O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti


Ma`ruza -6. Kostyum dizayninig ijodiy-nazariy asoslari



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

Ma`ruza -6. Kostyum dizayninig ijodiy-nazariy asoslari. 
Reja. 
1.
Dizaynda ijodiy asoslarini o`rni. 
2.
Dizaynda badiiy ijod bosqichlari. 
3.
Dizaynda siymolik. 
4.
Dizaynda hajmiy shaklning o`rni. 
Tayanch iboralari: 
ijod, assotsiatsiya, badiiy bosqich, badiiy syimo, ramz, o`yin usuli, intuitsiya
kompozitsiya, koloristika, xajmiy.. 
Dizaynerning ijodiy faoliyati uchun ko`p bilim sohalaridan ma`lumotlargga ega bo`lishi 
lozim, ular bir biridan uzoq bo`lsa ham. Ijobiy natijaga erishish uchun dizayner san`at sohasiga 
va fan yo`nalishiga ta`luqli bilimlarini o`zlashtirishi lozim. 
San`atni har bir turida g`oyaviy-ijodiy asosi – kompozitsiyadir. Boshqacha aytganda, 
kompozitsiya orqali dizayner qiziqtirgan g`oyani ifodalaydi. 
Badiiy asar – muayyan o`zaro bog`lanishda bo`lgan bir turli elementlar (chiziqlar, rangli 
dog`lar, hajm, naqsh, kolorit va b.) murakkab tizimi. 
Badiiy asarda estetik va siymo printsiplarini o`zaro nisbati iste`molchida tasavvur va 
fantaziyani uyg`otadi, assotsiativ fikrlar va xis to`yg`ular murakkab tizimini tasavvur etishga 
sabab bo`ladi. 
Assotsiativlik – go`yo bir biriga to`g`ri kelmaydiganlarni orasida bog`lanishni sezish va 
o`rnatish qobiliyatdir. O`xshash yoki kontrast bo`yicha assotsiatsiyalari buyumlarni 
funktsionallikka oidligini engishga, ularni orasidagi qonuniy bog`liqlarni va yangi funktsional 
mo`ljalni barpo etishga kumak beradi. San`atga oid umumiy badiiy shakllantirish usullar 
simmetrik va nosimmetrik, kontrast va nyuans, grotesk, metafora va b.bo`lishi mumkin. 
Badiiy shakl – ma`noning ichki tarkibini san`at qonunlariga oid buyum sifatida barpo 
etish. SHakl barcha san`at turlariga oid umumiy tushunchasidir. 
Kompozitsion shakllantirish baravariga ikki sohadan kelib chiqadi – shaklni ramzidan va 
formal aloqalaridan. Ulardan qaysinisi dastlabki, qaysinisi ikkilamchi ekanligi noma`lum, chunki 


47 
ijodiy jarayon aqlga bovar qilmaydi. Ammo shunisi ayonki, assotsiatsiyalar manbasi – muallifni 
ijodi o`ziga hosligi, uning shaxsiy siymolar dunyosidir. Formal – kompozitsion aloqalar sohasi esa 
odam shakllini tasavvur etish ob`ektiv mavjud qonunlaridan kelib chiqadi. SHunga qaramay bir-birisiz 
ijod bo`lmaydi. Ularni orasidagi aloqa chuqur va tabiiy. 
Assotsiatsiyalaridan 
to`g`iladigan 
mavzu 
tartibsiz, 
tarqatib 
joylantirilgan morfologizatsiyalangan elementlar to`plami sifatida ko`rinishi mumkin. Reallik va 
yaxlitlikni u faqat kompozitsiya orqali, barcha elementlarini uzviy bog`liq tartibiga binon 
erishiladi. 
Dizayner ikki vazifani echadi: ijtimoiy-kommunikativ va estetik madaniyni. Dizaynga 
oid ommabop kommunikatsiya ma`lumotni estetik ehtiyojni uyg`otib, rivojlantirib va 
mustahkamlab, toki u iqtisodiy kuchga aylangancha ko`p odamlarga “estetik ma`lumotni” 
etqazishga imkon beradi. Odamlar yangi buyumlarni faqat ularni yangi utilitar xossalarini, 
modali va prestijligi uchungina talab qilmaydi, balki “tirikchilik uchun eng zarur”, estetik didga 
binoan estetik ehtiyoj ommabop talabiga aylanadi. Estetik talabni qondirish uchun buyumlarning 
shakli doimiy o`zgarishi kerak: shakllar uslubiy bir xil bo`lgan holda individual har xil bo`lishi 
lozim, shunga ko`ra dizayner faqat stilist bo`lmasdan, balki rassom, ijodiy shaxs bo`lishi zarur. 
Ijod – bu voqelikni qayta tushinish va o`zgartirishdir. Bilim va sezgisiz ijodiy fantaziya 
to`g`ilmaydi. Boy va to`g`ri tuzilgan bilimlar majmui – ijodning asosidir. Qachonki yaratuvchi, 
ijodiy faoliyat puxta va aniq bilimlar mantiqa asosida barpo etilsa, tanish buyumlardan 
yangilarga o`tishi ayon. Qachonki yangi g`oya tasodifiy, mantiqiy va ongli jarayondan xoli 
paydo bo`lsa, intuitsiya va ilhom keladi deyishadi. So`ngi yillarda odamni fikrlash faoliyati 
qonuniyatlarini tadqiqot etadigan fan tug`ildi, u erda fahm, ongsizlik va intuitsiya evrisitka 
elementlari mavjud. Ushbu fan odamni intuitsiya yordamida ijod etish, “gazlamani sezish” bilan 
shug`ullanadi. 
Dizayner umumiy va mutaxassisga oid bilimlarini to`plashi lozim. Ijodiy fantaziyani 
tarbiyalash professional qiziquvchanliksiz va kuzatuvchanliksiz mumkin emas. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish