Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Falsafa metodlari. 
Falsafaning asosiy metodologik quroli 
nazariy 
tafakkurdir
. Tabiiy fanlarda boʻlgani kabi falsafada tajriba, eksperiment yoki 
boshqa bir aniq fan metodlari mavjud emas. Lekin falsafa boshqa barcha fan 


244 
tizimlarida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, taraqqiyot xususiyati, kashfiyotlar, 
vujudga kelayotgan qonuniyatlarni umumiy tahlil, analiz va sintezi asosida 
oʻzining xulosalarini beradi. SHuning uchun falsafada oddiy kuzatuv va 
mushohada usulidan sinergetik metodgacha oddiy tizimlardan murakkab 
tizimlargacha boʻlgan borliq sifatidagi mavjudlikning makon, zamon, 
harakatdagi jarayoni qonuniyati oʻrganiladi.
Dialektika. 
Falsafaning asosiy ilmiy metodlaridan biri dialektik 
metoddir. Dastlab dialektika soʻzi ma‘nosi suhbat yoki dia‘log yuritish 
san‘ati, usuli sifatida qoʻllanilib, yunon tilida «suhbatlashuv san‘ati», 
«bahslashuv san‘ati» degan ma‘noni bildirgan. Turli nuqtayi-nazarlarni 
izohlash, oʻz fikri toʻgʻriligini isbotlash mahorati 
Suqrot
va 
Aflotun
da yaqqol 
namoyon boʻlgan. Ularning ta‘kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi 
narsa, ya‘ni bahsning boshlanishida boʻlmagan, lekin muhokama jarayonida 
paydo boʻlgan narsa sifatida tugʻilishiga muloqot yordam beradi. Shutariqa 
tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi. 
 
Dialektika elementlari Qadimgi Hindiston va Xitoy falsafasida ham 
mavjud boʻlgan. Masalan, daosizm falsafasiga koʻra, dunyoda hech narsa
doimiy emas. Falsafa tarixida Qadimgi yunon dialektikasini alohida aytib 
oʻtmoq zarur. Geraklitning fikricha, hamma narsa mavjud va ayni vaqtda 
mavjud emas: hamma narsa oʻtkinchi, doimo paydo boʻlish va yoʻq boʻlish 
jarayonida boʻladi. Masalan, uning fragmentlaridan birida bunday deyiladi: 
«Bizdagi ayni bir narsa – jonli va jonsiz, uygʻoq va uxloq, yosh va qari. Axir, 
bu oʻzgargan oʻshadir va aksincha, oʻsha oʻzgargan budir»
1
. Dialektik 
qarashlar Arastuda uning modda bilan shakl oʻrtasidagi nisbatni ularning bir-
biriga oʻtish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan tahlilida mavjuddir. Har bir 
narsa boshqa narsaga: marmar haykalga, daraxt stolga aylanishi mumkin va 
hakozo. 
Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi 
sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika gʻoyalarini ishlab chiqishda 
ekzistensionaldialektika
va 
messianlik dialektikasi
kabi 
bir 
qator 
yoʻnalishlarni koʻrsatish mumkin. Eksistensial dialektika inson «Men»ining 
rivojlanish qonuniyatini tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi oʻz 
ta‘limotiga praktika tushunchasini asos qilib oladi va butun dunyoga 
sotsiologiya kategoriyalari nuqtayi-nazaridan qaraydi. XX asr dialektik 
falsafasining ma‘lum yoʻnalishlaridan biri mashhur Frankfurt maktabining 
namoyondalaridan biri T.Adornoning negativ dialektikasidir. Bu maktabning 
asosiy gʻoyasiga koʻra, rivojlanish buzishdir, hammani va hamma narsani 
inkor etishdir. T.Adornoning «
negativ dialektikasi
»ga koʻra, qarama-
qarsxiliklar kurashi, miqdorning sifatga oʻtishi, turli tizimlarning oʻsishi va 
murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning parchalanishiga, oʻlishiga 
1
Қаранг: Материалисты Древней Греции. М., 1955, 49-б. 


245 
yoʻnalgan. Adorno ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb qiladi va 
rivojlanishning asosi regressiv ijtimoiy oʻzgarishlardir (refleksiya‘ning 
oʻlishi, uning stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari bilan almashinishi va 
hakozolardir), deb biladi. Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning rivojlanishi 
va yoyilishi, insoniy munosabatlarning standartlashuvi, oʻziga xosliklarning 
yoʻqotilishi orqali ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor har qanday 
tushunchalar tizimidan voz kechish, qandaydir pozitiv model boʻlmagan 
utopiya‘ning konkret imkoniyatlarini deb har qanday dialektiklikni inkor 
etish sifatida koʻrinadi.
Dialektika sohasida fransuz faylasufi G.Bashlyarning 
neoratsionalizmi
vujudga keldi. U bilish jarayonida ratsionalizm bilan empirizmning doimiy 
(dialektik) oʻzaro ta‘sirini koʻrdi. Bashlyar 
noklassik fan
tushunchasini 
kiritdi. Unga xos narsa, qandaydir uzil-kesil haqiqatlardan voz kechish, 
ochiqlik (eksperimental raddiyaga tayyorlik), yangi empirik ma‘lumotlarni 
tushunarli umumlashtirishga sintezlash-tiruvchi layoqat, bilimning turli 
shakllari, tuzilmalari va sohalari oʻrtasidagi yangi aloqalarni topishdir. 
A‘loqalarni, jumladan qarama-qarsxiliklar birligini anglash, bu dialektikaga 
xos anglashdir. D
ialektika – bu dunyoni shunday tushunishki, va uni ongli 
ravishda oʻrganishning shunday usuliki, bunda turli hodisalar, ularning 
turli-tuman aloqalari, qarama-qarshi kuchlarning oʻzaro ta‘siri, oʻzgarish va 
rivojlanish jarayoni bilan birlikda qarab chiqiladi
.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish