Xodimlar, sarmoyadorlar va sheriklar shunchaki hech kimga ergashmaydilar — ular biznes va omma boshqaruvchiligiga ega bo’lgan liderlarga ergashadilar. Ular bilan kelishish uchun shaxsda ishontirish qobiliyati boʻlishi kerak
shahar zallaridagi yig’ilishlarda tashkilotingiz bilan muloqot qilganda nafaqat sizning nutqingiz tarkibi, qanday ko’rinishdaligingiz, qanday ovoz bilan gapirishingiz, balki sizning malakangiz va o’zingizga bo’lgan ishonchingiz baholanadi.
IPO shou taqdimotlarini taqdim qiladigan. Bosh direktorlar bo’yicha o’tkazilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, hatto qotib qolgan moliyaviy maslahatchilar ham raxbarlarning “qobiliyati va ishonchliligini” 30 sekund ichida baholashga qodirlar.
Dalillar shuni ko’rsatadiki, biz odamlarni xonaga kirishi bilanoq ko’zdan kechiramiz. Yoqadimi yoki yo’qmi, dastlab ko’z tashlanadigan va e’tibor tortadigan narsa — bu tashqi koʻrinishdir yani “imidj”
Taniqli Lider bosh direktor Jeyms Sitrin bir marta ish o’rinlariga nomzodlarga kompaniyadagi kiyim kodidan 25 foizga ko’proq “rasmiy” kiyinishni maslahat bergan. Yilda bir yoki ikki marta shkafingizni yangilang, sizning tanangiz turiga mos keladigan, teringizga yoki soch rangingizga mos ranglarni tanlang va eskirgan poyabzallarni kiymang.
Agar siz aqlli nutq taqdim qilishni xohlasangiz, oddiy so’zlardan foydalaning. Uzoq jumlalar va jargonlar sizni umuman aqlli nutq taqdim qilishga olib kelmaydi. Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan psixolog Daniel Kahneman “Tez va sekin o’ylash” kitobida shunday yozadi: “Agar sen aqlli bo’lishni va ishonarli hisoblanishni xohlasang, sodda til bajarishga qodir bo’lgan paytda murakkab tildan foydalanma.”
Har qanday holatda ham siz oʻzingizga ishonishingiz kerak oldin kim boʻlganingizni unutib bor diqqat eʼtiboringizni hozirgi vaziyatga qaratishingiz muhimdir.
Sizda ulashish uchun ajoyib g’oya yoki natijalar bo’lishi mumkin, ammo agar siz o’z xabaringizni ishonch bilan yetkazishga qodir bo’lmasangiz, nutqingizni kar quloqlarga yetib borishini ta’minlagan bo’lasiz. Nutqingiz kabi kuchli ko’rinish va ovozda bo’lishingiz esa sizning so’zlaringizni bevosita qabul qiluvchi auditoriya bilan ta’minlaydi.
Har qanday holatda ham oʻzingizga ishoning sizning bu ishonchingiz boshqalarga ham taʼsir qiladi va ular ham sizga ishonishni boshlashadi va siz muvaffaqiyatli kelishuvga erishasiz.
Eʼtiboringiz uchun rahmat Bu prezentatsiyani📚 📝Xamraliyev Ozodbek mustaqil tayyorladi.