Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Tarix vaqti – bu inson vaqti
, ya‘ni ijtimoiy vaqtning eng oliy 
darajasidir, chunki tarix oʻz-oʻzini yaratuvchi, oʻz-oʻzidan rivojlanuvchi 
jarayondir. Individ oʻlimga mahkum, avlodlar keladi va ketadi, lekin birorta 
ham hayot izsiz yoʻq boʻlib ketmaydi, ya‘ni tarixdan chetda qolmaydi. 
Tarixiy vaqt oʻlimga mahkum boʻlgan odamlarning real hayot faoliyati bilan 
uzviydir. aynii paytda u har bir individga nisbatan uning substansiyasi 
sifatida amal qiladi. Bu individ va avlod oʻz asri bilan uzviy ekanligini, 
insonning mohiyati ijtimoiy munosabatlar majmui bilan belgilanishini 
anglatadi. 
«Tarixni odamlar yaratadi» degan tezis va «tarix odamlarni yaratadi» 
degan antitezis sintez yoʻli bilan echiladi: odamlar oʻz tarixi vositasida 
oʻzlarini oʻzlari yaratadilar. Barcha odamlar, barcha avlodlar faoliyatining 
umumiy mahsuli boʻlgan «tarix daryosi» oʻziga olgʻa yoʻl ochish bilangina 
kifoyalanmaydi. Oʻz yoʻlida u kengayib, suvga toʻlib boradi. Uning oqimi 
ham jadallashadi, qirgʻoqlari kengayadi, tubi yanada chuqurlashadi. Tarixni 
vaqt nuqtayi nazaridan oʻrganish uning «uzunlik», «kenglik» va «chuqurlik» 
mezonlariga muvofiq oʻrganish demakdir. Tarixiy vaqtning «uzunligi» 
deganda 
asosan 
uning 
topologik 
xossalari: 
oʻlchamlari, asosiy 
bosqichlarining ketma-ketligi, bu ketma-ketlikning muqarrarligi tushuniladi.
Tarixning «kengligi» - bu tarix chegarasining kengayishi demakdir. 
Bunda kengayish tushunchasini ikki xil ma‘noda: tarixiy jarayon yangi va 
yangi hududlarni qamrab olishi sifatida (kengayishning yuzaki, ekologo-
geografik jihati) va «tarix doirasi»ning, ya‘ni kishilar umumiy tarixiy 
faoliyati maydonining kengayishi sifatida tushunish oʻrinli boʻladi (kishilar 
umumiy tarixiy faoliyati faol tarix ijodkorligiga uning yangi va yangi 
ishtirokchilarini keng jalb qilishni ham nazarda tutadi).
Insoniyat tarixi vaqti – bu uning obyektiv vaqtigina emas. U ong 
fenomeni hamdir. Jamiyat, tarix nafaqat obyekt, balki subyekt sifatida ham 
maydonga chiqadi. Bunda u gnoseologik subyektning eng oliy tipi va darajasi 
hisoblanadi. Ijtimoiy ongning yaxlit strukturasida vaqtni anglab etish oʻzini 
uning alohida, ichki darajasi sifatida, jamiyatni tarixiy anglash sifatida 
namoyon etadi.
Darhaqiqat, tarixiy jarayon insoniyat vaqtda boshdan kechiruvchi 
oʻzgarishlarning umumiy xususiyati va ma‘nosi demakdir. Ushbu 


209 
oʻzgarishlarning mazmuni tarixiy vaqtning ichki ziddiyatlari va jumboqlarini 
belgilaydi. Bu erda shunday jumboqlardan ikkitasini koʻrsatib oʻta‘miz.
1. Insoniyat yildan-yilga ulgʻayib va ayni paytda yosharib boradi. 
Uning ulgʻayishi yoshiga yosh qoʻsxilishi bilan, yosharishi esa – ijtimoiy 
hayot uzluksiz yangilanishi bilan izohlanadi. Insoniyat bolaligi – biz uchun 
qadim zamon, yangi davr esa, aksincha, oʻzimiz yashayotgan zamondir. 
Koʻrib turganimizdek, bu jumboq tarixiy davrlar tasnifida oʻz ifodasini 
topadi. 
2. Oʻtmishni oʻzgartirish mumkin emas, deb hisoblanadi. Bu fikr tabiat 
uchun mutlaqo oʻrinlidir. Ammo jamiyatda, tarixda oʻtmish oʻzgarishi 
mumkin. Har bir yirik tarixiy voqea nafaqat istiqbolli kuchga, balki 
retrospektiv kuchga ham ega boʻladi. Hozirda yashayotgan avlod oʻz 
izdoshlarini tayyorlash, ularga ta‘limi va tarbiya berish bilan bir vaqtda oʻz 
ishlari, gʻoyalarining salafchilarini ham tanlaydi. Loʻnda qilib aytganda, u 
oʻtmish ummonidan bugungi maqsad, bugungi manfaatlarga muvofiq oʻziga 
zarur va qadrli boʻlgan moʻljallarni tanlab oladi. Masalan, Oʻzbekiston 
mustaqilligining oʻtmishi – bu Muqanna qoʻzgʻoloni, Ja‘loliddin Manguberdi 
kurashi, Parij Kommunasining oʻtmishi – bu Spartak qoʻzgʻoloni va Buyuk 
fransuz inqilobi, gitlerchilar natsizmining oʻtmishi esa – bu «koʻppak-
ritsarlar» va Barbarossa. Shunday qilib, oʻtmishning mazmuni oʻzgaradi, 
ya‘ni u xotirada, kelajak avlodlar munosabatida oʻzgaradi.
Tarix haqida biz uning oqibatlari, ya‘ni hozirgi zamonga qarab hukm 
chiqaramiz. Tarixning intihosi insoniyat ha‘lokati bilan barobardir. Ammo 
tarixning mazmuni uning obyektiv qonuniyati tan olinishi bilangina 
belgilanmaydi. Amalda jamiyatgina emas, balki tabiat ham muayyan 
qonunlarga muvofiq rivojlanadi. Ammo oʻsimliklar dunyosining rivojlanish 
jarayoni ham, hayvonot dunyosining rivojlanish jarayoni ham «mazmun»ga 
ega emas, u faqat insoniyatning rivojlanish jarayonida, ya‘ni kishilik 
tarixidagina mavjud.
Inson hayoti mazmunga ega boʻlgani, ya‘ni qadriyat hisoblangani 
tufayli ham insoniyat tarixi mazmunga egadir. Shu ma‘noda insoniyat tarixi 
mazmunining mezoni va ayni paytda uning taraqqiyotini belgilovchi mezon 
sifatida insonparvarlik maydonga chiqadi
1
. Tarixiy jarayon yoʻli, uning 
yoʻnalishi sirtdan belgilanmagan, lekin u insoniyat tomonidan ham maqsad 
sifatida qoʻyilmagan va anglab etilmagan. Tarixning mazmuni individlarning 
muayyan maqsadga erishishga qaratilgan faoliyatidan kelib chiqadi, lekin 
uning oʻzigagina bogʻliq boʻlmaydi va u bilan toʻla muvofiq kelmaydi. 
Tarixning mazmuni deganda inson avlodlarining hayoti va almashuvi 
jarayonlarining obyektiv mazmuni tushuniladi. Unda inson borligʻining 
murakkabligi, ziddiyatlarga toʻlaligi va oʻziga xosligi boʻrtib namoyon 
1
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. - Т.: Маънавият, 2006. – Б 67.


210 
boʻladi. Har kim va hammaning erkin rivojlanishini qaror toptirish uchun 
kurash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday jarayon teran tarixiy mazmun kasb 
etadi. Oʻz shaxsiyatini namoyon etish uchun kurashni inson ham tabiiy, ham 
oʻz faoliyati natijasida vujudga kelgan stixiyali kuchlarga qarshi olib boradi.
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi zamirida orqaga qaytarib 
boʻlmaydigan jarayon – ijtimoiy ishlab chiqarish yotadi. Bu mexanizmning 
ishi tarix motorigina emas, balki uning soati hamdir. Tarixiy va astronomik 
soatlar ayni bir vaqtni koʻrsatmaydi. Tarixiy vaqtga nisbatan xronologik 
shkala tashqi chegara hisoblanadi. U voqealarning davomliligi va ketma-
ketligini yagona obyektiv miqyosda ifodalash imkoniyatini beradi. Tarixiy 
jarayon suratining oʻsishi yoki pasa‘yishini faqat shu asosda aniqlash va 
kuzatish mumkin. Ammo xronologiya ijtimoiy rivojlanish yoʻlining mazmuni 
va xususiyatiga tegishli emas. Oʻtmish voqealari, hodisalari va obidalarining 
eng aniq sanasi ham ularning umumiy tarixiy jarayondagi sabablari, asoslari 
va mazmuni haqidagi savollarga javob bermaydi, chunki buning uchun 
jarayon chegarasinigina emas, balki uning manzarasini, ya‘ni harakatning 
oʻziga mos mantiqini ham bilish talab etiladi.
Tarixiy jarayon va uning mazmuni tabiat va tabiiy vaqtga nisbatan 
ma‘lum darajada mustaqildir. Bu mustaqillik nisbiydir, chunki jamiyatning 
oʻzini ham bir paytlar tabiat yaratgan. Ammo ijtimoiy hayot rivojlanishi va 
murakkablashib borishi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlari biologik 
tanlanish qonunlariga nisbatan ustunlik qila boshlagan. Ijtimoiy sikllar, ya‘ni 
ijtimoiy hayotning moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish qonunlarini 
ifoda‘lovchi ijtimoiy vaqt sikllari kunlarning birida harakatga keltirilgach, 
keyinchalik bu harakatni immanent sabablar ta‘sirida, oʻz zaminida amalga 
oshiradi. Bu jamiyat tabiatdan xalos boʻlishini anglatmaydi, aksincha, 
insonning muhim kuchlari rivojlanishi bilan odamlar tabiatni oʻzlariga 
boʻysundirib, shu tariqa u bilan yanada chuqurroq aloqaga kirishadilar, ammo 
bu aloqa biologik organizm va muhit oʻrtasida mavjud boʻlgan birlamchi, 
tabiiy rishtalardan butunlay farq qiladi, zero bu erda gap ijtimoiy 
organizmning oʻzini qurshagan tabiiy muhitga moslashuvi haqida emas, balki 
uning yanada kengroq va teranroq strukturalarini oʻzgartirishi haqida boradi.
Tabiat inson ishlariga befarq. Tarixiy xronologiya astronomik vaqt 
maromidan oʻz mezoni sifatidagina foydalanadi. Ammo tarixda vaqtni 
xronologiya‘ning 
oʻzigagina bogʻlash oʻrinli boʻlmaydi. Ijtimoiy 
jarayonlarning rivojlanishida yuz bergan sifat oʻzgarishlarini ifodalash ham 
uning muhim tomonlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning yangi 
tipi, yangi ijtimoiy strukturalarning vujudga kelishi, ularning shakllanishi 
kabi hodisalar asta-sekin yuz berishi va asrlarni (qadimgi jamiyatda esa – 
ming yilliklarni) qamrab olishi tufayli, ularning sanasini aniq belgilash 


211 
mumkin emas va biron-bir tarixchi oʻz oldiga bunday vazifani qoʻymaydi
1

Insoniyat tarixi boshlangan vaqtni aniqlashning oʻzi fan uchun uning 
imkoniyatlari doirasidan tashqa‘ridagi vazifa hisoblanadi.
Tarixning boshlanishi bir lahzali voqea emas, balki oʻta murakkab, 
ziddiyatlarga toʻla va ancha davomli jarayondir. Ibtidoiy odamlar oʻrtasidagi 
biologik aloqalar oʻrnini ijtimoiy aloqalar darhol va oʻz-oʻzidan egallagani 
yoʻq, balki ular bilan uzoq vaqt mobaynida yonma-yon mavjud boʻlib, asta-
sekin, bosqichma-bosqich ulardan ustunroq mavqeni egallagan va ularni siqib 
chiqarib, dastlabki tobe va tasodifiy munosabatlardan hukmron va zaruriy 
munosabatlarga aylangan. Insoniyat hayotini avlodlar bilan oʻlchash tarixiy 
vaqtni oldinma-ketin keluvchi avlodlar zanjiri sifatida tasavvur qilish 
imkoniyatini beradi. Bunda har bir avlod mazkur zanjirning bir boʻgʻini 
hisoblanadi.
Insoniyat yoshi boshqacha mezonlarga ega. Bosib oʻtilgan yoʻlni 
odamlar oʻz ishlari, yutuqlari va magʻlubiyatlari bilan oʻlchaydilar. 
Hayvonlar va oʻsimliklardan farqli oʻlaroq, inson oʻz hayot yoʻlini, 
oʻtmishdan kelajakka eltuvchi yoʻlni oʻzi tanlaydi, oʻz tarixini, ya‘ni oʻz 
vaqtini oʻz qoʻli bilan yaratadi. Oʻtmishda qolgan avlodlar – bugungi kunga 
olib kelgan yoʻldagi bosqichlargina emas, balki uning hammualliflari hamdir. 
Homo sapiens inson filogenezi tarixida oxirgi va yakuniy tur hisoblanadi, shu 
tufayli ham ijtimoiy tarix tabiiy intihoga ega boʻlmaydi, u hamisha kelajak 
sari ochiqdir. Insoniyat vaqtda yangi tur sari emas, balki oʻzining yangi 
yutuqlari sari harakatlanadi. Bu yutuqlar qancha ulkan boʻlsa, tarix shuncha 
yangi, tarixiy vaqt shuncha yosh boʻladi. Ayrim mamlakatga nisbatan ham, 
ayrim xalqqa nisbatan ham u oʻzining har bir tub burilishi, oʻz yoʻlining har 
bir yangi bosqichi bilan birga goʻyoki yosharib boradi: tarixiy rivojlanish 
jarayonining butunlay oʻzgacha imkoniyatlar va istiqbollar ochuvchi yangi 
bosqichi boshlanadi.
Biologik turdan farqli oʻlaroq, odamzot, ya‘ni insoniyat tarixi vaqt 
oʻtishi bilan oʻzining har tomonlama, keng rivojlanish qobiliyatini 
yoʻqotmaydi, balki uni kasb etadi va koʻp karra kuchaytiradi. Tarixiy 
rivojlanish jarayonida jamiyatning imkoniyatlari doirasi Qisqarmaydi, balki 
kengayib boradi. Bu insoniyat ulgʻaygani sari qarimasligini yana bir karra 
tasdiqlaydi. Ijtimoiy munosabatlar rivojlangani sari yanada etukroq, 
mukammalroq tus oladi, chunki tarixiy jarayonga yangi va yangi omillar 
qoʻsxiladi, tabiatning koʻr-koʻrona determinizmiga nisbatan insonning 
mustaqilligi oshadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish