Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Gnoseologiya (episte’mologiya)ning mazmuni va mohiyati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Gnoseologiya (episte’mologiya)ning mazmuni va mohiyati.
Bilish 
nazariyasini falsafada Gnoseologiya sohasi oʻrganadi. «Gnoseologiya» 
grekcha soʻz boʻlib «gnosis» – bilish, «logos» – nazariya, ya‘ni bilish 
nazariyasi, 
bilish 
toʻgʻrisidagi 
ta‘limot 
ma‘nolarini 
anglatadi. 
«Gnoseologiya» ata‘masi falsafaga nisbatan yaqinda (1854 yilda) shotland 
faylasufi Dj.Ferer tomonidan kiritilgan boʻlsa-da, biroq u Qadimgi YUnon 
faylasuflari Suqrot, Aflotun, Demokrit, Arastu, epikurchilar, stoiklar 
shuningdek Markaziy Osiyo mutafakkirlari oʻz davrlarida bilishning 
mohiyatini tahlil qilganlar. 
«Olam va odam» tizimida dunyoni anglash, subyekt va obyekt 
oʻrtasidagi munosabatlar dialektikasi gnoseologiya shugʻullanadigan 
masalalar koʻlamini belgilaydi. Bu masalalar insonning bilish faoliyatidan 
iborat boʻlib, eng umumiy mazmunini tashkil qiladi. Gnoseologiya «ong», 
«tafakkur», «bilish», «haqiqat», «subyekt» va «obyekt», «moddiylik va 
ma‘naviylik», «inson» va «kompyuter», «hissiylik» va «ratsionallik», 
«nazariya» va «amaliyot» kabi tushuncha va kategoriyalarning mazmun-
mohiyati bilan bogʻliq koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Bu 
tushunchalarning har biri moddiy, ruhiy-ma‘naviy hodisalarni aks ettirishga 
asoslanadigan oʻziga xos dunyoqarash muammolari bilan ham bogʻliq boʻlib, 
ularning barchasi «haqiqat» tushunchasiga u yoki bu tarzda aloqadordir. 
Gnoseologiya kundalik yoki maxsus, ilmiy yoki badiiy faoliyatligidan qat‘iy 
nazar, insonning bilish faoliyatidagi umumiylikni oʻrganadi.


214 
Ba‘zi bir falsafiy adabiyotlarda gnoseologiya bilan episte‘mologiya‘ni 
aynanlashtirish holatlari uchramoqda. Biroq shuni e‘tirof etish lozimki, 
gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va episte‘mologiya nomlarining 
qoʻllanilishini oʻrinli deb boʻlmaydi. Zotan, «episteme» soʻzi «pistis» –
e‘tiqod soʻzi bilan uzviy bogʻliq. Ammo, biz biladigan (gnosio) va biz 
ishonadigan (pistio), mavjudligiga e‘tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy 
va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. 
Gnoseologiya umuman bilish haqidagi ilm boʻlsa, episte‘mologiya esa asosan 
ilmiy bilish toʻgʻrisidagi fandir. Episte‘mologiya esa, bizning muayyan 
narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e‘tiqodlarimizning ishonchlilik 
darajasini oʻrganadi.
Umuman olganda, episte‘mologiya gnoseologiya‘ning tarkibiy qismi 
yoki uning amaliy ifodasidir. Hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish 
jarayonining falsafiy mohiyati umumiy muammolarga e‘tiborni qaratsa, 
episte‘mologiya esa ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy
e‘tiqodlarning gnoseologik mohiyatini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Bunda 
esa bilish (ong)ning mohiyati toʻgʻrisida bahs yurituvchi falsafiy ta‘limot 
ma‘nosidagi «gnoseologiya» ata‘masidan foydalaniladi. Gnoseologiyada esa 
nafaqat ilmiy bilish, balki umuman insonga xos bilish bilan bogʻliq barcha 
masalalar tahlil qilinadi. Demak, gnoseologiya falsafaning eng muhim 
omilidir. 
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar sifatida insonning 
dunyoni bilish imkoniyatini, oʻzlikni anglash jarayonini, bilishning 
bilmaslikdan bilim sari yuksalishini, bilimlar tabiati va ularning mazkur 
bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan oʻzaro nisbati masalalari oʻrganiladi. 
Demak, gnoseologiya ong, bilish, bilimni oʻrganish bilan shugʻullanadi.
Ijtimoiy jarayonda inson ongning oʻz-oʻziga, boshqalarga va umuman 
jamiyatga ta‘siri natijalarini fiziologik jihatdan his qiladi va uning 
mavjudligini sezadi, Biroq bunda ongning oʻzi koʻrinmaydi. Moddiy dunyo 
hodisalaridan farqli oʻlaroq, ongni kuzatish mumkin emas. U goʻyo vaqt va 
makon chegaralaridan tashqa‘rida turadi.
Koʻrinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi 
bilan oʻzaro aloqalarini aniqlash, uni oʻz muhokama va tadqiqot predmetiga 
aylantirish masalasi gnoseologiya‘ning asosiy vazifasini tashkil etadi.
Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning 
tagiga etish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan oʻrganiladi. Natijada, falsafada 
inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta‘limotlar, turli xil 
qarashlar kelib сhiqqan. 
Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud 
emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz 
yigʻindisidan iborat xolos, binobarin biz oʻz sezgi va idroklarimiznigina 
bilaolamiz, degan fikrlarni bildirishganlari ma‘lum. 


215 
Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va oʻzini bilishga 
shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni toʻliq bilolmaydi, deyishib, inson 
bilishini cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. 
Skeptitsizm (skeptitsizm — yunoncha: spektoman — shubhalanaman) – 
ta‘limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va 
vaziyatlar bilan bogʻliq ekanligini aytishib, hamma e‘tirof qiluvchi, isbot 
talab 
qilinmaydigan 
inson 
bilimlarining 
boʻlishi 
mumkinligiga 
shubhalanadilar. Masalan, Skeptitsizmning asoschilaridan biri Pirron 
(eramizdan oldingi taxminan 365–275-yillar) hissiy idrokni ishonchli deb 
hisoblagan (masalan, agar biron narsa subyektga achchiq yoki shirin tuyulsa, 
shu haqidagi fikr haqiqat boʻladi), yanglishuv esa, uningcha subyekt bevosita 
hodisadan mohiyatni, obyekt asosini bilishga oʻtmoqchi boʻlganda paydo 
boʻladi. Uning fikricha, obyekt haqidagi har qanday da‘voga uning 
mazmuniga zid boʻlgan da‘voni qarama-qarshi qoʻyish mumkin. Demak, 
skeptik uzil-kesil hukmlardan tiyilib turmogʻi lozim. 
Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay inkor qiluvchi falsafiy ta‘limot 
boʻlgan agnostitsizm vakillari inson dunyoni bilishga qodir emas, degan 
gʻoya‘ni ilgari surishadi. Masalan, ingliz faylasufi D.Yum ta‘limotiga koʻra, 
bilish obyekti, bilimlarimizning manbai obyektiv borliq emas, balki 
subyektiv sezgi va idroklarimizdir, biz oʻz sezgi va idroklarimiz chegarasidan 
tashqa‘rida nima borligini bila olmaymiz. 
Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar insonning dunyoni va 
oʻzini bilishni doimo e‘tirof etib kelganlar. Gʻarb falsafiy tafakkuri va unga 
xos bilish tamoyillari rivojida antik davr muhim oʻrin tutadi. Bunda Milet, 
Ioniya, Eley maktablari vakillari, ayniqsa, Geraklit, Zenon, Protagor, 
Demokrit, Epikur kabi allomalarning fikr mulohazalari ahamiyatga molikdir. 
Geraklitning hamma narsa oʻtmishdan kelajak tomon oqib, abadiy oʻzgarib 
turadi, bilish ana shu tamoyilni oʻzlashtirib olish lozim, degan xulosasi 
hozirgacha ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Suqrot insonni, uning bilish xususiyatlari, axloqi va aqlini falsafiy 
izlanishlar markaziga qoʻygan, eng avvalo oʻzining hayoti, turmush tarzi va 
fikrlashini oʻz gʻoyalariga monand qilishga uringan edi. Chunki, Kadimgi
Yunonliklarga ma‘naviy komillik bilan jismoniy barkamollik, dunyoqarash 
bilan amaliy turmush, soʻz bilan ish uygʻunligi aynanligiga intilish xislati 
xos edi. Uning fikricha, birinchidan, dunyo bilan inson oʻrtasidagi 
aloqadorlik ikki tomonlamadir. Ulardan birini ustun qoʻygan zahoti yo 
mutloq pragmatizm yoki mutloq relyativizm vujudga keladi. U aql-idrokni 
ulugʻlanganligi bilan insonni borliqdan ajratmaydi, ilohiy kuch uni oʻz ta‘sir 
doirasida ushlab turadi. Ikkinchidan, inson passiv obyektiv emas, unga 
izlanish, yon atrofni oʻzgartirish xos. Biroq, bu sa‘y-harakat «oʻzgartirish 
uchun» boʻlmasligi kerak, chunki barcha oʻzgarish negizida inson 
ma‘naviyatining takomillashuvi yotadi. Uchinchidan, tashqi dunyoni


216 
oʻzgarishi kishiga tom ma‘noda baxt keltirmaydi, chunki oʻzgargan tashqi 
dunyoni qabul qila olishga, u bilan uygʻun yashashga loyiq ichki dunyo, 
ruhiy ma‘naviy olamni oʻzgartirish zarur keyin hayotni, tashqi dunyoni 
oʻzgartirish maqsadga muvofiqdir. 
Suqrot nazarida inson qiziquvchanlik orqali koʻp narsani bilishi 
mumkin. Uning «Agar qiziquvchan boʻlsang, koʻp narsani biladigan 
boʻlasan», deya ta‘kidlashi bejiz emas. Bilish insonga ilohiy ruh tomonidan 
berilgan. Inson ilohiy ruhga intilib, koʻp narsani biladi yoki bilishi mumkin, 
agar unga intilmasa nopok, yomon yoʻllarga kirib ketadi. Demak, inson 
ilohiy kuchning, ruhning borligini yodda tutgan holda bilimga intilishi zarur, 
zero bilim ezgu amallar asosidir. 
Platonning bilish nazariyasi uning gʻoyalari ta‘limoti va ruh, jon 
haqidagi qarashlaridan kelib chiqadi. Faylasuf fikriga koʻra, hamma ham 
haqiqatni toʻla toʻkis bilish qobiliyatiga ega emas. ayniiqsa falsafani bilish 
ayrim kishilargagina xosdir. Uni haqiqiy bilimga ega boʻlmagan ham toʻla 
idrok eta olmaydi. Haqiqiy bilimga ega xudo uchun bilimning hojati yuq, 
bilimi yoʻq gʻofil uchun esa falsafa kerak emas, chunki u oʻzining gʻofilligi 
bois bilimning nima uchun kerakligini bilmaydi. Faylasuf esa oqil (Xudo) 
bilan gʻofil (banda) oʻrtasida turadi. 
Platon inson bilimga ega boʻlganligi uchun barcha narsalar 
me‘yoridadir, degan tezisini ilgari suradi. Platon inson bilimini, bilish
faoliyatini mavjudlik va taraqqiyot belgilaridan, mezonlaridan biri sifatida 
talqin etadi.
Aristotel Platonning bilish nazariyasidan farqli tarzda, Demokrit singari 
olamni, tabiatni bilish sezgilar orqali amalga oshadi, bilishning predmeti va 
manbai kishi ongidan tashqa‘ridagi mavjud olam, degan fikrni ilgari surgan. 
Uning ta‘kidlashicha, olamni bilish sezgidan boshlanadi. Sezgi tirik
organizmga taalluqli boʻlib, u tashqi olamning ta‘siri tufayli yuzaga keladi. 
Sezgilar koʻrish, eshitish, ta‘m bilish va hid sezgilariga boʻlinadi. Sezgi 
a‘zolari orqali yakka-yakka jism va hodisalarning sifat hamda xususiyatlari 
toʻgʻri aks ettiriladi. Bundan koʻrinadiki, Aristotel olamni bilishda empirik, 
sensualistik fikrda boʻlgan ayni paytda ratsionalizmga ham katta ahamiyat 
bergan. Aristotel bilish jarayonida empirik va ratsional bilimlarning
birligini ta‘kidlaydi-yu, ammo bu masalada izchil boʻla olmagan. U 
tafakkurni sezgilardan obyektiv reallikdan ajratib qoʻyib, uning manbaini 
mutloq aql, mutloq shakl tashkil etgan degan xulosaga kelgan. 
Ajdodlarimizning 
qadimgi 
kitobi 
«Avesto» 
diniy-falsafiy 
merosimizning eng yorqin namunasidir. Ma‘lumotlarga koʻra, kitob bir 
necha avlodlar tomonidan yaratilgan boʻlib, shu asnoda unda gnoseologik 
tushuncha 
va 
tamoyillar 
tizimi takomillashib borgan. «Avesto» 
zardoʻshtiylikning asosiy kitobi boʻlganidan bu dinga xos bilimlar tizimini 
oʻzida ifodalagan. Shu bilan birga, kitobda inson qobiliyatlariga, ularning 


217 
ma‘naviyat va amaliy faoliyat uchun ahamiyatiga katta oʻrin berilgan. 
Kitobda aytilishicha, insonning olamni anglash jarayonidagi bilimi 
haqiqatning gʻalabasi uchun kurashda befarq turmasligida, yashash tarzi, 
ma‘naviy qiyofasi, ijtimoiy faoliyati, «ezgu fikr», ―ezgu soʻz‖ va «ezgu 
amal»ida oʻz ifodasini topadi. Ana shunday fazilatlarga ega boʻlgan 
kishigina zulmat va jaholat ustidan gʻalaba qilishi, yaxshilik urugʻini 
sochishi, yaxshi nom qoldirishi, boshqalarning tahsini va minnatdorchiligiga 
sa‘zovor boʻladigan bilimlarga erishishi mumkin. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek, 
Navoiylar ham insonning dunyoni va oʻzini bilish masalasi haqida toʻxtalib, 
inson tabiat va jamiyatni hamda oʻzini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va 
idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi, inson aqli — faol, 
u bilishning asosiy qurolidir, deyishadi. Ular inson bilishi ma‘lum 
narsalardan noma‘lum narsalar tomon rivojlanib boradi, deb koʻrsatishgan. 
«Sharq Arastusi» yuksak unvoniga sa‘zovor boʻlgan oʻz davrining 
buyuk mutafakkirlaridan biri, Farobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi 
dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida oʻzlashtiradi. Bu jarayon sezish, 
idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza 
yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson 
fanni oʻrganadi. Farobiy «Fan va san‘atning oʻziga xos xususiyatlari» asarida 
tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni 
bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi 
yoʻl ekanligini qayd etadi. 
Abu Rayhon Beruniy, tabiat va uning obyektiv qonunlari mavjudligiga 
shubha qilmagan. U tabiat muttasil oʻzgarish va rivojlanishda boʻladi, 
materiya narsalar shaklini oʻzi yaratadi va oʻzgartiradi, jon (tafakkur, 
ma‘naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta‘kidlagan. Ma‘lumki, 
tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy 
shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov 
bartaraf etishi mumkin, ...soʻzlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning 
haqiqiyligi tajribada oʻz tasdigʻini topmagan». Tajribada olingan bilimni 
mutafakkir ayrim me‘yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. 
Ularning orasida obyektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta 
oʻtkaziluvchanligi va kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish 
mumkin.
Beruniy ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖, ―Masud 
qonunlari‖, ―Hindiston‖ kabi asarlarida ijtimoiy bilimlarning mazmun-
mohiyatiga katta e‘tibor bergan. Olim fikricha, odamlar oʻrtasidagi
munosabatlar, kishilarning yashash tarzi, moddiy ehtiyoj, qiziqish, manfaat, 
talab va maqsadlari ijtimoiy bilimlarni vujudga keltirgan va
takomillashtirgan. Masalan, kishilar oʻrtasidagi hamfikrlilik odamlarning
birlashish ehtiyojlari mavjudligi, himoya qilish qurollari kamligi va


218 
dushmanlardan oʻzini himoya qilish zaruratini his qilishi tufayli vujudga
kelgan. Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari «Geodeziya», «Minera‘logiya»
asarlarida oʻz ifodasini topib, unda dunyoning oʻziga xos tabiiy-ilmiy
manzarasi va tabiat hodisalarini bilish masalalariga katta e‘tibor
qaratilgan. 
Bilish masalalari Ibn Sinoning «Qushlar tili», «Donishnoma», «Tib 
qonunlari» kabi (100 ga yaqin) asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. 
Uning nazarida, oʻz ibtidosini Allohdan olgan borliq va tabiat insonni
oʻrab turuvchi abadiy makondir. Shu jihatdan uni bilishdagi ahamiyati,
qadri beqiyos, inson esa hamma ilmlarni tabiatdan oladi, undan oʻziga
da‘vo izlaydi va topadi. 
Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab, 
ularning obyektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in‘ikosi sifatida yoritadi. 
Bundan tashqari, u sezgini materiya‘ning xossalaridan biri deb e‘tirof etadi. 
Alloma sezgini materiya‘ning oliy shakllari bilan bogʻlaydi. Ibn Sino mavjud 
narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini 
qayd etadi.
Ibn Sino bilishda hissiy bilish, sezgilar va sezgi a‘zolarining 
ahamiyatini ta‘kidlagan. Uningcha, tashqi va ichki sezgilar mavjud,
tashqi sezgilar odamni olam bilan bogʻlaydi va besh xilga boʻlinadi:
koʻrish, eshitish, taʼm-maza bilish, hid va teri sezgisi. Ichki sezgilar
qabul etish, xotirada saqlash va tasavvur etish uchun xizmat qilib, tashqi
sezgilar asosida shakllanadi. Ibn Sino sezgi va hissiy qabullashdan
tashqari, aql, tafakkur va tajribaning bilishdagi ahamiyatiga oʻz
diqqat‘ini qaratgan. Mantiqiy bilish, uning mohiyati va xususiyatlari
toʻgʻrisida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. 
Tasavvuf falsafasi vakillari esa oʻz qarashlarida insonning hissiy bilishi 
tashqi bilishni, aqliy bilish esa ichki bilishni tashkil qilishini aytishib, 
ularning oʻzaro bogʻlikligini ham uqtirganlar. Shu bilan birga, ular inson 
dunyoni va oʻzini bilishi uchun ma‘naviy kamolotga erishmogʻi lozim, lekin 
bu kamolotga erishish quruq intilish bilan emas, balki oʻqish, oʻrganish, 
bilimlarni va hunarlarni egallash, jamiyatda boshqa kishilar bilan oʻzaro 
muloqotda va munosabatda boʻlish orqali yuzaga keladi, deyishadi. 
Tasavvuf ilmining eng ulugʻ namoyandalaridan biri Ahmad Yassaviy
tafakkurning oʻsha zamonga mos keladigan tushunchalarini namoyon boʻlishi
va amal qilish shartlarini ta‘riflab bergan, Soʻfiylik asoslarini targʻib 
qiladigan «Devoni hikmat» majmuasida ma‘naviy tafakkurning asosiy
shakllari poklik, hayo, bardosh va sabr-qanoat, xushxulqlik, beozorlik,
xokisorlik kabi xislatlar ekanligini koʻrsatgan.
Tasavvufning boshqa oqimlari kabi NAQShbandiylikda ham
olamni bilish, avvalo, Allohni bilish, uning kuch-qudratini anglashdir. Bu 
borada insonga ong, tafakkur ato etilgan. Har bir kishi ular vositasida


219 
dunyoni anglaydi, uning sirlaridan voqif boʻladi, olamdagi botiniy va
zohiriy narsalar mazmun-mohiyatini bilib oladi. NAQShbandiya
tariqat‘ida Alloh visoliga etish uchun dunyodan voz kechish yoki tarki 
dunyo qilish emas, balki ―Dil ba yoru, dast ba kor‖ («Qoʻling ishda, koʻngil 
allohda») boʻlmogʻi, poklik, hayo, kamtarinlik komil insonning asosiy
fazilatlari boʻlishi lozimligi uqtiriladi. 
Umuman olganda, Naqshbandiya ta‘limotidagi kamtarinlik,
saxiylik, bagʻrikenglik, mehr-shavkat, xayr-ehson, oʻzaro yordam, doʻstlik 
va birodarlik, tenglik va totuvlik, sofdillik, mehnatsevarlik, poklik, odillik 
va bilimdonlik kabi olgʻa surilgan gʻoyalar oʻz mazmuni va mohiyati
bilan umuminsoniy harakterga ega boʻlib, oʻzining nazariy va amaliy 
ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. 
Yangi davrda Evropa faylasuflari ham insonning dunyoni va oʻzini 
bilishi haqida qimmatli fikrlarni bildirishadi. Masalan, ingliz faylasufi 
F.Bekon, inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir, 
sezgilar orqali olingan dalillarni inson tafakkur yordamida qayta ishlab 
chiqadi, deydi. U inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bogʻliq 
ekanligini, ularga xizmat qilishi lozimligini aytadi. Bilishning birdan-bir 
toʻgʻri yoʻli Bekonning fikricha, tajriba va tahlildir. Ya‘ni xususiy dalillardan 
umumiy nazariyalar tomon yoʻnalish, mavjud barcha narsa va hodisalarga 
ilmiy uslubda yondashish gʻoyasini ilgari suradi. 
Fransuz olimi Rene Dekartning bilish falsafasida bilimning
haqiqiyligiga shubha uygʻotmaydigan, haqiqatga erishishning aniq usullari 
masalasi ustuvor edi. Bunday yondashish Dekartning barcha asarlarida,
jumladan, «Uslub haqida fikrlar» deb nomlangan falsafiy asarida oʻz 
ifodasini topgan. Hamma narsaga shubha bilan qarash, shubha qilish 
Dekartning bilishdagi asosiy tamoyili edi. 
Falsafa tarixida Dekart ratsionalizmning asoschisi hisoblanadi.
Ratsionalizm (bilish nazariyasi yoʻnalishi) matematik bilimning mantiqiy 
harakterini bir yoqlama tushunish natijasida vujudga keladi. Matematik 
bilimning umumiy va zaruriy harakteri Dekartga aqlning oʻz tabiatidan kelib 
chiqqandek tuyulishi sababli, u bilish jarayonida deduksiya‘ning favqulotda 
rol oʻynashini koʻrsatadi. Bu deduksiya intuitiv tarzda payqaladigan, toʻla 
ishonchli aksiomalarga tayanadi. 
Nemis faylasufi I.Kant esa insondan va uning ongidan tashqa‘rida 
obyektiv borliqning mavjudligini e‘tirof qilgan holda, undagi predmet va 
hodisalarni «narsalar biz uchun» va «narsalar oʻzida»ga boʻladi. Uning 
fikricha, «narsalar biz uchun» — bu insonni qurshab turgan predmetlar va 
hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. «Narsalar oʻzida» esa: erkinlik, 
oʻlmaslik, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon toʻliq bila 
olmaydi. Kant oʻz bilish nazariyasida e‘tiqodga oʻrin qoldirish, uni 
mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson aqlini nazariy 


220 
va amaliy aqllarga boʻladi, amaliy aql uningcha, cheklangan. Uning 
qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilishga ham ega 
boʻlavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasigacha unda aprior (lot. 
arriori – soʻzidan olingan boʻlib, tajribadan oldin degani) bilimlar boʻladi. Bu 
aprior bilimlar tugʻma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega 
boʻlgan boʻladi. Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior 
bilimlardan iboratdir. 
Nemis mumtoz falsafasining soʻnggi vakili L.Feyerbax inson dunyoni 
bilishga qodir, inson dunyoni bilish uchun qancha sezgi a‘zosi kerak boʻlsa, 
shuncha sezgi a‘zosi insonda mavjud deb uqtiradi. Uningcha, sezgilar bilish 
jarayonining boshlangʻich bosqichi boʻlib, sezgi a‘zolari insonni tashqi 
dunyo bilan bogʻlaydi. Feyerbax fikricha, sezgi a‘zolari insonni tabiat bilan 
tanishtiradi, lekin tabiatni tushuntirmaydi. Inson bilishining yuqori bosqichi 
tafakkurdir. Tafakkurning asosiy vazifasi esa sezgi a‘zolari orqali yigʻilgan 
ma‘lumotlarni toʻplash, solishtirish, tahlil qilish, izohlash, umumlashtirish, 
shular asosida ularning ichki mazmunini ochish va ulardan xulosalar 
chiqarishdir. Tafakkur tashqi dunyoni bevosita, chuqurroq aks ettiradi. 
Fransuz ma‘rifatchilari Didro, Golbax, Gelvetsiy, Volter va 
Lammetriylar esa insonning dunyoni bilishi masalasida fikr yuritishib, 
sezgilar tafakkurning asosi ekanligini, ular inson bilishining quyi 
boshlangʻich bosqichi, tafakkur esa eng yuqori, murakkab bosqichi ekanligini 
tan olaganlar.
Ma‘lumki, turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlardagi kishilarning bilish 
darajasi fan taraqqiyoti, texnika rivojining darajasi va koʻlami, jamiyat ishlab 
chiqarish usuli qoʻygan vazifalari bilan belgilanadi. Inson dunyoni va oʻzini 
bilishi bilan cheklanmaydi, balki bu bilish natijasida hosil qilgan bilimlari 
orqali u tabiat va jamiyatni, dastavval, oʻzini - oʻz ongini, oʻz ma‘naviy 
dunyosini oʻzlashtiradi va oʻzgartiradi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish