Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Davr ruhi – avlodning amaliy aqli turli tarixiy zamonlarda ijtimoiy 
munosabatlarning umumiy rivojlanish darajasiga va jamiyatning etuklik 
darajasiga qarab turlicha mazmun kasb etadi, asosan ongning u yoki bu 
shakllarida mujassamlashadi
. Ma‘lumki, oʻrta asrlarda mafkuraviy hayot 
deyarli toʻliq din bilan belgilangan, oʻta radikal gʻoyalar ham, oʻta 
konservativ gʻoyalar ham bu davrda dunyoviy va haqiqiy hayotga butunlay 
begona boʻlgan shakl-shamoyil kasb etgan. Boshqa zamonda esa bu rol oʻzga 
turlar va janrlarga oʻtgan: masalan, XX asrning 30–40-yillari Oʻzbekistonda 
badiiy adabiyot ijtimoiy gʻoyalar jarchisiga, umummilliy minbarga aylangan. 
Ijtimoiy tafakkur tarixini oʻrganish turli xalqlarda turli tarixiy bosqichlarda 
oʻz davrining etakchi gʻoyalari bunyodkori va tashuvchisi rolini odatda 
ongning oʻzida nazariy mazmunni oʻta emotsional, yorqin shakl bilan 
birlashtirgan shakllari va darajalari oʻynaganini koʻrsatadi. Mafkura odamlar 


206 
ongi va qalbini egallagan taqdirdagina chinakam moddiy kuchga aylanishi 
mumkin.
Ayni shu sababli davr ruhi ehtiroslardan xoli, sovuqqon ong boʻlishi 
mumkin emas. Mazkur ong qadriyat sifatida maydonga chiqadi, insonga 
hayotda yoʻl koʻrsatadi, shu tufayli ham u boshqaruvchi xususiyat kasb etadi. 
U hozirgi zamonni maqbul va kutilgan kelajak nuqtayi nazaridan anglab 
etishdir. Bunga zamondoshlar avlodining oʻz ajdodlariga, an‘analarga 
boʻlgan munosabati, ya‘ni oʻtmishga munosabat ham kiradi. Shunday qilib, 
avlod ruhi nafaqat yuzaki, balki ichki vaqt mezonlariga ham ega boʻladi: u 
muayyan darajadagi ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli boʻlish bilan bir 
vaqtda ijtimoiy voqelikning oʻzi guvohi boʻlayotgan jarayonlari va 
voqealariga oʻz munosabatini bildiradi. Davr ruhining ichki mezonlari 
zamondoshlar avlodi faoliyatining subyektiv yoʻnalishi va moʻljallariga, bu 
orqali esa – jamiyatda kutilayotgan oʻzgarishlarning xususiyatiga, yuzaga 
kelgan tarixiy vaziyatda odamlar tanlashga harakat qilayotgan yoʻlga ishora 
qiladi.
Individual ong zamirida ham, ijtimoiy ong zamirida ham ijtimoiy 
vaqtni anglab etish yotadi. Avlod ongi bu munosabatda alohida oʻrin 
egallaydi. Gnoseologik subyekt sifatida ijtimoiy-tarixiy avlod individ va 
jamiyat oʻrtasidagi oraliq boʻgʻindir. Ammo bu hol ong muammosini 
oʻrganishda doim ham e‘tiborga olinavermaydi. Zamondoshlar avlodi kishilik 
tarixining gorizontal kesimi, ya‘ni vaqtning muayyan, xronologik jihatdan 
ixcham qismida olingan jamiyatdir. Shu tufayli ham avlod tarixiy harakatni, 
oʻz borligʻi vaqtini anglab etishi ijtimoiy ong mexanizmini harakatga 
keltiruvchi birlamchi, boshlangʻich omil hisoblanadi.
Avlod ongi, binobarin, umuman ong zamirida yotuvchi vaqtni anglash 
tashqi dunyoning obyektiv jarayonlari haqidagi nazariy bilim sifatidagina 
emas, balki eng avvalo ommaning faol yondashuvi va subyektiv manfaatlari, 
uning xohish-irodasi ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Uni vaqt 
muammosini nazariy, ya‘ni ilmiy va falsafiy, konseptual anglab etish bilan 
bogʻlash mumkin emas, chunki mazkur muammo rivojlangan va etuk 
madaniyat kun tartibiga ancha kech qoʻyilgan va hatto hozirgi zamon ijtimoiy 
ongining tarkibiy tuzilmasida ham uning eng yuksak darajalariga tegishlidir. 
Til lingvistikadan oldin, tafakkur esa mantiqdan ilgari paydo boʻlganidek, oʻz 
davrini (ajdodlar va avlodlarga oʻzining va oʻz zamondoshlarining 
munosabatini, avlodlar almashuvi dalilining oʻzini) anglab etishga intilish har 
qanday fandan oldinroq paydo boʻlgan, ya‘ni ilk nazariy va nonazariy 
darajalarda vujudga kelgan. U yoki bu davrda, odamlarning u yoki bu 
avlodida vaqt haqidagi tasavvurning rivojlanish darajasi xususida 
faylasuflarning risolalarigina emas, balki oʻsha davrga mansub boʻlgan 
madaniyat boyliklari ham darak beradi. Bu haqda eng avvalo odamlar 
faoliyatining xususiyati va ularning turmush tarzi da‘lolat beradi. Vaqtga 


207 
muayyan munosabat zamondoshlarning dunyoqarashida, ularning ma‘naviy 
dunyosida, xalq ijodi (eposi)ning mazmunida, oddiy, ommaviy ong sohasida 
va 
hoka‘zolarda 
namoyon 
boʻladi. 
Har 
qanday 
nazariyalar 
va 
konsepsiyalardan farqli oʻlaroq, bu soha amaldagi tarixiy rivojlanish 
jarayoniga, yuz berayotgan voqealarga mazkur avlodning bevosita 
munosabatini aks ettiradi. Oʻz-oʻzidan ravsha‘nki, bu erda mazkur mavzuda 
umumiy fikr-mulohazalargina bildirilishi mumkin; ushbu nuqtayi nazardan 
mazmunli va konkret tahlil esa kengroq va murakkabroq mustaqil ilmiy 
tadqiqot vazifasini tashkil etgan boʻlur edi. 
Davr ruhi real ijtimoiy vaqt (avlod vaqti) mahsuli va ayni paytda 
zamondoshlarning unga boʻlgan subyektiv munosabati sifatida avlodning 
oʻz-oʻzligini anglash jarayonini belgilaydi.
Bu davr ruhining ijtimoiy va 
gnoseologik funksiyasi hisoblanadi. Ijtimoiy borliq sohasida ziddiyatlar 
qancha keskin va kuchli, ijtimoiy ong strukturasi qancha murakkab boʻlsa, 
davr ruhi shuncha kuchli va etuk darajada boʻladi. Hamonki ijtimoiy ong 
ijtimoiy borliqning in‘ikosi hisoblanar, ijtimoiy in‘ikos esa oʻz tabiati va 
mohiyatiga koʻra voqelikni ildamroq aks ettirar ekan, ijtimoiy munosabatlar 
rivojlanishi bilan inson ongining ildam xususiyati kuchayib boradi, ayni shu 
zaminda inson miyasida barcha gʻoyalar va tasavvurlar tugʻiladi, degan 
umumiy xulosaga kelish mumkin. Odamlarning muayyan, konkret avlodi 
tarixiy harakatning real, bevosita tashuvchisi boʻlgani bois, mavjud ijtimoiy 
borliq haqida zamondoshlarning tasavvuri obyektiv ijtimoiy vaqtga boʻlgan 
munosabat shakli (ya‘ni ijtimoiy moʻljal) sifatida inson oʻzligi faol ishlashini 
ta‘minlovchi ichki manbani, ijtimoiy ongning barcha shakllari va darajalari 
mahkamlanadigan oʻziga xos «sinch»ni tashkil etadi. 
Mazkur vaqtga zamondoshlarning munosabati qancha chuqur boʻlsa, 
jamiyatning intellektual va ma‘naviy hayoti shuncha faol va boy boʻladi. 
Vaqtni his qilmaslik avlodning ma‘naviy oʻlimi, uning tarixiy jarayondan 
tushib qolishi bilan barobardir. Ammo vaqtni his qilish yoki his qilmaslik 
individlarning antropologik xossasi, ularning peshonasiga yozilgan yoki 
yozilmagan qobiliyat emas. Agar bu xossa boʻlsa, uni ijtimoiy xossa deb 
nomlash oʻrinli boʻladi, ya‘ni uning oʻzi ijtimoiy vaqt, yuz berayotgan tarixiy 
jarayon darajasi va xususiyatining koʻrsatkichidir. Avlod ijtimoiy vaqtining 
ichki mezonlari uning tashqi mezonlari bilan belgilanadi: obyektiv, moddiy, 
ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish omillari va qizgʻinlik darajasiga qarab 
tarixiy jarayonga boʻlgan subyektiv munosabatning mazmuni va xususiyati 
dam kuchayadi va chuqurlashadi, dam susa‘yadi yoki oʻz shakl-shamoyilini 
oʻzgartiradi. Oʻz-oʻzidan ravsha‘nki, turgʻunlik davrlarida va jamiyat 
hayotida 
tub 
burilish 
yasagan 
yirik 
voqealarga 
boy 
davrlarda 
zamondoshlarning ijtimoiy vaqtga boʻlgan subyektiv munosabati bir xil 
boʻlmaydi. aynii shu sababli boʻronlar va boʻhronlarni boshdan kechirgan 


208 
avlod davrining ruhi va yarim mudroq holatda yashayotgan avlod davrining 
ruhi ham har xil boʻladi.
Shunday qilib, vaqtni his qilish unga daxldor boʻlish demakdir. Ammo 
bu avlodning oʻz oʻzligini anglashi hamdir, zero zamondoshlar yagona 
maqsadga erishishga qaratilgan umumiy ishlarda ongli ravishda ishtirok 
etgan taqdirdagina oʻzlarini yakdil va birdam his qilishlari mumkin. 
Shundagina «oʻz-oʻzidagi» avlod «oʻzi uchun» avlodga aylanadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish