Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Antik falsafada Geraklit, Demokrit falsafasi xususiyatlari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Antik falsafada Geraklit, Demokrit falsafasi xususiyatlari. 
Efeslik 
Geraklit (taxminan mil. av. 544–483) olovni olam substansiyasi deb bilgan. 
mutafakkir butun olam va undagi alohida narsalar olovdan kelib chiqqanligi 


107 
gʻoyasini ilgari suradi. Geraklit butun olam doimiy harakat va oʻzgarishda 
ekanligini ta‘kidlaydi. Mutafakkirning mazkur qarashi uning oqib turgan 
daryoga ikki marta tushib boʻlmaydi degan, mashhur hikmatida ham yaqqol 
koʻrinib turadi. Geraklit ta‘limotidagi logos tushunchasi butun olamni 
tartibga soluvchi qonunni anglatadi. Geraklit falsafa tarixida sodda dialektika 
usuliga asos solgan boʻlib, uning fikricha, logos borliq asosi va dialektik 
qonunidir. Bir narsa turlicha: dengiz suvi ham toza, ham ifloslangan: baliqlar 
uchun hayot manbai, ichimlik suvi. Odamlar uchun zaharli va ha‘lokatli. 
Muhim oʻzgarish–bu qarama-qarshisiga aylanish, qarama-qarsxilarning 
mohiyati birining ikkinchisi orqali aniqlanishida. Masalan, sogʻliqning qadr-
qimmati kasalga chalinganda bilinadi. Geraklit fikricha qarama-qarsxiliklar 
kurashi barcha narsaning otasi, barcha narsalar ustidan hukmron kurash 
zaruriyat tufayli paydo boʻladi. 
Bilish masalalariga murojaat qilib, Geraklit hissiy va ratsional bilishni 
ajratadi. Hissiyot, uning fikricha, foydadan xoli emas, ayniqsa koʻrish va 
eshitish juda ahamiyatlidir. Lekin bilishning oliy maqsadi – logosni anglash 
va shu tariqa dunyoning oliy birligini anglash hamda oliy donishmandlikka 
erishishdir. ―Donishmandlik belgisi menga emas, balki barcha bir narsa 
(birlikda) deb biladigan logosdadir‖. Biroq logosni bilish oson emas, buning 
sabablari koʻp, xususan tabiat yashirinishni yaxshi koʻradi. Bundan tashqari, 
―koʻpchilik odamlar hayvonlar singari keragidan ortiqcha toʻyib ketgan‖. 
Shuningdek, ana shu koʻpchilikning ustozlari: Gomer ham, Gesiod ham, 
boshqa xalq kuychilari ham logosni bilishga xalaqit berishadi. Koʻpchilik 
odamlar nimaga toʻqnash kelishayotganlarini ham bilishmaydi. Koʻp narsani 
bilish aqlli boʻlishga oʻrgatmaydi. U olamning yaxlit manzarasini oʻrnatishga 
olib kelmaydi, unga faqat logosni (barcha bir narsa ekanligini) bilish 
orqaligina 
erishish 
mumkin. 
Demak, 
Geraklit 
fikricha, 
logosni, 
donishmandlikni dunyoning birligini bilish hammaga ham nasib etavermaydi. 
Lekin odamlar tabiatan aqllidir. ―Fikrlash barchaga xos‖, ―Barchaga oʻzini 
bilish va mulohaza yuritish qobiliyati berilgan‖, ―Logos barchada mavjud‖
1

Geraklit axloqiy qarashlarida odamlarni tabiatan bir-biriga teng deb 
hisoblashga moyil. Biroq ularning amalda teng emasligi aniq. Buni ular 
manfaatlarining teng emasligi oqibati deb biladi . Koʻpchilik logos boʻyicha 
emas, xohishlari boʻyicha yashaydilar. Bunday kishilar hayoti – ―bolalar 
oʻyini‖. Ular oʻz xohishlari hukmronligi ostidadir. Odamlar eshaklar singari 
somonni oltindan afzal koʻradilar. Vaholanki, baxt tana ehtiyojini 
qondirishda emas, balki oʻy-fikr yuritishda, ―haqiqatni aytish va tabiat 
qonunlariga quloq solgan holda, ularga mos ravishda xatti-harakat 
qilishdadir‖
2

1
Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.137 
2
Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280 


108 
Siyosiy qarashlarida Geraklit faqat nasli boʻyichagina emas, balki ruhi 
boʻyicha ham aristokratdir. Uningcha, eng munosib odamlar bir narsani – 
oʻluvchi narsalarni shon-shuhratga ega deb biladilar. Bunday odamlar 
logosga muvofiq tarzda hayot kechiradilar va ular ozchilikni tashkil qiladilar. 
Unday odamlar bebaho, ular ―logos boʻyicha emas, oʻz xohishlari boʻyicha 
yashayotgan oʻn minglab odamlar oʻrnini bosadi‖
1
. Geraklit bitilgan qonunlar 
tarafdori (u davrdagi aristokratiya mavjud urf-odatlarga taya‘nib ish tutgan). 
―Xalq qonun uchun xuddi oʻz uyini himoya qilganidek kurashishi kerak‖
2

Uning ta‘kidlashicha, insoniyatga tegishli qonunlar yakka – ilohiyotdan 
oziqlanadi. 
Geraklitning 
jon 
toʻgʻrisidagi 
ta‘limotida 
mifologiya 
elementlariayniqsa koʻp. Geraklit aytadi: ―Oʻlim – biz uygʻongandan keyin 
koʻradigan narsadir‖, ―inson oʻlayotganda tunda oʻzi uchun olov yoqadi. 
Uning koʻzi oʻchgan boʻlsa-da, oʻzi tirikdir‖
3
. Geraklit ta‘kidlashicha, 
Quyosh–tirik jon, unga adolat xudosi Dikl va uning xizmatkori Erina qarab 
turadi. Ular quyoshning me‘yordan chiqib ketmasligiga qarab turadilar. 
Geraklit ta‘limoti ioniyadagi falsafiy fikr rivojining dastlabki natijalari 
yakuni deb baholanishi mumkin. Uning muhim natijalari qatoriga borliqni 
Yagona va Koʻplik birligida olib tushuntirishi, harakatning qonuniyligi va 
universalligi gʻoyasining asoslanishi, garchi sodda koʻrinishda boʻlsada 
dialektikani naturalizm, stixiyali materializm bogʻlashga boʻlgan 
urinishlarni kiritish mumkin. Falsafiy fikrning Qadimgi Gretsiyadagi keyingi 
rivojida mazkur gʻoyalar va yondashuvlar mukammallashib bordi.
Demokrit (mil. av. 460 –370) birinchilardan boʻlib borliqning atomlar - 
boʻlinmas zarrachalardan tashkil topganligi toʻgʻrisidagi qarashni ilgari 
surdi. Demokrit hayoti toʻgʻrisida bir qancha yarim afsonaviy rivoyatlar 
saqlangan. Taniqli zotdan boʻlib, katta merosga ega boʻlib qolgan Demokrit 
barcha boyligini ilmiy safarlarga sarflaydi. Bu davrda Abderda otadan 
qolgan merosni bemahsul ishlarga sarf qilish jinoyat hisoblanardi va 
shuning uchun ham Demokritning ishi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatiladi. 
Lekin Demokrit ilmiy safarlarda yiqqan bilimlariga suya‘nib yozgan
asarlarini oʻqib beradi va jazodan qutilib qoladi. Alloma Bobil, Fors davlati, 
Hindiston 
va 
Misrga 
sayohat 
qilgan, 
olimlar, 
magiya 
bilan 
shugʻullanuvchilarga shogird boʻlib tushgan. Demokrit V asr oxiri IV asr 
boshida vafot etgan. Demokrit Levkippning shogirdi boʻlgan. Bu davrda 
Abderda Sofist Protagor, naturalist va shifokor Gippokratlar yashagan. 
Levkipp va Demokritning naturfalsafiyva falsafiy qarashlarining 
asosini jismlarning boʻlinmas zarrachalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi
1
Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.138 
2
Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280 
3
Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.138 


109 
farazlari tashkil etadi. Bunday son-sanoqsiz zarrachalarni, ya‘ni atomlarni 
(atomos- boʻlinmas, qismlarga kesilmaydigan) mutloq zich va havosiz
boʻlgani uchun boʻlinmaydigan zarrachalar deb hisoblashgan. Demokritning 
fikricha, doimiy harakatda boʻlgan atomlar bir-birlaridan faqatgina shakli, 
joylashishi, tartiboti, hajmiga koʻra farq qiladi. mutafakkirning gnoseologik 
ta‘limotida hissiy bilish bizga mavhum bilim berishi, aniq bilimlarga esa 
faqat aqliy mushohada orqali erishish mumkinligi gʻoyasi markaziy oʻrin 
tutadi. Mutafakkir narsalar rang, tam, hid, kabi sifatlarga ega emas, ular 
atomlarning sezgi a‘zolarimizda qoldirgan taassurot mahsuli deb ta‘kidlaydi. 
Havo atomlar hosil qiladigan jismlarda boʻladi va ular ana shu 
havoda harakatlanishadi. Atomlar bir-biridan 1) shakli, ya‘ni tashqi 
koʻrinishi; 2) oʻlchamlari; 3) holati va 4) tartibi bilan farq qilinadi
1
.
Boʻshliqdagi harakati jarayonida atomlarning ba‘zilari bir-birining ustidan 
sakrab oʻtib ketishadi, boshqa bir xillari tarqalishib, oʻralishib ketishadi 
(shakli mos kelganda) va murakkab jismlarni paydo qilishadi. Levkipp va 
Demokritlar fikricha borliqda atomlarning faqat sonigina emas, balki 
koʻrinishlari, shakllari ham cheksizdir. Lekin ular (shakllar) koʻrinmaydi, his
etilmaydi. Simplitsiyning xabar berishicha atom shakllari soni shuning
uchun ham cheksizki, ―ular soni boshqasining sonidan hech qancha koʻp
emas‖. 
Atomistik ta‘limot eleyliklar qoʻygan masala: borliq paydo boʻlishi 
ham yoʻq boʻlishi ham mumkin emasmi degan savolning oʻziga xos
yechimi edi. aynii paytda Levkipp va Demokritlar eleyliklarning koʻplik 
(toʻplam)ni, harakatni fikralab boʻlmaydi degan xulosasini inkor etadilar. 
Levkipp va Demokritlar atomlar harakati sababi toʻgʻrisidagi masalani 
qoʻyishmaydi. Buning sababi shundaki, ular harakat atomga avval 
boshidanoq xos boʻlgan xususiyat deb hisoblashgan. 
Atomistik ta‘limot kundalik tajribadagi hodisaga tayanadi. Bu hodisa:
qattiq jismning qisilishidan iborat. Teofrast bergan ma‘lumot boʻyicha 
Levkipp va Demokritlar shunday fikr yuritishgan: agar atomlar oraligʻida
havo boʻlmaganda jismning hajmi Qisqarmagan boʻlar edi. Demak, 
jismning qattiqligi yoki yumshoqligiga uning zichligi va siyrakligi mos 
keladi, degan xulosaga kelganlar. Atomlar barcha yoʻnalishlarda harakat 
qilishadi. Ana shuning uchun ham ular borliqda muayyan tartibni hosil 
qilishi ham, yoki tartibsiz xaotik harakatda boʻlishi ham mumkin. (masalan,
quyosh nuri derazadan oʻtganda mayda zarrachalar chang ichida 
harakatlanayotgandek boʻlib koʻrinadi. 
Levkipp va Demokritning fikricha atomlarni har xil kattalikda boʻlishi, 
koʻzga koʻrinmaydigan eng mayda zarracha va katta hajmdagi zarracha
koʻrinishida boʻlishi mumkin. 
1
Қ
аранг:Антология мировой философии.Т.1.Ч.-С.324


110 
Aristotel fikricha, Demokrit cheksiz katta miqdordagi mohiyatni – 
boʻsh fa‘zoni mavjud deb hisoblagan. Lekin bundan xuddi shunday 
kattalik, oʻlchamdagi atom ham boʻladi, degan xulosa chiqarmagan. 
Demokrit atomni ―gʻoya‖ deb ham atagan, lekin uning jismli shakl, 
jismli ―gʻoya‖ deb hisoblagan. (Platonda ―gʻoya‖- jismsiz shakl). 
Atom – jismli gʻoya boʻlsa, u qanday moddiy sifatlarga ega, degan 
savol paydo boʻladi. Bunga Demokrit atomlar his etiladigan sifatlarga hid, 
rang, tovush, harorat kabilarga ega emas. Atomlar faqat fa‘zodagi shakli, 
oʻlchami, holati, tartibi boʻyicha farqlanadi, bu sifatlar his etilmaydi. Sekst 
Empirik Demokritning quyidagi soʻzlarini keltiradi: ―Shirin, achchiq, issiq, 
sovuq va boshqalar faqat fikrda mavjud, borliqda esa faqat atomlar va
boʻshliq mavjud, xolos‖. 
Shuni ham e‘tiborga olish kerakki, Atomistik ta‘limot vaqtining
cheksizligi toʻgʻrisidagi fikr bilan birga rivojlandi. 
Moddiy boshlangʻich asos va vaqtning abadiyligidan atomistlar 
tabiatdagi barcha predmetlar va hodisalarning zaruriyligini keltirib 
chiqarishadi. Aesiy bergan ma‘lumotga koʻra, Demokrit (balki Levkipp) hech 
bir narsa ―sababsiz paydo boʻlmaydi, biroq barcha narsalar qandaydir asos 
va zaruriyatga koʻra vujudga keladi‖, deb ta‘kidlaydi. Demokrit fikriga
koʻra zaruriyat fizikaviy ma‘noga ega, u ―materiya‘ning qarsxiligi, harakati 
va zarbasi‖. U ―girdob‖ni barcha narsalarning sababi deb biladi. Dunyodagi 
hamma hodisalar zaruriyatga boʻysunadi. Olamda sababsiz paydo boʻladigan 
hech narsa yoʻq va demak, tasodif yoʻq. Demokrit fikricha ―Kisxilar 
oʻzining mulohaza yurita bilmasliklarini yashirish uchun tasodif oʻylab 
topishgan. 
Simplitsiy Demokritning tasodif toʻgʻrisidagi mulohazalarini quyidagi 
misolda tushuntiradi; kal bosh chol ekin maydoni boʻylab yurib 
ketayotganda, uning boshiga toshbaqa tushib ketadi va kalla suyagini 
sindiradi. Sodir boʻlgan hol goʻyoki tasodifdek. Lekin aslida unday emas,
u zaruriydir, chunki burgut uning boshini tosh deb oʻylab toshbaqani tashlab 
yuboradi. (toshbaqa toshga urilganda kosachalari sinib, goʻshti ajraladi, 
burgut uni eyish uchun shunday qiladi). Bu - zaruriyat. 
Demokrit tasodifni maqsadga muvofiqlikka qarama-qarshi qoʻyib 
tushuntiradi. Uning fikricha, har bir narsa toʻgʻrisida u nima sababdan 
paydo boʻldi, uning sababi nima deb, savol qoʻyish kerak. Bunda qanday 
maqsadga koʻra paydo boʻldi deb savol qoʻyish oʻrinli emas. Demak, 
Demokrit tasodifni sababsiz narsa deb emas, maqsadga muvofiqlikning
inkori deb tushuntiradi. 
Demokrit yozadi : ―Boʻshliq va atomlar – materiyadir, yoki narsalar 
sababidir‖
1

1
Ўша жойда-Б.322 


111 
Atomizmning yangiligi quyidagi ikki narsada: 1) borliqning cheksizligi 
va 2) cheksiz dunyoviy fa‘zoda bir qatda yonma-yon yashayotgan 
dunyolarning koʻpligi haqidagi ta‘limotidir. Levkipp va Demokritning 
dunyoning cheksizligi toʻgʻrisidagi qarashlari boʻsh fazoning cheksizligi va 
atomlarning cheksiz miqdorda ekanligidan kelib chiqadi. 
Dunyolar sonining cheksizligini ular quyidagicha tushuntirishadi:
chegarasizlikdan ajralgan holda shakliga koʻra turli xil jismlar ―buyuk 
boʻshliqda‖ harakatlana borib birgalikda yagona girdobni (vixr) keltirib 
chiqaradi va jismlar unda bir-biriga urilib, parchalanib, aylanib, 
oʻxshashlari oʻzaro qoʻsxilib, kattalashib muqim aylanadigan jismlar shakliga
kirishadi. Shu tariqa yupqa, nozik qismlar tepaga chiqishadi, ogʻirlari 
markazda boʻlgan sharsimon birikmalar hosil qilishadi. Shu tariqa Yer paydo 
boʻladi. Uyirmali harakat davomida Yer yuqori qobigʻidan ajralgan 
zarrachalar muayyan koʻrinishga ega jismlarni osmon yoritgichlarini
keltirib chiqarishadi. Erga eng yaqin aylana Oy, eng uzoq turgan aylana – 
Quyosh. Bular faqat bir dunyoni paydo qilishadi, qolgan dunyolar ham shu
tariqa yuzaga chiqishadi. 
Atom toʻgʻrisidagi ta‘limotni Demokrit matematika sohasiga yoydi. U 
matematik jismlarni (shar, konus, piramida) xuddi atomlar bir-biridan
boʻshliqda ajralib turgani kabi, bir-biriga yopishgan teksiliklardan tashkil 
topgan deb tushuntiradi. Masalan, konus uning asosiga nisbatan koʻp 
miqdordagi parallel aylanalardan tashkil topib, ularning radiusi konus yuqori
nuqtasi tomon kichrayib boradi. Ular shunchalik ingichkaki, sezgi organlari 
bilan his etib boʻlmaydi. 
Atomistik nazariyaga koʻra jismlarning boʻlinishi cheksiz davom 
etmaydi, uning chegarasi bor, bu atomdir. Bu fikri bilan Demokrit Zenon 
oporiyasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. 
Stereometriyada Demokrit asosiy atomlar element deb Demokrit 
piramidani hisoblaydi. Barcha jismlar piramidalarga ajralishi mumkin. 
Levkipp va Demokrit irratsional munosabatlarni inkor qilishadi. Barcha 
matematik predmetlar jismlar, yuzalar, chiziqlar atomlardir, ya‘ni boʻlinmas 
butun elementlardir. Ana shuning uchun ham irratsional munosabatlarning 
boʻlishi mumkin emas. 
Atomistlar hissiy va aqliy bilishni farq qiladilar. Atomlarni faqat 
hissiyot asosida bilib boʻlmaydi. Buning uchun hissiyot aql tomonidan 
chuqurlashtirilishi, toʻldirilishi zarur. Demak, hissiyot va aql qarama-qarshi 
emas, oʻzaro aloqadadir. 
Aristotel ―Demokrit aqlni haqiqatni biladigan kuch deb hisoblamaydi; 
uni jon bilan almashtirib yuboradi‖
1
. Demokrit fikricha, bilishning ikki turi 
1
Қ
аранг: ўша асар. - Б.332 


112 
mavjud: haqiqiy va qorongʻi. Qorongʻi, bu koʻrish, eshitish, ta‘m, badan va
hid sezgilari. 
Demokritning mantiqiy fikrlari ―Kanon‖larda (Kanon – ―mezon‖ , 
―qoida‖ da ifoda etilgan. Unda bilishning uch mezoni farqlanadi: 1) hissiy
bilishga oid, 2) tafakkur, 3) xohlangan va xohlanmaganlar (uning yordamida 
predmetga yaqinlashamiz yoki uzoqlashamiz). Jon va nafas mexanik 
muvozanatda boʻladi, hayot ana shunga asoslanadi - ya‘ni hayotning
oʻlimga qarsxiligi. 
Demokrit bir tomondan xudolar toʻgʻrisidagi tasavvurlarga qarshi 
chiqadi, ikkinchi tomondan, ularning mavjudligini tan oladi. Uning fikricha, 
havo – barcha olovli atomlarning makoni. Havo faqat joylashadigan oʻrin
emas, u hayot uchun nafas olish va nafas chiqarish uchun zarur. Havo
olovli duma‘loq atomlarning uyirmali harakatidan hosil boʻladigan obrazlar 
bilan toʻlib toshgan. Ular xudolar boʻlib, mustaqil, uzoq yashaydigan, 
parchalanmaydigan xususiyatlarga ega. Ular odamga oʻxshamaydi. 
Xudolarning ba‘zilari yaxshilikni keltiradi, boshqalari yomonlikni. Oʻz 
ovozlari, koʻrinishlari bilan xudolar odamlarga ularning kelajagi toʻgʻrisida
ogohlantiradi. 
Demokrit madaniyatga rivojlanish maqomini beradi. Madaniyat tabiat 
rivojlanishining davomidir. San‘at–tabiatga taqlid qilish demakdir. 
Demokrit etikasining aksiomasi va asosi: ozod grek jamiyatidan 
ajralgan individ emas, balki shahar–davlat fuqarosidir, degan fikrdan 
iborat. Yaxshi boshqariladigan davlat - bu yaxlit saqlanib turuvchi davlat, 
u buyuk tayanch. Shuning uchun ham davlat manfaatlari yakka kishilar 
manfaatlaridan yuqori turadi. Demokrit fikricha, polisdagi kambagʻallik 
monarxiyadagi boylikdan afzal. Lekin demokratiya hamma vaqt ham yaxshi 
hayotni kafolatlamaydi. ―Na san‘atga, na donishmandlikka ularni 
oʻrganmasdan turib, erishib boʻladi‖. ―Hayotning maqsadi – ruhning, jonning
yaxshi oʻrnashib olishi‖. 
Donishmandlik uch narsani keltiradi: yaxshi fikrlash, yaxshi gapirish, 
yaxshi amallar qilish. Xulq,atvor aql bilan bogʻliq, u bilan belgilanadi. 
E‘tiborga eng loyiq narsa – ehtirosga berilmaslik, vazminlikdir. Dono odam 
yovuzlikdan ham ezgulikni ajrata oladi, agar u ana shunga loyiq ilmga ega 
boʻlsa. Misol: chuqur havza koʻp munosabatda foydali, lekin unda choʻkib 
ketish xavfi bor, ya‘ni u ziyon. aynii paytda undan (zarardan) qutilish
vositasi bor, bu – suzishga oʻrganish. 
Bilim – ―ruhning yaxshi oʻrnashishiga‖ xalaqit beradigan narsalarni 
bartaraf etuvchi vosita.
Demokrit tasodifni inkor qiladi. Uning fikricha, inson sababini 
bilmagan hodisa va jarayonlarni tasodif deb oʻylaydi. Oʻzining ijtimoiy-
siyosiy qarashlarida faylasuf quldorlik aristokratiyasiga qarshi chiqib, antik 
demokratiya‘ni ulugʻlaydi. 


113 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish