O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika institutí


Ijro intizomi va madaniyati haqida mulohazalar



Download 152,6 Kb.
bet40/56
Sana29.05.2022
Hajmi152,6 Kb.
#616781
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI FANIDAN ОМК

Ijro intizomi va madaniyati haqida mulohazalar
Asrimizga - kosmik asr deb bekorga ta`rif berishmagan. Insoniyat tarixining so`nggi 100 yilligida ilm, fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy munosabatlar shu qadar shiddatli rivojlandiki, uning sur`atini faqat kosmik tezlik mezonlari bilan o`lchash mumkin. Binobarin, inson aql-zakovati, uning axborotlardan voqiflik darajasi ham shunga muvofiq tarzda rivojlanayotir. Jahonning umumhalq e`tirofi va ishonchiga sazovor bo`lgan mashhur olimlar, sotsiologlar, siyosatshunoslarning bashorat berishlaricha XXI asrda axborotlardan voqiflik darajasi va unga ehtiyoj uch barobar yuqori bo`ladi.
Hozirgi zamon ta`limining vazifasi esa ana shu shiddatkor davr bilan nafaqat tengma-teng odimlash, balki undan o`zib, ilgarilab faoliyat ko`rsatishdan iborat. Bun- ga esa jamiyatda ruy berayotgan vodea va xrdisalar xdkdda etarli axborotlardan vok,if bo`lish, ijodkorlik faoliyatini tinimsiz tarzda takomillashtirib borish, bugundan turib ertangi kunning unumi, samarasi yuqori bo`lishiga erishish, tahlillar, diagnostika bilan yashash orqali erishiladi. Aks holda faoliyatda va uning ayrim bosqichlarida hozircha uchrab to`rgan boqibeg`amlik, loqaydlik, yangiliklardan qo`rqish, ularni joriy qilishga hafsalasizlik, faoliyatga konservativ munosabat, tashabbussizlik XXI asr kishisining fazilati bo`la olmaydi va bundaylarni davr va muhitning o`zi uloqtirib tashlaydi. Buyuk hind yozuvchisi va mutafakkiri Rabindranat Tagor yozganidek «Inson doimo oqimga qarshi suzmog`i kerak. Bunday qilish qo`lidan kelmaydiganlarni esa oqim has-cho`plar yanglig` dashtu sahrolarga uloqtirib tashlaydi». Binobarin, XXI asr ijodkor, serg`ayrat, tadbirkor-tashabbuskor, o`z faoliyatiga tahlil ko`zi bilan qaraydigan oqil va zukko insonlar asri bo`lishi kutilmoqda. Kirib kelayotgan asr ruhini qisqacha bayon qiladigan bo`lsak, u vaqtdan o`zib ishlaydigan, olisni ko`zlab faoliyat ko`rsatadigan, tashabbuskor, ijodkor,tezkor, shiddatkor, faoliyat samaradorligiga to`g`ri etaklovchi, zarur axborotlardan voqif kishilar davridir.
Ta`limning turli axborotlar bilan o`z vaqtida ta`minlanish darajasi bugungi kun maktabi muvaffaqiyatini ta`minlovchi omillardan biridir. Shu boisdan bu sohada respublikada eng zamonaviy axborot uzatish texnologiyasi joriy etildi va bu tizim yanada takomillashtirilmoqda. Bundan atigi 2-3 yil ilgari joylarga ta`limga doir axborotlar faqat pochta orqali yuborilar edi. Bugun bu xizmatda faks, elektron pochta, MODeM, INTeRNeT kabi inson aql- zakovatining mu`jizakor ixtirolari joriy etilmoqda.
Ta`lim tizimida ham axborotlarni o`zatishdagi tezkorlikni oshirish, uning geografiyasini kengaytirish bo`yicha keyingi yillarda ko`pgina ishlar qilindi. Qabul qilinayotgan buyruqlar, qarorlar, xukumat hujjatlarini tezkorlik bilan ijrochilarga etkazish maqsadida halq ta`limi muassasalarida – 5ta jurnal, 2ta gazeta chop etilmoqda. Yuqoridagilarga qo`shimcha tarzda «Ta`lim taraqqiyoti» axborotnomasi ta`sis qilindiki, u qisqa vaqt ichida ta`lim muassasalari
xodimlarining sevimli nashri, do`sti, maslahatgo`yiga aylandi. Ta`lim bo`yicha gazetalar deyarli barcha viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalarida ham chiqarilmoqda. Bir so`z bilan aytganda vazirlikdan ta`lim muassasalariga axborotlarni tezlikda uzatish masalasi zamon talabiga xos rivojlanmoqda.Joylarga etib borgan hujjatlar ijrosini ta`minlash, ijro intizomini yo`lga qo`yish maqsadida respublikaning barcha viloyatlari, tuman (shahar) xalq ta`limi boshqarmalari va bo`limlari tarkibida yangi - monitoring xizmati tashkil etildi va faoliyat ko`rsatyapti.Lekin alohida ta`kidlash, e`tirof etish kerakki, ta`lim muassasalariga
Respublika Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmon va farmoyishlarini, shuningdek, topshiridlarini o`z vaqtida etkazish, ular ijrosini ta`minlashda yuqorida bayon etilganidek, ko`pgina ishlar qilinganiga qaramasdan uning sifati va samaradorligi hamda izchilligi bugungi kun talablaridan jiddiy tarzda orqada qolayotgani sezilmoqda. Muhtaram mushtariylarimizga ma`lumki, 1999 yil 12 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 12-sonli Qarori qabul etilib, unda haqqoniy tanqid qilinganidek, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyatlar Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va topshiriqlarini bajarish bo`yicha aniq va puxta ishlangan tadbirlarni amalga oshirish o`rniga keraksiz kengashlar va majlislar o`tkazishga ko`p kuch va mablag` sarflamoqdalar. Aynan bir mazmundagi yoki unga yaqin turadigan mavzularda takror va takror qarorlar qabul qilmoqdalar.Eng achinarlisi idoralarda qarorda ko`rsatilgan va topshirilgan vazifalarni bajarish mazmunini joylardan ma`lumotlar yig`ib olishdan iborat deb hisoblashmoqda. Natijada, u yoki bu masaladagi dolzarb muammolarga echim topish,xato, kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish, shu asosda belgilangan maqsadlarni ruyobga chiqarish qiyinlashmoqda. Xatto joylarda sodir bo`layotgan haqiqiy ahvolni bilib olish imkoniyati ham ta`minlanmayapti.Bu sohada hukm surayotgan jiddiy nuqsonlardan yana biri shundaki, ijro ustidan nazorat yurgizish engil-elpi, yuzaki va qisqa muddatli bo`lib, ular ham ahyonda bir chuqur tahlillarsiz amalga oshirilayotganligi, ayniqsa, bevosita ijro ta`minlanadigan quyi tashkilot va zvenolardagi ahvol juda kam o`rganilgan.Joylardagi ahvolni o`rganish natijalari shuni ko`rsatmoqdaki, ijro intizomi ustidan nazorat qilishdagi bunday kamchilik va nuqsonlar ta`lim muassasalari faoliyatida ham tez-tez uchramoqda.
Ma`lumki, yuqori ta`lim idoralarining quyi bosqichidagi ta`lim muassasalariga berayotgan topshiriqlari, ko`rsatmalari va tavsiyalari yuborilayotgan turli buyruqlar, qarorlar, farmoyishlarda o`z aksini topadi.Tahlillarga qaraganda, vazirlik va ta`limni boshqarishning barcha bosqichlarida 2000 ga yaqin rahbarlar va mutaxassislarning faoliyati bevosita qarorlar,buyruqlar, tavsiyalar ishlab chiqish bilan bog`liq. Agar joylarda shu buyruq qaror va topshiriqlar bajarilmasa, ta`limni boshqaruv muassasalari va rahbarlari mehnatining samarasi yo`qqa chiqmaydimi? Vaholanki, ular faoliyati ta`limdagi davlat siyosatini ro`yobga chiqarishga yo`naltirilgan-ku.Masalan, Vazirlikdan birgina 1999 yilda quyi ta`lim muassasalariga 16 ta hay`at qarorlari, 117 ta direktiv ko`rsatmalar berilgan vazirlik buyruqlari,337 ta topshiriqlar yuborilgan, 538 ta xat, ariza va shikoyatlarni adolatli hal qilish bo`yicha ko`rsatmalar yuborilgan. To`g`ri, bunday axborotlarning oqimi va ko`lami katta, hatto ba`zan bu sohada e`tirozlar ham bo`lib turadi. Biroq xalq ta`limi muassasalari u yoki bu qarorni qabul qilishga sabab bo`lgan omillarni oqolona hisobga olishi kerak. Modomiki, davlat va jamiyatning u yoki bu sohada olib borayotgan ishlar samarasidan ko`ngli to`lmayotgan ekan, yangi-yangi chora-tadbirlarni ishga solishi tabiiy bir holdir. Ana shu chora-tadbirlar esa o`z navbatida masalani hal qilish bo`yicha yangi echimlar izlashga, demakki yangi hujjatlar qabul qilishga sabab bo`ladi.Vazirlik hujjatlarni yuborar ekan, avvalo ularning ijrosini ta`minlash uchun ketadigan vaqtni, ijrochilarning imkoniyatlarini, hatto sarflanadigan qog`oz miqdorigacha tahlil, hisob-kitob qiladi. Tahlillar shuni ko`rsatadiki,ijroni orqaga surish, so`ralgan axborotlarga o`z vaqtida quyi tashkilotlardan dastlabki ma`lumotlarni to`plashni paysalga solish, o`z vaqtida ularni tahlil qilib, umumlashtirmaslik, mahalliy xalq ta`limi boshqarmalari va bo`limlarining:
- yuqori ta`lim idoralariga u yoki bu axborotlarni tegishli tahlillarsiz,ahvolni jiddiy o`rganmasdan ma`lumot tayyorlash;
- tayyorlangan ma`lumot hajmini ko`paytirish maqsadida qo`yilgan masalaga mutlaqo aloqasi yo`q yoki ikkinchi darajali ma`lumotlar kiritiladi. Natijada bir necha satrda ifoda etilishi mumkin bo`lgan ma`lumotnoma hajmi 3-4 sahifa,hatto undan ham ko`proqni tashkil qiladi. Umumlashtiruvchi esa joylardan kelgan ma`lumotlardan zaruriy ta`limiy fikrlarni ololmay qo`shimcha ma`lumotlar talab etishga majbur bo`ladi.Bu o`rinda vazirlikning ko`pchilik boshqarma va bo`limlari Samarqand, Namangan viloyati halk ta`limi boshqarmalaridan olinayotgan ma`lumotlarning aksariyati aniq, qisqa, mazmunli, belgilangan muddatlarda kelayotganligini ta`kidlaydilar. Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida esa buning aksi ko`rinmoqda. Endi bevosita ijroni ta`minlash masalasiga kelsak, shuni aytishimiz kerakki, yuqori rahbarlik idoralariga direktiv hujjatlarda ko`rsatilgan ma`lumotlarni o`z vaqtida yubormaslik, hujjatlar ijrosini zo`rma-zo`rakilik bilan emas, hafsala va hurmat, ixlos va aniqlik bilan yuqori saviyada bajarish,ijrochining ijro madaniyati yuqoriligini belgilab beradigan omildir. Lekin tahlillarning bizga shohidlik berishicha, ijro intizomi va madaniyati hamma joylarda ham risoladagidek emas.Tekshiruvlar shundan dalolat beradiki, hujjatlar bilan ishlashda ijrochidan talab etiladigan masalaning tub mohiyatini yaxshi anglash va aniq,to`g`ri va puxta topshiriq shaklida ifodalash katta ahamiyatga ega. Qaysi darajadagi rahbar bo`lishidan qat`i nazar, u o`z xodimini qo`yilgan vazifalarni ado etishi uchun to`g`ri, dadil va ishonch bilan yo`naltirishi kerak. Aks holda, chalkashlik, masalaning mohiyatiga mos ish qilmaslik kabi noxushliklar hujjatni ro`yxatga va nazoratga olingan kundanoq boshlanadi. Shu boisdan ham biz qaerda ijro intizomi buzilsa, usha joyda ijro intizomi va madaniyati etarli darajada shakllanmaganligini ko`ramiz. Ayrim viloyatlar, tumanlar, shaharlar xalk ta`limi boshqarmalari va bo`limlarining rahbarlari yuborilgan rahbarlik hujjatlari: qarorlar, buyruqlar, farmonlar,farmoyishlar, topshiriqlar ijrosini ta`minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko`rish o`rniga umumiy ko`rsatmalar berish, kog`ozlarni ko`paytirish,majlisbozlik bilan chegaralanmoqdalar. Bunday misollar Andijon, Surxondaryo,Farg`ona, Qashqadaryo viloyatlari xalq ta`limi boshqarmalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi faoliyatida tez-tez uchrab turadi.
Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa shuki, muayyan bir ta`lim muassasasida ijro intizomining shakllanishi va uning takomillashib borishi avvalo rahbarga, chiqarilayotgan qarorlar modiyatini to`g`ri anglab, ijro shaklini to`g`ri belgilashga borliq. Masalaning tub mohiyatini tushunish, anglab etish, u yoki bu hujjatning ijrosini hozirgi zamon talablari darajasida ta`minlab berishdan faoliyatga keladigan manfaatni ko`ra bilish mas`uliyat va javobgarlikni to`la his qilgan rahbarning ish uslubiga bevosita va bilvosita bog`liqdir.Respublika hukumatining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 12-sonli qarorida alohida ta`kidlanishicha, u yoki bu hujjatning ijro shakli optimal belgilab berilgandan so`ng, uning ijrosini ta`minlash bo`yicha alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Ijroni dasturiy asosda ta`minlamaslik ijro faoliyatidagi izchillikka putur etkazadi, ijroga aniq ishlab chiqilgan dastursiz yondashuv esa ijroni ta`minlashdagi ketma-ketlikni belgilab bera olmaydi, pala-partish ishlarga sabab bo`ladi.
Qabul qilingan qarorlarni o`z vaqtida sifatli bajarish, ta`lim muassasasining ish mazmunini, uning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Zotan, har bir qabul qilingan hujjat mohiyatida ta`limning u yoki bu sohasidagi muammolarni bartaraf etish, takomillashtirish, pirovard natijada faoliyatni yanada yaxshilash maqsadlari yotadi. To`g`ri qarorlar ta`lim taraqqiyotini ta`minlashga xizmat qiladi. Ta`lim muassasalarining rahbarlari buni yoddan chiqarmasliklari, xodimlarga nisbatan talabchan va printsipial bo`lishlari, har bir jamoa a`zosidan ishonib topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni talab etishlari lozim. Zotan, intizomni talab qilish, xodimlarni unga o`rgatish ham tarbiyadir. Shunday qilingandagina jamoa o`z oldiga qo`ygan ezgu maqsadlarga erishadi: bu esa «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi muhim omillardan biridir. Keyingi yillarda xalq ta`limi boshqarmalari va bo`limlari tarkibida monitoring bo`limlari tashkil etildi. Bu, albatta yaxshi. Lekin bu bo`limlar zimmasiga hujjatlar bilan ishlash mas`uliyatini to`la-to`kis yuklab qo`yish ko`zlangan maqsadni ruyobga chiqarishga to`sqinlik qiladi. Monitoring tizimining maqsad va vazifalari esa uning nizomida aniq ifoda etilgan. Joylarda bu holatni to`g`ri va maqbul asoslarda hisobga olish zarur.

Download 152,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish