Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Ilk oʻrta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

 
Ilk oʻrta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va 
patristika, sxolastika, nominalizm va realizm.Realizm va nominalizm 
oʻrtasidagi bahs. 
Sxolastika soʻzi lotincha ―sxolastika‖ (grekcha άγνωζία) –―shkola‖ 
soʻzidan olingan boʻlib, u zamonaviy falsafa tarixi fanida Oʻrta asr (XI-XIV 
asrlar) Gʻarbiy Evropa madaniyatida hukmronlik qilgan spekulyativ, falsafiy, 
dialektik va diniy tafakkur tarzining jamlanmasini anglatadi. Ushbu atama, 
asosan, ikki: salbiy va ijobiy ma‘nolarda tushuniladi.
―Shkolyar falsafa‖ yoki ―shkolyar ilohiyotchilik‖ sifatidagi 
sxolastikaning birinchi ma‘nosi, oʻtmishni ―jonli‖, ―jonsiz‖, ―abadiy 
navqiron‖ yoxud ―eskilik sarqiti‖ kabi jihatlarga ajratuvchi Renessans va 
ma‘rifatparvarlik davri mualliflarining koʻplab asarlaridan kelib chiqqan. 
Oxir-oqibat ―antik davr‖ va ―Oʻrta asr varvarligi‖ oʻzidagi foydasiz va 
keraksiz jihatlarni inkor etish orqali ―sxolastika‖ ta‘rifini jonli madaniyat 
tarzi va ta‘sirchan soʻzga aylantirdi.
Bu ata‘maning boshqa bir jihati (sxolastik) ―shkola falsafasi‖ yoki 
―shkola ilohiyotchiligi‖ bevosita XIII asr Oʻrta asrlar maktabi va Oʻrta asrlar 
universitetlarining faoliyati bilan bogʻliq. Oʻsha zamonlardagi asosiy oʻquv 
predmeti ―etti erkin san‘at‖ (septem ark liberalis ―trivium‖ (uch yoʻl): 
grammatika, ritorika, dialektika hamda ―kvadrivium‖ (toʻrt yoʻl): arifmetika, 
geometriya, astronomiya, musiqadan iborat boʻlgan. Ilk Oʻrta asrlarda 
―kvadrila‖ fanlari qoida sifatida uncha muvaffaqiyat qozonmagan hamda past 
saviyada qayta ishlangan. Pyotr Damiya‘ning XI asrda aytilgan ―Falsafa – 
dinning choʻrisidir‖ (pxlosopxia ansilla txeologiae) degan fikridan kelib 
chiquvchi har qanday qarashni avtoritet dogmasiga boʻysundirish gʻoyasi 
butun boshli falsafiy, teologik Oʻrta asrlar ortodoksal madaniyatining asosini 
tashkil etadi. Shuningdek, sxolastlar uchun din va tafakkurning oʻzaro 


119 
munosabati va uning umumiy harakterli jihatlari ―oqilona‖ tarzda universal 
tizimga boʻysundirilgan edi.
Ushbu tizimga koʻra, yaratilgan mavjudotlar va xudo haqidagi har 
qanday bilim ikki xil munosabatga ega boʻlib, ularning biri gʻayritabiiy 
yoxud ilohiy vahiy vositasida erisxiladigan bilim boʻlsa, ikkinchisi aksincha, 
inson tafakkurining tabiiy tarzdagi betoʻxtov izlanishlari natijasida 
egallangan bilimdir. Yuqoridagi birinchi bilimning me‘yori oʻzida cherkov 
otalarining asarlari avtoriteti va ularning sharhlarini mujassam etsa, ikkinchi 
bilimning me‘yori esa, keyingi Oʻrta asr va arab mutafakkirlarining antik 
falsafiy an‘anasining vakillari Platon, ayniqsa, Aristotel asarlariga bitgan 
sharhlari hisoblanadi.
Sxolastikani ―muqaddas kitoblar va oʻgitlar‖ koʻrinishidagi falsafiy 
hamda diniy matnlarni interpritatsiyalash (sharhlash) falsafasi deyish 
mumkin. Bu ma‘noda u, bir tomondan, haqiqatga tajriba orqali olingan 
faktlarni tahlil qilish asosida intiladigan yangi davr falsafasi, shuningdek, 
ikkinchi tomondan, haqiqatga ekstaz orqali erishadigan mistika bilan keskin 
kontrast (kuchli ziddiyat) hosil qiladi. Matnlarni haqli ravishda avtoritet deya 
hisoblagan sxolastlar ulardan nafaqat u yoki bu savollarga javob topganlar, 
ayni paytda, ushbu javobsiz savollarning oʻzi aqlni yanada charxlashga 
undagan. Avtoritetlarga murojaat etish bilan barcha savollarga yechim topib 
boʻlmasligini anglash sxolastika fanini asoslashga zarurat tugʻdirdi.
Sxolastika antik falsafadan borliq oʻz asosiga koʻra ratsional, shuning 
uchun ham borliq haqidagi ratsional bilimlar imkoniy va aqlga muvofiqdir, 
degan maslakni oʻzlashtirdi. Narsalar haqidagi bilim, avvalambor, ularning 
mohiyatini va harakterli jihatlarini bildiradi. Bu harakterli jihat har bir 
narsaning ―turi‖ va ―shakli‖ni belgilaydi hamda ularni umumiy tushunchalar 
doirasiga kiritish imkonini beradi. Narsalarning mohiyatini bilishning toʻla 
imkoni mavjud, chunki mohiyat va tushunchaning strukturasi bir xil.Ular 
faqatgina joylashuv oʻrniga koʻra farq qiladi: mohiyat narsaning oʻzida, 
tushuncha esa inson aqlida jo boʻlgan. Garchand Aristotel ―ikkinchi 
mohiyat‖, ya‘ni (tur va jins) bilan ―birinchi mohiyat‖ aniq idrok etiladigan 
narsalar haqida aytsa-da, biroq Aristotelning metafizikasi toʻla ratsional 
boʻlib, bilish mumkin boʻlgan mohiyat, ya‘ni umumiy tushunchalar orqali 
qandaydir hissiy idrok etiladigan, mohiyati oʻzida mavjud boʻlmagan, aql 
bilan anglab boʻladigan narsalar koʻzda tutiladi.
Aristotelning mohiyat haqidagi ta‘limoti sxolastika doktrinasining 
oʻzagiga aylandi. Biroq u Aristotel metafizikasini qayta ishlash asosida 
yaratilib, undagi qator noaniq shakllar birinchi planga chiqadi. Bu Oʻrta asr 
teologlarining oldiga yangi, yechimtalab vazifalarni qoʻygan boʻlib, bunda 
Oʻrta asr teologloglari borliq va xudo tushunchalarini aynanlashtirarkan, 
Bibliya matnlaridagi mashhur jumla (―Xudo Musoga dedi: ―Men barcha 
narsaning mohiyatiman!‖)ga taya‘nib, xristianlik ta‘limotida ratsional 


120 
vositalar orqali xudo, olam, inson haqida oʻz qarashlarini ifoda etgan. 
Xristian inson tafakkurida xudodan yuksak narsa yoʻq, zero muqaddas 
bitikda xudo hamma narsaning mohiyati deya ta‘kidlangan.
Bu oʻrinda shuni xulosa qilish mumkinki, birinchi mutlaq prinsip – bu 
borliq. Shuning uchun borliq Oʻrta asr teologiyasining doktrinasida markaziy 
oʻrin tutadi. Umuman olganda, Oʻrta asr teologiyasi va falsafasi tom ma‘noda 
borliq haqidagi ta‘limotdir. 
Keyinchalik butun sxolastik falsafiy an‘anaga asos boʻlgan universal 
tushunchalarning mavqeini belgilash muammosi Boesiy tomonidan ―beshta 
tovush‖ yoki ―narsalarning‖ (voses, res) formal mantiq xususiyatlarini ajratib 
koʻrsatish uchun mayda detal sifatida kiritilgandi. Tushunchalarning umumiy 
jihatlari (posprodekament), masalan, ―hayvon‖ (ovqatlanishiga koʻra) 
―insondir‖; ―turlanish farqi‖ (xususiyat) ―aql‖, ―xususiy belgisi‖ (lotincha) 
―ikki oyoqli‖, ―shaxsiy belgisi‖ (lotincha) ―qirra burun‖, ―moviy koʻz‖. 
Ushbu masalada bahslarning boshlanishiga, dastlab, Porfiriyning 
mashhur ―Kirish‖ hamda Aristotelning ―Kategoriya‖ asarlarida qoʻyilgan, 
biroq javobsiz qolgan quyidagi savollar sabab boʻldi:
1. Narsalarning turi va xili alohida mavjudmi yoki ular bizning 
ongimizda mavjudmi?
2. Agar ular mustaqil holda mavjud boʻlsa, moddiy holda mavjudmi 
yoki nomoddiy holdami?
3. Ular alohida borliqqa egami yoki faqat moddiy narsalardagina 
mavjudmi?
Keyinchalik Foma Akvinskiy tomonidan aytilgan fikrga muvofiq, 
unversallar uch shaklda mavjud boʻladi: ante rem-―narsalargacha (ilohiy 
intellektda) mavjud‖, in rem-―narsalarda mavjud‖ va post rem-―narsalardan 
keyin (insonlarning ongida) mavjud‖. Oʻrta asr sxolastikasining turli 
namoyandalari ushbu masalani oʻz qarashlariga muvofiq tahlil etdilar. 
Oqibatda, Oʻrta asr sxolastikasida realizm (lotincha, res ―narsa‖), nominalizm 
(lotincha nomen ―nom‖), konseptualizm (lotincha konseptus ―tushuncha‖) 
degan uchta yoʻnalish shakllandi.
Nominalizm yoʻnalishining ta‘kidlashicha, narsalarning jinsi va turi 
faqat ongdagina mavjuddir; realizm esa substansional holda, ya‘ni mustaqil 
tarzda mavjud boʻlgan universal tushunchalarning mohiyatini tan oladi
konseptualizm nuqtayi nazariga koʻra, narsalarning jinsi va turiga oid 
tushunchalar faqat aqldagina mavjuddir, biroq reallikda ularning 
mavjudligiga nimadir muvofiq keladi, ammo ular oʻz-oʻzicha substansiya va 
aksidensiya (belgi, xususiyat) boʻla olmaydi. YUqorida sanab oʻtilgan har bir 
oqim ikki xil koʻrinishga ega boʻlgan: realizmning ―radikal‖ koʻrinishi 
(Platon qarashlaridan kelib chiqqan boʻlib), unga koʻra, faqatgina universal 
tushunchalar real, substansional, mustaqil holda mavjud (Anselm 
Kenterberiyskiy, Gilom, Petr Lombardskiy, Bonaventura va koʻplab boshqa 


121 
sxolostlarni mazkur yoʻnalish tarafdorlari sifatida koʻrsatish mumkin); 
zamirida Aristotel qarashlari yotuvchi realizmning ―moʻtadil‖ koʻrinishi 
universal tushunchalarning ahamiyati real mavjud, lekin ular substansional
mustaqil holda mavjud emas. SHuning bilan birga, ushbu tushunchalar 
individual narsalarning shakli ham deb hisoblaydi Foma Akvinskiy - bu 
yoʻnalishning asoschilaridan biri. Nominalizmning ―radikal‖ koʻrinishi 
vakillari narsalarning jinsi va turiga oid tushunchalar hech qanday 
ahamiyatga ega emasligini ta‘kidlaydi (Ioann Rasselin); ―moʻtadil‖ 
nominalizm esa bu tushunchalarni alohida narsalarning nomi deya ta‘kidlaydi 
(masalan, Uilyam Okkam). Shuningdek, Oʻrta asr konseptualizmi ham ikki 
xil koʻrinishga ega boʻlib, ularning biri realizm ta‘sirida boʻlgan boʻlsa (Duns 
Skot), ikkinchisi esa, nominalizm qarashlariga moyil edi (Per Abelyar). 
Mazkur bahslarning asoschisi Boesiy oʻzining ayrim asarlarida (―Porfiriyga 
katta sharhlar‖, ―Moʻtadil‖) realist boʻlib koʻrinsa, ba‘zi asarlarida 
(―Falsafaning yupanchi haqida‖, ―Radikal‖) nominalist kabi taassurot 
uygʻotadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish