Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Ellinizm davri.
Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 1-asr) 
yunon madaniyati 
mintaqalarining 
kengayishi, 
uning 
Aleksandr 
Makedonskiy 
va 
uning 
vorislari 
davlati 
tarkibiga 
kirgan 
xalqlar madaniyati bilan oʻzaro qoʻsxilishi bilan belgilanadi. Ellinizm 
Qadimgi Yunon madaniyatining soʻnggi davri boʻlib bu davrda 
madaniyatning ba‘zi sohalarida, jumladan, falsafada erisxilgan yutuqlar 
darajasidan pasa‘yish holatlari yuz beradi. Bu davrda yunon madaniyatining 
boshqa mamlakatlarga, jumladan, Markaziy Osiyoga ta‘siri kuchayadi. Hatto 
bu jarayon Yunonistonning Rimga qaram boʻlganidan keyin ham davom 
etadi. Rim Yunonistonni siyosiy jihatdan tobe etadi. Fan sohasida bu davrda 
etakchi oʻrinni matematika egallaydi. Uning asoschilari Evklid va Arximed 
kabi olimlarning ijodi tufayli matematikadan mexanika, optika, qurilish 
sohalarida foydalaniladigan boʻlindi. Astronomiya, meditsina va geografiya 
sohalarida muhim yutuqlar qoʻlga kiritildi. 
Eramizdan oldingi IV asrdayoq mavjud boʻlgan va polis mafkurasining 
inqirozi tufayli vujudga kelgan kiniklar va skeptiklar oqimining ta‘siri oshib 
boradi. Biroq ellinistik dunyoda eng mashhur boʻlgan voqea eramizdan 
oldingi IV va III asrlar boʻsagʻasida paydo boʻlgan stoiklar ta‘limoti edi. 
Eramizdan oldingi 302-yilda Afinada Qibrisning Kition shahridan boʻlgan 
Zenon (er.ol 336–264yy.) tomonidan asos solingan ravoqiylar maktabiga Sol 
shahridan boʻlgan Xrasipp (er.ol. III asr), Rodoslik Panetiy (mil. avv. II asr) 
va boshqa faylasuflar mansub edilar. Stoiklar falsafasidagi asosiy gʻoya 
insonning muammolariga alohida diqqat-e‘tibor, toʻxtovsiz harbiy va ijtimoiy 
nizolar, alohida shaxsning jamiyat bilan aloqalari sustlashgan sharoitda 
axloqiy-falsafiy tayanch topish edi. Agar ushbu sharoitlar tugʻdirgan ta‘sir 
natijasida adabiyot va san‘atda fuqaroning ijtimoiy borligʻining 
qoʻnimsizligini aks ettirish, har narsaga qodir taqdir ramzida berilgan boʻlsa, 
stoiklar tomonidan bu holat barcha mavjudotlarni oqilona boshqaradigan oliy 
kuch (logos, tabiat, xudo) ga insonning qaramligi sifatida tasvirlandi. Inson 
endi polis fuqarosi emas, balki koinot fuqarosi edi. U baxt-saodatga erishish 
uchun oliy kuch tomonidan belgilab berilgan hodisalar qonuniyligini bilib 
olmogʻi lozim edi. U tabiat bilan muvofiqlikda yashash uchun xayrli faoliyat 
bilan yashamogʻi lozim edi. Stoiklarning axloqiy tushunchalari orasida tabiat 
va jamiyat qonunlariga muvofiq keladigan, aqliy faoliyat orqali kelib chiqqan 
«kerakli narsa»toʻgʻrisidagi tasavvurni qayd etib oʻtish lozim. Stoiklarning 
eklektizmi, asosiy qoidalarining koʻp ma‘noliligi ellinistik dunyoning turli 
tabaqalari (shu jumladan hukmron tabaqalar doirasida ham), keyinchalik esa, 
Rim jamiyatida ham ularning mashhur boʻlib ketishlarini ta‘minladi. Rim 
stoiklarining yirik vakillari Seneka, Epiktet va Mark Avreliy edilar. Ularning 
barchalari dunyoviy aql va dunyoviy ruh bilan bogʻlangan tabiat va 
jamiyatning yagonaligi haqidagi stoiklik qoidalaridan kelib chiqdilar. Har bir 
odamdagi aqllar-logoslar va ruhlar dunyoviy aql va dunyoviy ruhning 


114 
emanatsiyasi (oʻzidan nur chiqarishi) ekanligini ta‘kidladilar. Ular fikricha, 
kishilar dono va fazilatli odamlar biladigan yagona hukmronlik qiluvchi 
koinot qonunlari zarurligini idrok etgan holda, ularga koʻngilli ravishda 
boʻysunishlari lozim. Ular yana shu toʻgʻrida mushohada yuritdilarki, har 
kim butun narsa qarshisida oʻz burchini bajarib, taqdir tomonidan unga 
belgilab berilgan joyda biror-bir narsani oʻzgartirishga intilmasdan, nolishsiz 
qolish majburiyatini olishi kerak. Seneka uchun «yaxshi» imperator qanday 
boʻlishi kerak degan savol katta ahamiyatga ega edi, negaki, imperatorning 
boʻlishi zaruriyat hisoblanar edi. Imperator me‘yorsiz maqtovni talab 
qilmasligi, fuqarolardan ularning mulkini tortib olmasligi, senat va «yaxshi» 
odamlar bilan hisoblashishi, oʻz bilganicha ish tutmasligi, fuqarolarning 
umumiy foydasi uchun mehnat qilmogʻi zarur ediki, buning evaziga ular 
unga sadoqat koʻrsatib, uni sharaflashlari lozim edi. Sobiq qul boʻlgan 
Epiktet asosiy e‘tiborni hukmdorning sifatiga emas, balki unga tobelarning 
hatti-harakatiga qaratdi. Ozodlikka yoʻl moddiy ne‘matlardan, xohish-
istaklardan yuz oʻgirishda yotadi, negaki, inson nimani xohlasa, uni berishi 
va olib qoʻyishi mumkin boʻlgan odamning quliga aylanadi. Tashqi 
tomondan mulk, badan, hayot-xojaga yoki tiranga boʻysunadi va shuning 
uchun ularning bu tashqi huquqlaridan foydalanishlariga bahslashib oʻtirish 
lozim emas. Ammo insonning haqiqiy mohiyati, uning aqli va ruhi hech 
kimga boʻysunmaydi, uning fikriy muhokamasini hech kim boshqara 
olmaydi va hech kim unga xayrli va ezgu ishlar qilishga xalaqit bera olmaydi, 
demak, baxtli va ozod boʻlishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Epiktet uchun 
erdagi barcha hukmdorlardan yuqori turgan oliy xudo Zevs haqidagi tasavvur 
katta oʻrin tutadi. Uning oʻgʻli sifatida oʻzini his qilgan inson, oʻzining 
qandaydir tashqi farovonligi qondirilmaganligidan doimo azobda boʻlgan 
senator yoki hatto podshoning oʻzidan koʻra ozodroq boʻladi. Rimning oxirgi 
stoik imperatori Mark Avreliy edi. Uning nuqtayi nazariga koʻra, dunyoda 
biror – bir narsani oʻzgartirib yoki toʻgʻrilab boʻlmaydi. Uning 
ta‘kidlashicha, barcha kishilar har doim laganbardor, yolgʻonchi va oʻz 
manfaatini koʻzlovchi boʻlganlar, hozir ham shunday va bundan keyin ham 
shunday boʻlib qoladilar. Bu tartibsizlik orasida nima qoladi? Faqat oʻz 
zakovatiga xizmat qilish, oʻzini kamolotga etkazish va ezgulik. Ammo 
bunday oʻzini qoʻyarga joy topolmaydigan, hayotda hech qanday maqsadi 
boʻlmagan ezgulik insoniyatga xizmat qilish borasidagi oʻz ma‘nosini 
yoʻqotar edi. Negaki, insoniyat oʻzgarmas va illatlardan xoli boʻlmaganligi 
uchun, uni hech qachon ilhomlantirib boʻlmas edi. 
Stoiklar uchun falsafa donolikka erishish, yashash san‘atini oʻrganish 
vositasi sanalgan. Unga koʻra, tabiatga muvofiq yashash dononing ideali 
sanaladi. Stoiklar azoblardan xalos boʻlib, ruhiy sokinlik va muvozanatga 
erishishni baxt deb bilganlar.


115 
Muxtasar qilib aytganda antik falsafa mil. avv. VII asr oxirlariga kelib 
qadimgi Yunonistonda shakllana boshladi. Falsafaning vazifasi insonga qiyin 
vaziyatlarda ham oʻzligini yoʻqotmaslik va qadr-qimmatini saqlay olishni 
oʻrgatiishdan iborat boʻldi. Mil. Avv. II asrdan milodiy VI asrlargacha boʻlga 
vaqt oraligʻida Rimda rivoj topgan falsafiy ta‘limotlar yigʻindisi, keyinchalik 
mazkur an‘anada vujudga kelgan ilmiy-falsafiy gʻoya va tasavvurlar Gʻarb 
sivilizatsiyasi rivoji uchun asos boʻlib xizmat qildi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish