Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yoʻnalishlari.
XVI–
XVII asr Evropa hayotida ulkan oʻzgarishlar asri boʻldi. Insonlarning hayot
tarzi, qadriyatlar tizimi va dunyoqarashidagi tub oʻzgarishlar falsafada
yangicha uslub va muammolarni keltirib chiqardi. Bu davrda falsafiy
tafakkur yoʻnalishlarini belgilab bergan muhim hodisalardan biri bu – fan
inqilobi edi. Ushbu inqilob N.Kopernik, I.Kepler, Tixo Brage, G.Galiley
kabi olimlarning kashfiyotlari bilan boshlanib, I.Nyutonning kashfiyotlari
bilan yakunlandi. Endilikda falsafa kechayotgan oʻzgarishlarning mohiyati
va koʻlamini qamrab olishi, hodisalar rivojini tushuntirib berishi, kishilarni
yangicha olamga olib kirishi lozim edi. Bunda insonning tabiatga, jamiyatga,
oʻz-oʻziga hamda xudoga boʻlgan munosabati mutlaqo oʻzgacha ma‘no kasb
etdi.
Dunyoqarashning yangilanishi tabiyki turli ziddiyat va qarama-
arsxiliklarga olib keldi. Eskicha an‘analarning hukmronligidan xalos boʻlish
koʻp harakat va vaqt talab qilardi. Biroq, bunga qaramay, yangicha falsafiy
yoʻnalishlarning vujudga kelishi ijtimoiy zaruratga aylandi. Yangi davr
falsafasining yirik namoyondalaridan biri – Frensis Bekon (1561–1626
yillar). Uning mashhur asarlari: ―Yangi organon‖ (1620), ―Falsafaga
raddiyalar‖ (1608), ―Yangi Atlantida‖ (1620). Bekon an‘anaviy bilish
usullarini samarasiz ekanligini tanqid qiladi va ularning sabablarini inson
tafakkuridagi toʻrtta idollarda deb koʻrsatadi, bular: ―urugʻ idoli‖, ―gʻor
idoli‖, ―bozor idoli‖, ―teatr idoli‖. Bekon inson tafakkurini turli nufuz va
bid‘atlar ta‘siridan xalos qilishni ta‘kidlaydi hamda bilishda tajribaga
asoslangan induktiv usulni ilgari suradi. Bu davrda Bekon empirizmiga
muqobil tarzda fransuz faylasufi Rene Dekartning (1596–1650 yillar),
ratsionalizmi yuzaga keldi. Uni haqli ravishda yangi davr Evropa
falsafasining asoschilaridan biri sifatida koʻrsatishadi. Xuddi Bekon kabi
Dekart falsafasining ham asosiy mohiyati, bu – bilimlarning xaqqoniyligi
muammosi edi. Ammo Bekondan farqli tarzda Dekart, tajribaga emas, bilish
jarayonining oʻziga urgʻu berdi. U matematik dalillash va analez metodiga
tayangan holda bilishning oʻziga xos toʻrtta qoidasini ajratib koʻrsatadi: 1)
toʻla ishonch hosil qilmay turib, biror narsani haqiqat oʻrnida qabul
qilmaslik; 2) oʻrganilayotgan muammoni talab qilingan darajada qismlarga
boʻlib tahlil qilish; 3) fikrning bosqichma – bosqich tarzda oddiydan
128
murakkabga qarab yoʻnalganligi; 4) muammoni oʻrganish jarayoni qat‘iy va
toʻla hisob-kitob asosida olib borilishi hamda hech bir elementni nazardan
chetda qoldirmaslik. Dekart barcha mavjud narsalarning, bir-biridan mustaqil
holda moddiy va nomoddiy substansiyalardan tashkil topganligini
ta‘kidlaydi. Moddiy substansiya‘ning atributi koʻlam, nomoddiy
substansiya‘ning atributi – aql. Bu substansiyalarni oʻz atributlari yordamida
bilish mumkin. Dekartga koʻra moddiy tabiat mexanik harakterga ega, uning
mohiyati koʻlam va harakat orqali namoyon boʻladi. Shu bois har qanday
moddiy jism mexanik qonun asosida harakatlanadi va ruhiy ibtidoga
boʻysunmaydi. Dekartning ushbu mulohazalari oʻsimlik va hayvonot
olamiga taalluqli. Insondagi aql va jism oʻrtasidagi bogʻliqlikning
murakkabligi shundaki, ularning har ikkisi ham alohida mustaqil
substansiya: aql boʻlinmas va koʻlamga ega emas, jism esa, boʻlinuvchan,
koʻlamga ega, murakkab.
Dekart falsafasining keyingi davr uchun ahamiyatli jihati, unda inson
aqlining markaziy oʻringa koʻtarilishidir. Yangi davrdagi keyingi falsafiy
qarashlar ratsionalizm va empirizmning oʻziga xos sintezi vujudga kelgunga
qadar, ushbu ikki maktabning oʻzaro qarshi kurashi sifatida namoyon boʻldi
umuman olganda ratsionalizm ham, empirizm ham oʻz mohiyatiga koʻra,
oʻrta asrlar Evropa madaniy hayotiga singib ketgan an‘analarga qarshi
kurashish natijasi oʻlaroq yuzaga keldi. Har ikkala maktab ham, insonning
aql imkoniyatlarini baholash muammolariga yechim izlashni, tom ma‘nodagi
ilm-ma‘rifatni yuzaga chiqarishni maqsad qildi. Faylasuflar nafaqat
tabiatshunoslik fanlariga diqqat qaratdi, endilikda yangi davr Evropa
kishisining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy oʻrni haqida ham yangicha qarashlar
shakilandi.
Dekartdan soʻng ratsionalizm gʻoyalari Benedikt Spinoza va Gotfrid
Leybnitslar tomonidan yanada rivojlantirildi. Benedikt (Baruh) Spinoza
(1632–1677 yillar) Niderlandiyalik faylasuf. Spinoza oʻz qarashlarini
Dekart ratsionalizmning davomchisi sifatida koʻrsatadi. Uning eng yirik
asarlaridan biri ―Etika‖ matematik dalilash metodi asosida yozilgan.
―Etika‖ning har bir qismi keltirilgan aksiomalarni ta‘riflash va teoremalarni
isbotlash bilan boshlanadi. Spinoza falsafasining asosiy tushunchalaridan biri
bu – yagona va cheksiz substansiya boʻlib, u ayni paytda xudo va tabiat
sifatida namoyon boʻladi. Dekartdan farqli ravishda Spinoza olamning ilk
ibtidosini yagona mohiyatda deb biladi va falsafiy monizm prinsipini
yoqlaydi. Substansiya koʻplab, cheksiz atributlarga ega, inson ulardan faqat
―koʻlam‖ va ―aql‖nigina anglay oladi. Har bir atribut oʻzida substansiya
mohiyatini aks ettiradi, biroq ular substansiyaga nisbatan chegaralangandir.
Oʻz navbatida har bir atribut koʻplab ―moduslarning‖ yigʻindisi sifatida
namoyon boʻladi. Aynan moduslarning namoyon boʻlish shakli tufayli biz
atributlarning alohida birligini bila olamiz. Spinozaga koʻra moddiylik va
129
nomoddiylik alohida substansiya boʻlmay, aksincha, bir mohiyatning ikki xil
shakldagi koʻrinishidir. Shu bois insonning aqlni idrok etishi jismni, jismni
idrok etishi esa aqlni bilishi deya baholanadi.
Ratsionalizmning yana bir vakillaridan biri, Olmon faylasufi,
matematik fizik olim Gotfrid Leybnits (1646–1716-yillar). U. Leybsig
universitetida matematika va fizikadan tashqari tilshunoslik, tarix hamda
huquqshunoslik fanlarini ham chuqur oʻzlashtirgan. Leybnits ham xuddi
Spinoza kabi Dekart oʻrtaga tashlagan masalalar ustida bahs yuritadi. Uni
Dekart ilgari surgan aql va jism oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik muammosi
qanoatlantirmaydi Leybnits Dekart gʻoyalarini rivojlantirish bilan bir qatorda
Spinoza va uning qarashlaridan farqli, oʻziga xos ratsionalizm tizimini
yaratadi. U karteziancha dualizmni ham, Spinozaning, xudoni borliqqa
aynanlashtirgan panteizmini ham qabul qilmaydi. ―Monadalar‖ Leybnits
falsafasining markaziy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Monadalar
boʻlinmas mohiyat boʻlib, butun borliq ularning yigʻindisidan tashkil topgan.
Monadalar alohida birlik boʻlib, oʻzaro ta‘sirga ega emas. Monadalar
quyidan yuqoriga qarab, qat‘iy ierarxik tarzda tartiblangan. Ierarxiyning
quyida joylashgan monadalar moddiy borliqni tashkil qiladi. Ierarxiyning
yuqori qismida esa nomoddiy borliqni tashkil qiluvchi monadalar joylashadi.
Natijada Leybnitsning monadalar olami xudoni ―oliy monada‖ sifatida aks
etiradi. Uning ―bizning olam tasavvurdagi olamlarning eng yaxshisidir‖
degan soʻzlar bilan ifodalanuvchi falsafiy optemistik konsepsiyasi ham
monadalarning tartiblanish gʻoyasiga asoslanadi.
Yangi davr falsafasida Bekondan keyingi empirizm maktabining
vakillari sifatida ingliz faylasuflari T.Gobs, J.Lokk, J.Berkli, D.Yum fransuz
faylasuflaridan esa, E.Kondilyak, K.Gelvetsiy, P.Golbaxlar sanab oʻtiladi.
Biz bu oʻrinda Lokk, Berkli va Yum qarashlariga toʻxtalib oʻtamiz.
Jon Lokk (1632–1704 yillar) ingliz faylasufi. Inson aql idrokining
paydo boʻlishi, uning imkoniyatlari chegaralari haqidagi gʻoyalar Lokk
falsafasining asosini tashkil etdi. Bekon kabi Lokk ham, har qanday bilim
tajribaga asoslanishi kerakligini ta‘kidlaydi. Lokk empirizmni ―tugʻma
gʻoyalar‖ konsepsiyasini ilgari suruvchi ratsionalizmga qarshi qoʻyadi. U
bilish jarayonida ―tugʻma gʻoyalar‖ konsepsiyasining ahamiyatini butunlay
inkor qiladi. ―Er yuzida butun boshli xalqlar biz bilgan xudo haqidagi
tushunchalardan xabardor emas, bolalar, aqli zaiflar esa, mantiq qoidalarini
deyarli bilmaydi. Xoʻsh, u holda tugʻma gʻoyalarning mavjudligini qanday
isbotlash mumkin. Insonda tugʻma gʻoyalar emas, bilish imkoniyati mavjud,
ammo bu konsepsiya‘ning paradoks jihati shundaki, inson oʻzidagi mavjud
bu gʻoyalarni oʻzi bilmaydi‖ deya ta‘kidlaydi Lokk. Ratsionalizmga qarshi
oʻlaroq Lokk, inson aqlini toza qogʻozga oʻxshatadi: undagi bilimlar faqat
tajriba asosidagina toʻplanadi. Lokkk qarashlariga koʻra falsafaning asosiy
metodi tajribaga taya‘nishi kerak.
130
Ingliz empirizmining yana bir vakillaridan biri Djordj Berkli
empirizm gʻoyalarini Lokk qarashlaridan farqli, oʻziga xos tarzda talqin
qiladi. Berkli Lokk taklif qilgan birlamchi va ikkilamchi sifatlarni empirik
yoʻl bilan ajratib boʻlmasligini ta‘kidlaydi. Bizning sezgilarimizdan
tashqaridagi moddiy jismlarni bilish empirizmning imkoniyati doirasida
emas, biz faqat kombinatsiyaga kirisha oladigan mavjud narsalarni, ya‘ni
sezgilarimizniing kompleksinigina bila olamiz. Berklining ushbu qarashlari
faqat seziladigan narsalargina mavjud degan xulosani keltirib chiqaradi.
Unga koʻra olam hissiz, ta‘msiz, hidsiz, rangsiz substansiyalardangina
iborat, ularni hissiy sezgilarimiz yordamida bilamiz. Berklining bu qarashlari
keyinchalik mexanik materializm gʻoyalarining vujudga kelishiga imkon
yaratdi.
Ingliz empirizmining yana bir yirik namoyondalaridan biri, David
Yum. Uning nomi mumtoz falsafada empirizmning mantiqiy imkoniyatlarini
tugatilishi bilan bogʻliq. Yum oʻz e‘tiborini Lokk taklif qilgan
empirizmning chuqur tahlil qilishga qaratadi. Keyinchalik Yumning
izdoshlari uni tanqid qilarkanlar oʻzlari, tajribada oʻrnatilgan qat‘iy
chegaraga amal qilmadilar. Ular ilgari surgan empirizm metafizikaga, yoki
Berkli nazarda tutgan materialistik spiritualizmga aylanib ketdi. Yumga
koʻra ayni shu jihat Lokk empirizmining asosiy kamchiligi edi. Yum Lokk
empirizmining metafizikaga aylanib ketishiga sabab qilib, tajribada
oʻrganilishga imkoni boʻlmagan ikki tushunchani, ya‘ni sababiylik va
substansiya tushunchalarini keltiradi.
Sababiylikni empirizmning prinsiplariga asoslangan holda, moddiy va
ruhiy olam hodisalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni keltirib chiqaruvchi
tushuncha sifatida tadqiqot doirasidan olib tashlash lozim. Sababiylikka
bogʻliq tajriba – muayyan vaqtdagi biror hodisalarning ketma-ketliginigina
oʻrganadi, u aynan bir hodisa ikkinchisini yaratishini toʻla isbotlab bera
olmaydi. Shu bois sababiylik obyektiv emas, sof subyektiv holat boʻlib,
tafakkur yuritishning odatlanib qolgan shaklidir. Aynan shu odatlanish shakli
narsa va hodisalar oʻrtasidagi mantiqiy bogʻliqlik zarurati haqidagi yolgʻon
illyuziyalarni keltirib chiqaradi, tajribada esa, bu bogʻliqlikni isbotlab
boʻlmaydi. Yumning inson aqlining imkoniyatlariga nisbatan skeptitsizmi,
asosan, metofizik qarashlarga qaratilgan edi. U Nyuton fizikasini yoqlarkan,
faqat tajriba natijasida egallangan bilimlargina qadr-qiymatga ega ekanligini
ta‘kidlaydi.
XVIII asrda Evropada yuzaga kelgan ijtimoiy-falsafiy qarashlar
ma‘rifatparvarlik falsafasi sifatida keng tarqaldi. Fransiyada ma‘rifatparvarlik
keng ijtimoiy, madaniy, siyosiy harakat sifatida XVIII asrning oʻrtalarida
vujudga keldi, hamda mutlaq manarxiya oqibatida yuzaga kelgan inqirozlar
bois
1774–1789-yillarda
burjua
inqilobi
va
1793–1794-yildagi
yakonbinchilarning diktaturasi oqibatida oʻzining eng yuqori choʻqqisiga
131
koʻtarildi. Bu davr faylasuflarining gʻoyalaridagi xilma-xillikka qaramay,
ularni insoniyat taraqqiyoti markaziga ilm- ma‘rifatni qoʻyish, ratsionalizm
kabi tendensiyalar birlashtirib turardi. Fransuz faylasuflaridan biri Gelvetsiy
aytadi: ―insoniyatning barcha musibatlarining asosiy sababchisi bu
joxillikdir‖ (sm 23, 278).
Inson ofat va musibatlardan faqat ilm-ma‘rifat yordami bilangina xalos
boʻla oladi. insonning mayogʻi boʻlgan aqlda ham ―yashirin, uzluksiz
inqiloblar‖ yuz beradi hamda joxillik barham topa boshlaydi.
Ma‘rifatparvarlik dunyoqarashining asosiy xususiyatlaridan biri bu
ratsionalizm boʻlib, unga koʻra tabiyat va tafakkur qonuniyatlari oʻzaro
aynanlashtiriladi. Ushbu tamoyil qisman Dekart ratsionalizmiga asoslangan,
hamda u keyinchalik Gegel panlogizmida ham oʻz aksini topadi. Ammo
Dekart, Gegel va ma‘rifatparvarlarning ratsionalizmining umumiy jihati
shundaki, unga koʻra mexanikaning sodda, mantiqiy qonuniyatlari borliqning
umumiy, yaxlit qonuniyatlariga muvofiq keladi. Oldingi asrlardanoq etakchi
fanga aylanib ulgurgan mexanika astranomiya, matematika bilan qoʻsxilgan
holda oʻsha davrdagi ilgʻor faylasuflarning asosiy mashgʻulotiga aylandi.
Mexanika, matematika va mantiq uchligi XVIII asr ratsionalizmining asosi
sifatida e‘tirof etildi.
Gobbsga koʻra jamiyat mexanika qonuniyatlarining ijtimoiy hayotdagi
mahsuli sifatida baholanadi. Golbax esa tabiat qonunlarini insoniyat
tafakkurining muallimi va mezoni deya talqin qiladi. Joxillik, omilik nafaqat
illat sifatida, balki tabiat, jamiyat taraqiyotiga gʻov, toʻsiq deya qoralanadi.
Biroq deistlar ham materialistlar ham bu borada turlicha yondashuvga ega.
Ularning biri uchun olam tartiboti yaratuvchining irodasi bilan boʻlsa,
ikkinchi tomon uchun esa, borliqdagi tartibot tabiat qonunlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
Ushbu konsepsiya: birinchidan inson oliy tafakkur in‘om etgan aqlga
koʻra borliqni anglaydi, degan qarashni oʻzida aks etiradi. Spinoza bu
konsepsiya‘ni moddiy substansiya sifatida talqin qilgandi. XVIII asr
ma‘rifatparvarlarining xulosalariga muvofiq esa, olam oqilona strukturaga
koʻra yaralgan boʻlib, tabiat va tafakkur qonunlari aynandir. Tabiat va
jamiyatdagi kauzal, tasodifiy hodisalar ham mantiqiy asosga ega. Demak
olamni nafaqat aql yordamida mutlaq bilish, balki uni intuitiv his qilish ham
tan olinadi.
XVII asr ratsionalistlaridan farqli oʻlaroq fransuz ma‘rifatpar-
varlarining qarashlarida tafakkurdan tabiatga qarab emas, aksincha tabiatdan
tafakkurga qarab rivojlanish kuzatiladi. Bu borada Didro va Gelvetsiyning
qarashlari sensualizmni inkor qilmaydi. Inson tabiat tomonidan unga berilgan
sezgi organlari yordamida borliqni anglaydi. Shu bois u tabiatdan oʻrnak
olmogʻi kerak. Bu harakat esa tom ma‘nodagi donishmandlik sanaladi.
Tabiatning oʻzi aqlli emas, biroq u aqlli mavjudotlarni yaratadi. ―Falsafiy
132
qarashlarga qoʻshimchalar‖ asarida Didro diniy e‘tiqod va tabiat oqilonaligi
bir-biriga muvofiq kelmaydi, chunki tabiat jonli emas, biroq u oqilona
tartibotga ega: insonning baxtli boʻlishga intilishi tabiat qonunlariga muvofiq
keladi deya ta‘kidlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan shuni kuzatish mumkinki, tabiat qonunlarini
huquqiy darajasigacha koʻtarish tendensiyasi kuzatiladi. Boshqacha qilib
aytganda, ma‘rifatparvarlar tabiiy, adolatli, ratsional qonunlarni yaratish
gʻoyasini ilgari surishadi. Bu gʻoyalar oʻzida naturalistik orientatsiyaga
tayangan, gnoseologik optimizmni ifoda etadi. Hatto Volter hamda
Russoning ilm-m‘arifatni sof nazariy aql mahsuli ekanini ta‘kidlovchi deistik
qarashlari ham, ma‘rifatparvarlik gʻoyalarining yaxlitligiga putur etkazmaydi.
Tanqidiy ruhdagi ma‘rifatparvarlik gʻoyalari garchand XVIII asr
oʻrtalarida
Fransiyadagi
inqilobiy
hayotga
muvofiq
kelmasada,
ma‘rifatparvarlar ratsionallikka asoslangan oʻz qarashlarini kun kelib,
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida yuzaga chiqishiga ishonganlar.
Mohiyatan olib qaraganda ma‘rifatparvarlik falsafasi, asosan,siyosiy
gʻoyalarni oʻzida aks ettirib, oʻz davrining ijtimoiy hodisalariga tanqidiy
nuqtayi nazardan baho berarkan, ushbu inqirozlardan faqat ilm-ma‘rifat yoʻli
bilangina xalos boʻlish mumkinligini ta‘kidlashadi.Avvalambor ushbu
qarashlar tasavvurda qotib qolgan spekulyativ,dogmatik metofizikaga ham
qaratilgan edi. Xususan, Didro, Volter, Gelvetsiyning antispekulyativ
sensualizmi oʻzidan oldingi davrdagi ratsionalistik qarashlardan birmuncha
farq qiladi. ayniiqsa, bu borada Lokk, shuningdek Nyuton mexanikasining
ta‘siri ancha sezilarli. Oʻsha davrda ijtimoiy hayot hamda tafakkurda yuz
bergan inqiloblar falsafiy dunyoqarashni mutloq boshqa oʻzanga burib
yubordi. Xususan bu davrda diniy mutaassiblikka qarshi oʻlaroq, falsafada
materialistik yondashuvlar etakchi oʻringa koʻtarildi. ayniiqsa Didro, Golbax
kabi faylasuflarning qarashlari oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Masalan,
Golbax: ―materiya va harakatning yaxlitligi olamning paydo boʻlishidan
koʻra, kishilik jamiyatining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan…‖, – deb
yozadi. Bir soʻz bilan aytganda ma‘rifatparvarlar kishilik jamiyati va ilm-fan
taraqqiyotini yoqlaydilar, biroq bu taraqqiyot ayrim biologik elementlarni
hisobga olmaganda sof mexanik ahamiyat kasb etadi. Ular Nyuton
mexanikasini olamning hamma hududiga mutlaq, birdek ta‘sir oʻtkazadigan
tabiiy va ijtimoiy borliqning fundamental asosi haqidagi yakuni-xulosa
sifatida talqin qiladilar. Masalan, ma‘rifatparvar faylasuflardan biri Lametri:
―ijtimoiy munosabatlar bu axloqiy munosabatlardir, axloq esa, Nyuton
mexanikasining uzviy davomi. U organizmlar munosabatidan koʻra, ijtimoiy
munosabatlarga koʻproq muvofiq keladi‖, deya uqtiradi.
XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshlari Germaniyada dastlab
adabiyot san‘at, keyinchalik esa ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan bir
qatorda falsafiy qarashlar keng taraqqiy etdi. Ijtimoiy boshboshdoqlikka
133
barham berish istagi hamda oʻzgarishlarga moyillik Germaniya jamiyatida
oʻziga xos yangicha madaniyatni taraqqiy ettirishga imkon beruvchi
barqaror ma‘naviy muhitni yaratdi. an‘analar, diniy qadriyatlarga sodiqlik
ruhiga qaramay , xurfikrlilik, ma‘rifatparvarlik kabi gʻoyalar olmon
jamiyatining ijtimoiy hayotiga kirib bordi. Madaniy gʻoyaviy oʻzgarishlar
Gete, Sxiller, Lessing, Kant kabi shoir va faylasuflarning ijodida aks etdi. Bu
ma‘noda olmon mumtoz falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kantning
(1724–1804-yillar), gʻoyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kant falsafasi ma‘rifatparvarlik gʻoyalarining tanqidi va yakuni
sifatida baholanadi. Kantning falsafa tarixidagi oʻrni XIX–XX asrlardagi
falsafiy qarashlar aynan uning gʻoyalari asosida rivojlanganligi bilan ham
ahamiyatli sanaladi. Kantning ijodi shartli ravishda ikki bosqichga:
tanqidgacha va tanqidiy davrlarga boʻlib oʻrganiladi. Tanqidiy davrgacha
boʻlgan bosqichda Kant ijodi tabiiy ilmiy va naturfalsafiy harakterga ega.
Aynan shu bosqichda uning ―Osmonning umumiy, tabiiy tarixi va nazariyasi‖
nomli traktati yoziladi. Ushbu traktatda bayon qilingan nazariyalar
keyinchalik Kant va Laplas nazariyasi sifatida shuhrat qozonadi. Kant
ijodining ikkinchi bosqichini tanqidiy deya nomlanishi, uning, falsafaning
vazifasiga nisbatan yangicha yondashuvni ilgari surishi bilan izohlanadi.
Faylasuf har qanday dogmatik qarashni tanqidiy baholashi lozimligini
ta‘kidlaydi. Kant oʻzidan oldin qarama- qarshi pozitsiyada boʻlgan
ratsionalizm va empirizm gʻoyalarini oʻziga xos tarzda sintez qildi. U har
ikkala yoʻnalishning oʻzi ijobiy deb bilgan tomonlarini birlashtirib, keraksiz
jihatlarini rad etdi. U empiriklarning aql tajribaga tayanishi kerak, degan
mulohazalarini yoqlaydi, lekin ularning inson aqli dastavval oq qogʻozga
oʻxshatilishini inkor qiladi. Kant ratsionalistlarning ―tugʻma gʻoyalar‖
haqidagi qarashlarini ham tanqid qiladi. U tugʻma gʻoyalar oʻrniga, aprior
bilimlar tushunchasini qoʻllaydi. Aprior bilimlar oʻziga xos tafakkur va
mushohada shakli boʻlib, ular obyektga emas, subyektga tegishli. Ular
hissiy idrok va aqliy bilish strukturasiga mos harakterga ega. Aprior bilimlar
hech qachon ―narsa oʻzida‖da mavjud emas. Shu sabab ham ular ―tugʻma
gʻoyalar‖ boʻla olmaydi.
Kantning qarashlari oʻzidan keyingi Evropa, ayniqsa Olmon falsafasiga
katta ta‘sir koʻrsatdi. Kantning izdoshlari u koʻtargan muammolarni yanada
aniqroq bayon qilishga uning kamchiliklarini izohlashga harakat qildilar.
Bunga misol tariqasida I. Fixtening (1762– 1814-yillar) qarashlarini keltirib
oʻta‘miz. Uning 1792-yilda e‘lon qilingan ―Har qanday vahiyning tanqidi‖
ocherki Kantning ―Sof aqlning tanqidi‖ nomli asaridan ta‘sirlanib yozildi.
Fixtening mazkur ocherkini Kantning oʻzi e‘tirof etadi.
Kantning aprior bilimlar shakliga ega boʻlgan transsendental subyekt
gʻoyasi falsafaning borliq haqidagi nazariyalarini ong ontologiyasi sifatida
baholashga imkon yaratdi Fixte Kant falsafasining aynan shu tomoniga
134
e‘tibor qaratdi. U Kant metafizikasida uchraydigan dualistik elementlarni
tanqid qiladi va ―narsa oʻzida‖ gʻoyasini qabul qilmaydi. Fixte Kant
metofizikasini dialektik yoʻl bilan tahlil qilishga urunadi. Keyinchalik bu
urunish Shelling va Gegel tomonidan tanqidga uchraydi.
Fridrix Shelling (1775–1854-yilllar) olmon idealistik maktabi
vakillaridan biri. Leybsik universitetida tabiiy fanlar va falsafadan ta‘lim
oladi. 1800 yilda e‘lon qilingan ―transsendental idealizmning tizimi‖ nomli
asari unga katta shuhrat keltiradi. Shelling tabiat va ruh aynanligi prinsipiga
tayanadi. Unga koʻra tabiat ham, ruh ham mutloqlik, yoki xudoning turlicha
namoyon boʻlish shaklidir. Shelling falsafasi Kantning transsendentlik
haqidagi qarashlari bilan sugʻorilgan, Bruno va Spinoza panteizmining qayta
ishlangan shakli edi. Tabiat va ruhning aynanligi azaldan mavjud boʻlib, u
bizning sezgilarimizga koʻra farqlidir. Bizga namoyon boʻlayotgan reallik va
ideallik bir xil mohiyatga ega. Shelling falsafasidagi tabiat va san‘at,
naturfalsafa va falsafaning gʻoyat yaqinligi zamondoshlari, ayniqsa F.Gegel
tomonidan adabiyot va fan funksiyalarini chalkashtirilishi sifatida tanqid
qilindi.
Georg
Vilgelm
Fridrix
Gegel
(1770–1831-yillar)
Tyubingen
universitetining ilohiyotshunoslik fakultetida ta‘lim olgan. U Shelling bayon
etishga urungan mutloq ruhning san‘atda namoyon boʻlishi gʻoyasiga
tayangan real va ideallikning aynanlik prinsipini tanqid qilib, san‘at
modelining oʻrniga fan modelini qoʻllaydi hamda mutloq ruhning namoyon
boʻlishini mantiqiy jarayon sifatida koʻrsatadi. Haqiqat mavjud boʻlgan
haqiqiy shakl faqat fandagina namoyon boʻladi. Ushbu qarashlar Gegelga
inson ongining barcha sohalarini qamrab oladigan ulkan falsafiy tizim
yaratishga imkon berdi. Klassik e‘tiqod shakllarini falsafaning ta‘riflash
predmetiga ajratarkan Gegel, uning mantiqiy harakatini mutloq ruhga
muvofiqligini koʻrsatadi. Narsalar oʻz asosiga koʻra fikrdir, ya‘ni barcha
mavjid narsalar aqlga muvofiqdir, barcha aqlga muvofiq narsalar mavjuddir,
yoki boshqaa qilib aytganda gʻoya bu haqiqatdir, barcha haqiqatlar esa,
gʻoyadir. Mutloq ruh namoyon boʻlishining har bir bosqichi oʻziga xos
mazmunga ega, san‘at ham, din ham uni toʻla aks ettira olmaydi, faqat sof
aqldagina u toʻla namoyon boʻladi.
Insoniyat tarixini katta koʻlamda tizimli talqin etilishi Evropa
madaniy hayotiga beqiyos ta‘sir koʻrsatdi. Shuning bilan bir qatorda ,
oʻzida ratsionalizm prinsiplari, subyekt va obyektning oʻzaro qarama-qarshi
konsepsiyalarini mujassamlashtirgan Gegel ta‘limoti Evropa mumtoz
falsafasining yakunlovchi bosqichi ham edi. Gegel qarashlarining tanqidi
Evropada oʻziga xos noklassik falsafiy yoʻnalishlarni yuzaga chiqardi.
Gegel gʻoyalari katta mavqeyga ega boʻlgan davrlardayoq unga
tarafdor boʻlmagan, qarashlarini keskin tanqid qilgan faylasuflar paydo
boʻldi. Bular olmon faylasufi Artur Shopengauer va Daniyalik faylasuf
135
Seren Kerkigor edi. Ularning ilgari surgan gʻoyalari mumtoz falsafaning
prinsiplaridan tubdan farq qilib, unda inson borligʻining mohiyati, uning
olamdagi oʻrni, oʻlim va hayot, inson hayotining ma‘nosi kabi muammolar
oʻrtaga tashlandi va Evropada keyinchalik bu yoʻnalish postklassik falsafa
nomi bilan keng tarqaldi.
Shopengauer (1788–1860-yillar) olmon faylasufi. Shopengauer
Evropada keng yoyilgan zamonaviy falsafaning asoschilaridan biri sanaladi.
1818-yilda uning mashhur asari ―Olam iroda va tasavvur sifatida‖ nomli
asari yoziladi. Shopengauerning nuqtayi nazaricha olam insonga iroda va
tasavvur sifatida namoyon boʻladi. Iroda bu – Kant nazarda tutgan ―narsa
oʻzida boʻlib‖, u borliqning azaliy ibtidosidir. Oʻz tabiatiga koʻra qandaydir
kosmik, biologik kuch tasavvur sifatida olam insonning ongida aks etadi,
oqibatda zamon, makon, subyekt obyekt alohida narsalarning turfa xiligi
hamda ular oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishlar vujudga keladi. Bularning bari
inson aqli, idroki oʻz aprior shakliga koʻra shunday yaratilgan. Bu olamda
inson mutloq irodaning ixtiyoridadir, u borliq qonunlarini anglashi, unga
moslashib yashashi uchun insonga intelekt bergan. Insoning hayoti,
mavjudligi qanchalik bema‘no boʻlmasin, mutloq iroda uni yashashga
majbur qiladi. Shopengauer yangi davr falsafasiga birinchilardan boʻlib
pessimizm ruhini olib kiradi, biroq, XIX asrning birinchi yarmida avj olgan
iqtisodiy, madaniy, ta‘lim sohalaridagi taraqiyot bois uning gʻoyalariga
etarlicha e‘tibor berilmaydi.
Seren
Kerkigor
(1813–1855-yillar)
daniyalik
faylasuf,
xuddi
Shopengauer kabi uning qarashlari ham oʻz davrida e‘tirof etilmagan. U
oʻzining ―Yoki yoki‖ asarida inson shaxsiyati bosib oʻtishi lozim boʻlgan
uch bosqich: estetik, axloqiy va diniy bosqichlarni koʻrsatadi. Estetik
bosqichda inson hissiy va jismoniy lazzat va farogʻat uchun yashaydi. Bu
ma‘noda u hayvonga, yana ham aniqroq qilib qaytganda aldov va yolgʻonlar
bilan ovunadigan bolaga oʻxshaydi. Kerkegorning fikricha aksariyat kishilar
hayotlari davomida bu bosqichdan chiqib ketolmaydilar. Axloqiy bosqichda
inson oʻzining nafaqat jismdan, balki ruhdan ham iborat ekanligini anglaydi.
Bu bosqichda u umidsizlik va a‘zob chekadi, zotan umidsizlik, inson
mohiyatini anglashda zaruratdir. Inson kamoloti uchun axloqiy bosqichning
oʻzi etarli emas, u e‘tiqod bosqichida umidsizlikni keltirib chiqargan zarurat
bilan kurashadi va oʻzi uchun imkoniyat topadi. Kerkegorga koʻra faqat chin
ma‘nodagi e‘tiqodgina insonni umidsizlik va a‘zob uqubatdan qutqaradi.
Shopengauer qarashlari ta‘sirida shakllangan yana bir yirik
faylasuflardan biri Fridrix Nitsshe (1844–1900-yillar) uning asosiy asarlari:
―Fojianing
musiqa
ruhidan
yaralishi‖,
―Quvnoq
fan‖,
―Axloq
gnoseologiyasi‖, ―Zardusht shunday degandi‖.
U oʻzining ―Fojianing musiqa ruhidan yaralishi ― asarida qadimgi
Yunon madaniyatini tahlil qilarkan, unda ikki ma‘bud, Apollon va Dionis
136
kulti oʻzaro qarama-qarsxilikda boʻlganligini aytadi. U ratsional, tizimli
tartiblangan bilim ramzi sifatida Apollonni, irratsional, mistik bilimlar ramzi
sifatida Dionisni koʻrsatadi. Nitsshining fikricha,fojiaviylik Dionis ruhidan
yaraladi. Fojiaviylik, irratsionallik har qanday san‘atning oʻzagi hisoblanadi.
Nitsshe Evropa madaniyati inqirozini ratsionallikni hayoti instinktlar,
irotsionallik, mistika ustidan qozongan gʻalabasi natijasida deb biladi.
Nitsshe falsafasida koʻtarilgan yana bir muammolardan biri, inson mohiyati
muammosidir. U xristianlik dinining gʻoyalarini, shuningdek sotsializm va
demokratiya‘ni ham keskin tanqid qiladi. Nitsshening fikricha aynan shu
gʻoyalar hech narsaga qodir boʻlmagan, shaxsiz olomonning manfatlariga
xizmat qiladi. Insoniyat hali ham hayvonlik holatidan yuqoriga
koʻtarilmagan, undan faqat ayrim faylasuflar, avliyolar va ijodkorlar xalos
boʻlganlar. Buning uchun insoniyat ming yillardan buyon oʻrnatilgan
qadriyatlar tizimini oʻzgartirishi, ularni qayta baholashi lozim, deya
ta‘kidlaydi Nitsshe.
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida tabiatshunoslik fanlarining
nazariy taraqqiyoti natijasida, Spinoza va Feyerbaxning spekulyativ
materializmi hamda Gegel, Fixte, Shellingning idealizmi jamiyat rivoji va
fan sohalaridagi oʻzgarishlarni toʻla tushuntirib bera olmadi.
XVI–XVII asr Evropa hayotida ulkan oʻzgarishlar asri boʻldi.
Insonlarning hayot tarzi, qadriyatlar tizimi va dunyoqarashidagi tub
oʻzgarishlar falsafada yangicha uslub va muammolarni keltirib chiqardi.
Bu davrda falsafiy tafakkur yoʻnalishlarini belgilab bergan muhim
hodisalardan biri, bu - fan inqilobi edi. Ushbu inqilob N. Kopernik, I.
Kepler, Tixo Brage, G. Galiley kabi olimlarning kashfiyotlari bilan
boshlanib, I. Nyutoning kashfiyotlari bilan yakunlandi. Endilikda falsafa
kechayotgan oʻzgarishlarning mohiyati va koʻlamini qamrab olishi,
hodisalar rivojini tushuntirib berishi, kishilarni yangicha olamga olib kirishi
lozim edi. Bunda insoning tabiatga, jamiyatga, oʻz oʻziga hamda xudoga
boʻlgan munosabati mutlaqo oʻzgacha ma‘no kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |