O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika institutí


-25 ball - empatiya darajasi o`ta yuqori bo`lib, u boshqalarga hamdardlik ko`rsatishga qodir bo`ladi; 7-14 ball



Download 152,6 Kb.
bet39/56
Sana29.05.2022
Hajmi152,6 Kb.
#616781
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI FANIDAN ОМК

15-25 ball - empatiya darajasi o`ta yuqori bo`lib, u boshqalarga hamdardlik ko`rsatishga qodir bo`ladi;
7-14 ball - empatiyaning o`rtacha darajasi;
0-6 ball - juda past.__


9-Mavzu: Talaba va o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini diagnostika qilish.
Reja:
1. Tashhis markazlarining maqsad va vazifalari
2. Ijro intizomi va madaniyati haqida mulohazalar
3. Rahbardagi pedagogik qobiliyatlarni aniqlash
O`quvchilarni kasb-xunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari Respublikamiz mustaqilligi yillarida ta`limda amalga oshirilayotgan islohotlarning hosilasi sifatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi «O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish to`g`risida»gi 203-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan. Markaz o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishda ularning qobiliyati va moyilliklarini aniqdaydi. U bolani 6 yoshidan boshlab, ta`limning maktab bosqichiga psixologik, jismoniy va aqliy rivojlanganligini hisobga olgan holda tayyorligini belgilaydi. Iqtidorli bolalarni kashf qilish, o`quvchilarni har yili tibbiy-pedagogik tekshiruvdan o`tkazish, ota-onalarga bolalarni o`qitish,tarbiyalash, kasb-hunarga ilmiy jihatdan to`g`ri yo`nalishlar berishga yordamlashish kabi muhim vazifalar ham markaz faoliyatiga kiradi. Shu asosda o`quvchilarning ijtimoiy moslashuvlarini to`g`ri tashkil etish, 9-sinflarni bitirgan yoshlarni akademik litsey, kasb-hunar kollejlariga oqilona yo`llash kabi masalalarni psixologik-pedagogik va tibbiyot nuqatai nazaridan to`g`ri hal qilib berish ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur markaz iqtidorli bolalarni izlab topish, ularning iste`dodini shakllantirish masalasida Respublika Iste`dod markazi bilan uzviy hamkorlik qiladi, salomatligi yaxshi bo`lmagan bolalarning sog`ligini tiklash maqsadida tibbiyot muassasalariga yunaltiradi. Markazlar tuman (shahar) halk; ta`limi bo`limlari tarkibida faoliyat ko`rsatadi.
Bir so`z bilan aytganda, tashhis markazlari hozirgacha barcha umumiy ta`lim muassasalarining orzu-armoniga aylangan dolzarb muammolarni: bolalarning kelajagini ilmiy va tahliliy asoslarda to`g`ri tashkil etish, ularning qobiliyat va imkoniyatlariga, salomatligiga mos o`quv, kasb-hunar shaklini to`g`ri belgilashga yordam beradi, maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab bosqichiga psixologik, ijtimoiy va aqliy jihatdan nechog`lik tayyor ekanliklarini aniqlashtiradi. U 9-sinf o`quvchilarining keyingi bosqich hayotini belgilab beradi. Ayni paytda, iqtidorli bolalarni izlab topish, ularning iste`dod qirralarini rivojlantirishni ta`minlaydi.To`g`ri, bolalarni kasbga yo`naltirish kabi amaliyot turi ilgari ham bor edi.Lekin bu soha hech qanday nizom, me`yoriy hujjatlarsiz sinf rahbarlari, mehnat ta`limi o`qituvchilariga yuklatilgan bo`lib, ular o`quvchilarni ijtimoiy moslashtirish, kasbga yo`naltirish va ayniqsa, bolaning aqliy, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga tashhis qo`yish bo`yicha hech qanday ma`lumot, qo`llanma,me`yoriy, huquqiy hujjatlarga, qo`llanmalarga ega emas edilar. Bunday psixologik-pedagogik amaliyot bo`yicha qilinadigan ishlarning shakl va uslublari pedagogik ta`lim o`quv shartlarida ham o`rgatilmas edi. Vazirlar Mahkamasining eng dastlabki qaroridayoq bu dolzarb masala ijobiy hal qilinib, barcha tuman (shahar) halq ta`limi bo`limlari tarkibida tashhis markazlarini tashkil etish haqida qaror qilindi va mazkur masala bilan bog`liq barcha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi. Markaz rahbari, kasbga yo`naltiruvchi mutaxassis,psixolog, defektolog vrach kabi mutaxassislarni tanlash, ularni o`qitish, kerakli yo`riqnomalar, test blankalari, qo`llanmalar bilan ta`minlash va boshqa tashkiliy tadbirlar respublika miqyosida ham, viloyatlar miqyosida ham amalga oshirildi.
O`quv-ma`ruzalar, seminarlar, anjumanlar, yo`riqnomalarda berilgan topshiriqlarning bajarilishi qat`iy nazoratga olindi, tashhis markazlari Nizomida belgilangan talablarning bajarilishi izchillik bilan kuzatib borilmoqda.Endigi vazifa tashhis markazlarining rahbarlari, uning xodimlari tomonidan markaz Nizomida ko`rsatilgan holatlardan og`ishmay, qat`iyat bilan,oshna-og`aynigarchilik, tanish-bilishchilik kayfiyatlariga berilmasdan o`z burchlarini halol, puxta, to`g`ri ado etishlariga borliq.Biz o`tkazilgan seminarlarda berilgan yo`riqnomalarda tashhis markazlari mutasaddilar amalga oshirgan tashkiliy-pedagogik tadbirlarda ishning nazariy-metodik va amaliy jihatlari bilan bir qatorda, ro`y berishi ehtimol tutilgan ayrim ko`ngilsiz vaziyatlar to`g`risida ham ogohlantirdik. Jumladan:
a) bolalarni psixologik, defektologik, tibbiyot nuqtai nazaridan maktab ta`limiga yaroqlimi yoki yaroqsizligi o`ta yuzaki tekshirilib ayrim bolalar aqlan zaif, jismonan kamquvvat, turli defektologik va boshqa ijtimoiy nuqsonlar bilan maktabga kelsa, sinflarda o`quv- tarbiya ishlarini samarali tashkil etishga to`sqinlik qilishi mumkin. Agar shunday holga yo`l qo`yilsa, maktab ta`limiga jismoniy, aqliy, psixologik jihatdan tayyor bo`lmagan bolalarda ruhiy tushkunlik, iztirob, qo`rquv yuzaga keladi va bolaga katta ma`naviy zarar etadi;
b) ta`limda demokratik, insonparvarlik tamoyillarini etarli darajada ma`rifatli tarzda yo`lga qo`yilmaganligidan u yoki bu fanni o`zlashtirishga layoqati va iqtidori hamda sog`ligi etishmaydigan o`quvchilar, ularning ota-onalari bilan o`qituvchilar, maktab jamoasi o`rtasida turli ixtilof va ko`ngilsiz to`qnashuvlar kelib chiqadi. Bu har ikki tomon manfaatlariga ham salbiy ta`sir etadi;
v) o`quvchilar yoshligidanoq kasb-hunarga to`g`ri yo`naltirilmaganligidan,ayrim o`quvchilar ota-onalari, yaqinlari xoxishi bilan o`zlari qiziqmaydigan yoki qobiliyatlari etmaydigan kasb-hunar yo`nalishiga tushib qoladilar;
g) kollejlarga, ayniqsa, akademik litseylarga, xatto maktablarning 1-sinfiga nomunosib o`quvchilar uchun ota-onalar yoki «yuqoridan» ko`rsatilgan tazyiq asosida yo`llanmalar berish;
d) tashhis markazlari yo`llanmasi bilan u yoki bu o`quv muassasalariga borishdan bo`yin tovlash kabi holatlardan ogohlantirildi. Chunki agar yuqoridagi masalalar xolisona va to`g`ri bajarilmasa, tashhis markazlari ish samarasi kutilganidek chiqmaydi, maktab va o`quvchilar oldidagi mavjud muammolar echilmay qolaveradi.Xalq ta`limi vazirligi esa o`z navbatida tashhis markazlarining umumiy ta`lim maktablarida, hatto maktabgacha tarbiya muassasalarida ham «o`z kishisi» bo`lishini ta`minlashga harakat qilinmoqda. Aynan shu maqsadda har bir maktabda psixolog, oliy ma`lumotli vrach tibbiyot xizmatini yo`lga qo`yish izidan bormoqda. E`tirof etish joizki, tashhis markazlarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo`lga qo`yish respublikamiz sharoitida yangilik hisoblanadi. Shu boisdan ham, hali bizda bu sohada tajriba, malaka etarlicha shakllanmagan.Yangilikni joriy qilishda ayrim muammolar, qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.
Shularni hisobga olib, pedagogik matbuotda joylarda bu ish qanday yo`lga qo`yilganligi, ishlar qanday kegayotganlish haqida tez-tez maqola va xabarlar berib borilmoqda. Respublika Iste`dod markazi, tashhis markazi, pedagogika institutlarining olimlari bir qator metodik qo`llanmalarni nashrdan chiqardi.Tashhis markazlariga nazariy-amaliy, ilmiy-metodik yordam berishning shakl va uslublari bundan keyin ham rivojlantiriladi.
Asosiy maqsad – o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari ish faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir.

Download 152,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish