Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

mayevtika
usulini kashf etdi. Unga 
koʻra predmet haqidagi qarama- qarshi fikrlarning oʻzaro toʻqnashuvi 
haqiqatga olib boradi. Baxs jarayonida yuzaga keladigan bir predmet 
haqidagi oʻzaro qarama-qarshi mulohazalar yangi savollar qoʻyish yoʻli bilan 
bartaraf qilib boriladi. Suqrot axloq va ezgulikni bilim bilan aynanlashtiradi. 
Aniqrogʻi, nima yaxshi va nima yomonligini bilgan inson ahmoqona ishlarni 
qilmasligini ta‘kidlaydi. Suqrot insonni ijtimoiy kosmosni aks ettiruvchi 
mikrokosmos sifatida tasavvur qiladi. Bu kosmos esa inson tomonidan 
anglangan boʻlmogʻi lozim. Suqrotning axloq falsafasi ratsionalistik 
xususiyat kasb etadi. Unga koʻra har qanday bema‘ni xatti-harakat bilimsizlik 
mahsuli sanaladi. 
Buyuk Yunon faylasufi Aflotun (mil. avv. 427–347) Suqrotning 
shogirdi va izdoshi boʻlgan. Aflotun oʻzining falsafiy qarashlarini ―Suqrot 
apalogiyasi‖, ―Bazm‖, ‖Parmenid‖ singari dialoglari hamda, ―Davlat‖, 
―Qonunlar‖ kabi traktatlarida bayon qilib bergan. Gʻoyalar haqidagi qarashlar 
mutafakkir ta‘limotining asosini tashkil qiladi. U olamda mavjud narsalar oʻz 
gʻoyasiga ega deb hisoblagan. Aflotun gʻoyalarni narsalarning hissiy yoʻl 
bilan bilish imkonsiz boʻlgan obrazlari deb tushuntiradi. Gʻoyalar 
narsalarning mohiyatiga daxldor boʻlgan qat‘iy oʻzgarmas xususiyatlari va 
tuzilishini oʻzida namoyon qiladi. Aflotunga koʻra gʻoyalar mangu va 
birlamchidir. Masalan, tirik daraxt qurib ta‘mom boʻlishi, yoki 
uchburchakning rasmini oʻchirib tashlash mumkin. Ammo, daraxt va 
uchburchakning gʻoyalari mangu qoladi. Gʻoyalar materiyani tartiblashtirgan 
holda borliqni boshqaradi. Materiya noborliq boʻlib, u gʻoya‘ning shaklini 
qabul qiladi. Aflotun oʻzining gnoseologiyasida ruh va xotirlash haqidagi 
qarashlariga tayanadi. Materiya bilan birikkan abadiy jon oʻzining gʻoyalar 
olamidagi vazifalarini unutadi. Uning soyalar olamidagi bilish jarayoni 
xotirlashdan iborat xolos. Mutafakkir gʻoyalar toʻgʻrisidagi bilim haqiqiy 
bilim boʻlib, hissiy olam haqidagilari esa bilim emas, aksincha ehtimoliy 
fikrlar ekanligini ta‘kidlaydi. Aflotun dialektikani bilishning asosiy usuli 


106 
sifatida koʻrsatadi. U oʻzining gʻoyalar haqidagi qarashlaridan kelib chiqqan 
holda ideal davlat ta‘limotini ishlab chiqadi. Aflotunning ideal davlatida 
faylasuflar davlat boshqaruvi, harbiylar uning himoyachisi, qolganlar esa 
kundalik moddiy ehtiyojlarni ta‘minlash bilan shugʻullanadilar. Aflotun 
davlatida tartib va qonun ustuvor boʻladi. Aflotunning soʻnggi asari 
―Qonunlar‖ deb ataladi. 
Aflotunning shogirdi, qomusiy olim va faylasuf Arastu (mil. av. 384–
322) Aflotun ta‘kidlagan gʻoyalar narsalarning ulardan ajralmagan shakli 
ekanligi toʻgʻrisidagi qarashni ilgari suradi. Arastu fikricha, gʻoyalar 
narsalardan alohida mavjud emas. Arastu shakl materiyani voqe‘likka- 
konkret narsaga aylantiradi deb ta‘kidlaydi. Arastu toʻrt turdagi sababni tan 
oladi: 1. Materiya sabab – narsalar undan tashkil topadi. Aniqrogʻi u 
narsalarning xomashyosi – substrati sanaladi. 2. Shakl sabab-narsalarning 
gʻoyasi-mohiyatini anglatadi. 3. Harakat sabab – harakatning manbaini 
anglatadi. 4. Maqsad sabab – ―nega?‖, ―nima uchun‖ singari savollarga javob 
boʻladi. aniqrogʻi, narsa hodisalarning nima uchun mavjudligini bildiradi.
Falsafa tarixida Arastu falsafasi uch qismga boʻlib oʻrganiladi. Ular: bilish 
haqida bilim berishni nazarda tutadigan nazariy falsafa (―Metafizika‖ asarida 
bayon qilingan), inson haqida bilim berishni nazarda tutadigan amaliy 
falsafa(―Siyosat‖ va ―Axloq‖ asarlarida bayon qilingan), ijod jarayoni haqida 
bilim berishni nazarda tutadigan ijod falsafasi(―Poetika‖ va ―Ritorika‖ 
asarlarida bayon qilingan). Shuningdek, Arastuning ―Fizika haqida‖, ―Osmon 
haqida‖, ―Hayvonlarning qismlari haqida‖, ―Ruh haqida‖ singari tabiiy-ilmiy 
masalalarni tushuntirishga qaratilgan asarlari ham mavjud. Ruhni hayotning 
boshlanishi deb hisoblagan mutafakkir uning uch darajasini ajratib koʻrsatadi. 
Unga koʻra ruh oʻsimlik ruhi, hayvon ruhi va aqlli ruh kabi darajalardan 
tashkil topadi. Arastuning ijtimoiy-siyosiy qarashlari uning ―Siyosat‖ nomli 
asarida bayon qilib berilgan. Faylasufning ta‘kidlashicha, siyosat bu aqlga 
muvofiq qurilgan davlatchilik hayoti haqidagi ta‘limotdir. Arastu insonni
boshqalar bilan birgalikda yashashga moyil siyosiy hayvon, ijtimoiy 
mavjudot sifatida ta‘riflaydi. U davlat oila, qishloq singari dastlabki ijtimoiy 
birlashmalardan tabiiy yoʻl bilan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Mutafakkir 
davlat boshqaruvining monarxiya, aristokratyai, politiya shakllarini toʻgʻri, 
tiraniya, oligarxiya, demokratiya kabi koʻrinishlarini esa notoʻgʻri deb 
hisoblagan. ―Nikomax etikasi‖ asarida axloqiy qarashlarini tushuntirib 
bergan Arastu bu borada oltin oʻrtalik gʻoyasini ilgari suradi. Arastu formal 
mantiqning asoschisi sanaladi. Arastu falsafasidan keyin fan bilimga 
mantiqiy tushunchalar vositasida erishish yoʻli sifatida tushinila boshlandi. 
Arastu bilan Yunon falsafasining mumtoz davri oʻz nihoyasiga etdi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish