3 va undan kam ball. Sizning kommunikativ malakalaringiz yaxshi emas, siz sergapsiz, har narsaga aralashaverasiz. O`zingiz umuman bexabar bo`lgan narsalar xususida ham fikr yuritaverasiz. Ixtiyorsiz tarzda turli ziddiyatlar va janjallarning ishtirokchisiga aylanib qolasiz. Jizzaki,salga xafa bo`ladigan odatingiz bor, shuning uchun odamlar siz bilan chiqisha olmaydilar. O`zingizni tutish, sabr-toqatli bo`lish uchun odamlarga hurmat bilan qarashga o`rganing. Qolaversa, o`z sog`lig`ingiz haqida qayg`uring, chunki bunday hayot tarzi izsiz bo`lmaydi, asablaringiz charchab qolishi mumkin.
4. Muloqotning tomonlari. Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 4 ta kichik guruhga bo`linada va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib,ushbu masalalar bo`yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.
1-guruh uchun tarqatma material.
Muloqotning kommunikativ tomoni Ї shaxslararo axborotlar,bilimlar g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi Ї til (yozma-og`zaki, monologik-dialogik nutq). Dialogik nutqning mazmuni,xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo`lgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bog`liq bo`ladi. O`qituvchi-o`quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi. Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati Ї fikrlarning mantiqan tugal bo`lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so`zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko`z qarashlar, to`xtashlar (pauza) ifodalari va hokazo. Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, 85 xil ko`z qarashlar turi borligini kuzatgan. Andreevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000 ga yaqin ko`rinishlari bor.Bu noverbal muloqot vositalarining milliy va xududiy xususiyatlari bor. Masalan, o`zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o`zaro munosabatlarning bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko`proq ishlatilishi bilan bog`liq. Bolgarlar biror fikrni tasdiqlamoqchi bo`lishsa, boshlarini chayqashadi, inkor etmoqchi bo`lishsa, bosh siltashar ekan.Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham ahamiyatga ega: Masalan, ayollar hissiyotga berilganligi uchun bir–birlari bilan yaqin turib gaplashar ekanlar, erkaklar o`rtasida masofa bo`lar ekan.O`quvchilarni partada orqama–ketin o`tkazgandan ko`ra doira shaklida o`tkazilsa, ularda javobgarlik hissi yuqoriroq bo`lar ekan, emotsiyalar almashgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`lib,bolalarning predmetga va bir–birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo`lar ekan.
Demak ta`lim–tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e`tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog`laridanoq nutq madaniyatiga o`rgatish, nutqlarini o`stirish choralarini ko`rish zarur. Pedagog ham nutq madaniyatiga ega bo`lishi kerak.
2-guruh uchun tarqatma material.
Do'stlaringiz bilan baham: |