Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Suqrotgacha boʻlgan falsafiy tizim va Suqrot maktablari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Suqrotgacha boʻlgan falsafiy tizim va Suqrot maktablari. 
Suqrotgacha boʻlgan davr Yunon mutafakkirlarining asarlari ayrim 
fragmentlar va keyingi davrlar faylasuflarining asarlarida keltirilgan 
iqtiboslar koʻrinishidagina bizgacha etib kelgan. Bunday iqtibos va 
parchalarni Diogen Laertskiyning ―Mashhur faylasuylarning hayoti va 
hikmatli soʻzlari‖ asari, shuningdek, Aflotun, Arastu,
Plutarx, Sekst Empirik, 
Kliment Aleksandriyskiy kabilarning ishlarida uchratish mumkin. 
Suqrotgacha boʻlgan falsafiy maktablarga Ioniya dengizi qirgʻoqlarida 
joylashgan Milet shahri nomi bilan ataluvchi Milet maktabi, asosida Pifagor 
ta‘limoti yotgan pifagorchilar maktabi, Levkipp-Demokritning atomlar 
toʻgʻrisidagi nazariyasini oʻzida ifoda etgan atomistlar maktabi va janubiy 
Italiyada joylashgan Eley shahri faylasuflari maktabi kiradi. Shuningdek, 
Suqrotgacha yashagan, antik falsafaga katta hissa qoʻshgan Yunon-Rim 
faylasuflar ham bu davrga mansubdirlar. Xususan, Fales, Anaksimen, 
Anaksimandr, Geraklit, Ksenofan, Pifagor, Parmenid, Empedokl, Anaksagor, 
Levkipp, Demokrit kabi faylasuflar, ba‘zilari Suqrot bilan qisman zamondosh 
boʻlishiga qaramay, Suqrotgacha boʻlgan falsafiy tizim vakili sanaladi. Bu 
tizim ularning ijodi
nuqtayi nazaridan emas, balki usuli va ta‘limotining 
harakteri bilan farqlanishiga binoan ajratilib koʻrsatiladi. 
Mil. Avv. 
640

562 yillarda yashab ijod etgan Ioniyaning Milet 
shahrida tugʻilgan Fales Yunon falsafasining asoschilaridan biri boʻlgan. 
Astronomiya, geometriya, arifmetika singari koʻplab sohalardagi serqirra 
bilimlari Fales falsafiy dunyoqarashining shakllanishida muhim oʻrin tutgan. 
Masalan, bu davrda yaxshigina taraqqiy etgan geometriya ilmiy abstrakt 
mushohada yuritish uchun nazariy asos vazifasini oʻtagan. Bu esa, Falesning 
olam mohiyatini bilish haqidagi qarashlarining shakllanishiga jiddiy ta‘sir 
koʻrsatgan. Fales hamma narsaning asosida suv yotadi, hamma narsa suvdan 


104 
paydo boʻlgan va unga qaytadi deb hisoblagan. Bunday qarash falsafadan 
oldingi mifologik kosmogoniyalarda ham mavjud edi. Ammo, Falesning bu 
boradagi qarashlari mifologik kosmogoniyadan butkul farq qiladi. U suvni 
muayyan shakl yoki mifologik kuch sifatida emas, amorf, doimiy 
harakatchan, materiyaga jamlangan koʻrinishda tushungan. 
Milet maktabining yana bir vakili Anaksimandr boʻlib, mil. av. 510–
540-yillarda yashagan, olamning asosi sifatida koʻrinmas modda apeyronni 
koʻrsatadi. Hamma narsani qamrab olgan substansiya apeyronda issiqlik va 
sovuqlikni qarma-qarsxiligi yuzaga keladi. Ularning kurashi esa, kosmosni 
vujudga keltiradi. Jumladan, issiqlik olov koʻrinishida namoyon boʻlsa, 
sovuqlik osmon va erga aylanadi. Anaksimandr birinchilardan boʻlib, 
materiya‘ning saqlanishi qonunini va organik hayotning evolyusion 
taraqqiyoti haqidagi gepotezalarni ilgari suradi. Uning ta‘kidlashicha, odam 
barcha hayvonlar singari baliq evolyusiyasining mahsulidir. U ―Tabiat 
haqida‖ nomli asar yozgan. Ammo, mazkur asar bizgacha etib kelmaagan. 
Anaksimandrning shogirdi Anaksimen esa hamma narsa havodan kelib 
chiqqanligini ta‘kidlaydi. Mangu, harakatchan havo quyuqlashib dastlab 
bulutlarni, keyin suvni va nihoyat er, toshlarni vujudga keltiradi. Keyin esa 
undan olov kelib chiqadi. 
Suqrotgacha boʻlgan antik falsafiy fikr taraqqiyoti mobaynida vujudga 
kelgan oʻziga xos yoʻnalishlardan yana biri Eley maktabi hisoblanadi. 
Olamning doimiy oʻzgarib turishi gʻoyasini ilgari surib, stixiyali dialektikaga 
asos solgan naturfaylasuflardan farqli ravishda ayni maktab vakillari 
harakatni inkor qiluvchi metafizik ta‘limotga asos soldilar. Eley maktabining 
asoschisi Parmenid (mil. avv. 540 –470) olamni narsalar bilan toʻldirilgan 
harakatsiz shar shaklida tasavvur qilgan. Mutafakkir Parmenidning 
ta‘limotiga koʻra haqiqiy borliq mangu harakatsiz boʻlib, uni faqat aqliy 
mushohada orqali bilish mumkin. Unga koʻra narsalar nimadandir kelib 
chiqqan degan fikr, ularning qismlarga ajralishi toʻgʻrisidagi mulohazaga olib 
keladi. Mutafakkirning ta‘kidlashicha, bunday qarash haqiqat emas, balki 
haqiqatga oʻxshab tuyuladigan fikr, xolos. Parmenid tomonidan qoʻyilgan 
borliqning mangu harakatsiz ekanligini isbotlash vazifasi uning shogirdi 
Eleylik Zenon tomonidan amalga oshirildi. aynii vazifani amalga oshirish 
maqsadida Zenon oʻzining qator aporiya-paradokslarini ishlab chiqdi. 
Masalan, Axilles va toshbaqa haqidagi aporiyasida harakatni boshlash 
imkonsiz ekanligini isbotlashga urinadi. Uning barcha aporiyalari 
harakatning mumkinligi ziddiyatning paydo boʻlishiga olib kelishi 
toʻgʻrisidagi gʻoya‘ni isbotlashga qaratilgan. Zenon aporiyalarida uzuluklilik 
va uzluksizlikning birligi gʻoyasi hamda harakatsiz tushunchalarda harakatni
tasavvur qilishdek murakkab falsafiy muammoni tushuntirib berishga 
intilgan.


105 
Suqrot 
(mil. 
av. 
470–399) 
oʻzigacha yashab ijod qilgan 
mutafakkirlardan farqli ravishda birinchi marta inson va uning hayoti bilan 
bogʻliq muammolar, xususan, qanday yashash va qanday fikrlash lozimligi 
masalasiga diqqat qaratdi. Quyosh va oyning tutilishi, meteoritning tushishi 
kabi hodisalarni oʻrganadigan tabiat falsafasi insonning qanday yashashi va 
fikrlashi lozimligi haqida bilim bermasligini ta‘kidlagan mutafakkir 
insonning oʻz-oʻzini anglashga intilishini haqiqiy bilim deb hisoblaydi. 
Uning oʻz-oʻzingni angla degan hikmati ayni mulohazaning isboti boʻla 
oladi. Suqrot moddiy olam va narsalar dunyosini bilish imkonsiz, shuning 
uchun nazariy emas, balki amaliy yashash san‘atini oʻrganish lozimligi 
gʻoyasini ilgari suradi. Suqrotning umri mobaynidagi faoliyati bahslarda 
kechgan. U monologda bir yoqlama xato fikrlar bayon qilinadi deb 
hisoblaydi. Suqrot haqiqatni bilishning 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish