Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Oʻrta asrlar Evropasida Uygʻonish davri va falsafiy tafakkurning



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Oʻrta asrlar Evropasida Uygʻonish davri va falsafiy tafakkurning 
rivojlanish xususiyatlari.
Ba‘zida ―Uygʻonish davri‖ ata‘masi keng ma‘noda uzoq muddat davom 
etgan ma‘naviy va ijodiy turgʻunlikning oʻrniga keluvchi tez, intensiv 
madaniy rivojlanish ma‘nosida tushuniladi. VIII-IX asrlardagi Karolinglar 
Renessansi, Evropada shaharlar taraqqiyoti bilan bogʻliq ravishda roʻy 
bergan XII asr Renessansi, shuningdek, gruzin, eron, arman, arab, hind, xitoy 
Renessansi haqida soʻz borganda atama ayni keng ma‘nosida qoʻllaniladi 
deyish mumkin. Tor ma‘noda esa XIV asrda Shimoliy Italiyada boshlanib, 
XVI asrda Gʻarbiy Evropaning kattagina qismiga yoyilgan hamda Antik 
madaniyat ideallari va qadriyatlarining qayta ―uygʻonishi‖, qayta qadr topishi 
bilan tavsiflanuvchi davr tushuniladi. ―Uygʻonish davri‖ atamasi xuddi 
―Oʻrta asrlar‖ kategoriyasi singari nafaqat xronologik, balki ma‘naviy 
mazmunga ham ega. Mazkur davrni ―Oʻrta asrlar‖dan ham, ―Yangi davr‖dan 
ham ajratib turadigan aniq chegarani belgilash imkonini beruvchi uning 
oʻziga xos jihati koʻproq ma‘naviy hayot sohasida namoyon boʻladi. Agar 
ushbu oʻziga xoslik koʻzdan qochirilsa, ―Uygʻonish davri‖ni yo ―Oʻrta 


124 
asrlar‖, yo ―Yangi davr‖ning qismi sifatida olib qarash yoki boʻlmasa, 
ularning oʻzaro almashinuv paytidagi nomustaqil davr oʻlaroq baholashga 
toʻgʻri keladi.
Har qanday hayot voqe‘ligiga mutlaqning majozi namoyon boʻlish 
shakli oʻlaroq qarash bu davrning eng asosiy ma‘naviy xususiyati sanaladi. 
Oʻrta asrlarda xudo ayro holda, yangi davrda olam xudodan alohida tasavvur 
qilindi. Uygʻonish davrida esa xudo va olam munosabatlari Foma Akvinskiy 
tushuntirganidek, ―oqibatdan sababga‖ yoʻnaltirilgan tarzda emas, aksincha, 
obrazdan proobrazga, majozdan ma‘noga, hodisadan mohiyatga tomon 
yoʻnalgan tarzda talqin etildi. Bruno va Kampanella hayotlariga oʻlim xatari 
tahdid qilgan kezlarda ham, hatto qiynoqlar ostida jon taslim qilganlarida 
ham oʻzlarining haqiqatga nisbatan shaxsiy qarashlari va borliqni ilmiy bilish 
borasidagi huquqlari uchun emas, insonning, olam va undagi narsalarning 
ilohiy qadr-qimmati uchun kurashganlar. Ular bu qarashni nafaqat 
inkvizitsiya, balki tabiatdan yaxlit, toʻlaligicha iste‘mol qilish tarafdori 
boʻlgan endigina etishib kelayotgan korchalon tadbirkorlar oldida ham qat‘iy 
turib himoya qilganlar. Uygʻonish davrida roʻy bergan tabiatga 
munosabatning oʻzgarishi Nikolay Kuzanskiyning: ―Olam – markazi hamma 
joyda, chegarasi esa hech qaerda boʻlmagan sfera (soha) dir‖, degan 
soʻzlarida yaqqol ifodasini topadi. Garchi mazkur ta‘kid Neoplatonizmni 
yuzaga keltirgan boʻlsa ham, uni uygʻonish davriga yaqin deyish mumkin. 
Oʻrta asrlarda borliq Aristotel metafizikasi va Ptolamey 
kosmologiyasiga muvofiq ravishda cheklangan, oʻtib boʻlmas ―qoʻzgʻalmas 
yulduzlardan iborat makon‖ koʻrinishida tasavvur etilgan. Oʻsha zamonlar 
insonining aqli ham, tasavvuri ham cheksizlik oldida ojiz qolgan. Ta‘bir joiz 
boʻlsa, cheksizlik Oʻrta asrlar tafakkurini sarosimaga solgan deyish mumkin. 
Ehtimol shundan ham ular olamni oʻz aqliy imkoniyatlariga mos holda 
cheklangan shaklda tasavvur qilgan boʻlsalar ajabmas. Garchi Yer olam 
markazida tursa ham, unga oy ostidagi nur singan koʻrinishda tushadigan 
(nur erga oy orqali tushishi nazarda tutilmoqda) borliqning qismi deb 
qaraganlar. Oʻrta asrlar odamini orzu-umidga toʻla nigohini koʻkka qadagan 
inson obrazida tasvirlash mumkin. Aniqrogʻi, ular – ―Oʻrta asr kishilari‖ – 
oʻz istak va intilishlari roʻyobini osmon bilan bogʻlab, oʻlim esa uning badali 
deb bilganlar. Jism toʻsiqlariga (materiya‘ning) erdan yulduzlar ruhi tomon 
qochish lozim boʻlgan. Obrazli qilib aytganda, yangi davrga kelib olam hech 
qanday chek va chegaraga ega emas deb tushunildi. Aql va iroda garchi 
cheksizlikni tan olsa-da, hali-hanuzundan sarosimada edilar. Hamon aql 
cheksizlikni toʻla tasavvur qilishga ojiz edi. SHu sababdan yangi davrda 
insoniyat fanni qalqon qilib koʻtardi. Markazning yoʻqligi boshlangʻich 
nuqtaning, ma‘noning, hayot tayanchlarining yoʻqligini anglatardi. 
Uygʻonish davriga kelibgina insoniyat anglanmagan tarzda boʻlsa-da, 
cheksizlik haqida oʻylab koʻra boshladi. Uygʻonish davri kishisi tabiatning 


125 
har nuqtasida xudo namoyon, ―har jabhada markaz mavjud‖, shuning uchun 
ham butun olam tayanch, hayot va ma‘noga toʻla, deb hisoblardi. Uygʻonish 
davri mutafakkirlari jonli mavjudotlarning cheksiz darajada turli-tuman 
shakllarini bilishgan, shuning uchun ham har qanday olam sayyoralar va 
yulduzlarda hayot kechirish uchun qulay shart-sharoit mavjud deb 
hisoblashgan. Ular kosmosni xalq bilan toʻla muhabbat va uygʻunlik 
hukmron boʻlgan goʻzal shahar sifatida tasavvur qilganlar. Tabiatga 
munosabat masalasida XIX asr romantiklari va Shellinggacha boʻlgan davr 
yangi zamon falsafasining uygʻonish davridan koʻra Oʻrta asr tafakkuri bilan 
yaqinligi koʻproq koʻzga tashlanadi: tabiatga nisbatan yuqoridan turib past 
nazar bilan qaralgan, nari borsa, unga befarq munosabatda boʻlingan. 
Insoniyatning ehtiyoji, ayniqsa, moddiy ehtiyojini qondirish uning eng asosiy 
vazifasi sanalgan. Tabiat oldidagi ulkan hayrat, uning ulkan e‘tirofi, haqiqiy 
bilimga chanqoqlik va tabiatga ham shu yoʻsinda munosabat bildirish, 
uygʻonish davri dunyoqarashining oʻziga xos xususiyatlari oʻlaroq namoyon 
boʻladi. Tabiatni bilish hamda u orqali oʻzlikni va uning yaratuvchisi 
boʻlmish xudoni bilishni anglatgan. Uygʻonish davrida erkakka nisbatan ayol, 
ayniqsa, uning yaratish – ―tugʻish‖i tabiatga yaqinroq deb hisoblangan. 
Qolaversa, yuqoridagi tabiatga oid mulohazalar ayolga ham taalluqli. Oʻrta 
asrlarda esa ayolga yovuzlikning uyasi deb qaralgan edi. U vaqtlarda undan 
mumkin qadar qochish, uni iloji boricha jilovlab turish zarur, degan fikr keng 
targʻib qilingan. Bu esa zaminiy, mislsiz goʻzallik sohibasi boʻlmish oʻsha 
zamon Madonnasi timsolini yuzaga keltirdi. Bulardan tashqari, Uygʻonish 
davrining quyidagi oʻziga xos xususiyatlarini ham ajratib koʻrsatish mumkin:
Yunonlar va rimliklardan soʻng Evropa sahnasiga chiqqan German 
qabilalari qanchalik yuksak madaniy taraqqiyotga erishgan boʻlmasinlar, 
antik sivilizatsiyadan keyingi butun boshli davr uygʻonish davri 
mutafakkirlari tomonidan ―Varvarlar davri‖ deb baholandi. Bu uyqudan 
uygʻongani uchun Gʻarb koʻp jihatdan Sharq oldida qarzdor sanaladi. 
Uygʻonish davridan oldingi asrda Portugaliyadan Gʻarbgacha, Indoneziyadan 
Sharqqacha boʻlgan hududga yoyilgan arab-musulmon olami yuksak 
madaniy qadriyatlar va an‘analarning tashuvchisi boʻldi. Salb yurishlari 
davridayoq oʻsha zamonlarda musulmon dunyosining qalbi sanalgan Quddusi 
sharifda evropalik ritsarlar oʻzlarining ma‘rifatli raqiblaridan koʻp narsani 
oʻrgangan edilar. Keyinchalik arab mamlakatlari bilan savdo aloqalarining 
yoʻlga qoʻyilishi, madaniy qadriyatlar, badiiy did va ilmiy-falsafiy 
gʻoyalarning oʻzaro almashinuviga xizmat qildi. Italyan gumanistlari Oʻrta 
asr an‘analari va qadriyatlari, ta‘lim darajasi, ayniqsa, iste‘moldagi til – 
―xalqchil lotin tili‖ga varvarlikning sarqiti sifatida qaraganlar. Hali salb 
yurishlari davrida ―haqiqiy iymon‖ – xudoga toʻgʻridan-toʻgʻri, bevosita 
murojaat, Isoning hayoti va oʻlimi bilan belgilanuvchi muddat bilan 
cheklanardi. Evropalik ziyoratchilar esa bir qancha qotib qolgan iymon 


126 
aqidalaridan chekinib, nisbatan jonliroq, nisbatan hayotiyroq shakllarini 
qabul qila boshladilar.Keyinchalik ruhning alanga misol intilishiga monand 
barcha rasmiy chegaralarni sidirib tashlaydigan yangi iymon shakllarini 
targʻib etuvchi Avliyo Bernar, avliyo Fransisk Assizskiy singari avliyolar 
paydo boʻla boshladi. XIV–XVasrlarda evropaliklar xudoni anglash va diniy 
ma‘noda oʻzlikni bilish borasida shunday nozik nuqtaga etib kelgandilarki, 
bunchalik oʻtkir hissiyotni na Oʻrta asrlarda, na yangi davrda uchratib 
boʻlmasdi. Hatto oddiy xalq ham e‘tiqodning nozik jihatlarini qizgʻin 
muhokama qilardi. Bir toʻda Flagellantlar (Flagellantlar – ―qamchilovchilar‖, 
XIII–XIVasrlar, ayniqsa, 1348-yil ―qora vabo‖ avjiga chiqqan paytlarda 
Germaniya va Italiyada keng tarqalgan tanani azoblash orqali gunohlardan 
poklanishni targʻib qiluvchi birodarlar) shaharma-shahar izgʻib yurardi. 
Taqvodorlikning tashqi – inson ichki dunyosi bilan bogʻliq boʻlmagan, 
cherkov vositasida amalga oshiriladigan shakli oʻz umrini oʻtab boʻlgandi. 
Endi har bir kishi yaratuvchi va oʻz qalbi oʻrtasida ichki aloqa bogʻlashga 
intiladigan vaqtlar kelgandi. Uygʻonish davrining etakchi mutafakkirlari 
oʻzlarigacha xristianlik paytlarini bid‘at va irim-sirimlar zamoni deb hisoblay 
boshladilar. Ayniqsa, e‘tiqod va oʻzlikni anglash borasida katta oʻzgarishlar 
fursati etganini bot-bot ta‘kidlardilar.
Buyuk geografik kashfiyotlar davri. Uygʻonish davriga kelib, madaniy 
hayotda ham, sivilizatsiya rivojida ham birdek katta burilish roʻy berdi. XIV–
XVI asrlarda hayot sur‘atlarining keskin oshishi, Evropa xalqlari turmush 
tarzining tubdan oʻzgarishi, ularning tor, mahalliy hududlar chegarasidan 
chiqib, butunjahon miqyosida faoliyat koʻrsatishiga sabab boʻlgan ulkan 
kashfiyotlar qilindi. Bular orasida eng muhimlari sifatida kompas, porox 
hamda kitob chop etishning yoʻlga qoʻyilishini koʻrsatish mumkin. 
1. Kompas. Kompasning kashf etilishi dengizchilarga katta tavakkal 
bilan ummon orqali oʻzlariga noma‘lum oʻlkalarga ham suzib borish 
imkonini berdi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dunyo hududining Oʻrta 
asrlarda tasavvur qilingandan birmuncha kengligi ma‘lum boʻldi, harakatsiz 
yulduzlar sohasi – qotib qolgan borliq haqidagi hayollar barham topdi. 
Insoniyat tafakkuri ―Yer qobigʻi‖dan tashqariga chiqib, cheksizlik sari 
intilardi. Inson yangitdan oʻzini ―dunyo fuqarosi‖ oʻlaroq tasavvur qilib, 
―global dunyoqarash‖ sohibiga aylana boshladi. 
2. Porox. Evropada poroxning kashf etilishi (u kompas singari 
allaqachon Xitoyda kashf etilgan edi) bilan, uni turli vayronkor qurollar: toʻp 
va zambaraklar, oʻqotar qurollar yasashda qoʻllanila boshladi. Hatto 
Venetsiya‘ning zambarak va yadrodan tashkil topgan qurol-aslahalari uning 
harbiy qudrati ramzi va Sharq bilan oʻzaro savdo va madaniy aloqalarining 
tayanchi ekanligi toʻgʻrisida afsona ham mavjud. 
3. Kitob chop etishning yoʻlga qoʻyilishi. Evropada birinchi marta 
XVasrda kitob nashr etilgan. Biroq bunday kitoblar nisbatan birmuncha 


127 
qimmat va kamyob boʻlgan. Tommazo Kampanellaning gʻururlanib: ―XVII 
asrda oʻtgan besh ming yildagidan koʻra koʻproq kitob chop etildi‖, deb 
aytgan soʻzlarida jon bor. 
Davrning asosiy yutuqlari sirasiga yuksak mahorat bilan ishlangan 
haykaltaroshlik, me‘morchilik va tasviriy san‘at namunalarining yaratilishi, 
Lyuterning diniy islohoti kabilar kiritiladi. Antik falsafaning yangitdan 
chuqur tadqiqi Uygʻonish davrining falsafiy fikr sohasidagi ulkan 
xizmatlaridan sanaladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish