Test ishlanmasi
Tarbiyalanganlik ko`rsatkichlari va mezonlari. Tarbiyalanganlik ko`rsatkichlari.
Mezoni
1.Vatanparvarlik. O`lka o`tmishi va hozirgi hayotiga qiziqish, tabiatga mehr qo`yish va uni asrash, o`z uyi, bog`chasi, maktabini sevish, mehnatga muhabbat, vatanining buyuk kishilari bilan faxrlanish va h.k.
2.Do`stlik,insonparvarlik Jamoaga qo`shila olish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, muhtojlarga yordam berish, mehr-shafqatlilik, g`amxo`rlik, samimiylik, do`stga sadoqatlilik va h.k.
3.Halollik Samimiylik, rostgo`ylik, o`z xatosini tan olish, so`z bilan ish birligi, va`daga vafo qilish, o`zgalarmulkiga tegmaslik va h.k.
4.Mehnatsevarlik Mehnatsevarlik, vijdonan o`qish, ishlash, uy-ro`zg`or ishlariga yordam, ijtimoiy mehnatda faollik,doimo foydali ish bilan shug`ullanish va h.k.
5.Intizomlilik Maktabda, ko`chada, uyda, jamoat joylarida belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.Buyurilgan ishni tez va aniq bajarish, mas`uliyatni his qilish va h.k.
6.Saxiylik Mehribonlik, kichiklarga g`amxo`rlik qilish, hamma narsani o`rtoqlari bilan baham ko`rish,jonivorlarni avaylash va asrash, muruvvatli bo`lish va h.k.
7.Faollik Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, tashabbuskorlik,tashkilotchilik, kamchikka qarshi kurashish, hamma ishda o`rnak bo`lish va h.k.
8. Kamtarlik Kishilar orasida ajralib turishga harakat qilmaslik, axloqli bo`lish, tashqi ko`rinish bilan ajralib turmaslik, maqtanchoq bo`lmaslik, bosiqlik, oddiylik, soddalik, sipolik va h.k.
9.Ozodalik Kiyim-kechak, a`zolar va tashqi ko`rinishni ozoda tutish. Ish, o`qish, uy, yurish, turish joylarini doimo ozoda saqlash, pok yurish va h.k.
10.Tejamkorlik Shaxsiy va davlat mulkini asrash, buyumlarni tartibda saqlash, ehtiyot qilish, har bir narsadanto`g`ri foydalanish va h.k.
11.Jasurlik Qo`rquvni enga olish, o`zgalarga yordam berish, qat`iyatlilik, adolatsizlikka murosasizlik va h.k.
12.Chaqqonlik,chiniqish, kuchlilik Xushbichim bo`lishga intilish, sport bilan shug`ullanish, kun tartibiga va shaxsiy gigienaga rioya qilish, gimnastika mashg`ulotlari bilan shug`ullanish va h.k.
13.Baynalminallik O`z xalqining madaniyati va san`atiga qiziqish, o`zga xalqlarning va o`z xalqining urf-odatlarini hurmat qilish, o`zaro yordam va h.k.
14.Mas`uliyatlilik O`z vazifasini sidqidildan bajarish, olingan majburiyatni o`z vaqtida aniq bajarish, boshlangan ishni oxiriga etkazish va h.k.
15.Qiziquvchanlik O`qimishli bo`lish, bilim doirasini oshirish,berilayotgan saboqni yaxshi o`zlashtirish, adabiyotlarni o`qib borish, axborot vositalaridan unumli foydalanish, har bir mashg`ulotga to`liq qatnashish va h.k.
16.Prinsipiallik Qarashlar va e`tiqodlarning barqarorligi, o`z fikr va mulohazalarini ochiq aytish, o`z fikrini himoya etish, o`z-o`zini tanqid qila bilish, xatti- harakatlarga ob`ektiv baho berish va h.k.
17. Nafosatlilik Go`zallikni his qila bilish, chiroyli ishdan,buyumdan zavqlanish, ozoda ko`rinishga intilish, adabiyot, san`atga qiziqish,har bir ishni sifatli bajarish va h.k.
18.Ishbilarmonlik,tadbirkorlik Vaqtdan to`g`ri foydalanish, pul va mol qadrini bilish, xarajatda tejamkor bo`lish, savdoda ijodkor bo`lish va h.k.
19.Iffat-hayolilik Nafsni gunoh va buzuq ishlardan tiyish, ishda,so`zda, yurish-turishda, kiyinishda, ovqatlanishda odob saqlash va h.k.
20.O`z-o`zini tarbiyalash, nazorat qilishAxloqiy sifatlarni tahlil qilish orqali o`zidagikamchiliklarni qayta tarbiyalashga intilish, o`zini ob`ektiv baholash va h.k.
Yuqorida berilgan yaxshi xulqlar va ularning mezonlaridan foydalanib, tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik darajasini aniqlash mumkin. Bunda o`n balli tizimdan foydalanib, har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasi aniqlanadi. Ballar kuzatish, suhbat, testlar, ish o`yinlari natijasida va o`z-o`zini baholash orqali qo`yilishi mumkin. Tarbiyalanganlik ko`rsatkichlari har biri alohida baholanib, umumiy (20 turi) ball aniqlanadi. Eng yuqori baho 200 ni tashkil etsa, past baho 0 dir.To`plagan ballar asosida tarbiyalanganlik darajasi «past» «o`rta» va «yuqori» aniqlanadi. Tarbiyalanganlik ko`rsatkichlarining qaysi biri past yoki yuqoriligiga qarab qayta tarbiyalash rejasini tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |