36
Qadriyatlarni yangi tizimini yaratishga vaqt keldi, ular tabiat va insonni birga uyg`un
mavjud bo`lishiga imkon tug`dirishi lozim.
Dunyoda o`tqazilgan ko`p ilmiy tadqiqot ishlar natijasida quyidagi xulosa ayon bo`ldi:
turmush sifati va iqtisodni o`sish sur`ati, iste`mol hajmi va insonni o`z turmushi bilan mamun
bo`lishi bilan bevosita bog`liqlik yo`q. Demak, turmush tarzini o`zgartirishga eng muhim
yo`nalish -bu iste`molni ekologizatsiyalash (iste`molni oqilona kamaytirish), mutanosib ekologik
iste`mol me`yorlarni tarqatish, uzoq vaqt davomida foydalanadigan buyumlarga qaytish.
Iste`molni
ekologizatsiyalash
muammosi
dizayn
vazifalarini
o`zgarishiga olib keldi – dizayn mollarni iste`mol
qilishni kamaytirish, materiallar va
texnologiyalarni qaytadan ko`rib chiqish, iste`molning yangi tarkibini tuzish. Jamiyatda sifatli
iste`mol qilishga intilish paydo bo`la boshladi – ana`naviy iste`mol modeliga qaytish.
Kostyum dizaynida bu yo`nalish kontrmodada o`z aksini topdi, moda namunalari
modaning asosiy qonuniyatlaridan (o`zgaruvchanlikdan) voz kechib, klassik uslub namunalariga
aylandi. Kiyimda klassika – bu “abadiy” buyumlar, ularni kiyish muddati ma`naviy eskirganligi
emas, balki emirilganidir (fizik eskirishi).
YUqori sifatli klassik buyumlarni chiqaradigan firma nomiga sazovor bo`lish uchun ba`zi
firmalar o`zining eski mashhur modellarini ishlab chiqarishadi. Masalan,
modali kiyim va
charmdan aksessuarlar ishlab chiqaradigan “Germes” frantsuz firmasi “Kelli sumkasi” nomi
berilgan (Monako malikasi G.Kelli sharafiga bag`ishlangan, chunki u shu firma
sumkalarini afzal ko`rgan) sumka modelini 1956 yildan beri doimo ishlab chiqarmoqda. Ular
klassik uslub, eng yuqori sifat, nufuz va dabdabalik timsoli bo`lgan edi. SHu firmaning
ana`naviy rasmli “kare Ermes” shoyi ro`mollari ham ushbu imidjga sazavor bo`ldi, ular ilk bor
1937 yilda ishlab chiqarilgandi. Huddi shunday misol SHanel` firmasining dastasi zanjirli,
qavilgan mashhur sumkasi hozirgacha ishlab chiqariladi. Aynan, K.SHanel` ilk bor o`z oldiga
ayolni o`zgaruvchan moda xukmronligidan ozod etishni maqsad qilib qo`yishdi. U tavsiya etgan
klassik
trikotaj, kichkina qora ko`ylak, “SHanel` uslubida”gi kostyum ko`p yillar davomida
modadan chiqmaydi. K.SHanel` shunday degan: “Men uchun dabadablik – bu yaxshi tikilgan
kiyim, besh yil kiyiladigan kostyum, chunki u menga yarashadi. Mening orzuim – eski
kostyumlar, kiyilgan kiyimlar... Men tez o`tadigan modaga qarshiman”. Iv Sen-Loran ham
modadan chiqmaydigan buyumlarni yaratish
eng qiyin deb hisoblab, xuddi shunday fikrda
bo`lgan. Masalan, 1966 yilda u ilk bor ayollar uchun smokingni, 1970 yilda – ko`ylak-smokingni
tavsiya etgan edi, ularni turli variantlari hozirgacha “Iv Sen-Loran” kollektsiyalarida bor.
Zamonaviy kostyum dizaynida iste`mol hajimini kamaytirishga uzoq vaqt davomida
foydalanadigan buyumlarga (klassik buyumlar, “
Do'stlaringiz bilan baham: