1- mavzu. Ma'lumotlar bazalarida makroslardan foydalanish
R e j a
Makroslar yaratish
Makroslardan foydalanish
Tayanch iboralar: makroslar, modullar, modullar sinfi, protsedura, vba.
savolning bayoni.
Accessning yana bir imkoniyatlaridan biri makroslar va modullardir. Bu ob’ektlar yordamida Accessda ishlash yana ham osonlashadi. Ayniqsa, Accessni bilmagan foydalanuvchilar uchun makros va modullarning ahamiyati juda katta.
Programmalash tillaridan boxabar foydalanuvchilar har bir buyruq ma’lum bir amalni bajarishini biladi. Masalan, qo’shish, ko’paytirish va h.k. ammo shunday buyruqlarham mavjudki, ular bir qancha oddiy buyruqlarni o’z ichiga oladi. Masalan, chop etish, kiritish va h.k. bunday buyruqlar, odatda, makrokomandalar deb ataladi.
Makrokomanda – makrosning asosiy komponenti bo’lib, mustaqil yoki boshqa makrobuyruqlar kombinatsiyasi bilan makrosda bajariladigan harakatlarni aniqlovchi yopiq ko’rsatmalardan iborat.
Makroslar esa bir nechta makrokamandalarni birlashtiradi. Accessda makroslar biror hodisaning ruy berishiga karab ma’lum bir ishlar ketma –ketligini bajaradi.
Hodisa – obekt ustida yoki obektda kechuvchi aniq xarakatdan iboratdir. Access sichkoncha tugmasining bosilishi, ma’lumotlarning o’zgarishi, formalarning ochilishi yoki yopilishi kabi kuplab turli hodisalarga javob beradi. Odatda, hodisa foydalanuvchining xarakati natijasida paydo buladi. Hodisa ruy berganda biror formaning yopilishi (birinchi makrokamanda ) boshka bir formaning ochilishi (ikkinchi makrokamanda) yoki hisobotning ochilishi va undagi ma’lumotlarni chop etilishi amalga oshirishi mumkin. Accessda makroslarga knopkalar mos kuyiladi. Biror knopkaning bosilishi aniq bir makrosning bajarilishini ta’minlaydi.Formalarga Yangi elementlar kiritishda knopkalar bilan tanishganmiz. Esingizda bulsa xar bir knopkani bosilishi ma’lum bir ishning (masalan, formani ochish yoki yopish va x.k) amalga oshirilar edi. Demak, shu joyda ma’lum bir makros bajarilgan.
Makroslar tez-tez bajariladigan masalalarni avtomatlashtirish uchun foydali buladi.Masalan, foydalanuvchi tugmani bosishi bilan xisobatni chop etadigan makrosni ishga tushirish mumkin.
Makros makrokamandalar ketma-ketligida tuzilgan makros yoki makroslar guruhi bulishi xam mumkin. Ayrim masalalarni echishda makrosdagi ayrim makrokamadalar bajarilmasligi xam mumkin. Makrokamandaning bajarish yoki bajarilmasligini ta’minlash uchun shartli ifodalardan foydalanish kerak.
Shartli ifoda –bu shunday ifodaki, uning qiymatini Access tekshirishda va ko’rsatilgan qiymat bilan solishtiradi, masalan, If … The va Select Case ko’rsatmalarida. Agar solishtirish shartlari bajarilishi , bir yoki bir necha operattsiyasilar bajariladi. Agar shart bajarilmasa, shartli konstruktsiyaaga kiritilgan operattsialar o’tkazib yuboriladi va keyinga ko’rsatmalarga o’tiladi. Shartli ifodalardan makroslarda va Visual Basic dasturlariga foydalaniladi.
Ma’lumotlar omborining dastlabki oynasi sodalligi va tushunarligi bilan ajralib turadi. Undagi oltita ilova, dastur ishlaydigan oltita obеktni tasvirlaydi. Bular «Таблицы» (jadvallar), «Запросы» (so`rovlar), «Формы» (shakllar), «Отчеты» (hisobotlar), «Макросы» (makrosslar), «Модулы»(modullar).
Ularning har biri haqida qisqacha to`xtalib o`tamiz:
Таблицы (Jadvallar) – MB ning asosiy ob’ekti bo’lib, ularda ma’lumotlar saqlanadi.
Запросы (So’rovlar) – MB ning qayta ishlovchi maxsus tizimi bo’lib, so’rovlar yordamida ma’lumotlarni tartiblash, filtrlash, ajratish, o’zgartirish, birlashtirish kabi amallarni bajarish mumkin.
Формаы (Formalar, Shakllar) – ma’lum berilganlarni kiritish va ko’rish uchun tuzilgan ob’ekt bo’lib, ularga kiritilgan ma’lumotlar avtomatik ravishda MB ning jadvallariga kiritiladi.
Отчёты (Hisobotlar) – shakllarga o’xshash tuzilishga ega bo’lib, asosan hisobotlarni printerga ham yo’llash uchun ishlatiladi.
Страницы (Sahifalar) – bu bo’lim Office dasturlarining 2000 dan yuqori versiyalarida mavjud bo’lib, unda ma’lumotlarga murojaat qilish sahifasi maxsus ko’rinishdagi Web sahifa bo’lib, Internetdagi ma’lumotlarni ko’rish va unda ishlash imkoniyatini yaratadi.
Макросы (Makroslar) – bu bo’limda makrobuyruqlar joylashgan bo’lib, baza bilan ishlashda biror amal qayta-qayta takrorlansa, ularni bir makrosga yozib, biror tugmachalar majmuiga yuklab qo’yish mumkin.
2-savolning bayoni.
Modul- bitta programmaga jamlangan Visual Basic tilidagi satrlar va protseduralar to’plamidir. Moddalarning ikkita asosiy turlari mavjud: moddalar sinfi va standart modullar . Moduldagi har bir protsedura –protsedura funktsiya (function) yoki protsedura (sub) bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |