Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Tafakkur uslubining asosiy jihatlari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Tafakkur uslubining asosiy jihatlari.
Ma‘lumki, odamlar qadimdan 
«uslub» tushunchasini san‘at, adabiyot, arxitektura asarlari xususiyatini 
izohlash uchun ishlatganlar. XX asrda bu tushuncha yangicha ma‘noda 
qoʻllanilmoqda. Koʻp hollarda, avval ma‘lum boʻlmagan, «tafakkur uslubi» 
yoki «ilmiy tafakkur uslubi» kabi lingvistik ata‘malarga duch kelinmoqda. 
Bu tushunchalar nimani ifoda etadi va ularning paydo boʻlishiga sabab nima? 


232 
Tafakkur uslubi bilish taraqqiyotining muayyan tarixiy bosqichidagi 
ilmiy tafakkurning asosiy, belgilovchi tavsifini oʻzida ifoda etadi. Koʻp 
xollarda «tafakkur uslubi», «oʻrganish uslubi», «yondoshish metodi» 
tushunchalari sinonimlar sifatida qoʻllaniladi. Shu sababli metafizik, eklektik, 
sofistik, dialektik va boshqa tafakkur uslublari haqida gapirish mumkin. 
«Tafakkur uslubi» tushunchasini ilmiy nuqtayi nazardan aniqlash 
muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Biroq bu vazifani hal qilish bir 
qator qiyinchiliklar bilan bogʻliq, negaki «tafakkur uslubi» juda keng 
ma‘nodagi tushunchadir. Shuning uchun dastavval, umumiy shaklda, uning 
asosiy koʻrinishlarini belgilash mumkin.
Avva‘lo shuni ta‘kidlash kerakki, tafakkur uslubi hissiy va aqliy 
bilimga asoslangan, voqelikni vositali in‘ikos etishdir. Ma‘lumki, inson 
tafakkurida uni oʻrab turgan voqelikdagi narsa va hodisalarni aks ettirish 
ularning mantiqiy obrazini oʻzida ifodalagan tushunchalar yordamida amalga 
oshiriladi. Tushunchalar umumiiy harakterga egaligi bilan tavsiflanadiki, ular 
tufayli narsa va hodisalarning muhim tomonlarini aniqlab olish mumkin 
boʻladi. 
Muayyan tushunchalar sistemasi yordamida erisxilgan bilimlarni 
mantiqan anglab olish ham tafakkur uslubining harakterli belgilaridandir. 
Bunday anglab olishga qayta-qayta mulohaza qilish yoʻli bilan erisxiladi. 
Natijada inson ongida turli narsalar, hodisalar hamda ularning tomonlari va 
xossalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻlanish aks etadi.
Inson uchun uni oʻrab turgan olam va uning rivojlanish qonuniyatlari 
toʻgʻrisidagi yangi bilimlarni aks ettirish, anglab olish, turli hayotiy 
vaziyatlarda muvofiq keladigan xulq va amaliy yoʻnalishni tarkib toptirish 
uchun zarurdir. Ular tushunchalar sistemasi yordami bilan mulohaza qilish 
natijasidagi aqliy yakunlar, xulosalar tufayli vujudga keladi. 
Tafakkur uslubining turli xillariga xos xususiyatlarni aniqlash uchun, 
oddiy (kundalik), ilmiy (professional) va falsafiy tafakkur uslublarini bir-
biridan farqlash maqsadga muvofiqdir.
Oddiy tafakkur uslubi deganda, inson oʻz ongida narsalar olamini, soʻz, 
jumlalar orqali aks ettirib, ularni anglab olishda mavjud empirik faktlarga 
asoslanib, hatti-harakat yoʻnalishini belgilashi tushuniladi. Ya‘ni, oddiy 
tafakkur uslubiga har qanday bilish jarayoniga xos boʻlgan xususiyatlar 
muvofiq keladi. Biroq bunga asoslangan holda tafakkur uslubini mantiqiy 
tafakkur shakllari bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Masalaning mohiyati 
shundaki, agar tushuncha, mulohaza va xulosalar subyekt aqliy faoliyatning 
mantiqiy shakllarini tashkil etsa, tafakkur uslubi esa mazkur mantiqiy 
shakllar yordamida namoyon boʻlib, uning ichki mazmunini ifodalaydi.
Bu belgilar – ilmiy (professional) tafakkur uslubining ajralmas 
elementlari boʻlsada, uni harakterlash uchun etarli emas. Chunki, ilmiy 
(professional) tafakkur darajasida olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini 


233 
aks ettirish, anglash hamda maqsadga muvofiq yoʻnalishini belgilab olish 
muayyan ilmiy prinsiplar, gʻoya, nazariya va u bilan bogʻliq boʻlgan tayyor 
holdagi mavjud tushunchalar apparati bilan amalga oshiriladi. Bunday 
sharoitda tafakkur funksiyasi yangi erisxilgan bilimlar bilan oldindan mavjud 
boʻlganlarini taqqoslashga qaratilgan boʻladi. Bu taxlit taqqoslash jarayonida, 
bir tomondan, oldindan mavjud boʻlgan bilimlar chuqurlashadi, kengayadi va 
aniqlashadi, ikkinchi tomondan, yangi bilimlar toʻplanadi va takomillashadi. 
Yangi erisxilgan bilimlarni anglab olishda mavjud nazariyalar sistemasi 
hamda tamoyillar bilan bir qatorda, turli faoliyat sohasida oldindan 
toʻplangan bilish tajribasi ham muhim ahamiyatga ega. Kasbiy tajriba, 
mavjud nazariya sistemasi bilan birgalikda yangi erisxilgan bilimlarning 
amaliy qimmatini baholashning muhim eta‘loni sifatida namoyon boʻladi. 
Masalan, texnik tafakkur ilgari toʻplangan texnik tajribalarni hisobga olib 
ishlab chiqilgan, olimlarning faoliyati natijasida moddiylashgan mashinalar, 
mexanizmlar sistemasini aks ettiradi va anglab oladi. Ana shu ilmiy asos va 
texnik (professional) tajriba zaminida turli mexanizmlarni amaliy jihatdan 
qoʻllanishda yaroqli yoki yaroqsizligi bilib olinadi. 
Mavjud ilmiy prinsiplar, nazariyalar hamda oʻtmishda toʻplangan 
professional tajriba yordamida yangi erisxilgan bilimlarni aks ettirish va 
anglab olish – barcha ilmiy tafakkur uslubiga xos asosiy belgidir. Chunonchi, 
tibbiy tafakkurda bemor kasalligining belgilarini aks ettirish va anglab olish, 
da‘volanishning optimal yoʻllarini belgilash, mavjud meditsina bilimlari 
sistemasi va vrachlik tajribasi yordamida zamonaviy meditsina texnikasini 
qoʻllash orqali amalga oshiriladi. 
Fanning har bir sohasida muqarrar tarzda nazariyalar, prinsiplar 
sistemasi mavjud, ular orqali odamlarni oʻrab turgan voqelikdagi narsa va 
hodisalar hamda ularning rivojlanish qonuniyatlari toʻgʻrisida erisxilgan 
yangi bilimlar aks ettiriladi. Oʻzining turli-tumanligi, xususiyatlarining 
boyligi bilan harakterlanadigan professional tafakkur ana shunga asoslanadi. 
Umuman olganda, ilmiy (professional) tafakkur, oddiy tafakkur kabi 
amaliy harakatga muvofiq keladigan pozitsiya‘ni ishlab chiqishda 
oʻrganiladigan obyektlar haqidagi bilimlarni vositali aks ettirish va anglab 
olishni ifoda etadi. Lekin, oddiydan farqli ravishda, ilmiy (professional) 
tafakkur tayyor bilimlarning muayyan yigʻindisini taqozo qiladi. Uning 
asosida inson bilish faoliyati va amaliy harakati uchun muvofiq keladigan 
pozitsiya‘ni ishlab chiqish jarayoni hamda uning natijalarini baholash sodir 
boʻladi. Tabiat va jamiyat haqidagi aniq fanlar mazmunini u yoki bu tarixiy 
bosqichga mos keladigan fundamental ilmiy prinsiplar, gʻoya, nazariyalar, 
tayyor bilimlar tashkil etadi. 
Ilmiy bilish va ilmiy tafakkur falsafiy uslubning ajralmas elementini 
tashkil qiladi.Falsafiy tafakkur uslubi ilmiy (professional) uslubdan shu bilan 
farq qiladiki, moddiy olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish 


234 
hamda anglab olish, muayyan dunyoqarash va metodologik prinsiplar asosida 
amalga oshiriladi. 
Binobarin, ilmiy tafakkur asosida yotgan xususiy-ilmiy gʻoya, 
nazariyalar qat‘iyan belgilangan soha va chegaraga ega boʻlsa, falsafiy 
qoidalar bunday chegaraga ega emas. Moddiy olam taraqqiyotining eng 
umumiy qonuniyatlarini aks ettiradigan falsafiy prinsiplar, qonun va 
kategoriyalar umumiylik harakteriga ega. Shuning uchun ham ular olamni 
bilish va qayta oʻzgartirishning umumiy metodi sifatida namoyon boʻladi. 
Falsafiy tafakkur uslubi, ilmiy tafakkur uslubi kabi, turli xil shakllarda 
namoyon boʻlish bilan harakterlanadi. Bundan falsafiy tafakkur shakllarining 
koʻp qirraligi nimaga bogʻliq degan savol, muqarrar, kelib chiqadi. Bu 
savolga javob berishda shu narsani hisobga olish kerakki, u yoki bu tafakkur 
uslubining mazmuni falsafaning asosiy masalasini, tafakkurning borliqqa, 
ruhning tabiatga boʻlgan munosabatini hal qilish bilan belgilanadigan 
dunyoqarashlik va metodologik xususiyati bilan belgilanadi. Agar 
dunyoqarashlik va metodologik jihatlar mazmunni belgilasa, ularning konkret 
namoyon boʻlishi esa falsafiy tafakkur uslubining shaklini tashkil etadi. 
Falsafiy tafakkur uslubi biluvchi subyektning dunyoqarashlik va 
metodologik prinsiplar harakteri bilan uzviy bogʻlangandir. Shuning uchun 
dunyoqarash va metodning oʻzgarishi, tafakkur uslubining oʻzgarishiga olib 
keladi. Binobarin, tafakkur uslubi shakllanish jarayonida metod va 
dunyoqarashga aks ta‘sir etadi, ilmiy bilish sohasida u yoki bu vazifani hal 
qilish bilan bizning oldimizga yangi vazifalarni qoʻyib, yangicha hal qilishga 
undaydi. Muayyan masala hal qilinishi bilan u yangi tafakkur jarayoniga 
ta‘sir etadi. Shu oʻrinda tafakkur uslubining ijodiylik, faollik xususiyati 
namoyon boʻladi. 
Tafakkur uslubi voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning rivojlanish 
qonuniyatlarini muayyan kishilarning oʻziga xos xususiyatlari, ehtiyojlari
manfaatlari ijtimoiy munosabatlariga muvofiq keladigan empirik bilimlar, 
ilmiy gʻoyalar, nazariyalar, dunyoqarash va metodologik prinsiplarga 
muvofiq tarzda in‘ikos etilishi va anglab olinish usulidir. Bu ta‘rifda umuman 
barcha tafakkur uslubi shakllariga xos boʻlgan eng umumiy belgilar oʻz 
aksini topgan.
Tafakkur uslubining turli-tuman koʻrinishlari: birinchidan, atrofni oʻrab 
turgan narsa va hodisalar hamda ularning rivojlanish qonuniyatlarining inson 
ongida toʻla va chuqur in‘ikos etilish darajasiga bogʻliq. Bu esa, oʻz 
navbatida tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tafakkur anglab olishi 
lozim boʻlgan tushunchalar, tamoyillar, qonunlar sistemasiga bogʻliq. 
Ikkinchidan, u jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, milliy anʻana va urf-odatlar, 
shaxsning individual ijodi, shuningdek, ma‘naviy va boshqa ijtimoiy 
munosabatlarning majmui bilan taqozo etiladi. 


235 
Tafakkur uslubi insoniyatning ish uslubiga bevosita ta‘sir qiladi. 
Muayyan ilmiy nazariya, metodologiya va dunyoqarash prinsiplariga 
suyangan tafakkurning aniq va ravsha‘nligi amaliy faoliyatda boʻlayotgan 
voqealarni muayyan nuqtayi nazardan tahlil qilishga, ularning kelajakdagi 
rivojlanish tendensiyalari haqida xolisona xulosa chiqarishga, amaliyotda 
toʻgʻri foydalanishga imkon tugʻdiradi. 
Bunday tafakkur uslubi hozirgi istiqlol davrida ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy taraqqiyotning ilmiy asoslangan strategiya va taktikasini ishlab 
chiqishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish