Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Sharqning eng qadimiy mamlakatlaridan biri Vaviloniyada dastlabki 
falsafiy fikrlarning paydo boʻlishi haqida soʻzlang. 
2. Qadimgi Misrdagi falsafiy gʻoyalar haqida soʻzlang. 
3. Hindistondagi dastlabki falsafiy fikrlar, lokayata va charvaka
falsafasidagi asosiy gʻoyalar nimalardan iborat? 
4. Eramizdan oldingi IX-VII asralarda Xitoydagi falsafiy ta‘limotlar, 
daosizm, konfutsiychilik haqida fikr-mulohazalaringizni bayon eting. 
5. Zardushtiylik falsafasi, ―Avesto‖ kitobida ilgari surilgan gʻoyalar 
nimalardan iborat? Ularning tarixiy ahamiyati haqida nimalar bilasiz? 
6. Oʻrta asr davrida Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining jahon falsafasi 
taraqqiyotiga qoʻshgan buyuk hissalari nimalardan iborat? 
7. Al-Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniyning ilmiy-falsafiy 
qarashlari haqida nimalar bilasiz? 
8. Temuriylar davri madaniyatining namoyondalari Ulugʻbek, Navoiy, 
Bobur ilmiy-falsafiy qarashlari haqida soʻzlab bering. 
9. Tasavvuf falsafasining xususiyatlari nimalardan iborat? 
 
3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Gʻarb falsafasi 
 
Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi. 
Qadimgi Yunon –Rim 
falsafiy maktabi falsafa tarixida antik falsafa nomi bilan ataladi.
 
Mil. av. VI va milodiy VI asrlar oraligʻidagi davrni oʻz ichiga qamrab 
oluvchi antik davr falsafasi qadimgi Yunon va Rim xalqlari donishmandligi 
mahsuli sanaladi. Gʻarb falsafiy tafakkur taraqqiyotining keyingi 
bosqichlarida vujudga kelgan deyarli barcha maktablar, tasavvurlar 
kategoriya va muammolar uchun ilk gʻoyaviy ildiz vazifasini oʻtagan antik 
falsafa jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshdi. Qadim zamonlardan 
to bugungi kunga qadar Gʻarb falsafasi, fani va madaniyati oʻz 
ta‘maddunining beshigi, tafakkur tarzining manbai sifatida qayta-qayta 
murojaat qilib kelmoqda. Shuni alohida ta‘kidlab oʻtish lozimki, falsafa 
atamasining oʻzi ham ayni davr tafakkurining mahsuli hisoblanadi. Faylasuf 
haqiqatni sevguvchi, hamisha uni izlaguvchi insondir. Shu ma‘noda olamni 
yaxlitligicha anglash, borliqning bosh sababini aniqlash faylasufning asosiy 
vazifasi hisoblangan. San‘at va dindan farqli ravishda falsafa olamning 
yaxlitligi va uning bosh ibtidosini fantaziya va afsonalardan xoli tarzda, 
ratsional dalillarga asoslangan holda tushuntirib berishi lozim boʻlgan. Bu esa 
insonning ruhiy erkinlikka olib keladi deb hisoblangan. Shu ma‘noda 


102 
falsafaga nafaqat shunchaki haqiqatni izlash yoʻli, balki alohida hayot tarzi- 
inson ruhiy mavjudligining sharti deb ham qaralgan.
Antik falsafaning ibtidosi Miletlik Fales 
(mil. av. 625

547-yillar) 
qarashlarining shakllanishi bilan bogʻlanadi. Uning xronologik yakuni esa, 
Rim imperatori Yustinian ―Afinadagi falsafiy maktablarni yopish toʻgʻrisida‖ 
kredet chiqargan Milodiy 529-yil sanasi bilan belgilanadi. Gʻoyaviy 
mazmuni va harakteri, ayniqsa falsafiy mushohada yuritish usuliga koʻra 
qadimgi Sharq falsafiy ta‘limotlaridan farq qiluvchi antik falsafada insoniyat 
tarixidagi olamni ratsional tushunishga boʻlgan ilk urinishlar kuzatildi. U 
yaratgan tafakkur uslubi keyinchalik vujudga kelgan ilgʻor sivilizatsiyalar 
uchun asos boʻlib xizmat qildi. Antik falsafa taraqqiyotini shartli toʻrt 
bosqichga ajratib oʻrganiladi: 1) Yunon falsafasi shakllana boshlagan ilk 
davrlardan Mil. Avv. IV asrgacha boʻlgan muddatni oʻz ichiga qamrab 
oluvchi ―suqrotgacha boʻlgan davr‖; 2) Mil. Avv. V asrdan mil.Avv.IV 
asrning oʻrtalarigacha davom etgan ―mumtoz davr‖ bu davrda Suqrot, 
Aflotun, Arastularning ijodi vujudga kelib, keng tarqaldi; 3) Mil. Avv. IV asr 
oxirlari va Mil. Avv. II asr oraligʻida rivoj topgan ta‘limotlarga nisbatan Ellin 
falsafasi atamasi qoʻllaniladi; 4) Mil. Avv. II asr oraligʻida taraqqiy topgan 
antik donishmandlik Rim davri deb ataladi. Antik falsafa bir qator oʻziga xos 
xususiyatlarga ega: 
1. Antik falsafa asosida obyektivizm tamoyili yotadi. Aniqrogʻi, 
subyekt obyektdan alohida ajratilib, undan yuqori qoʻyilmaydi. 2. Antik 
falsafani moddiy-hissiy kosmologizm sifatida tavsiflash mumkin. Antik 
falsafaning ontologik gʻoyalari Oʻrta asrlardagi singari mutloq shaxsga emas, 
hissiy kosmosga tayanadi. 3. Antik falsafa panteistik xususiyatga ega boʻlib, 
unda xudo va tabiat aynanlashtiriladi. Unga koʻra, kosmos mutloq ilohiylik 
hisoblanadi. Tabiat xudolar tomonidan yaratilmagan, aksincha, ularning oʻzi 
tabiatning bir qismi sanaladi. Odamlarga oʻxshagan Yunon xudolari tabiiy 
stixiyalarni aks ettiradi. 4. Kosmos zarurat bilan shartlangan. Insonga 
nisbatan qoʻllanilganda mazkur zarurat taqdir koʻrinishida namoyon boʻladi. 
Ammo, Yunon falsafasiga koʻra insonlar birgina tabiat qonunlariga 
boʻysunib emas, balki aqliy mushohadaga asoslanib ham yashashlari lozim. 
Yunonlar xudolar oʻrnatgan qonunlarni ham tan olgan holda aqlga tayanib 
yashash gʻoyasini ilgari surganlar. 5. Inson kashfiyotlarining eng 
muhimlaridan biri qonun hisoblanadi. Yunon falsafasida ta‘kidlanishicha, 
qonun ustuvorligi oʻrnatilgan shahar davlat-
polis 
hisoblanadi. Yunon 
polislaridagi turli xalq yigʻinlari va sudlarda notiqlar tomonidan qoʻllanilgan 
dalillash hamda xulosa chiqarish usullari kishilarning aql kuchiga boʻlgan 
ishonchini yanada oshirdi. 6. Ijtimoiy hayotning fuqaroviy xarakteri va erkin, 
faol ideal fuqaro obrazi Yunon falsafasida axloqiy qarashlar – amaliy 
falsafaning shakllanishiga jiddiy ta‘sir koʻrsatdi. Muayyan insoniy xulq-atvor 
tipiga qarab moʻljal olgan ushbu amaliy falsafada kishilarning turmush 


103 
kechirish qoidalari, ezgu fazilatlari bilan bogʻliq gʻoyalar ilgari surildi. 7. 
Yunon falsafasida mantiqiy, axloqiy va estetik qarashlarning oʻzaro ajralishi 
roʻy berdi. Ammo, shunga qaramay, Yunon mutafakkirlari oʻz ta‘limotlarida 
ularni asoslanmagan tarzda aynanlashtirishga moyil edilar. 8. Abstrakt 
mushohada yuritish qadimgi Yunon falsafasining oʻziga xos xususiyati 
boʻlib, antik mutafakkirlar dunyoqarash masalalarini tabiat, inson va xudoni 
yaxlit tarzda idrok qilgan holda hal qilishga uringanlar.
Shu ma‘noda ularning ta‘limotlari Yunon falsafasiga dunyoqarash 
harakterini baxsh etgan mifologiya bilan uzviy aloqadorlik kasb etgan. 
Mifologiya hamma narsa nimadan tugʻilganligi bilan qiziqsa, Yunon 
faylasuflari dunyoda roʻy berayotgan narsa-hodisalarning bosh sababi- 
ibtidosi nima ekanligini aniqlashga intilganlar. Suqrotgacha yashagan Yunon 
faylasuflarining deyarli barchasi barcha hodisa va jarayonlarning birinchi 
sababini topish, tabiatni tushuntirish hamda ayrimlari bilish muammolari 
bilan shugʻullanganlar. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish