Naqsh- arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildirib, u qush, hayvonot, o’simlik dunyosi, geometrik va boshqa turli shakllarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir.
Islom talablariga buysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va odamlarni tasvirlash yo’qolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi o’zlashtirildi. Natijada naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo’ldi. Arab yozuvi naqshlar bilan birga chizildi. Arab yozuvi ham bezak, ham duo-afsunlar vazifasini bajardi.
Naqqoshlik xalq-amaliy bezak san’atning bir turi sifatida qadimdan o’zbek madaniyatining mu him bo’lagi hisoblanadi. Ko’p asrlar mobaynida uning badiiy an’analari vujudga keldi va rivojlandi. Naqshlarda san’atning boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning chambarchas bog’liqligini, milliy an’analarning davomiyligini ko’rish mumkin. Naqqoshlik an’analari san’atning ana shu turini o’rganish metodlari sifatida ham bobodan otaga, otadan o’g’ilga o’tib kelgan. Ana shu davomiylik tufayli naqqoshlik san’ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi namunalari boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga muvofiqligi va go’zalligi bilan farqlanadi. Bunda xalq ustalarining atrof mu hitga qarashlaridagi tafovut aks etadi. Naqshdagi chizgilar o’yini musiqadagi o hang singari, qo’shiq va ertak kabi “xalq hayotiy tajribasining katta umumlashmasidan” tarkib topgandir.
Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o’ziga xos kompozistiyalarda go’zallik yaratish san’atidir. Naqqosh usta o’z ishida ranglarning tabiiy jilosidan va uyg’unligidan, bejirim shakldan, material fakturasidan mo hirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishadi.
O’zbekistonning an’anaviy me’morchiligida naqqoshlik asosan shiftlarni, jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning uylari, yog’ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo’llangan.
Nozik o’simliksimon-geometrik naqshdagi o’zaro singib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o’zbek ustalarining ishlaridagi islimi va girix naqshlarining klassik motivlari shiftlarning shakliga moslangan. Naqsh ko’proq intererlarni va yopiq ayvon, peshayvonlarni bezashga xizmat qiladi.
Uhozirgi paytda naqshdan me’morchilikda, uy ji hozlari, sovg’alar, mayda yog’och o’yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli buyumlarni bezashda foydalaniladi.
Badiiy naqqoshlik san’ati hozirgi kunda keng tus olmoqda. Matbuot, radio, televidenie, kino orqali kishilar ana shu san’at namunalari va uning xalq ustalari bilan tanishmoqdalar. Bu san’atkorlar orasida O.Qosimjonov, E.Raufov, A.Boltaev, S.Norqo’ziev, A.Azimov, A.Isaev, B.Abdullaev, T.To’xta ho’jaev, J.Xakimov, Z.Bositxonov, M.To’raev, T.A hmedov, K.Karimov, A.Il homov va boshqalar bor. Xalq ustalarimizning, ulardan ta’lim olgan shogirdlarning ishlarini Toshkentdagi amaliy san’at muzeyida, ko’rgazma zallarida, badiiy salonlarda, shuningdek, turar-joy va jamoat binolarida, masalan, Toshkent Davlat stirki, Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Milliy akademik drama teatri, Temuriylar tarixi muzeyi, Oliy Majlis va Sha har Hokimiyati binolari, metro stanstiyalari, me hmonxonalar, kabi ma’muriy va maishiy inshootlarda ko’rish mumkin. Hozirgi vaqtda maktablarda va maktabdan tashqari muassasalarda to’garaklar tarmoQini iloji boricha kengaytirish vazifasi qo’yilmoqda. Xalq naqqoshlik san’atini o’rganish o’quvchilarda badiiy didni, me hnatsevarlikni rivojlantirishga va qator foydali bilim hamda malakalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Ularning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va o’stirishga yordam beradi.
BADIIY BEZAK TURLARI
Mis choydish, oftoba, qumg’on va boshqalarga zarb bilan bezak beriladi. Idishlarning orqa va old tomonlari o’ziga xos bezaladi. Masalan, zarb qilingan naqshlarni chetidan hoshiya bilan o’ralmaydi, ko’rkam naqsh motivlari bilan bezaladi, juda murakkab nafis naqshlar bilan to’ldirib ishlanadi. Mis laganlarga zarb qilinadigan naqsh kompozistiyalari o’ziga xos turlarga ega. Gardish, turunj, mehrob, sitora, ishkalak naqshlari ishlanadi.
Mehrob — mehrob tasvirini beruvchi naqsh. Ya’ni markazdan aylana atroflab bir necha mehroblar tutashib hosil qilgan naqsh. Mehrobning turi juda xilmaxil. Masalan, mehrobi bargi bed, mehrobi duraftor, mehrobi duraftor islimi, mehrobi muhja, mehrobi madohil, va boshqalar. Sitora — mis idishlarni butun sirtini yulduzsimon naqsh qoplab olgan kompozistiya.
Gardish — naqshlar doiralardan tashkil topgan ritmik joylashgan kompozistiya. Markazida joylashgan doirani chetlari keng va qisqa yo’llar bilan o’raladi.
Gurunj — tuxumsimon, ovalsimon jimjimador har xil bezakli naqsh.
Mis zarb qilingan badiiy naqshlarni geometrik, me’moriy, o’simliksimon, jonivorsimon yozuvli naqshlar va maishiy buyumlar tasviri juda ko’p ishlatilgan. Kandakorlikda asosan islimiy naqshlar juda ko’p ishlatiladi. hoshiyalar va har xil yo’llar eng oddiy o’simliksimon naqshlar bilan to’ldiriladi. Bu naqshni «nim islimi» deb yuritiladi. U birbiriga chirmashib ketgan murakkab o’simliksimon naqsh bo’lib, bir tomonlama ulanib ketgan bo’ladi. Nim islimi hoshiyao’rnida ishlatilib, buyumning nomiga qarab o’zgarib boradi. Shuning uchun uning turli xillari bor. Masalan, nim islimi bargak, nim islimi madoxil va hokazo. O’simliksimon naqshlar shakli va mazmuniga ko’ra lola, bodom, qalampir, buta va shunga o’xshash nomlar bilan yuritiladi.
Metall buyumlarga qadimdan jonivorlar va odam shaklini tasvirlash keng tarqalgan edi. Masalan, chashmi bulbul, qo’chqorak, pushti baliq, qirma, zuluk, kapalak, ilon izi va boshqalar bilan ataladigan bo’ldi.
Chashmi bulbul — mis idishlarga bulbulning ko’ziga o’xshash zarb qilingan naqsh. Uni bulbul ko’zlari deb ham yuritiladi;
Ko’chkorak — qo’chqor shoxiga o’xshash naqsh;
Pushti balik — baliq tangachasimon naqsh turi. Uni baliq tangachalar deb yuritiladi; Kirmak — chirmoq, marg’ilonda «kirkira» deb yuritiladi. Kirmak chirmovuqsimon naqsh turi; ilon izi — to’lqinsimon o’simliksimon naqsh. Toshkentdagi boshqa viloyatlarda «islimi» naqsh deb yuritiladi.
Geometrik naqshlar kandakorlik bezaklarida juda kam ishlatilgan. Geometrik naqshlar ikkinchi darajali naqsh rolini o’ynagan.
Ustalar asrlar davomida misga naqsh o’yar ekanlar, har bir naqshlarini o’ziga xos nomlar bilan yuritilishini ko’ramiz. har bir naqshga nom qo’yilishi o’zo’zidan bo’lmagan albatta, bu nomlarni har bir naqshning mazmuniga, shakliga, biror narsaga o’xshatib, taqqoslab, murakkab soddaligiga qarab, naqshning turiga qarab boshqa mamlakat yoki shaharning nomiga va boshqa sababyaarga asoslanib har bir naqshga nom qo’yganmr. Masalan, «mashhadi», «arabi», «isfaxoni» va boshqa so’zlar naqshlarning nomiga qo’shib aytiladi. Buning sababi ustalar o’z ishlarida Mashxad, Arabiston, Isfaxon (Eron) ustalarining tayyor naqsh nusxalaridan foydalanganliklari uchun shunday nomlar bilan yuritganlar. Ko’pincha, bunday naqshlardan ijodiy foydalanib, o’zimizning stilimizga moslab naqsh elementlar qo’shganlar. Naqshlar agar aylana shaklida bo’lsa, bunday naqshni «naqshi girdob», uchburchak shaklida bo’lsa «uchburchak naqsh», agar ikki chiziq orasida bir novda pechakka o’xshab o’sib kurtak, g’uncha va novdacha chiqarib bir yoki ikki tomonga o’ssa bunday naqshni «pechak islimi» yoki «raftor naqsh» deb yuritiladi. Mis idishlariga eng oddiy naqsh bu chiziladigan to’g’ri chiziqdir. Bu chiziq bir naqshni ikkinchisidan ajratib turish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun naqsh kompozistiya chizishda avval shu to’g’ri chiziqlar chizib olinadi. Bu chiziqlarni yakka, ikki hattoki uch qavat qilib chizish ham mumkin. Bir chiziqni yakka xat, ikki chiziqni qo’sh xat deb yuritiladi. Kompozistiyada turlituman chiziq holda belbog’lar bo’ladi, bularning hammasini «zanjir» deb yuritiladi. Zanjir egri chiziq, nuqtali chiziq hamda to’lqinli chiziqlarga bo’linadi. Mis o’ymakorligida ba’zi naqshlar qadimdan ishlatilib kelinadi, bunday naqshlardan biri «tugma naqshdir» yoki «tugmacha» deb yuritiladi. Bu naqsh mis idishlarga zarb qilingan tugmachaga o’xshagan naqsh bo’lib, Toshkent kandakorligida ishlatiladi. Tugma naqshning o’rtasida ko’pincha nuqtasi bo’ladi.
KANDAKORLIKDA ISHLATILADIGAN PO’LAT QALAMLAR VA ULARDA BAJARILADIGAN O’YMA TURLARI
Ma’lumki, xalqimiz asrlar davomida o’zi shug’ullanib kelgan milliy hunarmandchilik turlarini san’at darajasiga ko’tara olgan va bizgacha boy madaniy meros tarzida etib kelgan. Zero ularni avaylab asrash, yanada sayqallash, davr taqazosi bilan unut bo’layotgan san’at turlarini qayta tiklash, takomillashtirish va kelgusi avlodga etkazib berish bugungi kun mutaxassislarining kelajak oldidagi burchidir. Mana shu burch mas’uliyati har bir hunar turining sir – asrorlarini ham amaliy, ham nazariy jihatdan juda chuqur, mukammal va keng qamrovda o’rganishni hamda tahlil qilishni taqazo etadi. Biz tanlagan milliy kandakorlik san’ati ham qadimiy hunar turlaridan biri bo’lib, uning tarixi va amaliy jihatlarini o’rganish bo’yicha ko’plab san’atshunos olimlar va mutaxassislar shug’ullanganlar. Jumladan, T. Abdullaev, S. Bulatov, A.Sergeev, A. Hakimov, G.Pugachenko, L.Rempel, D.Faxriddinova, D.Halimova, S.Muhsinovlarning kandakorlik san’atiga oid ilmiy, amaliy ishlari e’tiborga loyiqdir. Mazkur izlanishlarda kandakorlik san’ati tarixi, o’zbek kandakorligi maktablari va ularning namoyandalari, kandakorlik san’ati aks etgan badiiy buyumlar, naqsh namunalari haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Biroq, ta’kidlash joizki, e’tirof etilgan adabiyotlarda kandakorlik asboblari, ulardan foydalanish usullari va o’yma turlari haqida etarlicha ma’lumot berilmagan. Bizningcha, kandakorlik san’atini egallashga kirishgan yoshlarga o’yish turlari va zarur asboblardan foydalanish usullari haqida kerakli ma’lumotlarni berish ular duch kelishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olishga yordam beradi. Shu maqsadda ushbu maqolamizda kandakorlik asboblaridan foydalanishning ba’zi usullari hamda o’yma turlari haqida mufassal ma’lumot berishga harakat qildik.
Kandakorlik – forscha “kandakori” so’zidan olingan bo’lib, “kanda” – o’yish, “kori” – ishlari, ya’ni mis buyumlarni naqsh bezaklar bilan o’yib bezatish degan ma’noni anglatadi. Mis buyumni o’yib bezashda maxsus po’lat qalam va bolg’achadan foydalaniladi. O’yish ishlari (1-rasmda) po’lat qalamning ustki qismidan bolg’achada zarb berish bilan amalga oshiriladi. Po’lat qalamning o’yuvchi qismi o’tkir uchli ( 2 a – rasm ) va yassi uchli (2b– rasm) ko’rinishida bo’ladi. O’tkir uchli po’lat qalam - mis buyum yuzasiga turli xil tasvir yoki naqsh chiziqlarini o’yishda ishlatiladi. Shuningdek, naqshning zamini hamda naqsh elementlarini ham o’yma pardozlashda shu po’lat qalamdan foydalaniladi. Naqshning konturini o’yish jarayoni 3 a –rasmda, naqshning zaminini o’yish jarayoni esa 3 b –rasmda ko’rsatilgan. Bu po’lat qalamning o’yuvchi qismi o’tkir uchli ko’rinishga ega bo’lib, mis buyumni o’yganda o’zidan ingichka chiziq iz qoldiradi. O’tkir uchli po’lat qalamda o’yilgan naqsh chiziqlarining eni odatda 1–1,5 mmni tashkil etsa, ayrim hollarda uning o’lchami 2 mmgacha etishi mumkin. 4–rasmda o’tkir uchli po’lat qalam bilan mis buyumga o’yilgan o’ymaning yon tomondan ko’rinishi hamda o’yma enining o’lchami tasvirlangan. Mazkur po’lat qalamni kandakorlik sohasiga oid adabiyotlarda “chekuv qalam”, ba’zan “ naqsh qalam ” deb ham yuritiladi.
Hozirgi kunda, badiiy bezatilgan kandakorlik buyumini diqqat bilan kuzatsak o’yilgan naqsh bezaklarning chuqurligi turlicha ekanligini ko’ramiz. O’ymaning turli chuqurlikda bo’lishi, kandakor ustaning didiga, ish uslubiga qarab sayoz, o’rtacha, chuqur va juda chuqur o’yib bezatilishi mumkin. Ta’kidlaganimizdek, o’ymaning chuqur yoki sayoz bo’lishi buyum metalining yupqa yoki qalinligiga ham bog’liq. Masalan, buyumning metali yupqa bo’lsa, sayozroq va aksincha, buyumning metali qalin bo’lsa, o’ymaning chuqurligi ham chuqurroq o’yiladi. Sayoz chuqurlikda o’yilgan o’ymaning chuqurligi 0,2-0,3 mmni, o’rtacha chuqurlikda o’yilgan o’ymaning chuqurligi 0,5–0,8 mmni va chuqur o’yilgan o’ymaning chuqurligi esa 1-1,5 mmni tashkil etadi. Odatda o’ymalar bir marta o’yiladi. Biroq juda chuqur o’yilgan o’yma turi bundan mustasno. Juda chuqur o’yilgan o’ymaning chuqurligi 1,5–2,5 mmga teng bo’lib, bunday chuqurlikdagi o’yilgan bezaklarni bir necha marta o’yish natijasida hosil qilinadi. Mis buyumlarini juda chuqur o’yib bezatish kandakorlik san’atining yangi o’yma usullaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda buxorolik kandakor ustalar bu usuldan keng foydalanishmoqda. Juda chuqur o’yib bezatilgan buyumlarning ko’rinishi oddiy o’ymakorlik ishlaridan ajralib turadi. Buning sababi shundaki, naqshning zamin qismi qanchalik chuqur bo’lsa, o’yma naqshlardagi soya – yorug’lik ham shunchalik kuchli bo’ladi. Natijada, bezatilgan badiiy buyumning ko’rinishiga alohida joziba bag’ishlaydi.
Yassi uchli po’lat qalam - naqshning zaminini o’yish hamda naqsh elementlarini o’yma pardozlashda ishlatiladi. Bu po’lat qalamning o’yuvchi uchi yassi (2b–rasmda ko’rsatilgan) ko’rinishga ega bo’lib, mis buyumni o’yganda o’zidan keng enli iz qoldiradi. O’yish jarayoni 5-rasmda ko’rsatilgan. Yassi uchli po’lat qalamda o’yilgan o’ymaning eni 3–5 mmni, o’ymaning chuqurligi 0,3-0,8 mmni tashkil etadi. 6–rasmda o’tkir uchli po’lat qalam bilan mis buyumga o’yilgan o’ymaning yon tomondan ko’rinishi hamda o’yma enining o’lchami tasvirlangan. Yassi uchli po’lat qalamni kandakorlik sohasiga oid adabiyotlarda “ko’z o’yar qalam”deb yuritilsa, buxorolik kandakor ustalar forscha “pam qalam” ya’ni, “yassi qalam” deb ataydilar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, kandakorlik asboblari va o’yma turlari haqidagi ma’lumotlarning to’ldirilishi, o’quvchi yoshlarning kasb egallashidagi mahoratini oshirishga samarali xizmat qiladi degan umiddamiz.
2.3.Samarqandda ustoz-shogird ananasi
Nizomiy “Hamsa”sida musavvir Moniy haqida quyidagicha bir rivoyatni keltirgan.
... Musavvir homiysi mashhur Moniy Samarqand shahridagi o’z shogirdlarining ijodi bilan tanishmoqchi bo’lib, safarga chiqibdi. Samarqandlik musavvirlar o’z ustozlarining yangi ijodiy tuhfalar bilan sharaflamoqqa ahd qilishibdi.
Moniy shahar darvozasidan kirar ekan, bemisl qurilgan manzaradan hayratga kelib, o’z ko’zlariga ishonmabdi. Qarshisida afsonaviy go’zal shahar namoyon bo’lgandi. Mana, yam-yashil daraxtlar salqinida orombaxsh joy, hovu’z suvlari mavjlanadi. Ariqlarda suv sharqillab oqmoqda.
So’lim gulzorlar. Zilol suvdan ichging keladi. Ajab! Bu tasvirning sehri ekan. Hatto kimdir suv olmoqchi bo’lib ko’zani sindiribdi. Tasvir ta’siriga qoyil qolgan mehmonlar o’z kasbdoshlari san’atiga tahsin o’qishibdi. Shu payt Moniy qo’liga mo’yqalam olib hovo’z yaqiniga barvasta itning rasmini chizib qo’yibdi. Tasvir shunchalik tabiiy chiqibdiki, itni ko’rgan kishi uni joni bor deb, beixtiyor o’zini chetga tortar ekan. Shundan keyin Moniy negadir chuqur uyga cho’mibdi, uning shogirdlari mahorat cho’qqisini tamom egallashgan ekan, endi Ustoz ularga nimani o’rgatishi mumkin? Shunday yangi ijodiy ifq topish kerakki, unga intilgan sari go’zallik olami va badiiy imkoniyatlar kengayib borsin. Nihoyat, Moniy shogirdlariga shanday vazifa topshiribdi. Tabiatni aniq tasvirlash bu san’atning nihoyasi emas, agar kimki rasmdagi har bir chiziqqa jon bagishlab olsagina, u san’at tilsimini egallagan bo’ladi. Bu juda ogir va mashaqqatli vazifa ekan. Ana shu vaqtdan boshlab naqqoshlik san’ati rivojlanib, naqqoshlar chiziqlar tilsimini ochishga bel boglashibdi. Necha - necha avlodlar ana shu izlanish yo’lida ter to’ka boshlabdilar. Natijada naqqoshlik san’ati asosini qalam chiziqlar simfoniyasidan iborat naqshin bezaklar egallab olibdi. Usta musavvir san’atini naqqoshlikka almashtiribdi.
Abdurahmon Jomiyning shogirdi va uni qadrlovchi Movarounnahr hokimi Mirzo Ulugbek jahon tarixiga birinchi bobda ta’kidlaganidek, astronom - olim, barcha go’zalliklar va fan homiysi sifatida kirgan. M. Tohirov o’zining “Mirzo Ulugbekning pedagogik qarashlari kitobida (Toshkent, 1984 y) yozishicha “... tengi yo’q Hattot Sulton Ali mashhadiy Hirot va Samarqand rangtasvir san’atining asoschisidir. Kamoliddin Behzod va kitob bezagining mohir ustasi Maudan Yari esa nodir badiiy qo’lyozmalar ustida ishlagan yuzlab rassomlarning murabbiysi hisoblanadilar”. Bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, mahalliy rassomlarni tayyorlashda Hirot, Mashhad va boshqa rangtasvir markazlaridan taniqli ustalar taklif qilingan. Ulugbekni ulug olim va ma’rifatparvar hokim sifatida o’qitish va tarbiyalash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shganligini ta’kidlash joiz. Uning davrida maktablar tashkil etilgan. Bular uchta oliy maktab madrasa bo’lib, Buxoroda (1415). Gijduvonda (1433) va Samarqandda (1420) edi. Tohirotning yozishicha Ulugbekning zamondoshi, tarixchi Vosifiy ma’lumoti bo’yicha, 1420 yil kuzida Samarqanddagi madrasaning ochilish marosimi bo’lib, bunda pedagoglar, olimlar, talabalar va saroy an’yonlari ishtirokida yigilish (majlis) o’tkaziladi. Ulugbekka qadar, g deb qayd qiladi muallif, maktablarda, tevarak atrof o’rganiladigan: madrasalarda tirik jonzodlarni chizishga yo’l qo’yilmagan, garchi kitoblarda rasmlar mavjud bo’lsa hamki, o’sha yerda bilvosita ma’lumotlarga ko’ra, rasm chizishning ma’lum bir qoidalari bo’lib, o’quv fani sifatida ruxsat berilgan. Toxirovning «Ko’gazmali qurollar” hiqidagi eslatmasi. O’sha manbaa.
XVIII asrning oxiri XIX asrning yarmida Xorazmda Munis Xorazmiy taxallusi ostida mashhur bo’lgan iste’dodli shoir, tarixchi, tarjimon va Hattot Shermuhammad Avazbey o’gli Munis yashab ijod etgan.
Ma’rifatparvar shoirning yaratgan “Savodi ta’lim” risolasi hattotlik san’atidan saboq beruvchi asar bo’lib o’z davri uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan. “savodi ta’lim” risolasi ikki qismdan tashkil topib, birinchi qismida yozuvning nazariy tomoni, ikkinchi qismida esa amaliy ishlar mezoni yoritilgan. Muallif risolaning birinchi nazariy qismida yozuv quroli qalam, yozuvning ahamiyati, yozuvni o’rgatgan ustozi haqida yozadi.
Amaliy qismda yozish asboblaridan to’gri foydalanish hamda husnixatmashqini bajarish yo’lgyo’riqlari o’rgatilgan. Shu bilan bir qatorda shoir risolani yozishdan maqsadini shunday ifodalaydi.
Ta’lim ishin aylar erdim oson,
Lekin ko’ngil ichra erdi bu kom.
Qo’l raqami ulumi arqon,
Andin talab bo’lsa maxzo’z.
Munisning «Xat haqida”, “Qalam”, “Yozuvlar haqidagi” baytlari, ayniqsa e’tiborga loyiqdir. U “Husni xat ta’limini bergan Ustoz haqida”gi she’rida quyidagilarni yozadi:
Xatidan uslub xujasta ta’lim,
Taslim fani xatiga taslim.
Sharmanda xati sabz xatlar,
Xol ofati xattida nuqatlar.
Ta’lim berur na bir raqamdin
Xat yozmoq ishi etti qalamdin.
Bu she’rida shoir dastlab o’ziga savod o’rgatgan, husnixat malakalarini shakllantirgan ustozini uluglaydi.
Madaniyat va san’at masalalari O’rta asrlardan keyingi davrlarda yashagan sharqning ma’rifatli kishilarining ham diqqat e’tiboridan bo’lib, ular dunyoqarashida, ijodida oldingi o’rinlarni egallaydi. Masalan, XIX asrning Markaziy Osiyoda taniqli olimi, insonparvari «Yangi metodlar» maktablari goyasining davomchisi Abdulla Avloniy o’zining “Turkiy Guliston yohud axloq” deb nomlangan asarida garmoniyaga katta o’rin ajratadi. O’zak sifatida tabiat qonunlari sterjeni, dunyoni mukammal tashkil qiluvchi “garmoniyasiz tasvvur qilish mumkin emas” deb yozadi.
Estetik tarbiya va badiiy ta’lim muammolari, ularga ilmiy yondashish masalalari haqida ma’lum darajada o’rta asrlarda sharq olimlari… Yusuf xos Xojib (21i. yaqin), Burxoniddin Zarnudji (1150-?), Jaloliddin Devoniy (1427-1502 y.). Muhammad Rizo Erniyoz o’gli Ogahiy, Byerdaq, XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yashab ijod etgan Zavqiy, Furqat, Siddiqiy, Shukuriy, Hamza. Sadriddin Ayniy va boshqa ko’pgina taniqli fan va madaniyat namoyondalari tomonidan aytib o’tilgan.
2.4.Samarqand va Hirotda Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixida Temuriylar davrida alohida ajralib turadi. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk zotlardan tarixchi Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh, Davlatshoh Samarqandiy, olimlar: Ulugbek, Ali Qushchi, shoirlar: Abdurahmon Jomiy, Alishnr navoiy, musavvirlar: Qosim Ali, Mirak Naqqosh, Mahmud Mo’zahhib, Hattotlar: Sulton Ali Mashhadiy va juda ko’p atoqli zotlarni sanab o’tishimiz mumkin. Shu davrda yashab ijod etgan to hozirgi davrgacha nomi nafaqat Markaziy Osiyo, balki, Jahon miqyosida tan olingan ijodkorlardan biri Kamoliddin Behzod bo’lib hisoblanadi.
Sharq xalqlarining rangtasvir san’ati hisoblanmish miniatyura san’atining rivojlanishi bevosita Behzod nomi bilan chambarchas bogliqdir.
Behzod nomi tiriklik chogidayoq (1455-1535) Xurosondan tashqari ham keng tanilgan edi; uning ko’plab shogirdlari va davomchilari bo’lib, uning asarlaridan o’rgandilar, xush ko’rib bunga taqlid ham qildilar. Behzod ijodi Hirot, Tabriz, Buxoro va Samarqand, Hindiston (Dehli va Agra rangtasvir) maktablari va boshqa miniatyura maktablarining keyingi rivojiga katta ta’sir kursatdi.
Yuqorida nomlari keltirilgan miniatyura maktablari rivojida Behzodning to’tgan o’rni va u yaratgan maktab haqida biz oldingi boblarda fikr yuritdik. Ushbu bobda Behzod hayoti va faoliyati, uning asarlarining kiskacha taxlillari hamda musavvir hayoti va ijodi bilan boglik bo’lgan voqealar tasviri keltiriladi.
O’z davri va undan keyingi avlod musavvirlari yo’lini porloq yulduz misol yoritgan Movarounnaxr va Xurosonda yashagan, Sharq uygonish davri vakili Kamoliddin Behzod 1433 yilda Hirotda kambagal xunarmand oilasida dunyoga kelgan. Ota-onasidan yoshligidan judo bo’lgan. Behzod iste’dodini payqagan sulton Xusayn Boyqaro kutubxonasining kitobdori, musavvir Amir Ruhillo (Mirak Naqqosh) unga tutingan ota bo’ladi va uni voyaga yetkazadi. Bo’lajak musavvir Mirak Naqqosh qo’lida, uning Hirotdagi Nigoristonida miniatyura va naqqoshlik sirlarini o’rganadi.
Tarixchi va san’atshunoslar fikrlariga ko’ra Behzod 1470 yildan o’z ijodiy faoliyatini boshlagan.
Behzod musavvirlik sir-asrorlarini Buxorolik musavvir “Umdat al musavvir” deb olgan ustod Jahongir va o’rta Osiyo musavvirlik maktabining asoschisi ustod Gunchning ishlarini davom ettirgan naqqosh Pir Ahmad Tabriziydan o’rgangan.
Behzodning buyuk musavvir bo’lib tanilishida Sulton Husayn Boyqaro va buyuk Alisher Navoiy hissasi kattadir.
Biz Behzod ijodi va faoliyatini o’rganar ekanmiz uch davrga diqqatimizni qaratamiz. Birinchisi Behzod tugilgan va yashagan yurt Hirot Temuriylar davri, ikkinchisi Shayboniylar sulolasi hukmronligi davri Hirot va Buxoro, uchinchisi Savafiylar sulolasi hukmronlik qilgan – Hirot va Tabriz shaharlaridir. Musavvir Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Ismoil Savafiy va Shoh Taxmasb Savafiylar hukmronligi ostida yashab ijod etdi.
Kamoliddin Behzod mashhur musavvir bo’lib tanilgach, sulton Husayn Boyqaro unga saroydan joy ajratadi va 1487 yil shaxsiy farmoni bilan uni Hirotdagi saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlaydi. Bunday yuksak martabaga erishgan Behzod ustaxolnasini ingliz san’atshunos olimi F. Martin quyidagicha ta’riflaydi: “Sharq quyoshi Behzod uchun qurilgan shinam hujrani nurga garq yetdi. Bu yerda naqqosh pastakkina kursi ustida engashib ishlardi. Kursining tortma xonachalarida shoh asarlar yaratish uchun zarur bo’lgan barcha narsa muhayyo. To’gri, Behzod Yevropalik musavvirlarnikidek keng va qulay ustaxona (studiya)ga ega bo’lmagan. Uning ish joyi oddiygina bir hujra bo’lib, oq marmar devorlari mohir Sharq Hattotlari tomonidan Qur’on kalimalari bilan mo’zayyan etilgan. Hujrada bo’yra to’shalgan. Burchakda gilam ustida bir nechta yostiq . bu mehmon yoki muxlislar uchun qo’yilgan edi. Hujra orqasi bog, sokin suvli hovo’z, undan nariroq gulzor va daraxtzor. Hujra atrofida atirgullar chamandek ochilib yotardi... shu muhitda Behzod o’tirib, nozik mo’yqalami bilan rasm chizirdi. Nozik mo’yqalamni undan ilgari ham, keyin ham hech bir musavvir Behzodchalik ishlatishga muvaffaq bo’la olmagan” (N.Norqulov, I.Nizomiddinov miniatyura tarixidan lavhalar T, 1970).
Behzodning mavqei miniatyura san’atining portret janri shakllanishida beqiyosdir. Uning portretlaridagi odamlar individual o’xshashlikka ega. Usta rassom va nozik did sohibi Behzod faoliyatini XV asrning oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan ham bilib olishimiz mumkin. U shunday deb yozgandi: - «Doimo shoh (Sulton Husayn) gam tashvishdan va notinchlikdan ranjigan vaqtda, Behzod portretlarni yoki biror bir Behzod chizgan suratlarni tomosha qilar edi. Husayn Boyqaro portreti bizning davrgacha yetib kelgan (O’zS.E. T.2 205 b).
Tasvirda shoh cho’kka tushib, kim bilandir suhbatlashayotgandek tasvirlangan. XV asr oxiriga kelib Hirotda Temuriylar saltanati yemirilishi boshlanadi. 1501 yilda Alisher Navoiy, 1506 yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etadi. 1507 yilda Hirot Shayboniyxon qo’liga o’tadi. Ko’pgina san’at ahli Hirotdan chiqib ketadi. Behzod san’atiga shaydo bo’lgan Shayboniyxon unga qulay sharoitlar yaratib beradi. Shayboniyxon o’z vaqtida Buxoroda tahsil olgan bo’lib, ilmli, adabiyot va san’at homiysi sifatida ham tanilgan. Behzod Shayboniyxonni Hirotda bo’lgan paytda oddiy, lekin bejirim kiyimda tasvirlangan. U chordona qurgan holda qora bolishga suyangan holda o’tiribdi. Oldida yozuv ashyolari siyohdon, qamaldon va kitob. Portretda salobatli, baquvvat gavdali, o’z qadrini biladigan kishi sifatida tasvirlangan. Portret to’q qirmizi, qora, zangori, oltin sariq kabi ranglardan foydalangan holda chizilgan. Qora va qirmizi ranglar xususida adib Primqul Qodirov bir muncha boshqacharoq fikr yuritganlar.
1510 yilda Shayboniyxon Mavr yonidagi jangda yengiladi va Hirot Savafiylar sulolasi vakili Shox Ismoil Savafiy o’tadi. 1512 yil saltanat poytaxti sifatida Tabrizga ko’chiriladi. Iste’dod sohiblari qatori Musavvir Behzod ham Tabrizga olib ketiladi. Endilikda Hirot poytaxt sifatida o’z mavqeini yo’qotadi. Hirot musavvirlari uslubi endilikda Tabrizda namoyon bo’la boshlaydi. Shoh Ismoil Savafiy Behzodga ijod qilishi uchun barcha shart sharoitlarini yaratib beradi. Behzod bu sulola davrida ham uluglanadi va maxsus farmon chiqarilib Tabrizdagi saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlanadi.
Shoh Ismoil 1522 yili Behzodni Tabrizda shoh kutubxonasiga boshliq etib tayinlar ekan, quyidagi so’zlarni insho etadi: “Asr nodirasi musavvirlar peshvozi, muzahhiblar yetakchisi Ustod Kamoliddin Behzodkim, uning chehra ochuvchi mo’yqalamidan Moniy joni xijil bo’ladi, suratga oro beruvchi qalamidan lavhalari hijolat chekdi, shunga binoan unga shu narsa taalluqli va lozim topilsinkim, payvasta qalamni ijrosi vojib farmonga bosh cheqirib, halifa nishonli shodshoh ostonasining mulozamati markaziga uning qadamini pargarmisol mustahkam qo’yib, xisravona lutf va shohonamarhamat bajo keltirib hukm etamizki, oliyhazrat kitobxonasi ahli, kitob, naqqosh, muzahhib, jadvalkash, xalqor, zarkub, panohidagi mamlakatning mazkur hunarlarga mansub bo’lgan boshqa jamoati uning ixtiyorida bo’lsinlar. Pok dilli amirlar, monandi yo’q vazirlar, olampanoh dargohdagi noiblar, sulton xizmatidagi muboshirlar, umuman, devor ishlari mutassadilari, shoh kitobxonasi aholisi va mazkur ustod zimmasiga mustavfiy va kalontarlik ishini topshirilgan deb hismoblab, kitobxona ishlarini ado etishni uning zimmasiga yuklatilsin.
Bu davrda musavvir ismoil I portretini ham chizganligi ma’lum. 1524 yilda Shoh Ismoil Savafiy vafot etadi. Davlat tepasiga uning o’gli shahzoda Taxmasb keladi. Musavvir unga vusavvirlik sirlarini o’rgatadi. Shunga qaramasdan u Behzodni o’zining shogirdi va jiyani Muzaffaralidan past qo’yadi. Muzaffaraliga “naqqoshlar shohi” unvonni beradi (O’z. S.E. T2 2204 b).
Kamsitilgan Behzod yana Hirotga qaytadi. Kamoliddin Behzodning ishlagan suratlarni sanogiga yetish qiyin. Shu sababli biz musavvir ijodi va merosini o’rgangan tarixchi va san’atshunoslar (jumladan O.Usmonov, N.Norqulov, T.Mahmudov va boshqalar fikriga ko’ra eng mashhur deb hisoblangan ishlari nomlarini keltiramiz.
1. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”siga ishlangan miniatyura. Ushbu miniatyuralarda tarixiy voqealar, jang, ov manzaralari saroyidagi qabul marosimlari, qurilishlar tasvirlanadi. Musavvir jangchilar jasorati va mehnat jarayonini tabiiy ishonarli qilib tasvirlagan. Miniatyuralarda kompozitsiya yuqoridan ko’ringandek tasvirlanishi ko’p hurmatli kishilar va manzaralarni tasvirlab berish imkonini yaratgan. Ushbu turkumdagi ishlarga Xiva qal’asini zabt qilish, “Jang”, “Samarqand masjidini qurish” kiradi. Ranglar yorqin, zarhal bo’yoqlar ko’p ishlatilgan.
2. Amir Xisrav Dehlaviy va Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” lariga ishlangan miniatyuralar. Ushbu miniatyuralar 1492-1500 yillar orasida ishlangan. Nizomiyning “Layli va Majnun”, Dehlaviyning “Majnun va Layli” siga ishlangan miniatyuralar Behzodning bu davrda yuksak mahorat cho’qqisini egallaganligidan darak beradi.
3. Portret tasvirlari. Behzod murakkab portret sohasida ham qator tasvirlarini yaratgan. Jumladan, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Taxmasb, Abdurahmon Jamiy va boshqalarning tasvirlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
4. Sa’diy “Guliston” va “Bo’ston” asarlariga ishlangan miniatyuralar.
5. Jomiyning “Salomon va Iqbol” asariga ishlangan rasmlar.
6. “Tuyalar jangi” surati 1525 yilda yaratilgan bo’lib, chuqur falsafiy ma’nogo ega bo’lgan asardir.
Kamoliddin Behzod ishlari Franstiyaning Luvr muzeyida, Berlindagi milliy kutubxona, AQShning Boston Metropolitenida, Qohira muzeyida, Britaniya muzeylarida, Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasida, Erondagi Guliston saroyida, Turkiyaning To’pkoti Saroy kutubxonasida, Qoxiradagi “Islom san’ati” muzeyida, Mashhuddagi Ostonai Quddus majmuasida, ko’pgina shaxsiy kolleustionerlar qo’lida saqlanmoqda.
Shu bilan bir qatorda shuni ta’kidlash joizki, sharqqa xos kamtarlik tufayli musavvir, hattotlar o’z ishlariga imzro qo’ymaganlar. Shu sababli ko’pgina minatyuralar san’atshunos olimlarning ushbu san’at tadqiqotchilarining zaxmatli mehnatlari tufayli aniqlanib o’z muallifini topmoqda. Musavvir 1537 yilda Hirotda vafot yetdi.
Hunarni asrabon ketgumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdir oxir
Kamoliddin Behzod jahon san’ati tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk shaxsdir. Biz Behzod haqidagi fikrlarni turli davrlarda yashagan mashhur shaxslar so’zlarida kuzatamiz. Hattot Do’st Muhammad “Kamoliddin Behzod zamondosh mo’yqalam sohiblari orasida eng yaxshi musavvir va hattotlar boshligi, o’z san’atining cho’qqisiga erishgan uluglardan edi» deb ta’riflangan edi.
“Hattotlar va musavvirlar to’grisidagi risola”da Qozi Ahmad “Qisqa bir vaqt orasida Behzod shu darajada mohir musavvir bo’lib yetishdiki, rangtasvir paydo bo’lgandan buyon bu sohada san’at ahli orasida unga teng keladigani yo’q edi”, uning ko’mir bilan chizgan tasviri mahorat jihatdan Moniy tasviridan ham afzal. Agar buni Moniy bilganida undan shubhasiz, andoza olardi» deb uluglaydi.
Tarixchi Xondamir “Xabib-us-siyar” asarida “Kamoliddin Behzod ajoyib va garoyib suratlarni zohir qiluvchi, hunar yodgorliklarini bunyod etuvchi, Moniy surat chizuvchi, mo’yqalamli, olam musavvirlari asarlarini (ajoyib suratlari bilan) yo’qqa chiqaruvchi va misli yo’q 9 nozik hunarlarga mohir) barmoqlari bilan barii odam xunarmandlari tasvirlarini mavh qiluvchidir… deya yuksak baho beradi. Buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning monumental tasvir sohasidagi ishlari butunlay kitob sahifalariga ko’chgan davrning ulug vakilidir. Behzod ijodiy kamolot cho’qqisiga erishgan paytlar Hirotning bogi Safididagi Tarabxona ko’shki devorlariga jangovor tasvirlar ishlangani haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Keyinchalik, asosan, kitob miniatyuralari keng taraqqiy topdi.
Alisher Navoiyning zamondoshi tarixnavis Zayniddin Vasifiy «Badoiy ul vaqoe” asarida qiziq bir hodisani yozib qoldirgan. Mashhur musavvir yangi suratni Amir Alisher majlisiga keltirgan. «suvratda tasvirlanishicha - davom etadi Vosifiy, - orasta boglar, turli-tuman daraxtlar... xushsuvrat qushlar, xar tarafda ariqchalar… Ochilgan zangori gul tuplari va uning orasida Mir (Alisher)ning yoqimli xush suvrati. U hasoga tayangan... yonida soqchi uchun zar to’la tabaqlar. Hazrati Mir ul suvratni mushohada va mulohaza qildi: ul nafis sahifa-boglar ichra latif va shodlik gullar, xayoliy hovo’zlar atrofi go’zal va ho’zur bagishlovchi daraxtlar bilan bezatilgan…” (N.Norqulov, Kamoliddin Behzod. T, 1964).
“Behzod ishlagan miniatyura tasvirini ko’pchilik tomosha qilib, uning badiiy jihatdan o’sha davr estetik talablarga juda monand ekanligi odatdagi holdek qabul etadilar. Tasvirlarning qanchalik tabiiy va jonli ekanligi haqida hazil – mutoyiba borar ekan, odam va qushlarning tasviri islom dinida qat’iyan mann etilgani yigindagilarning xayoliga ham kelmagan. Demak, Alisher Navoiy homiyligi ostida o’sha davr miniatyura san’atining ravnaq topgani ham bejiz emas» - deb yozadi P.Zohidov.
Fransiyalik san’atshunos olim I.Shchukin Alisher Navoiyning Kamoliddin Behzod talantining shakllanishi va voyaga etishgandagi ta’sirini quyidagicha izohlaydi: «Behzod - musavvir Mirak Naqqosh rahbarligida shakllangan bo’lsa-da, ijodining yuksak bosqichiga ko’tarilishi, davlat arbobi, mesenat shoir Alisher Navoiy rahbarligida bo’ldi. Xuddi ana shu zotning homiyligi, rahbarligi, yo’l-yo’riq ko’rsatishi natijasida... ustod Behzod va Shoh Muzaffarlar rassomchilikda shuhrat qozondilar».
Afgonistonlik professor Abdulhay Habibiy “Hirotlik Behzod yoqqan san’at va nafosat mash’alasining so’nmas nurlari Isfaxon, Tabriz, Istambul, Buxoro va Samarqandgacha borib yetdi» - deya Behzodni uluglaydi.
A.N. Boldirev «Alisher Navoiy” kitobida Vosifiyning bir hikoyatini keltiradi: «Alisher Navoiy qoshidagi bir majlisga musavvir Behzod endigina tugatgan bir miniatyurani olib keladi. Unda shoir gullagan bog ichida tasvirlanadi. Navoiy bu suvratni yigilganlarga ko’rsatib fikr so’raganda, shunday olqishlarni eshitadi. Suhbatdoshlaridan biri bu suvratni ko’rib, undagi gullardan birini o’zib o’z sallasiga qistirib olmoqchi bo’lganligini, ikkinchisi – shu gullarga qo’l uzatsa daraxt shoxidagi qushlarni uchirib yuboraman deya xayolga borganini, eshik oldida o’tirgan uchinchisi esa bu holatda Navoiyning qoshlari chimirilgandek bo’lganligini, to’rtinchisi esa, Navoiy qo’lidagi hasoni olib gulni uzmoqchi bo’lgan kishini urishga hozir ekanligini bayon etadilar.
1910 yilda Myunxenda musulmon san’ati ko’rgazmasi ochilgan. Bu ko’rgazmada Hirot miniatyurasi maktabining asosiy vakili, Marten aytgandek, sharq Rafaeli - Kamoliddin Behzodning 10 dan ortiq asarlari namoyish qilindi. Ko’rgazmadagi bebaho kartinalardan biri, shubhasiz, Behzodning 1507 yilda chizgan O’rta Osiyodagi o’zbek davlatining boshligi Shayboniyxon portreti edi. (hozirgi kunda bu portret AKShda, kolleksionerlar qo’lida). Myunxen ko’rgazmasida hamma Behzodning buyukligiga tan berishdi. Hayratga tushgan Renuar jilvakor, ravshan ranglar oqimiga, tomdan tarasha tushgandek, toza qora rang qo’shilib, qogozdagi tekislikning o’ziga xos qurilishi boshqarib turilganligini ko’rib, o’z ko’zlariga ishonmadi.
Matiss esa Behzod asarlarini ko’rgandan so’ng, asarlariga yana ham “Sharqona” tus berdi. Uning 1910 yillarda. Ya’ni 11- Myunxen ko’rgazmasidan so’ng yaratgan “Qizil baliqlar” (1911), “Kazbaga kirish yo’li” (1912), “Derazadan ko’rinish”, “Tanjer” (1912), “Rassom ustaxonasi” (1911), “Ayvonda turgan Zoro portreti” (1911) va nihoyat “Marokash ayoli” (1912) asarlarga e’tibor qiling. Ularga qarasang, rassomning Yevropa dastgohli rangtasvirining klassik prinsiplaridan uzoqlashganini ko’rasiz. Bulargacha ularning Sharq gilami ustidagi “Haykalcha va guldon” (1908), “Mevalar va bronza” (1910) va boshqa yaratilgan asarlarida ranglar silliqligi, serjilva, quyuq bo’yoqlarning berilishi ham bejiz emas (Mikael Abdullaev, Behzod va Matiss “O’zbekistoni san’ati”: 1980 №8).
Do'stlaringiz bilan baham: |