali, barcha elementlarini uzviy bog’liq tartibiga binon erishiladi.
Dizayner ikki vazifani echadi: ijtimoiy-kommunikativ va estetik madaniyni. Dizaynga oid 
ommabop kommunikasiya ma’lumotni estetik ehtiyojni uyg’otib, rivojlantirib va mustahkamlab, 
toki u iqtisodiy kuchga aylangancha ko’p odamlarga “estetik ma’lumotni” etqazishga imkon 
beradi. Odamlar yangi buyumlarni faqat ularni yangi utilitar xossalarini, modali va prestijligi 
uchungina talab qilmaydi, balki “tirikchilik uchun eng zarur”, estetik didga binoan estetik ehtiyoj 
ommabop talabiga aylanadi. Estetik talabni qondirish uchun buyumlarning shakli doimiy 
o’zgarishi kerak: shakllar uslubiy bir xil bo’lgan holda individual har xil bo’lishi lozim, shunga 
ko’ra dizayner faqat stilist bo’lmasdan, balki rassom, ijodiy shaxs bo’lishi zarur.
Ijod – bu voqelikni qayta tushinish va o’zgartirishdir. Bilim va sezgisiz ijodiy fantaziya 
to’g’ilmaydi. Boy va to’g’ri tuzilgan bilimlar majmui – ijodning asosidir. Qachonki yaratuvchi, 
ijodiy faoliyat puxta va aniq bilimlar mantiqa asosida barpo etilsa, tanish buyumlardan 
yangilarga o’tishi ayon. Qachonki yangi g’oya tasodifiy, mantiqiy va ongli jarayondan xoli 
paydo bo’lsa, intuisiya va ilhom keladi deyishadi. So’ngi yillarda odamni fikrlash faoliyati 
qonuniyatlarini tadqiqot etadigan fan tug’ildi, u erda fahm, ongsizlik va intuisiya evrisitka 
elementlari mavjud. Ushbu fan odamni intuisiya yordamida ijod etish, “gazlamani sezish” bilan 
shug’ullanadi.
Dizayner umumiy va mutaxassisga oid bilimlarini to’plashi lozim. Ijodiy fantaziyani 
tarbiyalash professional qiziquvchanliksiz va kuzatuvchanliksiz mumkin emas.
Dizayner kostyum kolleksiyasini yaratganida ijodiy manba sifatida har qanday tabiiy 
hodisalar, buyum muhitining turli elementlari, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar, musiqa, 
rangtasvir, adabiyot, balet, teatr, sirk, kino, tomosha tadbirlari, etnik mavzular, me’morchilik, 
muhandislik inshootlari, mashina detallari, turli mexanizmlar, maishiy buyumlar, amaliy san’at 
asarlari (shisha, tosh, daraxt, metall, keramika va b), musiqa asboblari, er fakturasi, yulduzli 
osmon, origami o‘yini, ekologiya, tarixiy, xalq va klassik kostyumlar, eklektika usuli, parodiya 
usuli, stilizatsiyalash usuli va boshqalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Har bir dizayner o‘z faoliyatining muayyan bosqichida tarixiy davr va xalq an’analaridan 
ilhomlanib, ijodiy manbalarga murojaat qiladi.
Moda tarixida ekzotik mamlakatlarning madaniyatidan va ko‘p badiiy uslublardan g‘oya 
o‘zlashtirish doimo bo‘lgan. XX asr modasi ko‘pincha etnik va tarixiy manbalarga murojaat 
qiladi. Keyinchalik klassik shaklni va ekzotik xalqlardan o‘zlashtirilgan bezakni birga qo‘shib 
modellarni barpo etadigan modelerlar avlodi paydo bo‘ldi. Masalan, J.P.Gotening «eskimos» 
kolleksiyasi fikrimizni isbotlaydi.
Tabiat azaldan odam uchun ish maydoni bo‘lgan. Tashqi dunyoni tushunish va o‘rganish 
ehtiyoji uning qonunlarini o‘rganishga va o‘zlashtirilishiga olib keldi.
Asrlar mobaynida ma’lumot yig‘ib, odamzod bionika faniga (yunoncha — Bio — «hayot 
elementi») asos soldi. Bu yo‘nalish 1950-yillarning oxirlarida paydo bo‘ldi. Bu fanning asosiy 
maqsadi biologik sistemalar va jarayonlarning imkoniyatlarini o‘rganish edi. Leonardo da 
Vinchi, N.E.Jukovskiy, L.Galvanilarni bionika fanining kashfiyotchilari deb hisoblasa bo‘ladi.
XIX-XX asrlar oralig‘ida paydo bo‘lgan badiiy uslub modern, jonli tabiatga asoslangan va 
aynan shu davra cheklangan me’morchilik nazariyasi paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Ispan 
me’mori A.Gaudining ishlari bunga yorqin dalil. Uning ishlarini egri chiziqli yuzalarning 
me’mor konstruktiv shakllari biologizatsiyalanishi desa bo‘ladi. U ilk bor odamlar tabiat bilan 
genetik bog‘lanishini qayta tiklash konkret prinsiplarini taqdim etdi. Shuningdek, uni qonuniy 
ravishda me’morchilik bionikasining asoschisi desa bo‘ladi. Bugun bionika boshqa sohalarga 
ham jadal tarqaldi: maishiy texnikada, harbiy sanoatda (suv osti kemasining shakliga baliq 
tanasining shakli asos qilib olingan) va boshqa zamonaviy kostyumda bionikaning timsoli 
chakamug‘ o‘simligining tikani asosida kashf etilgan «velkro» tasmasi keng qo‘llaniladi.
Tabiat bosh dizayner kabi million yillar davomida durdona asarlar yaratib kelayotganiga 
shubha qilmaymiz. Uning organik va mantiqiy bog‘liqliklari mujassamlashgan yangi shakllarni 


69 
yaratish imkoniyatini topish zamonaviy dizayn yangi yo‘nalishining asosiy vazifasi bo‘ldi. 
Bunga esa o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bionika va kristalolografiya katta ta’sir etmoqda. 
Ularning asosida ko‘plab ob’ektlar va dizayn buyumlari (aksessuarlar, zargarlik buyumlari va 
boshqalar) barpo etilmoqda (1-rasm).
Jonli tabiatda yashash jarayoni organik ma’qullik bilan bog‘liq.
Xuddi shunday odam ham faoliyati davomida o‘zi istagan natijaga erishishga intiladi. 
Muammoni echish uchun birinchi o‘ringa buyumning ko‘p vazifaliligi chiqadi, ya’ni buyumni 
bir necha mo‘ljalda qo‘llash mumkin. Bu muammoni transformatsiyasiz echish mumkin emas 
(bu usulni 1920-yillarda konstruktivistlar taqdim etishgan, ammo u hozirgi kunlardagina amalga 
oshirildi).

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish