Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Usul nima? Uning shakllari haqida soʻzlab bering. 
2. Shaklan noaniq tafakkurlash usulining mohiyatini ochib bering. 
3. Dialektika usulining mazmun-mohiyati haqida Farobiyning fikrlarini 
soʻzlab bering. 
4. 
Dialektika 
usulining 
muqobillari 
sofistika, 
metafizika, 
eklektikahaqidagi fikr-mulohazalaringiznibayon eting. 
5. Bilish nima? Bilimning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? 
6. Hissiy va aqliy bilishning xususiyatlari, shakllari haqida soʻzlab 
bering. 
7. Haqiqat nima? Nisbiy hamda mutlaq haqiqatlarning oʻzaro 
munosabatlari qanday? 
8. Haqiqatning mezonlari haqida nimalar deya olasiz? 
9. Amaliyotning bilish jarayonidagi ahamiyati nimalardan iborat? 
10. Ilmiy bilishning oʻziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
11. Ilmiy bilishning empirik darajasini tavsiflab bering. 
12. Bilishning empirik darajasida qaysi usullardan foydalaniladi? 
13. Ilmiy bilish nazariy darajasining xususiyatlari haqida soʻzlang. 
14. Nazariy bilishning shakllariga nimalar kiradi? 
15. Olam haqida ilmiy manzara yaratishda falsafiy gʻoyalarning 
ahamiyati nimalardan iborat? 
 
 
6-mavzu. Falsafaning metod,qonun va kategoriyalari 
 
Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. 
Metod (yunon metodos – tadqiqot yoki bilish yoʻli, nazariya, ta‘limot) 
voqe‘likni amaliy yoki nazariy oʻzlashtirish usuli. Metod aslida inson amaliy 
faoliyatining negizida yuzaga kelgan. Bilish predmetini oʻrganish yoʻlida 
tafakkurning anglash usullarini amaliy va mushohadaviy yoʻllarini 
chambarchas aloqasi hosil qilgan tajriba ilm-fanda oʻziga xos metodlarni 
yaratadi. Falsafa fani boshqa fanlar uchun metodologik asos boʻlib xizmat 
qiladi. Falsafa fani metodlari barcha fanlar uchun umumiy qoʻllash mumkin 
boʻlgan metodlardir, shuningdek alohida fan doirasida qoʻllash mumkin 
boʻlgan xususiy metodlar ham mavjud. Falsafaning predmeti tabiat, jamiyat 
va inson tafakkurining eng umumiy rivojlanish qonunlarini oʻrganishdan 
iborat ekan, falsafa fani bir vaqtning oʻzida tabiat, jamiyat va inson 
tafakkurining alohida jihatlarini oʻz obyekti doirasida oʻrganuvchi fanlarga 
metodologik yoʻnalish beradi. Alohida fanlar doirasida oʻrganilayotgan 
obyekt va predmet haqida toʻgʻri bilim shakllanishi uchun, fanlar doirasida 


242 
kashf etilayotgan qonuniyatlar toʻgʻri anglanilishi uchun falsafiy bilimlar 
umumiy metodologik tamoyillarni shakllantirib beradi.
Metodlar eksperimental fanlarning paydo boʻlishi bilan izchil 
rivojlantirildi va oʻrganila boshlanadi. Hozirgi zamon fanlarining metodlari 
ilmning oʻzi kabi turli-tumandir. Shunga muvofiq metodlar turlicha 
klassifikatsiya qilinadi. Ilmiy nazariyalarni yaratish va ularni tekshirish 
metodi, ilmiy xulosalarni bayon etish metodi; falsafiy, umumnazariy va 
maxsus ilmiy metodlar; bulardan tashqari voqe‘likni sifat va miqdor boʻyicha 
oʻrganish metodlari farqlanadi. Fanlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqaning 
chuqurlashishi, muayyan fanlarning natijalari, modellari va metodlarni 
boshqa fanlarda qoʻllanilishiga olib kelmoqda. 
Inson amaliy harakatining usullari anglanuvchi uslubiy omilga 
aylangach, bu usullar oxir-oqibatda metodlar haqidagi ta‘limot - 
metodologiya‘ning paydo boʻlishiga olib keldi. Metodologik bilim, 
birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini oʻz ichiga 
olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning 
ta‘siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya 
deyilganda, avvalo, ilmiy bilish metodologiyasi, ya‘ni ilmiy bilish 
faoliyatining shakllari va metodlari tushuniladi. Fan metodologiyasi ilmiy 
tadqiqot komponentlari – uning obyekti, analiz mavzui, tadqiqot vazifalari, 
ularni hal etish uchun zarur boʻlgan vositalarni ifodalaydi, shuningdek 
masalani hal etish jarayonida tadqiqotchi faoliyatining izchilligi haqida 
tasavvur hosil qiladi. Masalani qoʻyish, tadqiqot mavzuini va ilmiy 
nazariya‘ni shakllantirish, shuningdek olingan natijani uning haqiqiyligi, 
ya‘ni 
oʻrganilayotgan 
obyektga 
muvofiqligi 
jihatidan 
tekshirish 
metodologiya‘ni 
qoʻllanilishini 
eng 
muhim 
tomoni 
hisoblanadi. 
Metodologiya‘ning asoschisi ingliz filosofi F.Bekondir. U birinchi marta 
fanni metodlari sistemasi bilan qurollantirish gʻoyasini ilgari surdi. R.Dekart 
bilish muammosi sifatida ta‘riflab, birinchi marta tafakkurning oʻziga xosligi, 
uni reallikning shunchaki va bevosita in‘ikosidan iborat qilib qoʻyish 
mumkin emasligi haqidagi masalani ilgari surdi. Nemis filosofi I.Kantga 
qadar metodologiya muammosi bilish nazariyasi bilan birga edi. Kant 
birinchi marta bilimning obyektiv mazmuni bilan shakli oʻrtasidagi farqni 
ajratib, metodologik bilimning alohida mavqeini asoslab berdi. Metodologiya 
muammosini oʻrganishda nemis klassik idealizmi erishgan muhim natija shu 
boʻldiki, u bilishning va umuman, ma‘naviy faoliyatning umumiy metodi – 
dialektikaning rolini koʻrsatib beradi.
Agar ilgari metodologiya tushunchasi avvalo ilmiy bilish faoliyatidan 
falsafiy asoslar haqidagi tasavvurlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, endilikda 
ilmning koʻp tarmoqli, rivojlangan maxsus sohasini anglatadi. Umuman 
bilish nazariyasidan metodologiya bilish vositalariga jiddiy e‘tibor berishi 
bilan farq qiladi. Fan sotsiologiyasi va fanshunoslikning boshqa sohalaridan 


243 
farqli oʻlaroq metodologiya, bilishning ichki tartib - qoidalari, logikasi va 
strukturasini oʻrganadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish