O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“Pedagogika” fakulteti
“San’at” kafedrasi
TASVIRIY SAN’AT TARIXI FANIDAN
Mavzu: “Samarqand va Hirot nafis tasviriy san’at maktabi”
Bajardi: 2“A” guruh talabasi – Sobirov Firdavs
Ilmiy rahbar: “San’at” kafedrasi o’qituvchisi – Avliyoqulova N.
Kafedra mudiri: p.f.n dotsent - Madrimov B.X.
Buxoro-2014 yil
Mavzu: “Samarqand va Hirot nafis tasviriy san’at maktabi.”
Reja
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1.Temuriylar davri Samarqand va Hirot miniatyura maktabi
2.2. O’zbekiston xalq amaliy san’ati
2.3. Samarqandda ustoz-shogird ananasi
2.4. Samarqand va Hirotda Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati
Xulosa
Ilovalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
O’zbekiston tasviriy dastgoh san’ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. O’zbekiston san’ati zafarli yo’lni bosib o’tdi. Respublikamiz rassomlari ko’pgina ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz ta’sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko’pgina janrlarda ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning to’lib toshgan noz-ne’matlarini, manzara janrida esa, o’lkamizning go’zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat ko’rinishidagi go’zallikni to’laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib me’morchilikning nodir yodgorliklarini o’z asarlarida ko’rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning ilg’or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. Bizning O’zbekiston Vatanimiz ajoyib iste’dodli rassom va haykaltaroshlarni etkazib berdi. Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiev, Mannon Saidov, Damir Ro’ziboev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzaev, Akmal Ikromjonov, Ne’mat O’akimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa’dullaev, o’ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. O’zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzaev rangtasvir ustasi xalqimiz an’analariga, boy va sermazmun o’tmish tasviriy san’at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o’z xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat bag’rida o’zbekona an’analarni, to’ylarni, beg’ubor o’zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, “Toshkent - tinchlik va do’stlik shahri” triptixi, “Bola xonada”, “Intizorlik”, “Yosh oila haqida qo’shiq” kabi o’nlab asarlar moybo’yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo’layotgan o’zgarishlarni e’tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag’ishlaydiki, undagi go’zallik sirlari odamlarni ezgulikka etaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko’pgina xorijiy davlatlarda ham ma’lum va mashhurdir.
Bahodir Jalolov ham O’zbekiston xalq rassomi bo’lib, zamonaviy rangtasvir san’ati rivojiga katta hissa qo’shib kelayotgan iste’dodli rassomlardan biridir. B.Jalolov tasviriy san’at borasidagi tahsilni davom ettirib, keyinchalik Ch.Ahmarov, R.Choriev, E.P.Melnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san’at sirlarini o’rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda yuksak mahorat aniq ko’zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg’ular uyg’unligi tomoshabinni o’ziga mahliyo etib qo’yadi. U portret san’atida ko’p yutuqlarga erishdi. Uning to’laqonli asarlarida o’zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o’z ifodasini topgan. U bir katta seriya portretlarni yaratadi, bular ichida akademiklar, rassom va boshqa taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o’zgacha talqin etiladi. Bunga, “Gul va Rayhon afsonasi”, “Nido”, “Baxt qushi”, “Abadiy va navqiron Hindiston”, “XXI asr Madonnasi” kabi ko’plab asarlarini misol qilib keltirish mumkin.
II. Asosiy qism
Mustaqil O’zbekiston tarixiga bag’ishlangan O’zbekiston xalqlari tarixiy muzeyi devoriga ishlangan monumental ko’rinishdagi surat jiddiy va mazmunli tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e’tiborini o’ziga jalb qila oladi. Polotnoni kuzatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega bo’lgan o’zbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir.
Haykaltaroshlik san’atining o’lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro’ziboev faoliyatida yaqqol qurish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san’ati bilan shug’ullangan D.Ro’ziboev haykataroshlik olamiga asoan 60 yillarda kirib keldi. San’atkor ijodida shakl va hajmlarning o’ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San’atshunos olim R.Toqtash obrazi, rassom V.Savistkiy va Saida portretlarida zamondoshlarimiz obrazlari to’laqonli o’z ifodasini topgan. D.Ro’ziboev haykaltaroshlik san’atida katta bir maktabni o’tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy. Buni biz san’atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san’atining yuzaga kelganligi orqali guvohi bo’lishimiz mumkin. Ro’ziboev haykallaridagi shakl va hajmlarga bo’yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo’’jizali qila oladi. San’atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini matolarda yanada to’ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro’ziboevning izlanishlari kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San’atkor ko’tarinki ruh bilan musiqa, rangtasvir asarlarini o’rganib, o’z haykallarida mujassamlashga intiladi. O’aykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u inson ma’naviyatini tobora to’laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O’zbekiston tasviriy san’ati tarixi - jahon tasviriy san’ati tarixining ajralmas qismidir. O’zbekiston san’ati boy merosga ega. O’ozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo’lib qolgan. Dekorativ-amaliy san’atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi nafaqatgina mustaqil O’zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o’z obro’-e’tiboriga ega.
2.1.Temuriylar davri Samarqand va Hirot miniatyura maktabi
Temuriylar davrida Samarqand miniatyura maktabi faoliyatini yirik san’atshunos va tarixchilardan A. Pugachenkova, L.I. Rempel, T. Maxmudov, N. Norqulov, I. Nizomiddinov, O. Usmonov va boshqalar o’z ishlarida ochib berganlar. O. Usmonov Samarqand miniatyura maktabi mavjudligini belgilovchi asarlar ro’yxatini keltirgan. (O.Usmonov, Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi, T, «Fan», 1977)
Yirik san’atshunos olim T. Maxmudov yuqoridagi fikrlarga ko’shilgan holda «Kamoliddin Behzod tomonidan yaratilgan nafis tasviriy san’at maktabi (uni Afgonistonlik san’atshunos olimlar «Hirot maktabi» ham deb ataydilar) XIV- XV asrlarda Movarounnaxrda vujudga kelgan Samarqand nafis tasviriy san’at maktabining tadrijiy davomi bo’lib, u bilan o’zaro mustaxkam aloqada va bir - biriga ta’sir qilib rivojlangan» degan fikrni olga suradi. («Behzod maktabi haqida muloxazalar», «Guliston» №1 1996).
«Samarqand, - deb yozgan edi Afgonistonlik professor Abdulxay Xabibiy, hamisha osiyodagi ilm, madaniyat va san’atning ulkan va ajoyib markazi bo’lib kelgan. Samarqand, Hindiston, Eron, Hirot, Arab mamlakatlari shaxarlari bilan bir qatorda Hirot, Balx, Kandaxor, Jo’zjon, Taxor kabi shaxarlari bilan ham doimiy va iqtisodiy aloqalarda bo’lgan. Hirotlik Behzod yoqqan san’at va nafosat mash’alasining so’nmas nurlari Isfaxon, Tabriz, Istambul, Buxoro va Samarqandgacha borib yetdi. Adabiyot va san’at soxasidagi mustaxkam alokalarimiz xalqlarimizni shu darjada bir-birlariga yaqinlashtirib, XIV - XV asrlar davomida yaratilgan bir ajoyib mushtarak madaniyatning ikkala muqaddas beshigi hisoblanadi». (O. Usmonov).
XV asr boshlaridan boshlab sharq miniatyurasi rivojida yangi bosqich boshlanadi. Buning asosiy sababi markazlashtirilgan Temuriylar imperiyasi davlatlari tizimidir. 1365 yilda Movarounnaxrda hukmronlik qilgan Temur O’rta Osiyodan mo’gullarni haydab chiqaradi. Xorazm va Boltiq bo’yi mamlakatlarini bosib oldi. So’ngra Eron, Iroq, Suriya, Turkiya, Hindiston safariga tayyorgarlik ko’rila boshlandi. XVI asr boshlarida Temur O’rtayer dengizidan Hindistongacha bo’lgan xududda katta davlatni barpo etdi. Sharq va Garbiy YYevropa mamlakatlari bilan aloqalar o’rnatildi. Bular haqidagi ma’lumotlarni Samarqanddagi ispan elchisi Klavixo de Gonsales yodnomalarida ko’rish mumkin. U Samarqandni «Yer sharining nur sochuvchi nuqtasi», - deb ta’riflaydi. Xalqaro savdo – sotiq keng avj oladi, poytaxt fan, madaniyat va san’at markaziga aylanadi. Movarounnaxrga ko’zga ko’ringan olimlar va adabiyotchilar, me’mor va xunarmandlar, rassomlar va hattotlar olib kelindi. Natijada yaqin sharq va osiyo xalqlari badiiy madaniyatlari qo’shilib, san’atda yangi usulga poydevor qo’yildi. Temurning o’limidan so’ng ham Samarqand uning naberasi Ulugbek raxbarligida fan va madaniyat markazi bo’lib qoldi. Hirot madaniyati ham shu qatorda bo’lib, mamlakatni Temurning o’gli Shoxrux Mirzo boshqargan. XIV asr oxiri XV asr boshlarida Samarqandda Temur saroyida yirik miniatyurachi musavvirlar ijod qilgan. Jumladan, tarixiy manbalarda asoslanishicha, Samarqand badiiy ustaxonalari boshligi bo’lgan Bogdodlik usta Abdulxay Shuxrat qozongan. O’rta Osiyo rassomlari biografiyasi Muhammad Do’stning ma’lumotiga asosan o’shandan beri «Uning uslubi bo’yicha, biror boshqa kishi yozolmas edi – deb yozib qo’ygan edi. Do’st Muhammad, - xech bir musavvir Abdulxay uslubini chetlab o’tolmadi, barchasi shu uslubda chizishga intildi. Bu davrda ijod qilgan Shayx Muhammad Taliliy, Pir Axmad Bogi Shamoliy, Muhammad Ibn Maxmudshox Al Xayyom ham Abdulxayning shogirdlari hisoblanadi».
Temurning naberasi Mirzo Ulugbek (1409-1449) davrida miniatyura san’ati yuksak rivojlangan. Uning nomi nafaqat xukmron podshox, balki yirik olim va fan, san’atning xomiysi sifatida ham mashxurdir. Uning xukmronlik davrida shaxar qurilishi, arxitekturasi, badiiy xunarmandchilik, adabiyot va san’atning gullashi bilan xarakterlidir. Ulugbekning eng asosiy qiziqishi astronomiya soxasi bo’lib, u tomondan taniqli olimlar jalb qilinib, xech kayerda u bilan tenglasha olmaydigan mashxur observatoriya qurilgan. Ulugbek miniatyuranavis musavvirlarning ham ijodini qo’llab-quvvatlagan. Xatto bu vaktda Samarqandda musavvirlar ko’chasi «Kui-Naqqoshon» bo’lgan.
XV asrning ikkinchi yarmiga kelib O’rta Osiyo miniatyurasi san’atida bir muncha pasayish seziladi. Buning sababi mamlakatda diniy mavkening galabasi, uning vakili Xuja Axrorning kelishi bilan izoxlanadi. Insonparvar hokim Mirzo Ulugbek davrida poytaxtda to’plangan eng yirik olimlar, ustalar ta’kib ostiga olinadi. So’ngra ular sekin-astalik bilan Hirotga, Sulton Husayn Boyqaro va uning vaziri Alisher Navoiy qaramogiga o’tadilar.
Amir Temur davrida o’ziga xos miniatyura belgilarini Turkiyadagi Tupkopi Saroy va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan «Stambul albomi»dagi kuchirma va xomaki miniatyura nusxalari shundan dalolat beradi, deb yozadi O’zFA akademigi A. Pugachenkova. Bunda XIV- XV asrga oid bu xomaki nusxalar o’ta noziklik bilan aloxida shaxslarni, daraxtlar, gullar, naqshlar va kichik kompozitsiyalardan iborat bo’lib, bular ustalarning yuksak maxoratidan darak beradi. Lekin, shuni ham ta’kidlash kerakki, - deb ta’kidlaydi Olima, - Sheroz va Hirot miniatyura maktablari alomatlaridan Samarqand maktabi xozircha o’rta osiyoliklarga xos bo’lgan etnik alomatlar asosida aniqlandi.
Xulosa qilib tarixchilar va san’atshunoslar fikrlariga tayanib shuni aytishimiz mumkinki, XV asr Temuriylar davrida Samarqand, Hirot, Buxoro singari O’rta osiyo shaxarlarida ilm-fan va san’at yuqori darajada rivojlangan va bu davr Alisher Navoiy va Behzod nomi bilan chambarchas boglikdir.
Qushlarni chizish.
Miniatyurada portret (Bobur).
Temuriylar davri Hirot miniatyura maktabi
Hirot miniatyura markazi tarixiy-etnografik va san’atshunoslik (majmui) nuqtai nazaridan to’liqrok o’rganilgani bois, bu nafis san’at adabiyotning, tarixiy xujjatlar, tasviriy va amaliy san’atda me’morchilikda gullab yashnagan davri sifatida ko’zga tashlangan. Bu manbalar G. Pugachenkova, L. Rempel, L. Dolinskaya, O. Galerkina, M. Ashrafiy va boshqalarning asarlarida chuqur yoritilgan.
Hirot rangtasvir maktabi o’zining jugrofiy ahamiyati doirasidan XV-XVI asrlardan bir davlat xududidan chetga chiqa boshladi. Hirot badiiy markazining boy madaniy merosi bilan Eron, Afgoniston, O’rta Osiyo, Ozarbayjon va Xindistonning musulmon xalqlari ham faxrlanadilar.
Janubiy Eron katta shaxri, shoirlar Sa’diy va Xofiz vatani bo’lmish, Sherozda ishlab chiqilgan usullar Hirot miniatyurasining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bunda manzarani aniq ishlash, yuqori gorizont usuli, ranglar boyligi va kompozitsiyaning murakkab ko’rilganligi bu usullarning asosiy xarakterli xususiyatlari xisoblanadi.
«Navoiy, Jomiy va Bexzod davridagi Hirotni – XV asrning ikkinchi yarmi Hirot madaniy yuksalishi va gullab yashnashi sarchashmalarini – Shoxrux Mirzo Hirotidan kidirish kerak», - deb yozgan edi rus sharqshunos olimi M.M. Dyakonov. Shoxrux Mirzoning o’gli Sulton Ibroxim ham moxir xunarmandlarga o’z tajribalari asosida jahon tasviriy san’at namunalari xisoblangan kitoblar tuzdirdi.
Shoxruxdan so’ng, o’gli Boysunkur (1414-1433) davrida qo’lyozmalarni tayyorlash ustaxonalarida ko’plab quli gul ustalar ishlagan. Tarixchilarning yozishlaricha 40 dan ortiq hattotlar Tabrizdan olib kelingan. Axmad Naqqosh va Ali musavvir, mashxur muqovasoz Kavamiddin Tabriziy va usta hattot Jafar Tabriziylar ishlagan.
Agar biz musavvirlar va hattotlar haqida gapiradigan bo’lsak, ajoyib hattot va san’at xomiysi Boysunkur Mirzo (1397 y) nomini xurmat bilan tilga olishimiz kerak. Boysunkur Mirzo vazirlik davrida badiiy ijod, madaniy-ilmiy ishlar bilan ham shugullangan. Davlatshox Samarqandiy uning mana shu faoliyatini ta’riflab: «Shaxzoda Boysunkur xunarparvar va xunarmandlikka jahonda mashxur bo’ldi. She’riyat va xattotlik uning zamonida rivoj topadi. Xunarmand va fozillar uning ovozini eshitib, tevarak-atrofdan xizmatga keladilar. Xushxat kitoblardan qirq kishi uning kutubxonasida kitobat qilish bilan mashgul edilar. Boysunkur Mirzo xunarmandlarni e’zozlar, shoirlarni do’st tutar edi», deydi.
Tarix manbalarida ko’rsatilishicha, Boysunkur kutubxonasida kitob ko’chirish bilan birga, kitoblarga zar bilan lavxalar chizish, go’zal naqsh va suratlar solish, o’tmish mutaffakkirlarining ijodi va tarjimai xoliga doir faktlarni to’plab o’rganish, noyob kitoblarning nusxasini ko’paytirish, ayrim ijodkorlarning mukammal kulliyotini yaratish kabi ilmiy-ijodiy ishlari ham keng yo’lga qo’yilgan edi. Alisher Navoiy Boysunkur faoliyatini quyidagicha ta’riflaydi: «Boysunkur Mirzo xushta’b va saxiy va ayyosh va xunarparvar podsho edi».
Ko’plab san’atkor, hattot va musavvirlar ham Boysunkur Mirzoning marhamatidan chetda qolmaganlar.
1448 yilda Ulugbek kitobxonasi Hirotdan Samarqandga kuchiradi. Shu bilan Hirotda ancha vaqt miniatyura soxasida juda katta siljishlar ro’y bermaydi. Lekin XV asrning 70-80 yillarida bir qator yaxshi bajarilgan ishlar ko’zga tashlanadi. Bunga misol qilib «Kalila va Dimna»ga bajarilgan miniatyuralarni, (B.V. Robinson Kalila va Dimna) Abduraxmon Jomiyning «Silsilat az-zaxab» asariga va boshqa bir qator ishlarni misol qilib keltirish mumkin.
XV asrning oxirgi choragida Hirotda katta o’zgarishlar ro’y beradi. Temuriylar davlati bo’lgan bu yurtda boshqa soxalardagi kabi madaniy yo’nalishda ham katta ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Bunda ma’rifatparvar shox Xusayn Boyqaro va uning do’sti shoir Alisher Navoiylar ta’siri katta bo’ldi.
XV asrning oxirgi choragida Hirotga Temuriylar davlatining barcha joylaridan yetuk musavvirlar kelib ijod qilishadi. Mashxur hattot Sulton Ali Mashxadiy va mashxur musavvir Kamoliddin Bezod, uning shogirdi va do’sti Qosim Ali nomlari tarix saxifalariga zarxal xarflar bilan yozib qo’yilgan.
XIV – XV asrlarda Hirot madaniyat markazlaridan biri bilan bu davlatlarning xalqlari madaniy vorisi bo’lib xisoblanadi. Temuriylar sulolasi xukmronlik qilgan davrda Hirot Samarqanddan keyin ikkinchi Temuriylar davlati poytaxti bo’lib xisoblanadi. Hirotning ma’rifatli vorislari «Yer yo’zini lol qoldirgan» Mirzo Shoxrux o’gli Sulton Xusayn Boyqaro tan olinadi.
Hirot XV asrning yarmiga kelib sharq madaniyati markaziga aylandi. Bu yyerda fan, adabiyot, san’at rivojlandi, ajoyib san’at koshonalari qurildi.
Ulug mo’gullar imperiyasining asoschisi Sulton Bobir Hirotni quyidagicha tariflaydi: - «…bu yerda yashagan xar bir odam san’at va fanni egallashga intilar va uni takomillashtirar edi».
Hirot miniatyurasi o’zining eng gullagan davrini Temuriy «askar shoir» deb atalgan ma’rifatli Sulton Xusayn davrida kechirdi. Ammo rangtasvir san’atiing rivojida eng avvalo Sultonning yaqin o’rtogi, ulug vazir – o’zbek adabiyotining asoschisi, shoir va olim Alisher Navoiyning hissasi benixoyat ulkandir. Uning oldiga musulmon sharqning turli burchaklaridan taniqli olimlar va shoirlar, yozuvchilar va rassomlar, hattotlar va musiqachilar tashrif buyurishadi. «Olimlar bogida» adabiy kechalar, baxslar, uchrashuvlar uyushtiriladi, rassomlarning yangi asarlari muxokama qilinadi.
XV asrning ikkinchi yarmi Hirot miniatyura maktabi uchun rangtasvir san’atida uygonish davri bo’ldi. Usta rassom – miniatyurachilar, hattotlar, naqsh san’ati ustalari o’zlarining beboxo asarlari bilan bu markazning dunyo miqyosida shuxratini ta’minladilar. To’plangan boy tasviriy vositalar va usullar bu san’at turining boshqa mamlakatlardagi rivojiga va keyingi davr sharq, rangtasviri yuksalishiga ajoyib ta’sir ko’rsatadi. Bu maktab an’analarining nusxalari o’sha davrdagi Gruziya, Armaniston miniatyuralarida ham seziladi. Alisher Navoiy huzuriga yoshlik chogida Hirotlik rassom bo’lajak sharq «Rafaeli» - Kamoliddin Behzod ham keladi. Ma’lumki, o’rta asrlar buyuk rang tasvirchisi Kamoliddin Behzod miniatyura rang tasvirida erkin iz qoldirgan. Uning nomi tiriklik chogidayok (1455-1535) Xurosondan tashkarida ham keng tanilgan edi. Uning ko’plab shogirdlari va davomchilari bo’lib, uning asarlarini xush ko’rib, unga taqlid ham qildilar. Behzod ijodi Tabriz (Eron, Ozarbayjonni), Buxoro va Samarqand, Mugullar Xindistonni (Dexli va Agra rangtasvir maktablari) va boshqa miniatyura maktablarining keyingi rivojiga salmoqli katta ta’sir ko’rsatdi. Xususan Behzodning roli miniatyurada portret san’atining shakllanishiga beqiyosdir. Uning portretlaridagi odamlar individual uxshashlikka ega. Usta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan ham bilib olishimiz mumkin. U shunday deb yozgandi: - «Doimo, shox (Sulton Xusayn) gam-tashvishdan va notinchlikdan ranjigan vaqtda, Behzod portret yoki biror bir tasvirni chizar edi.
Genial musavvir Kamoliddin Behzod monumental tasvirlarning butunlay kitob saxifalariga ko’chgan davrning ulug vakilidir. Behzod ijodi u kamolot cho’qqisiga erishgan paytlar Hirotning bogi Safididagi Tarabxona xushk devorlariga jangovar tasvirlar ishlagani haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Keyinchalik, asosan kitob miniatyuralari keng ko’zga tashlanadi.
Alisher Navoiyning zamondoshi tarixnavis Zayniddin Vosifiy «Badoiy ul vaqoe» asarida qiziq bir xodisani yozib qoldirgan. Mashxur musavvir yangi suratni amir Alisher majlisiga keltirgan. «Suvratda tasvirlanishicha – davom etadi Vosimiy, - orasta boglar, turli-tuman daraxtlar. Xushsuvrat qushlar, har taraf arikchalar… ochilgan zangori gul to’plari va uning orasidan Mir (Alisher)ning yoqimli xush suvrati. U xassaga tayangan… yonida soqchi uchun zar to’la dabaklar. Xazrati Mir ul suvratni mushoxada va mulohaza qildi: ul nafis saxifa – boglar ichra latif shodlik gullar, xayoliy xovuzlar atrofi go’zal daraxtlar bilan bezatilgan».
Behzod ishlagan miniatyura tasvirini ko’pchilik tomosha qilib, uning badiiy jihatdan o’sha davr estetik talablariga juda monand ekanligi odatdagixol deb qabul etadilar. Tasvirlarning qanchalik tabiiy va jonli ekanligi haqida xazil-mutoiba bor ekan, odam va qushlarning tasviri islom dinida kat’iyan man’ etilganligi yigindagilarning xayoliga ham kelmagan. Alisher Navoiy homiyligi ostida o’sha davr miniatyura san’atining ravnaq topgani ham bejiz emas.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, miniatyura tarixi olimlar fikrlariga ko’ra, «Hirot maktabi», Xitoy, Sheroz, Bogdod va Samarqandlik musavvirlar, hattot va naqqoshlarning bevosita ta’sirida shakllangan. O. Usmonov ta’kidlashicha, «Kamoliddin Behzod XV asrning ikkinchi yarmida, bir tomondan Samarqanddagi, ikkinchi tomondan, Sheroz va Bogdoddagi (XIV asr oxiri va XV asr boshi) nafis tasviriy maktablarining boy, o’zlariga xos, rang-barang an’analari ta’sirida XV asrning ikkinchi yarmida Hirotda paydo bo’lgan nafis tasviriy san’at maktabida ilm oldi va voyaga yetdi.
Olimlar muloqoti. Xamsa. Nizomiy 891/1491 y.
Sheroz maktabi kompozitsiyasi.
2.2. O’zbekiston xalq amaliy san’ati
O’zbek xalqining ko’p asrlik tarixida xalq amaliy bezaksan’ati madaniy merosimizning asosiy qismini tashkil etadi. O’zbek diyorida vujudga kelib, gullab yashnagan amaliy san’at turlari bemisil va betakrorligi bilan dunyoga mash hur. Bu taraqqiyot bosqichi haqida fikr yuritar ekanmiz, o’zbek amaliy bezak san’atining kelib chiqishi insoniyatning ilk davri, ya’ni ibtidoiy jamoa davriga borib taqalishining guvo hi bo’lamiz.
O’lkamiz zaminidagi arxeologik qazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning guvo hlik berishicha, insonning jismga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlanib, asrlar osha hozirgacha davom etib kelmoqda.
Bizgacha ibtidoiy jamoa tuzumida ashyoviy dalillar -me hnat va ov qurollari, uy-anjom va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari etib kelgan. Tuproq ostida qolib ketgan tarixiy yodgorliklar odam va hayvonlar jasadining qoldiqlari, Qor va erto’la devorlariga chizilgan surat va bo’rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o’rganishning mu him manbai hisoblanadi.
Paleolit davrida amaliy-dekorativ san’at namunalari ham keng tarqala boshladi. Buyumlarni naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga, tumorlarga e htiyoj paydo bo’lganligi arxeologlar tomonidan topilgan ashyoviy buyumlarda namoyon bo’lmoqda. Odamlarning o’troq holga o’tishlari, tabiat qonun-qoidalarini kuzatish simmetriya, ritm, shakl tuyg’ularini o’sishiga sabab bo’ldi. Bir xil elementlarning tekis qaytarilishi yoki oralab kelishi asosida vujudga keladigan o’ziga xos naqqoshlik san’atini maydonga keltirdi. Naqqoshlik yangi tosh (neolit) asrida keng yoyildi, dekorativ-amaliy san’atning taraqqiy etishga ta’sir ko’rsatdi va yordam berdi. Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon va to’lqinsimon chiziqlar, aylanalar shu davrdagi ko’pgina naqshlarning asosini tashkil etadi.
Geometrik naqshlar asta-sekin sxematik odam, hayvonlar va o’simliklar dunyosidan olingan shakllar bilan boyitilib, mazmunan kengayib bordi. Uning elementlari koinot kuchlarining ramziy belgilarini aks ettira bordi. Masalan, rozetka-quyosh ramzi, to’lqinsimon chiziq- harakat, suv ramzi va hokazo.
Naqqoshlik san’ati endilikda dekorativ funkstiyani bajaribgina qolmay, balki shu bilan birga, kishilarning g’oyaviy va falsafiy tushunchalarni ham ifodalay boshladi.
Bronza asrida o’rta Osiyoda kulolchilik yanada rivojlandi. Kulolchilik dastgo hlarining yuzaga kelishi esa, yaratilgan buyumlarning yanada nafis va go’zal bo’lishini ta’minladi. Chustdan topilgan qizil fonga qora bo’yoqlar bilan rasm va naqshlar ishlagan sopol buyumlar diqqatga sazovordir.
Temir asrida ham dekoartiv-amaliy san’at etakchi o’rinni egallaydi. Bezash ishlarida geometrik naqshlardan tashqari, syujetli kompozistiyalardan foydalanish alohida rivojlangan.
O’rta Osiyoning qadimgi davri san’ati va madaniyatini o’rganishda er ostidan, qabrlardan topilgan turli dekorativ amaliy san’at namunalari, jang, ov va me hnat qurollari ham mu him rol o’ynaydi. Sopol buyumlar, bronza, oltin, kumushdan ishlangan, kishilar e htiyoji uchun ishlatiladigan buyumlar yuzasi naqshlar bilan bezatilgan, bo’rtma tasvir va haykallar bilan pardozlangan. Ayrim buyumlar yuzasiga esa hayotiy voqealar aksi tushirilgan. Ana shu daliliy materiallar o’tmish san’ati va madaniyati, kishilarning estetik, badiiy qarashlarini bilishga xizmat qiladi.
Uzbekiston hududida arxeologik qazilmalardan Xorazm, So’g’d, Baqtriya va boshqa viloyatlarda naqqoshlik san’atining rivojlanganligi ma’lum. Surxondaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-IIasr), Dalvarzintepa (I-asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan rasm, naqsh qoldiqlari buning yaqqol dalilidir.
Eramizdan avvalgi IV-VI asrlarda o’rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan "Amudaryo boyligi" (Oks boyligi) mu him o’rinni egallaydi. Hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida oltindan yasalgan haykallar, turli ko’za, bilaguzuk, uzuk, mu hr, tangalar, oltindan yasalgan arava va qurollar diqqatga sazovordir.
Buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnay (Aleksandr Makedonskiy) eramizdan avvalgi IV asrlarda Axmoniylar davlatini tor-mor etib, o’rta Osiyo erlarining ko’pgina qismini o’ziga qaratib oldi. Faqat Xorazm,Farg’ona va Sirdaryo bo’yidagi ko’chmanchi qabilalargina o’z mustaqilligini saqlab qoldi.
Amaliy san’atga bu qadar chuqur falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stilizastiya - ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o’zbek milliy bezak san’atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo’lgan va hozirda ja honga mash hur me’morchilik yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, toshtaroshlik va boshqa turdagi san’atlarning ajoyib darajada uyg’unligidan va mujassamligidan dalolatdir. Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ru hiyatini tarbiyalaydi.
Shuning uchun ham o’zbek xalq amaliy san’ati kishilarni badiiy- ahloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda, hamda madaniy darajasini oshirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Yaqin o’tmishda o’zbek amaliy bezak san’atining eng rivojlangan naqqoshlik, ganchkorlik, tosh va suyak o’ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, bo’yrachilik, zargarlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, kigizchilik, savatchilik kabi turlarining o’ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu so halarda nom qozongan ustalarning xizmatlari butun ja honga dong’i ketgan.
O’rta Ociyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. o’tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo’qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar hozirgacha bizni hayratga solib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |